• 5.Foydalanilgan adabiyotlar 1.Tanlab eritishda kechadigan kimyoviy reaksiyalar Tanlab eritish
  • 1. Tanlab eritishda kechadigan kimyoviy reaksiyalar Kuydirilgan rux boyitmasini sulfat kislota eritmalarida tanlab eritish




    Download 19,84 Kb.
    bet1/4
    Sana14.05.2024
    Hajmi19,84 Kb.
    #230580
      1   2   3   4



    Tanlab eritish. Tanlab eritish dastgohlarini hisoblash uchun kinetik qonunlarni qullash
    Reja

    1.Tanlab eritishda kechadigan kimyoviy reaksiyalar


    2.Kuydirilgan rux boyitmasini sulfat kislota eritmalarida tanlab eritish


    3.Tanlab eritish dastgoxlari


    4.Xulosa

    5.Foydalanilgan adabiyotlar

    1.Tanlab eritishda kechadigan kimyoviy reaksiyalar
    Tanlab eritish- umumiy ma'noda eritma deb olsak, qattiq materialning bir yoki bir nechta komponentlarini eritmaga , odatda suvga o'tkazish. Tanlab eritish quyidagilarni anglatadi:
    1. Minerallar va jinslardagi eruvchan tuzlarni suv bilan yuvish jarayoni. Masalan, oltingugurtning ayrim turlarini ko'mirdan yuvish, ko'mirni tuzsizlantirish va boshqalar.
    2. Minerallarning kristall panjarasidan ishqoriy va ishqoriy yer metallarini ajratib olish jarayoni: masalan, slyudalardan suvsizlanish natijasida gidromikozli minerallar hosil bo'ladi.
    3. Gidrometallurgiya jarayonining ishlashi. Rudalar va ularni boyitish mahsulotlari ( konsentratlar, oraliq mahsulotlar ), pirometallurgiyani qayta ishlash mahsulotlari (shlaklar, matlar, anod shlamlari, shuningdek, qayta ishlanadigan metallar va qotishmalar chiqindilari) yuviladi. Tanlab eritish usuli uranoltinmisruxmolibdenvolframalyuminiy va boshqalarni olishda keng qo'llaniladi.
    Jarayon uch bosqichdan iborat: reaktivlarni qattiq sirtga etkazib berish; kimyoviy reaktsiya; erigan reaktsiya mahsulotlarini eritmaga olib tashlash. Ko'pincha tanlab eritishda diffuziya hodisasi sodir bo'ladi, ya'ni jarayonning tezligi birinchi va uchinchi bosqichlar tomonidan boshqariladi. Shu bilan birga, kinetik rejim ham mumkin, bunda kimyoviy reaksiya sekin bosqich, shuningdek aralash diffuziya-kinetik rejim. Materialning zarracha hajmining pasayishi, haroratning oshishi (ayniqsa, kinetik rejimda) va diffuziya hududida - aralashtirish intensivligining oshishi bilan tezlashadi. Tanlab eritish ishlov beriladigan materialning tabiati, tarkibi va holatiga qarab turli usullar bilan amalga oshiriladi. Masalan, oltin, uran va sulfid konsentratlarini tanlab eritish pulpa aralashtirish bilan amalga oshiriladi. Oksidlangan rudalardan misni olishda boksitlardan aluminatlar va boshqalardan tanlab eritiladi . Yuvish materialga mexanik-kimyoviy, ultratovushli, biologik va termal ta'sirlar bilan birga amalga oshirish mumkin.

    Kuyindini tanlab eritishning asosiy maqsadi kuyindi tarkibidagi rux birikmalarini iloji boricha to’laroq eritmaga o’tkazish va elektrolizga toza eritma olishdir. Tanlab eritish jarayoni sulfat kislota eritmalari bilan olib boriladi. Erituvchi sifatida sulfat kislotani tanlashda quyidagi omillar hisobga olingan:


    1) rux oksidini – ZnO yaxshi erishi;
    2) bo’lajak elektrolitik tiklanishda qulaylik;
    3) rux zavodlarida sulfat kislotasini mavjudligi;
    Rux oksidi sulfat kislotaning kuchsiz eritmasida yaxshi eriydi, rux sulfati esa – suvda:
    ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O
    Rux sulfidi qizitilgan kuchli sulfat kislotasida erishi mumkin:
    ZnS + H2SO4 = ZnSO4 + H2S
    bunda zaxarli servodorod ajralib chiqadi.
    Kuydirish davomida bir qancha miqdorda rux silikati, (n ZnO · mSiO2), rux ferriti (x ZnO·u Fe2O3) va alyuminatlari (ZnO·AI2O3) paydo bo’ladi. Bu birikmalar sulfat kislota eritmasida qiyin eriydi. Ularni erish qobiliyati harorat va sulfat kislotaning konsentrasiyasi oshib borishi bilan oshadi.
    Masalan, rux ferritidan ruxni eritmaga o’tqazish uchun sulfat kislotaning konsentrasiyasi 200-300 g/l va 80-90 oS harorat talab qilinadi.
    Ruxdan tashqari, kuyindida temir, mis, kadmiy, qo’rg’oshin, kumush, oltin, nikel, kobalt, marganes, bariy, kalsiy, alyuminiy va boshqa metallar bor.
    Kadmiy xususiyatlari bo’yicha ruxga yaqin, uni oksidi SdO sulfat kislotasida yaxshi eriydi:
    CdO + H2SO4 = CdSO4 + H2O
    Kuyindidan eritmaga 85-90 % kadmiy o’tadi. Temir kuyindida, asosan rux va mis ferritlar shaklda uchraydi, shunindek kuyindida temir oksidlari Fe2O3, va Fe3O4 ham mavjud. Sulfat kislota eritmasida Fe2O3 qisman eriydi.
    Kuydirish pechining siklon changida kam miqdorda Fe2(SO4)3 uchraydi. Uch valentli temir sulfati eritmada ham hosil bo’ladi:
    Fe2O3 + 3H2SO4 = Fe2(SO4)3 + 3H2O
    Eritmada Fe2(SO4)3 mis birikmalari, SO2 va metal sulfidlari bilan ikki valentli temir sulfatigacha FeSO4 tiklanadi. Bu jarayon ruxni kuyindidan eritmaga, quyidagi reaksiya orqali, o’tishiga ko’maklashadi:
    ZnS + Fe2 (SO4)3 = ZnSO4 + 2FeSO4 + S
    Eritmaga kuyindidan fakat 3-4 % temir o’tadi, uni eritmadagi miqdori 1-2 g/l tashkil etadi.
    Mis kuyindida oksid (CuO, Cu2O), ferrit (nCuO ∙ mFe2O3), silikat (x Cu2O ∙ uSiO2) shakllarda uchraydi. Eng oson CuO eriydi va CuSO4 ni hosil qiladi. Mis ferriti, pux ferritiga o’xshab, qiyin eriydi. Tanlab eritishda taxminan misni yarmi eriydi, yarmi esa kekda qoladi.
    Surma (III) va mыshyak (III) oksidlangan birikmalari kuyindini tanlab eritishda As2(SO4)3 va Sb2(SO4)3 shakllarda eritmaga o’tishadi. Surma (V) va mыshyak (V) oksidlari qiyin eriydigan birikmalardir.
    Nikel, kobalt va marganeslar eriydi va Ni2SO4, CoSO4 va MnSO4 sulfatlarini hosil qiladi.
    Tanlab eritishda qo’rg’oshin, deyarli to’liq quyidagi reaksiyaga asosan, kekga o’tadi:
    Pb SiO3 + H2SO4 = PbSO4+ H2SiO3
    Qo’rg’oshin, mis va rux silikatlarini erishi eritmani kremniy birikmalari bilan ifloslantirishga olib keladi. Bu jarayon tanlab eritishdan so’ng cho’ktirish (quyuqlashtirish) va filtrlash jarayonlarini qiyinlashtiradi.
    Kumush kuyindida Ag2S va Ag2SO4 shaklda uchraydi. Kumush sulfati yaxshi eriydi, keyin esa eritmada mavjud bo’lgan xlor ionlari bilan qiyin eriydigan AgCl birikmasi shaklda cho’ktiriladi. Kumush sulfidi erimaydi va kekda qoladi. Oltin to’liq qattiq qoldiqlarda qoladi.
    Kalsiy va bariy oksidlari sulfat kislota eritmalarida qiyin eriydigan birikmalar hosil qilishadi. Jarayonning umumiy reaksiyasi:
    MeO + H2SO4 = MeSO4 + H2O
    Qo’rg’oshin, kalsiy va bariylar sulfat kislotaning bir qismini qiyin eriydigan sulfatlarga bog’laydi, shu sababdan kuydirish davrda sulfat ko’rinishidagi oltingugurt miqdorini bir oz ko’paytirish kerak bo’ladi.
    Xlor, ftor, natriy va magniy birikmalari onson eriydi va eritmada to’planadilar. Noyob metallar - talliy, galliy, indiy va germaniylar qisman eritmaga o’tadilar.



    Download 19,84 Kb.
      1   2   3   4




    Download 19,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Tanlab eritishda kechadigan kimyoviy reaksiyalar Kuydirilgan rux boyitmasini sulfat kislota eritmalarida tanlab eritish

    Download 19,84 Kb.