• 10-mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish va yoritish tizimi(1 soat). Reja
  • 1.Ishlab chiqarish havosi tarkibidagi changlar, ularning salbiy ta’siri.
  • 9-mavzu. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar(1 soat)




    Download 66.38 Kb.
    bet1/8
    Sana09.11.2023
    Hajmi66.38 Kb.
    #96214
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    9-mavzu. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inso-fayllar.org
    3-top 16-variant, MURAKKAB TEXNOLOGIK OBYEKTLARNI IMMITATSION OBYEKTLARINI QURISH, 15-var(2-lab), Kompyuter tarmoqlari fanidan mustaqil ish mavzulari 42 43 44, ррпппппппппппппппппппппппппппппппппппп, Анкета Узб крил, 7-mavzu. Globallashuv va axborot texnologiyalari (1), 1. Funksiya limiti, limitlar haqida teoremalar Ta’rif-fayllar.org

    9-mavzu. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar(1 soat)

    5-ma’ruza (2 soat)


    9-mavzu. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar(1 soat).
    10-mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish va yoritish tizimi(1 soat).


    Reja:
    1.Ishlab chiqarish changlari moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri;
    2.Changlarga qarshi chora-tadbirlar;
    3. Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar va ulardan himoyalanish tadbirlari;
    4. Ishlab chiqarishda zararli moddalar va ulardan himoyalanish usullari.
    5.Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish tizimi va ularning turlari. Umumiy va mahalliy shamollatishning mohiyati;
    6.Ishlab chiqarishda yoritish va uni meyorlari. Tabiiy va sun’iy yoritish. Yoritishga qо‘yiladigan sanitar-gigiyenik talablar. Yoritish vositalari va turlari.
    1.Ishlab chiqarish havosi tarkibidagi changlar, ularning salbiy ta’siri.
    Sanoatda, qishloq xo'jaligida bajariladigan ishlaming hammasida, transport vositalarining ishlatilishida changiar hosil bo‘ladi va ajraladi. Bunday changlar kelib chiqish manbalariga ko‘ra: tabiiy va sun’iy changlarga bo‘linadi.
    Tabiiy changlar - inson faoliyatiga bog‘liq bolmagan holda hosil boladigan changlar. Bunday changlar shamol va kuchli bo‘ronlar ta’sirida qum va tuproq yemirilgan qatlamlarining uchishi, o‘simlik va hayvonot olamida paydo bo‘ladigan changlar, vulqonlar otilishi, kosmosdan keladi­gan changlar (kosrnik jismlrning yerga tushishi, yonib ketishidan hosil boladigan changlar) kiradi. Tabiiy changlarning miqdori tabiiy sharoitga, havoning holatiga, yil fasliga, aniqlanayotgan zonaning qaysi mintaqada joylashganligiga bog‘liq. Masalan, atmosferadagi changlar miqdori shimoliy tumanlarga nisbatan janubiy tumanlarda, o‘rmon zonalariga qaraganda cho‘l zonalarida, qish oylariga nisbatan yoz oylarida ko‘proq bo‘lishi ma’lum.
    Ma’lumotlarga qaraganda, har bir kubometr havo tarkibida katta shahar hududlarida 6 ming atrofida, avtomobil vositalaridan ajraladigan qurum va tutunlami ham qo‘shib hisodlaganda 30 ming atrofida har xil kattalikdagi chang zarralarini tashkil etadi.
    Sun’iy changlarga sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan changlar kiradi. Jumladan, cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarish pechlaridan, issiqlik elektr stansiyalarida (IES) ko‘mir yoqilishidan, qurilish ishlarida yer qazish ish lari, portlatish ishlari, sement ishlab chiqarish, tog‘lardan ma’danlarni qazib olish ishlari va boshqa ishlarda juda ko‘p miqdorda changlar ajraladiki, bu changlami atrof muhitga chiqarib yuborish natijasida tabiatga halokatli ta’sir ko‘rsatishi ma’lum. Shuningdek, sanoatning ba’zi bir tarmoqlarida, masalan, kimyo sanoatida xavfli sanoat changlari ajralib, ularning chiqa­rib yuborilishi fojiali holatlarni vujudga keltiradi. Changlarning zararli ta’sirlari ulaming kimyoviy tarkibiga bog‘liq.
    Changlar kattaligi bo‘yicha 3 guruhga bo‘linadi: 1 - yirik changlar (kattaligi 10 mkm dan katta bo‘lgan changlar). Bunday chanliar o‘z og‘irligi ta’sirida yerga tushadi; 2 - mayda changlar (kattaligi 10 mkm dan 0,25 mkm gacha bo‘lgan changlar) bunday changlar yomg‘ir, qor

    yog‘ishi natijasida yerga tushishi mumkin; 3 - ultramikroskopik changlar (kattaligi 0,25 mkm dan kichik changlar, ular yerga qo‘nmaydi).


    Ishlab chiqarish changlarining inson organizmiga ta’siri ko‘p omillarga bog‘liq. Ularga chang zarrachalarining kattaligi, shakli, uning havodagi miqdori, ta’sir etish muddati, ularning fizik-kimyoviy xossalari. ish jarayonining muhiti va boshqa ta’sirlar kiradi. Masalan, tashqi harorat ko‘tarilganda kishi jismoniy mehnat bilan shug‘ullanganda tez-tez nafas olishi natijasi­da organizmga chang kirish darajasi oshadi. Bir vaqtda chang tarkibida radioaktiv aerozollarning bo‘lishi va havodagi boshqa gazlarjning ta’siri changning organizmga zararli ta’sirini kuchaytiradi. Chang zarrachalarin­ing gigiyenik ta’siridan tashqari yana boshqa salbiy ta’sirlari ham bor, jumladan:
    a) changlar texnologik jihozlarning yemirilishini tezlashtiradi; qimmatbaho materiallami yaroqsiz holatga keltirib, iqtisodiy zarar yetkazadi;
    b) texnosferada changlaming tarqalishi sanitariya holatini yomonashtiradi, jumladan, deraza va yorituvchi jihozlarning ifloslanishi oqiba­tida yorug‘likni kamaytiradi;
    d) ko‘mir, yog‘och, solyar moyi changlari yong‘in va portlashlarning yuzaga kelishiga sharoit yaratadi.
    Changlarning kimyoviy tarkibi, eruvchanligi, katta-kichikligi, shakli, ularning tuzilishi (kristall yoki amorf), elektr o‘tkazuvchanligi va boshqa xususiyatlari ularning organizmga ta’sir qilishida muhim rol o‘ynaydi. Changlaming organizmga ko‘p tomonlama ta’siri ularning kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Eng avvalo, changning salbiy ta’siri nafas olganda kuzatiladi. Bunda chang havo bilan nafas olinganda nafas organlarini zararlaydi. Bundan tashqari changlar yuqori nafas yo‘llarining, ko‘z shilliq qavatining, teri qoplamasining, o‘pka yo‘llarining zararlanishiga olib keladi. Changlar ichida kremniy va uning birikmalarining changi eng xavfli hisobianadi. Jumladan, kremniy oksidi (kvars), silikat changlari, ba’zi bir metallar (aluminiy va boshqalar)ning changlari va ularning aralashmalari erimaydigan hisoblanib, nafas olish tizimlarida tutilib qoladi va aluminoz kasalligini yuzaga keltiradi.
    Eriydigan changlar nafas yo’iIarida tutilib so'riladi va qonga оtadi. ular kimyoviy tarkibiga qarab organizmda turli xilda ta’sir xususiyatlarini namoyon etadi. Masalan, qand changi zararsiz, qo‘rg‘oshin, mis va boshqa metallarning changi zaharlovchi ta’sir ko‘rsatadi.
    Changlaming katta-kichikligi ularning havodagi turg‘unligi, nafas yo‘llariga kirishi va qancha chuqurlikka kirib borish imkoniyatini belgilaydi. Masalan, 10-20 mkm kattalikdagi zarrachalar Nyuton qonuniga

    bo‘ysungan holda yerga tortishish kuchi ta’sirida ma’lum tezlik bilan yerga tushadi. Inson nafas olganda ular nafas yo‘llarining yuqori qatlamlarida ushlanib qoladi.


    Mikroskopik zarrachalar esa (0,25-10 mkm) havoda ancha turg‘un bo‘lib, bir xil tezlikda yerga tushadi. Nafas olinganda asosan ularning 5 mkm gacha kattalikdagi zarrachalari nafas yo‘llariga kiradi. Ultramikroskopik zarrachalar kattaligi 0,25-0,1 mkm va undan kichik bo‘lgan zarrachalar. Broun harakatiga bo‘ysunganligidan havoda uzoq vaqt turadi. Ular o‘zaro harakatlanganda bir-biri bilan to‘qnashishilari nati­jasida yiriklashib, yerga tushadi. Bunday muhitda nafas olingan havodagi ultramikroskopik zarrachalarining 60-70% i o‘pkada ushlanib qoladi. Bu zarrachalarning massasi katta bo‘lmaganligidan changli shikastlanishning rivojlanishi katta bo‘lmaydi. Chang zarrachalarining shakli har xil bo‘lishi mumkin: sferik, yassi, turli shaklli. Aerozollar hosil bo‘lishida chang zarralari miqdorining ko‘p qismi sferik shaklga ega bo‘ladi.
    Dezintegratsiya aerozollarida esa yassi shaklli va murakkab shakl­li zarrachalar bo‘ladi. Mana shunday shaklli zarrachalardan shisha tolasi, sluda kabilarining changlari nafas yoilariga kirganda yuqori nafas yo‘llari hujayralarini zararlaydi hamda ko‘zning shilliq qavatiga va teriga ta’sir ko‘rsatadi.
    Chang zarrachalarining elektr bilan zaryadlangan bo‘lishi aerozollarning turg‘unligiga va ulaming biologik faolligiga ta’sir qiladi. Qattiq materiallarning changishi vaqtida chang zarrachalarining 90-98% i musbat yoki manfiy zaryadlanadi. Yirik zarrachalar esa quyi zaryadli boMadi. Changning zararli ta’siri pnevmokoniozlar deb ataluvchi kasb kasalligiga olib keladi. Ular silikoz, silikatoz va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin. Silikoz - toza kremniy (II) oksidi changining ta’siridan pnevmokiniozning ko‘p uchraydigan va xarakterli shakli.
    Silikatoz - kremniy kislota tuzlarining changi nafas olish yo‘llariga kirganda paydo bo‘ladi.
    Pnevmokonioz - kasalligi ko‘mir, aluminiy, temir va aralash tarkibli changlar ta’sirida ham rivojlanishi mumkin.
    Silikoz juda changli sharoitda odatda ko‘p yil, ko‘pincha og‘ir jis­moniy ish bajarilganda rivojlanadi. Bu kasallik tog‘-kon va sement, alebaster ishlab chiqarish ishchilarining kasb kasalligi hisoblanadi. Silikoz kasalligi halloslash, yo‘tal, ko‘krak qismida og‘riq bo‘lishidan boshlanadi. Boshlanishida bu belgilar kam sezilarli bo‘lib, halloslash faqat jismoniy ish bajarganda paydo bo‘ladi. Kasallik kuchaygan davrda na­fas yetishmasligi va halloslash, oddiy ishlarni bajarganda va hatto tinch holatda turganda ham ro‘y beradi.Ishlab chiqarishdagi changlar faqat pnevmokoniozning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmay, balki nafas yo‘llari, teri va shilliq qavatning boshqa kasalliklarini ham keltirib chiqaradi. Bularga teri hujayralarining ko'chishi, har xil toshmalar, ekzema, dermatitilar kiradi.



    Download 66.38 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 66.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-mavzu. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar(1 soat)

    Download 66.38 Kb.