Texnologiyasi




Download 310.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.01.2023
Hajmi310.03 Kb.
#39094
  1   2   3
Bog'liq
12-ma\'ruza (1)
metrologiyastandartlashtirish va sifat nazorati, fayl 1939 20210924, tehnologicheskie-parametry-proizvodstva-karbamida, portal.guldu.uz-O’simliklar fiziologiyasi, DUNYO-M rejali, el mash KL, 114 javobsiz MTS, конспект урока чтения Чингиз Айтматов Солдатенок, Подготовка к творческому вечеру А. С. Пушкин в узбекистане -fayllar.org (1), Презентация (5), Obyektga mo`ljallangan dasturlash , ALGARITMNI LOYIHALASH 3, KTE mustaqil ish Qazoqov Xalovat, doc


12-MA’RUZA .BIJG‘ISH MAXSULOTLARI VA SHAROBCHILIK 
TEXNOLOGIYASI. 
Reja:
1. 
Bijg‘ish sanoati korxonalari tavsifi va ularning asosiy va 
ikkilamchi maxsulotlari. 
2. 
 Solod-fermentlari manbai. 
3. 
 Arpani qayta ishlash. 
4. 
 Pivo ichimligi turlari va sifati. Pivo ishlab-chiqarish sxemasi.
 
Hamma bijg„ish sanoati korxonalarining tavsifi oxirgi mahsulotga qarab 
farqlanadi, shuningdek qayta ishlanayotgan xom ashyolar va ayniqsa 
mikroorganizm turlariga qarab ularning ferment sistemasiga va kimyoviy qayta 
ishlanishiga bog„liq. Hamma farqlar va о„zgarishlar texnologik jarayonlarning 
asosini tashkil etadi. 
Uzum xom ashyo bо„lib, yangi sо„ligan va quritilgan holda ishlatiladi. 
Uzumdan alkogolsiz mahsulotlar ishlab chiqiladi sharbat, konsentratlar va alkogol 
mahsulotlar ishlab chiqiladi sharoblar (xо„rraki xushbо„yli, quvvatlangan, jilvali) 
spirt, konyak (brendi) aroq. Uzum sharoblarni sharbatlarni spirtli bijg„ish yо„li 
bilan uzumdan olinadi. Bijg„ish sanoatini ayniqsa spirt ishlab chiqarish 
korxonalarining xom ashyo va materiallari juda kengdir. Yaqin kunlargacha spirtni 
faqat о„simlik oziq – ovqat xom ashyosidan kartoshka, lavlagi don ekinlari va qand 
lavlagi chiqindisi bо„lgan melassadan ishlab chiqilgan. Xozirgi kunga kelib, 
kо„pchilik oziq ovqat xom ashyosini nooziqaviy bо„lgan (yog„ochsozlik sulfit-
sellyuloza ishlab chiqish sanoatini chiqindilari) xom ashyolari egallamoqda. 
Tarkibida etilen gazlari bor birikmalardan sintetik sun‟iy spirt ishlab chiqarish 
yо„lga qо„yilgan. 
Quyidagi asosiy bо„lgan xom ashyolarga tavsif beramiz: 
Qand lavlagi – shakar olish uchun ekiladigan eng ahamiyatli texnika ekini. 
Lavlagining ildizmevasi 15-20% gacha saxaroza moddasiga ega bо„lib, oq 
kristallsimon shakar olish uchun xom ashyodir. SNG davlatlarida lavlagi 
ekiladigan maydonlar juda katta bо„lib ular asosan Ukraina Maldoviya 
Rossiyaning markaziy qoratuproq zonasiga joylashgan. Qozog„iston Qirg„iziston, 
Gruziyada ham qand lavlagini zavodda qayta ishlaganda melassa degan yarim 
tayyor mahsulot hamda chiqit sifatida jom olinadi. Melassadan spirt olishda 
foydalaniladi. 
Kartofel - kartoshka ituzumdoshlar oilasiga mansub bо„lib ekiladigan bir 
yillik о„simlik. Vatani – Janubiy Amerika. Kartoshka tugunagi eng muhim oziq - 
ovqat mahsuloti bо„lib nonbop dondan keyin ikkinchi о„rinni egallaydi. 
Tugunagidan sanoatda kraxmal spirt, patoka olinadi. 
Bug„doy- boshoqdoshlar oilasiga mansub о„simliklar turkumi, eng muhim 
oziq- ovqat о„simligi. Bug„doy donidan, kraxmal spirt va boshqa mahsulotlar
ishlab chiqariladi.
Makkajо„xori- boshoqdoshlar oilasiga mansub, chetdan changlanuvchi bir 
yillik о„simlik. Donda 60-65% kraxmal bor. Undan spirt kraxmal va yorma 
tayyorlanadi. 


Bijg„ish sanoatini umumiy sxemasi 
Xom ashyo 

bijg„ishga tayyorlash 

(suslo) bijg„ish 

(bijg„ish suslosi) 
tayyor mahsulotni ajratish 

mikroorganizmlarning ishlov berilishi 

(mikroorganizmlar). 
Hamma bijg„ish sanoatidagi jarayonlar mikroorganizmlarning xayotiy 
faoliyatiga asoslangan, bijg„ish muhitda modda almashinuvi mahsulotlari yig„ilish 
maqsadida yо„lga qо„yilgan. 
Bijg„ish sanoatining xar yо„nalishini texnologik sxemasi shunday tuzilganki 
olinadigan oxirgi mahsulotni sifati va chiqimi yuqori darajada bо„lishi kerak. 
Bijg„ish sanoatidagi har bir yо„nalishidagi umumiy jarayonlar quyidagilardir: xom 
ashyoni bijg„ishga tayyorlash, mikroorganizmlarga ishlov berish va bijg„ish, lekin 
har bir bijg„ish sanoatidagi bu jarayonlar har xil bajariladi. Qand moddasi bor xom 
ashyoni tayyorlashda, masalan: spirt ishlab chiqarishdagi melassani bijg„ishga 
tayyorlashda unga ishlov berish zararli mikroflora ta‟sirini susaytirish uchun
antiseptik bilan va suv bilan yuviladi. Limon kislotasi ishlab chiqarishda 
korxonalari melassaga suv qо„shiladi, qaynatiladi sterilizatsiya qilib kerakli 
oziqaviy moddalar qо„shiladi. Tarkibida kraxmal moddasi bor xom ashyoni 
tayyorlash murakkab jarayonlarga kiradi. Bunday xom ashyoni tayyorlashda 
kraxmalni qandlashtirish solod yoki zamburug„ achitqilar yordamida bajariladi. 
Bijg„ish uchun tayyorlangan eritma suslo deyiladi. Spirt va pivo ishlab chiqarish 
sanoatida bijg„ish jarayonini ketishi (hosil bо„lishi) uchun xamirturush, sut 
kislotasi ishab chiqarishda nordon sut bakteriyalari, limon kislotasi ishlab 
chiqarishda zamburug„ bakteriyalari ishlatiladi.
Pivo ishlab chiqarish sanoatining asosiy xom ashyosi arpa donidir. Pivoni 
ba‟zi bir turlarida (sort) arpani guruch (sholi) yoki boshqa boshoqli ekinlar bilan 
almashtiriladi. Shuningdek qand bilan ham kо„pkina drojji ishlab chiqarish 
zavodlari melassani qayta ishlaydilar. Ba‟zi bir drojji ishlab chiqarish zavodlari 
xamirturushni don ekinlaridan ishlab chiqaradilar. Oxirgi vaqtda drojji ishlab 
chiqarish uchun nooziqaviy xom ashyolardan (yog„ochsozlik va sellyuloza) 
foydalanayaptilar. 
Kimyoviy tarkibiga kо„ra bijg„ish sanoatining xom ashyolar quyidagi asosiy 
guruhlarga bо„linadi. Pivo ishlab chiqarishda «xmel» xom ashyosi ham ishlatiladi. 
Bijg„ish sanoatining xom ashyosi bо„lib, suv qо„llaniladi. 

Download 310.03 Kb.
  1   2   3




Download 310.03 Kb.
Pdf ko'rish