• Annotatsiya
  • Kalit so’zlar
  • 84 steam ta’lim texnologiyasidan maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimida foydalanish imkoniyatlari




    Download 368.62 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana18.06.2023
    Hajmi368.62 Kb.
    #74093
      1   2   3
    Bog'liq
    steam-ta-lim-texnologiyasidan-maktabgacha-ta-lim-tarbiya-tizimida-foydalanish-imkoniyatlari
    Rozilik xati, Ma’ruza ¹21 Om va Joul – Lens qonunlarining integral va differen, 1.GapparovaM, Yorug’lik difraksiyasi Gyugens-Frenel prinsipi. Frenel zonalari. Doiraviy tirqish va to’siqdagi difraksiya[1], 1. Yoruglikning qaytish qonuni. Ko`zgu. II. Asosiy qism Yoruglik[1], My University, Mavzu2, Sertifikat, Muslim, 13 mashg\'ulot Sohaviy farmoyish hujjatlarining xususiyatlari, 13 mashg\'ulot Sohaviy farmoyish hujjatlarining xususiyatlari, Топшириқ 31-21 EE, Х Р Шокирова Каррали ва эгри чизикли интеграллар 1992 2 (1), Matematik analiz 2


    84 
    STEAM ta’lim texnologiyasidan maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimida 
    foydalanish imkoniyatlari. 
    Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti 
     magistranti Raxmatova Maftuna O’ktamjon qizi 
    Shaxrisabz shahar Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 
     8-DMTT tarbiyachisi Muhammadeyeva Zilola 
    Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonzviy ta’lim shakllari va ularning 
    dunyo ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida fikr yuritilib zamonaviy ta’lim 
    shakllaridan hisoblangan STEAM ta’limning rivojlanishi, nazariy asoslari, 
    imkoniyatlari, yutuqlari haqida keng molohaza yuritilgan. Maktabgacha ta’lim 
    tizimida STEAM ta’limidan foydalanish afzaliklari va bu ta’lim shaklining fan 
    sifatida ta’lim muassasalarida o’qitilayotganligi asoslab o’tilgan. 
    Kalit so’zlar: STEAM, fan, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika
    dual ta’lim, enkuliziv ta’lim, eksternat ta’lim, masofaviy ta’lim. 
    O’zbekiston Respublikasi hududida amal qilinib borilayotgan uzluksiz ta’lim 
    tizimida bugungi kunda rivojlangan Yevropa davlatlari ta’lim tizimi tajribasidan 
    na’muna olish orqali dunyo ta’limi bilan yuzlasha olishm, tajriba almashish
    raqobatga kirishish, uzluksiz aloqada bo’lish ishlari sezilarli darajada 
    rivojlanmoqda. Jumladan dual ta’lim, enkuliziv ta’lim, eksternat ta’lim, masofaviy 
    ta’lim va STEAM taʼlim shakllari fikrimizga yaqqol misol bo’loladi. Mazkur ta’lim 
    shakllaridan bugungi kunda keng foydalanilib yuqori natejalarga erishilmoqda. 
    Hozir biz fikrimizni STEAM taʼlim texnologiyasi haqida davom etiramiz.
    STEAM ta’lim texnologiyasi ilk bor Amerikada ishlab chiqilgan. Ba’zi ta’lim 
    bitiruvchilarning martabalarini e’tiborga olishdi va fan, texnologiya, muhandislik va 
    matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishdi va STEM tizimi shu tarzda 
    shakllandi. (Fan, texnika, muhandislik va matematika). Keyinchalik bu 
    tushunchalarga Art qo’shildi va endi STEAM butunligicha shakllandi. O’qituvchilar 
    ushbu mavzular, aniqrog’i ushbu fanlardan bilimlar kelajakda talabalarning yuqori 


    85 
    malakali mutaxassis bo’lib yetishishiga yordam beradi, deb hisoblashdi. STEAM 
    yondashuviga oid darslik va oʻquv qoʻllanmalari Cambridge University Press shu 
    jumladan Oxford University Press va Collins kabi nufuzli nashriyotlar tomonidan 
    chop etilgan. Cambridge taklif qilayotgan oʻquv dasturining asosiy afzalligi jahon 
    mehnat bozoridagi tamoyillardan kelib chiqib, oʻquvchilarda tegishli zamonaviy 
    bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga olib keladi, bu esa bu ta’lim 
    texnologiyasining keng yoyilishiga sabab bo’ladi. STEAM yondashuvining eng 
    mashhur namunasi – Massachusets Texnologiya Instituti (MIT). Ushbu dunyo 
    universitetining shiori “Mens et Manus” (Aql va qo’l). Massachusets Texnologiya 
    Instituti bolalarga STEAM tushunchasini oldindan o’rganish va tanishish 
    imkoniyatini berish uchun STEAM kurslarini ishlab chiqdi va hattoki ba’zi ta’lim 
    muassasalarida STEAM o’quv markazlarini yaratdi. 
    Statistikaga ko’ra, 2011-yildan buyon STEAM-kasblarga bo’lgan talab 
    darajasi 17% ga oshdi, oddiy kasblarga bo’lgan talab esa faqat 9,8% ga oshdi, bu esa 
    butun dunyo bo’ylab ushbu ta’lim tizimiga katta talabni ko’rsatadi.Lekin bunday 
    yuqori talab nima bilan bog’liq? Ko’pgina mamlakatlarda STEAM-ta’lim ba’zi 
    sabablarga ko’ra ustuvor ahamiyatga ega.Yaqin kelajakda dunyoda va shuning 
    uchun O’zbekistonda muhandislar, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish 
    mutaxassislariga talab juda yuqori bo’ladi.Uzoq kelajakda biz tabiiy fanlar bilan 
    birgalikda texnologiya va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan 
    kasblarga ega bo’lamiz, ayniqsa bio va nanotexnologiya mutaxassislariga katta talab 
    bo’ladi. Mutaxassislar texnologiya, tabiiy fanlar va muhandislikning turli 
    sohalaridan keng qamrovli ta’lim va tajribaga muhtoj bo’ladi.STEAM taʼlim 
    texnologiyasi ta’limni yangicha oʻqitish metodikasi boʻlib, anʼanaviy oʻqitish 
    metodikasidan farqli metodikadan keng foydalanilishida ko’rinadi.
    Bu ta’lim texnologiyasida bir vaqtning oʻzida toʻrtta – fan (Science), 
    texnologiya (Technology), muhandislik, (Engineering), tasviriy sanʼat (Art), 
    matematika (Math) boʻyicha oʻqitish amalga oshiriladi. STEAM fan boʻyicha emas, 
    balki mavzular boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish tizimidir. STEAM taʼlimi 
    amaliy mashgʻulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qoʻllash 



    Download 368.62 Kb.
      1   2   3




    Download 368.62 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    84 steam ta’lim texnologiyasidan maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimida foydalanish imkoniyatlari

    Download 368.62 Kb.
    Pdf ko'rish