1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
“TOSHKENT IRRIGASIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI
MEXANIZASIYALASH MUHANDISLAR INSTITUTI”
MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI
Kalandarov Palvan Iskandarovich
AVTOMATIKA
ASOSLARI
VA
ISHLAB
CHIQARISH
JARAYONLARINI
AVTOMATLASHTIRISH
Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik
Toshkent - 2021
2
UDK
681.51
Avtomatika
asoslari
va
ishlab
chiqarish
jarayonlarini
avtomatlashtirish .
Darslik / Kalandarov P.I.
Toshkent: TIQXMMI MTU, 2021.
280 b.
Darslik texnika oliy o‘quv yurtlarining 5430500 - Qishloq va suv xo‘jaligida
energiya ta’minoti bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
avtomatlashtirish va boshqaruv hamda unga turdosh yo‘nalish va mutaxassislik
talabalari uchun avtomatika asoslari va ishlab chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirishning asosiy tamoyillarini o‘rganishga mo‘ljallangan.
Ushbu darslikda avtomatika va avtomatik rostlash tizimlari haqida asosiy
tushunchalar, boshqarish ob’ektlari, avtomatika sxemalari, avtomatikaning parametrik
va generator datchiklari, relelari, ijro mexanizmlari, raqamli avtomatika asoslari,
gidrotexnik inshootlarini va nasos stansiyalarini avtomatlashtirish, texnologik
jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari boshqaruv kompleksi, tarkibi va
bosqichlari va ularda axborot texnologiyalari bo‘yicha ma’lumotlar tushunarli va
batafsil berilgan.
Darslik zamonaviy avtomatlashtirish vositalari va raqamli avtomatika
qurilmalari, ularning tuzilishi, ishlash tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga
oladi.
Darslik
shuningdek,
avtomatika
asoslarini
va
ishlab
chiqarish
jarayonlarini avtomatlashtirishning o‘rganishda texnika oliy o‘quv yurtlari
talabalari uchun shu sohadagi magistrlar hamda qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi
mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari
instituti milliy tadqiqot universitetining Ilmiy-uslubiy kengashi qaroriga ko‘ra nashr
qilingan.
Taqrizchilar:
|