• Sinflar
  • Fonetik materiallar
  • 6 - sinf
  • O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim




    Download 1.03 Mb.
    bet2/5
    Sana10.04.2017
    Hajmi1.03 Mb.
    1   2   3   4   5

    O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim

    maktablarining o‘quv rejasi



    T\r


    Yoquv fanlari

    Sinflar





    Hafta- lik umumiy

    soat

    Jami yil-

    lik soat

    lar

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10

    11







    Davlat ixtiyoridagi soatlar

    20

    22

    24

    24

    30

    32

    33

    34

    35

    33

    33

    320

    10860

    1.

    Ona tili va adabiyot

    8

    8

    10

    10

    9

    7

    5

    5

    5

    4

    4

    75

    2542

    2.

    Yozbek tili/rus tili




    2

    2

    2

    2

    2

    2

    2

    2

    2

    2

    20

    680

    3.

    Xorijiy til













    3

    3

    3

    3

    3

    2

    2

    19

    646

    4.

    Tarix













    2

    2

    3

    3

    3

    3

    3

    19

    646

    5.

    Davlat va huquq

    asoslari
























    1

    1

    1

    1

    4

    136

    6.

    Inson va jamiyat































    1

    1

    34

    7.

    Iqtisodiy bilim

    asoslari
























    1

    1

    1

    1

    4

    136

    8.

    Matematika

    5

    5

    5

    5

    5

    5

    5

    5

    5

    4

    4

    53

    1797

    9.

    Informatika






















    1

    2

    2

    2

    7

    238

    10.

    Fizika, astronomiya
















    2

    2

    2

    2

    4

    4

    16

    544

    11.

    Kimyo



















    2

    2

    2

    2

    2

    10

    340

    12.

    Biologiya













    1

    2

    2

    2

    2

    1

    2

    12

    408

    13.

    Tabiiyot va geografiya

    1

    1

    1

    1

    1

    2

    2

    2

    2

    2




    15

    509

    14.

    Odobnoma

    1

    1

    1

    1






















    4

    135

    15.

    Vatan tuyg‘usi













    1

    1
















    2

    68

    16.

    Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari



















    1

    1

    1







    3

    102

    17.

    Musiqa madaniyati

    1

    1

    1

    1

    1

    1

    1













    7

    237

    18.

    Tasviriy san’at

    1

    1

    1

    1

    1

    1

    1













    7

    237

    19.

    Chizmachilik






















    1

    1







    2

    68

    20.

    Mehnat

    1

    1

    1

    1

    2

    2

    2

    1

    1

    1

    1

    14

    475

    21.

    Jismoniy tarbiya

    2

    2

    2

    2

    2

    2

    2

    2

    2

    2

    2

    22

    746

    22.

    Chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash




























    2

    2

    4

    136




    Maktab ixtiyoridagi soatlar

    2

    2

    2

    2

    2

    2

    2

    2

    2

    6

    6

    30

    1018




    Umumiy soatlar

    22

    24

    26

    26

    32

    34

    35

    36

    37

    39

    39

    350

    11878




    Amaliy mehnat mashg‘uloti (kun hisobida)













    6

    6

    10

    16




    20












    Ingliz tili fanidan

    Davlat ta’lim standarti

    O‘quvchi ingliz tilini o‘rganish jarayonida quyidagi bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallashi shart:



    • ingliz tilidagi matnlarni (10 daqiqada 350 ta so‘z) ifodali o‘qiy olish;

    • sodda mazmundagi matnlarni tushunish;

    • matnlarda ifodalangan turli darajadagi axborotlarni tushunish;

    • 100-120 ta so‘zdan iborat bo‘lgan o‘rtacha murakkablikdagi matnni ingliz tilidan ona tiliga va ona tilidan ingliz tiliga tarjima qila olish;
      Ingliz tili Ingliz tili (ingl. English) - hind-yevropa oilasining german guruhiga kiruvchi til. Ingliz xalqining tili. Avstraliya, AQSH, Birlashgan Qirollik, Hindiston, Irlandiya, JAR, Kanada, Liberiya, Malta va Yangi Zelandiyaning rasmiy tili.


    • o‘qish kitobiga tayangan holda og‘zaki nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

    • kommunikativ maqsadlarga yo‘naltirilgan og‘zaki muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

    • dialogik va monologik nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

    • suhbatdoshining nutqini tushuna olish;

    • yozib olingan nutqni tushuna olish;

    • matndan dialog ko‘chira olish;

    • o‘qilgan yoki eshitilgan matnga tayangan holda reja tuzish yoki tezis yoza olish;

    • tabriknoma va maktub yoza olish.


    Ingliz tilini

    o‘qitishning maqsad va vazifalari

    Ta’lim maqsadlari ijtimoiy buyurtma-topshiriq bo‘lib, har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish va tarbiyalashga qaratiladi.

    Ingliz tilini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda kommunikativ va lingvomamlakatshunoslik imkoniyatlarini shakllantirishdir. O‘quvchilar ingliz tilini maktabda, tarbiyaviy, amaliy, ta’limiy va rivojlantiruvchi maqsadlarda o‘rganadilar.

    Tarbiyaviy maqsad

    Tarbiyaviy maqsad ingliz tildagi matnlarning mazmunini o‘rgatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishga mo‘ljallangan matnlar esa darslik, qo‘llanma va boshqa adabiyotlarda o‘z ifodasini topadi.

    O‘quvchilarning bilish faolligini oshirish quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.


    • Har tomonlama rivojlangan, yuksak ma’naviyatli, iymon- ehtiqodli, irodali, vatanparvar, mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish.
      Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.


    • O‘quvchilarga g‘oyaviy-siyosiy tarbiya berish, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish tuyg‘ularini rivojlantirish, ularda aqliy mehnat malaka va ko‘nikmalarini hosil qilish.

    • O‘z yurti va tili o‘rganilayotgan mamlakatning xalqi, uning milliy urf-odati hamda qadriyatlariga hurmat bilan do‘stona qarashlik, dunyoga qiyosiy munosabatda bo‘lish sifatlarni shakllantirish.

    • O‘quvchilarga vatanparvarlik va axloqiy poklik, mehnatsevarlik tuyg‘ularini singdirish.


    Ta’limiy maqsad

    Ta’limiy maqsad ingliz tilini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarning tafakkurini mantiqiy o‘stirish va shu tilni o‘zlashtirish orqali ona tilidan egallagan bilimlarini rivojlantirish tushuniladi. Ona tili va ingliz tili o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda farqlarni bilib olish o‘quvchilarning bilim saviyalarini yanada oshiradi. Ta’limiy maqsadning vazifasi o‘quvchilarning bilim olishiga yordam berishi, ularda mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishi, o‘zlashtirilgan bilimlarni kundalik turmush amaliyoti bilan bog‘lashi va ularni mustahkamlashi, boshqa fanlar bilan uyg‘unlashtirishdan iborat. Ta’limiy maqsad quyidagilarni o‘z ichiga oladi.



    • Ingliz tilini o‘rganish jarayonida fanlararo bog‘lanish orqali mamlakatimiz va tili o‘rganiladigan mamlakatning geografiyasi, tarixi, adabiyoti, san’ati, fan va madaniyati bilan tanishtirish, milliy o‘zligi va milliy madaniyatlar yerishgan yutuqlarini chuqur anglash, umuminsoniy madaniyat rivojini anglab yetish.
      Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)


    • O‘quvchilarda mamlakatimiz va tili o‘rganiladigan mamlakatning geografiyasi, iqlimi, o‘zlarini o‘rab turgan atrof-muhit haqidagi ma’lumot bera olish ko‘nikmalarini shakllantirish.
      Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi.


    • Ona tili va boshqa fanlar bo‘yicha egallangan bilimlar hamda qo‘shimcha manbaalar asosida mavzular bo‘yicha ingliz tilida mustaqil ravishda qiyosiy ma’lumot bera olish malakalarini rivojlantirish.

    • O‘kuvchilarni filologik va umumiy dunyoqarashini, mantiqiy hamda tanqidiy fikrlarini rivojlantirish.


    Amaliy maqsad

    Amaliy maqsad tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi maqsadlarni shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Ingliz tilini amaliy egallash, o‘zgalarning ingliz tilidagi og‘zaki va yozma nutqlarini ushbu dasturda qayd etilgan talablar doirasida tushunishdan iborat bo‘lib, quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.



    • Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini ingliz tilida bayon etish malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ularni rivojlantirish.

    • Kishilar orasidagi bevosita muloqot malakalarini o‘qish, tinglab tushunish jarayonida olgan bilimlari orqali amaliy jihatdan qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish.

    • Tilni amaliy bilish nutq faoliyati qo‘nikmalari, shuningdek, gapirish hamda yozuv orqali egallagan bilim, ko‘nikma, malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish.

    • Nutqning to‘rt faoliyati talablari asosini mavzu bo‘yicha o‘z fikrini mustaqil ravishda amaliy jihatdan qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish.


    Rivojlantiruvchi maqsad

    O‘quvchini har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib yetishishini, ya’ni uning dunyoqarashini, estetik didini, mustaqil fikrlashini, xotirasini, aqliy mehnat qilish madaniyatini, kishilar bilan qiladigan muloqot madaniyatini, mustaqil bilim olish malaka va ko‘nikmalarini vujudga keltirishni ko‘zda tutadi va quyidagi maqsadlar amalga oshiriladi;



    • O‘quvchi shaxsining aqliy, hissiy va motivatsion (ichki turtki) xususiyatlarini rivojlantirish.

    • O‘quvchilarda dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil o‘qib o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish.

    • O‘quvchilarda mustaqil o‘rgangan manbalar va materiallar asosida shaxsiy fikrlarini bayon qilish sifatlarini rivojlantirish.

    • Muloqotning yangi holatlarida til bo‘yicha egallagan ko‘nikma va malakalarini tahlil qilish, bir tizimga solish, taqqoslash, umumlashtirish va ijodkorona qo‘llashni rivojlantirish.

    • O‘quvchilarning til va kommunikativ muloqot bo‘yicha hozirjavobligini, mustaqil fikrlay olish qobiliyatini shakllantirish hamda rivojlantirish.

    • Ingliz tili sohasida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari asosida keyinchalik ish faoliyatida o‘z bilimini oshirishda mustaqil qo‘llash malakalarini rivojlantirish.

    Ingliz tilini o‘qitishning amaliy, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan ish (og‘zaki nutqni o‘rgatish, qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qish, turli o‘yinlar o‘ynash, olimpiada va musobaqalarda qatnashish) larda ham o‘z ifodasini topadi.

    Yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi uchta vazifani belgilash maqsadga muvofiqdir:



    • til o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar;

    • til o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar;

    • o‘quvchilarning egallagan malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar.

    Amaliy maqsadning mohiyati ingliz tilini muloqot vositasi sifatida foydalanishni o‘rgatishdan iborat bo‘lib, u nutq faoliyatining o‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozuv kabi turlariga xos bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirish va takomillashtirishni taqozo etadi.
    Nutq faoliyatining to‘rt turi bo‘yicha 5-9-sinflarda o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalar

    Til bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaning shakllanishi:

    • talaffuz, ohang, grafika;

    • nutqning leksik tomoni: produktiv o‘zlashtirish uchun 1000 leksik birlik, shu jumladan, og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan sonlar;

    • olmoshlar, predloglar, bog‘lovchilar;

    • o‘quvchilarning potensial lug‘atini kengaytirish uchun zarur bo‘lgan vositalar;

    • nutqning grammatik tomoni;

    • produktiv hamda retseptiv o‘zlashtirishga mo‘ljallangan grammatik material;

    • sintaksis; (sodda va qo‘shma gaplar)

    • morfologiya (so‘z turkumlari: ot, artikl, sifat (sifat darajalari), ravish, fe’l (fe’l tushunchasi, bog‘lanish, tuzilishi va oddiy hamda murakkab zamon formalari).

    O‘quvchilarni tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan zaruriy talablar

    5-sinf

    Tinglab tushunish

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • mavzular bo‘yicha berilgan savol va ma’lumotlarni tushunish;

    • matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushuna olish;

    • matndan kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni ajratib olish;

    • ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash;

    • sof ingliz tilida o‘rta tezlik bilan tasmaga yozilgan (100 ta so‘zgacha bo‘lgan) matn, dialog yoki monologlarni tinglab tushunish;

    • tovushlarni farqlay olish va ularni yozuvda ifodalash;

    quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:

    • tovushlarni farqlay olish va ularni yozuvda ifodalash;

    • sinfda qo‘llaniladigan iboralarni tushunish.

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • mavzular bo‘yicha berilgan savol va ma’lumotlarni tushuna olish;

    • matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglash malakasiga ega;

    • matndan kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni ajrata olish;

    • ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish malakasiga ega bo‘lish;

    • tovushlarni farqlash yozuvda to‘g‘ri ifodalay olish;


    Gapirish

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • oila, sinf xonasi va boshqalarni tasvirlay olish;

    • o‘zi yoqtirgan yoki yoqtirmagan narsalar yuzasidan fikrlarini ifoda eta olish.

    quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:

    • savollarga javob bera olish, savollar bera olish va iltimos bilan murojaat qila olish;

    • tanish mavzular bo‘yicha 3-4 luqmadan iborat qisqa suhbatlarda (dialog) va 5-6 jumlalardan iborat monologda ishtirok etish;

    • o‘qigan yoki tinglagan matnlari yuzasidan savollarga javob berish va gapira olish;

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • guruhlarda, juftliklarda ishlash jarayonida savollar bera olish;

    • salomlashish, xayrlashish, uzr so‘rash va kimnidir tug‘ilgan kuni bilan tabriklashda xushmuomalalik iboralarini qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lish;

    O‘qish

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • alifboni o‘rganish;

    • harf birikmalari;

    • yangi so‘zlarning ma’nosini anglash uchun darslik, lug‘atlar va qo‘shimcha materiallardan foydalana olish;

    • matnni umumiy ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;

    • matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tushunish uchun o‘qiy olish;

    • matndan kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni ajratib olish uchun o‘qiy olish;

    quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:

    • tanish kontekstda berilgan alohida so‘zlarni anglay olish;

    • qisqa iboralarni tushunganligini ko‘rsata olish;

    • 100 tagacha so‘zni o‘z ichiga olgan qisqa, tanish bo‘lgan matn yoki dialogni o‘qib, mazmunini tushuna olish.

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • tanish so‘zlarni ovoz chiqarib o‘qish orqali tovushni yozuv bilan solishtira olish;

    • yangi so‘zlarning ma’nosini anglash uchun darslik, lug‘atlar va qo‘shimcha materiallardan foydalana olish.

    Yozuv

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • so‘zlarni alfavit tartibida yoza olish;

    • aniq va noaniq artikllar;

    • 5-6 so‘zdan iborat bo‘lgan lug‘at-diktant yoza olish;

    • oddiy xabarlarni ko‘chirib yozish va so‘zlar bilan nuqtalar o‘rnini to‘ldira olish;

    • bosh harflar va nuqtalarni qo‘llagan holda oddiy gaplarni yoza olish;

    quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:

    • oddiy so‘zlarni va o‘rganilgan grammatik hodisalarni tarjima qila olish:

    • oddiy xabarlarni ko‘chirib yozish va so‘zlar bilan nuqtalar o‘rnini to‘ldira olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

    • o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida oddiy gaplar tuza olish.

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • xotiradagi so‘zlarni to‘g‘ri yoza olish;

    • «va», «lekin» bog‘lovchilarini nutqda qo‘llay olish;

    • namunalar asosida dialoglar tuza olish;

    • oddiy jadvallar tuzish va ularni yozma tasvirlab bera olish;

    • tili o‘rganilayotgan mamlakatda qabul qilingan nutqiy etiket formulalaridan foydalanib, istaklar bildira olish.


    6- sinf

    Tinglab tushunish

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • tinglanayotgan matnning muhim joylarini o‘ziga belgilab qo‘ya olish;

    • kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun tinglash;

    • ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun matnni tinglash.

    quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:

    • tanish so‘zlardan iborat bo‘lib, 150 tagacha so‘zni o‘z ichiga olgan xabar va dialoglarni tinglab, asosiy mazmunini tushuna olish;

    • matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushunish;

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • matnni tinglib yangi so‘zlarni o‘ziga belgilab qo‘ya olish;

    • kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni taqlid qilish uchun tinglash;

    • ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash malakasiga ega bo‘lish.


    Gapirish

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • o‘qigan yoki tinglagan matnlari yuzasidan ma’lum bir vazifalar asosida savollarga javob berish, gapira olish;

    • etiket xarakterdagi qisqa dialoglarda, so‘rov-dialog (intervyu), dialog suhbatlarda ishtirok eta olish.

    quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:

    • asosiy mavzuga oid qisqa suhbatlarda ishtirok etish, oddiy so‘zlar bilan o‘z fikr va tuyg‘ularini 4-5 ta gap bilan mantiqan to‘g‘ri ifoda eta olish;

    • guruhlarda, juftliklarda ishlash jarayonida savollar bera olish, o‘z fikrlarini bildira olish.

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • suhbatdoshiga o‘tilgan mavzu yuzasidan qisqa ravishda o‘z fikrini gapirib bera olish;

    O‘qish

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • so‘zlarning ma’nosini tushunish uchun ikki tilli lug‘atlar yoki darslik oxirida beriladigan lug‘atdan foydalana olish;

    • o‘qishga oid matnlar yoki qisqa hikoyalarni tanlab olib, mustaqil ravishda o‘qiy olish va o‘qish yuzasidan berilgan topshiriqni bajara olish;

    • matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tushunish uchun o‘qiy olish;

    • matnni umumiy ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;

    • ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun matnni o‘qiy olish;

    • matnni batafsil ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;

    quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:

    • 150 tagacha so‘zni o‘z ichiga olgan bosma yoki qo‘lyozma holdagi matnlarni hamda hikoyalarni o‘qib mazmunini tushuna olish.

    • matndan kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni ajratib olish uchun o‘qiy olish;

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • matnning asosiy joylarini yoki tafsilotini anglay olish;

    • ma’naviy ozuqa olish uchun matnlarni o‘qiy olish;

    • kontekst yoki kalit so‘zlardan foydalangan holda notanish so‘z ma’nolarini anglab olishni o‘rganish;

    • ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun matnni o‘qiy olish;


    Yozuv

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • 3-4 ta o‘zaro bog‘langan gaplarni yoddan, kengroq yoza olish;

    • qisqa diktantlar yoza olish;

    • gapning uyushiq bo‘laklarida vergulni ishlata olish;

    • gaplarni to‘g‘ri ko‘chirib yoza olish;

    • tugallanmagan gaplarni o‘rganilgan grammatik hodisalar yoki mazmunan mos so‘zlar bilan to‘ldirib yakunlay olish;

    • o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida oddiy gaplar yoza olish;

    • muloqotni amalga oshirish uchun do‘stga xat, oddiy xabarlarni yoza olish;

    • oddiy so‘zlarni va o‘rganilgan grammatik hodisalarni tarjima qila olish.

    • tili o‘rganilayotgan mamlakatda qabul qilingan nutqiy etiket formulalaridan foydalanib istaklar bildira olish;

    • oddiy so‘zlarni va o‘rganilgan grammatik hodisalarni tarjima qila olish malakasiga ega bo‘lish.

    quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:

    • namunaviy matndagi so‘z va so‘z birikmalarini boshqa so‘z va so‘z birikmalari bilan almashtirgan holda o‘zgartirib yoza olish;

    • so‘zni to‘g‘ri yozganligini tekshirish, unutilgan yoki notanish so‘zlarni topish uchun ikki tilli lug‘atdan foydalana olish;

    • o‘qigan yoki tinglagan matnlari asosida ma’lum bir vazifani yozma bajara olish.

    • namunalar asosida dialoglar tuza olish;

    • oddiy jadvallar tuzish, ularni to‘ldirish va yozma ravishda tasvirlab bera olish;

    • tili o‘rganilayotgan mamlakatda qabul qilingan nutqiy etiket formulalaridan foydalanib istaklar bildira olish.

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • so‘zni to‘g‘ri yozganligini tekshirish, unutilgan yoki notanish so‘zlarni topish uchun ikki tilli lug‘atdan foydalana olish;

    • o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida oddiy gaplar yoza olish;

    • ko‘rsatma va yo‘llanmalar yoza olish;

    • muloqotni amalga oshirish uchun do‘stga xat, oddiy xabarlarni yoza olish;

    • olingan ma’lumotlar asosida qisqa hisobotlarni yoza olish;

    • namunalar asosida dialoglar tuza olish;


    7-sinf

    Tinglab tushunish

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • o‘tgan va kelasi zamondagi voqealarni o‘z ichiga olgan parchalar, shuningdek qisqa tasviriy hikoyalarni tinglab tushuna olish;

    • matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushuna olish;

    • kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun tinglash;

    • ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash.

    quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:

    • o‘rta tezlikka yaqin bo‘lgan va ovozga tabiiy shovqin berilgan, kam miqdordagi notanish so‘zlardan iborat matnlarni tinglab tushuna olish;

    • matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushuna olish;

    • matndan batafsil ma’lumot olish uchun tinglash.

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • o‘rta tezlikka yaqin bo‘lgan va ovozga tabiiy shovqin berilgan so‘zlardan iborat matnlarni tinglab tushunish malakasini egallash;

    • matndagi asosiy g‘oyani (mazmunni) tinglab tushuna olish malakasiga ega bo‘lish;

    • berilgan ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash malakasiga ega bo‘lish.

    Gapirish

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • dialogik va monologik nutqlarda ishtirok eta olish;

    • turli holat, guruh va juftliklarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish;

    • bahs-munozara yurita olish;

    • voqea-hodisalarni gapirib bera olish.


    quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:

    • mavzular yuzasidan qisqa suhbatlarda qatnashish.

    • turli holat, guruh va juftliklarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish;

    • bahs-munozara yuritish ko‘nikmalarini egallash;

    • o‘tgan va kelasi zamondagi voqea-hodisalarni fikrlab gapirish.

    quyidagi malakaga ega bo‘lishlari lozim:

    • fikr va tuyg‘ularni ifoda yetish va ularning sababini tushuntirib bera olish.

    • dialogik va monologik nutqlarda ishtirok eta olish;

    • guruh va juftliklarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish malakasini ega bo‘lish.

    O‘qish

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • ikki tilli yoki darslik oxirida beriladigan lug‘atlardan foydalana olish;

    • taxminan 200 ta so‘zdan iborat tasviriy xarakterdagi hikoyalarni, yozma materiallarni o‘qib, mazmunini tushuna olish;

    • soddalashtirilgan va mustaqil o‘qishga mo‘ljallangan materiallar (ko‘rsatma, hikoya va axborot beruvchi ma’lumotlar) ni o‘qiy olish;

    • grafik va jadvallarni o‘qib, ma’lumotlarni ajrata olish;

    • matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tushunish uchun o‘qiy olish.

    quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:

    • namunalar yordamida o‘qilgan matn mazmunining qisqacha bayonini (og‘zaki yoki yozma shaklda) bera olish;

    • ikki tilli yoki darslik oxirida beriladigan lug‘atlardan foydalana olish;

    • grafik va jadvallarni o‘qib, ma’lumotlarni ajrata olish;

    • matnni umumiy ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;

    quyidagi malakaga ega bo‘lishlari lozim:

    • matnni umumiy ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;

    • matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tushunish uchun o‘qiy olish;

    • matnni batafsil ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;

    • kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun o‘qiy olish;

    • zavq olish uchun matnlarni o‘qiy olish.

    Yozuv

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • o‘zi to‘g‘risida ma’lumot, his-tuyg‘u va fikrlarni ifoda qilish uchun o‘zaro bog‘langan gaplarni yoza olish;

    • tugallanmagan gaplarni o‘rganilgan grammatik hodisalar yoki mazmunan mos so‘zlar bilan to‘ldira olish va ularni yakunlay olish;

    • o‘qigan yoki tinglagan matnlari asosida ma’lum bir vazifani yozma bajara olish;

    • o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida gaplar yoza olish;

    • yangi kontekstlarda grammatikaning asosiy elementlarini ishlatib, to‘g‘ri so‘z tartibini qo‘llay olish;

    • oddiy so‘zlar, o‘rganilgan grammatik hodisalar va qisqa matnlarni tarjima qila olish.

    quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:

    • tinish belgilari va til qurilmalaridan to‘g‘ri foydalangan holda fikrlarni to‘g‘ri ifoda eta olish;

    • o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida gaplar yoza olish;

    • tili o‘rganilayotgan mamlakatda qabul qilingan nutqiy etiket formulalaridan foydalanib istaklar bildira olish;

    • tugallanmagan gaplarni o‘rganilgan grammatik hodisalar yoki mazmunan mos so‘zlar bilan to‘ldira olish va ularni yakunlay olish;

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • qisqa tasviriy xarakterdagi matnlar yoza olish;

    • matndagi ma’lumotlarni turkumlarga ajratib yoza olish;

    • ko‘rsatma, yo‘llanma va takliflar yoza olish;

    • olingan ma’lumotlar asosida qisqa hisobotlar yoza olish;

    • namunalar asosida dialoglar tuza olish;

    • jadvallar tuzish, ularni to‘ldirish va yozma ravishda tasvirlab bera olish;

    • turli mazmundagi xatlar yoza olish;


    8-sinf

    Tinglab tushunish

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • tabiiy sharoitdagi nutq xususiyatlari (ikkilanish, gapni boshlashda qo‘llaniladigan “xo‘p, yaxshi, demak“ kirish so‘zlari va h.k.) ishtirok etgan dialog va monologlarni tinglab tushuna olish;

    • matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushuna olish;

    • kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun tinglash;

    • ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash.

    quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:

    • o‘rta tezlikka yaqin bo‘lgan va ovozga tabiiy shovqin berilgan, kam miqdordagi notanish so‘zlardan o‘z ichiga olgan matnlarni tinglab tushuna olish;

    • matnni batafsil ma’lumot olish uchun tinglash;

    • kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun tinglash;

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • o‘tgan va kelasi zamondagi voqealarni o‘z ichiga olgan parchalar, shuningdek, qisqa tasviriy hikoyalarni mazmunini tinglab tushuna olish;

    • matndan batafsil ma’lumot olish va asosiy g‘oyasini gapirib berish uchun tinglab tushunish;

    • matndan kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni ajratib olish va o‘z fikrini bildirish uchun tinglab tushunish.

    Gapirish

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • turli holat, guruh va juftliklarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish;

    • bahs- mulohazalar yurita olish;

    • o‘tgan va kelasi zamondagi voqea-hodisalarni gapirib bera olish;

    quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:

    • mavzular yuzasidan qisqa suhbatlarda qatnashish, fikr muloxazalarini tushuntirib bera olish;

    • dialogik va monologik nutqlarda ishtirok eta olish;

    • to‘g‘ri talaffuz va intonatsiya bilan gapira olish.

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • mavzular yuzasidan fikr va tuyg‘ularini ifoda etish va ularni tushintirib bera olish;

    • o‘qilgan matnlar yuzasidan dialogik va monologik nutqlarda ishtirok eta olish malakasini egallay olish;

    O‘qish

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • taxminan 250 ta so‘zdan iborat tasviriy xarakterdagi hikoyalarni o‘z ichiga olgan turli yozma materiallarni o‘qib tushuna olish;

    • soddalashtirilgan va mustaqil o‘qishga mo‘ljallangan materiallar (ko‘rsatma, hikoya va axborot beruvchi ma’lumotlar) ni o‘qiy olish;

    • turli xil fikrlarni o‘z ichiga olgan matnlarning mazmunini, murakkab gap va yangi so‘zlarni o‘z ichiga olgan tanish mavzudagi matnlarni tushuna olish;

    • grafik va jadvallarni o‘qib, ma’lumotlarni ajrata olish;

    • matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tushunish uchun o‘qiy olish;

    • matnni batafsil ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;

    quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:

    • ikki tilli yoki darslik oxirida beriladigan lug‘atlardan foydalana olish;

    • mustaqil o‘qishga mo‘ljallangan hikoyalarni va axborot beruvchi ma’lumotlarni o‘qiy olish;

    • namunalar yordamida o‘qilgan matn mazmunining qisqacha bayonini (og‘zaki yoki yozma shaklda) bera olish;

    • matnni umumiy ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;

    • kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun o‘qiy olish.

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • murakkab gap va yangi so‘zlarni o‘z ichiga olgan tanish mavzudagi matnlarni o‘qib tushuna olish;

    • kerakli ma’lumotlarni olish uchun matnni o‘qib tushunish;

    • ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun matnni o‘qiy olish;

    Yozuv

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • o‘qigan, tinglagan matnlari yoki ko‘rgan-eshitgan voqealari asosida ma’lum bir vazifani yozma bajara olish;

    • o‘zi to‘g‘risida ma’lumot, his-tuyg‘u va fikrlarni ifoda qilish uchun o‘zaro bog‘langan gaplarni yoza olish;

    • tinish belgilari va til qurilmalaridan to‘g‘ri foydalangan holda fikrlarni to‘g‘ri ifoda eta olish;

    • yozuvda hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon voqea-hodisalarini tasvirlay olish;

    • matndagi ma’lumotlarni turkumlarga ajratib yoza olish;

    • matndagi ma’lumotlarni turkumlarga ajratib yoza olish;

    • oddiy so‘zlar, o‘rganilgan grammatik hodisalar va qisqa matnlarni tarjima qila olish;

    quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:

    • mavzuni tanishtirish, rivojlantirish va unga xulosa qilish orqali fikrlarni ketma-ket joylashtirish, tashkil etish va taqdim eta olish;

    • tugallanmagan gaplarni o‘rganilgan grammatik hodisalar yoki mazmunan mos so‘zlar bilan to‘ldira olish va ularni yakunlay olish;

    • qisqa tasviriy xarakterdagi matnlarni yoza olish;

    • olingan ma’lumotlar asosida qisqa hisobotlar yoza olish;

    • yangi kontekstlarda grammatikaning asosiy elementlarini ishlatib, to‘g‘ri so‘z tartibini qo‘llay olish.

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • xulosa qilish orqali fikrlarni ketma-ket joylashtirish malakasini egallay olish;

    • ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar yoza olish;

    • o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida gaplar yoza olish;

    • ko‘rsatma, yo‘llanma va takliflar yoza olish;

    • namunalar asosida dialoglar tuza olish;

    • tili o‘rganilayotgan mamlakatda qabul qilingan nutqiy etiket formulalaridan foydalanib, istaklar bildira olish;

    • o‘rganilgan grammatik hodisalar va qisqa matnlarni tarjima qilish;


    9-sinf

    Tinglab tushunish

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • har xil fikrlar ifoda etilgan turli tipdagi nutqni tinglab tushuna olish;

    • multimediya, audio-video lavhalar asosiy mazmunini tushunish;

    • matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushuna olish;

    • kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun tinglab tushunish;

    • matnni batafsil ma’lumot olish uchun tinglab tushunish.

    quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:

    • telefondagi suhbatdoshinini tinglab tushunish;

    • matnni batafsil ma’lumot olish uchun tinglab tushunish;

    • ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash.

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • tanish va tarkibida qisman notanish bo‘lgan materiallarni tinglash, turli muomalalar hamda his-hayajonli gaplarni tushunish;

    • telefondagi suhbatni tushunish va savollarga javob berib, muloqotda ishtirok eta olish;

    • qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish malakasiga ega bo‘lish.

    Gapirish

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • ommaviy axborot vositalarida berilgan matnlarni gapirib bera olish;

    • turli holat, guruh va juftliklarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish;

    • mavzu bo‘yicha bahslarda, taqdimotlarda ijobiy yoki salbiy mazmundagi shaxsiy fikrlarini erkin bayon etish.

    quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:

    • oldindan tayyorlanmagan mavzular bo‘yicha suhbat qila olish (m-n.: maktabga tashrif buyuruvchilar bilan suhbat qura olish);

    • talaffuz va ohang me’yorlariga rioya etgan xolda gapira olish;

    • audio-video tasma, CD, multimediya, fonogramma, ovozli film lavhalari orqali eshitgan matnlar asosiy mazmunini hikoya qilib bera olish.

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • o‘qish, turli vazifalarga ko‘ra dialogik va monologik nutqlarda ishtirok eta olish;

    • audio-video tasma, CD, multimediya, fonogramma, ovozli film lavhalari orqali eshitilgan matnlarni asosiy mazmuni bo‘yicha o‘z fikrini bildirish malakasiga ega bo‘lish;

    • guruh va juftliklarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish malakasiga ega bo‘lish.

    O‘qish

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • 0,5 bet, 20-30 foizgacha o‘rganilmagan so‘zlarni o‘z ichiga olgan matnlarning asosiy mazmunini o‘qib tushuna olish;

    • matnni umumiy ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;

    • matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tushunib o‘qish;

    • ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun matnni o‘qiy olish;

    quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:

    • 10 daqiqada 350 so‘zdan iborat matnni o‘qiy olish;

    • notanish mavzudagi matnlarni o‘qiy olish;

    • matndan batafsil ma’lumot olish uchun o‘qish;

    • video tasma, CD, multimediya film lavhalaridagi matnni o‘qiy olish;

    • o‘qish orqali leksik va grammatik materiallarni takrorlash hamda ularni nutqda qo‘llay olish.

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • matnlarni o‘qiy olish;

    • ommaviy axborot vositalarida berilgan matnlarni o‘qiy olish;

    • notanish mavzudagi matnlarni tushunib o‘qiy olish;

    • kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish malakasiga ega bo‘lish.

    Yozuv

    O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

    • o‘qilgan yoki eshitilgan matndan gapirib berish uchun reja yoki tezis yoza olish;

    • tuzilgan reja yoki tezislarning mazmunini yoritib bera olish;

    • xat (norasmiy), e-mail, eslatma, xabar, hisobot, maqola va kundaliklarni yozishning usul va shakllarini to‘g‘ri qo‘llay olish;
      Maqola -publitsistik janr. M.da ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, il-gor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi.


    • o‘tilgan va erkin mavzular asosida diktant, insho yoza olish;

    • xorijiy tildan ona tiliga, ona tilidan xorijiy tilga 100-120 so‘zli o‘rta qiyinlikdagi matnlarni yozma ravishda tarjima qila olish.

    quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:

    • tinish belgilari va til qurilmalaridan to‘g‘ri foydalangan holda fikrlarni aniq va to‘g‘ri yozma ravishda ifoda eta olish;

    • xat (norasmiy), e-mail, eslatma, xabar, hisobot, maqola va kundaliklarni yozishning usul va shakllarini to‘g‘ri qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

    quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

    • 5-8 sinflar davomida o‘rganilgan yozuv texnikasini yanada rivojlantirish malakasiga ega bo‘lish;

    • o‘zgalarning fikrlarini taqqoslash va ularning fikrlaridan xulosalar chiqarib, o‘z fikrini yoza olish;

    • o‘tilgan va erkin mavzular asosida diktant, insho yoza olish;

    • yozilgan ishni tekshirish, yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilab qaytadan yoza olish;

    • berilgan to‘liq matnning mazmunini qisqacha yozish yoki yozib olingan qisqa ma’lumotni to‘liq yozma holda yorita olish.

    Ingliz tili fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining

    o‘quv dasturi

    Uqtirish xati

    Ingliz tilini o‘qitishning maqsadlari jamiyat va davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi, o‘quv dasturi jamiyat va davlat manfaatlari va talablariga mos kelmog‘i hamda javob bermog‘i lozim.

    Mustaqil Respublikamizning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni tobora o‘sib, xalqaro aloqalar, savdo-sotiq, turizm va mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy hamda iqtisodiy aloqalar rivojlanib, mustahkamlanib borayotgan bir paytda uning kelajagini yaratuvchi yoshlarga xorijiy tillarni puxta o‘rgatish va xorijliklar bilan muloqot davomida o‘ziga taalluqli masalalarni erkin muhokama qila olish, umuman og‘zaki yoki yozma shaklda muloqot qilishni o‘rgatish hozirgi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.

    Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi.

    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-9 sinflarida ingliz tilini o‘qitish ikki bosqichga bo‘linadi:



    Birinchi bosqich – nutq faoliyatini ta’minlaydigan ko‘pgina malaka va ko‘nikmalarning asosi ingliz tilini o‘qitishning birinchi bosqichi (5-6 sinflar)da shakllantiriladi. Ta’limning dastlabki ikki yili davomida o‘quvchilar tinglab tushunish va gapirish (og‘zaki nutq) ni o‘rganishadi, bunda o‘qish va yozuv o‘qitish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. E’tibor, avvalo, o‘rganilayotgan tilning fonetik xususiyatlariga qaratiladi. Talaffuz, ayniqsa, ohangni to‘liq o‘zlashtirish, urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ustida olib boriladigan mashqlar ikkinchi bosqichda ham davom ettiriladi. Birinchi bosqichning ta’limiy vazifasi o‘rganilishi lozim bo‘lgan grammatik hamda leksik materiallarni o‘zlashtirib, xotirada saqlash va ularni namuna asosida qayta tinglab, takrorlashni taqazo etadi.

    Tarjima muhim ko‘nikma bo‘lib, muntazam ravishda shakllantirib borilishi kerak.



    Birinchi bosqichda so‘zlarni tarjima qilish juda foydalidir. So‘zlarni tarjima qilayotganda ingliz tili va ona tilidagi, yoki ona tili va ingliz tilidagi so‘zlar o‘rtasida nomutanosibliklar yuzaga kelishi kuzatiladi. Shu yo‘sinda o‘quvchilarda tarjima so‘zni emas, balki ma’noni fahmlash degan tushuncha shakllanadi.

    Birinchi bosqichda o‘quvchilarga quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.

    5-sinf

    • ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarning nomlarini;

    • ingliz tilida sevib kuylanadigan qo‘shiq va she’rlarni;

    • ingliz tilida salomlashish, tanishish, tanishtirish, xayrlashish, minnatdorchilik bildirish, kechirim so‘rash, iltimos qilish va hol-ahvol so‘rashda qo‘llaniladigan kommunikativ iboralarni;

    • ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarning uy va yovvoyi hayvonlarini;

    • ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarda qo‘llaniladigan ismlarni;

    • ingliz tilida o‘quv qurollari va o‘quv predmetlarining nomlarini.
    Fonetik materiallar

    • alfavit;

    • unli va undosh tovushlarni nutq jarayonida farqlash va ularni talaffuz qilish;

    • unli tovushlarning qisqa va cho‘ziq talaffuz qilinishi;

    • undoshlarning jarangli va jarangsizligi;

    • yordamchi so‘zlarning mustaqil so‘zlar bilan qo‘shilib o‘qilishi;

    • darak, so‘roq va undov gaplarda ohang;

    • so‘zlarda urg‘u;

    • gaplarning ma’noli guruhlarga to‘g‘ri bo‘linishi;

    • orfoepiyaning asosiy qoidalari;

    • diftong va triftonglar.
    6 - sinf

    • ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarning milliy taomlari va salqin ichimliklarning nomlarini, ovqatlanish va ovqatlanishda qo‘llaniladigan iboralarni;

    • meva va sabzavotlarning nomlarini;

    • ba’zi bir milliy ovqatlarni pishirish usullarini;

    • taomlarni tanlash va ularga pul to‘lashda qo‘llaniladigan iboralarni qo‘llay olish;

    • ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarning poytaxtining nomi va u haqidagi asosiy ma’lumotlarni;

    • O‘zbekiston, Buyuk Britaniya va AQShning yer maydoni va aholisi haqidagi qisqacha ma’lumotni;
      Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
      Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.
      Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh, ingl. United States of America) - Shimoliy Amerikadagi mamlakat. Poytaxti - Vashington shahri, BMT aʼzosi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan.
      Buyuk Britaniya, Britaniya, (ingl. Great Britain) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (ingl. United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) - Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat.


    • tabiatini;

    • yaqin qarindoshi yoki do‘stini tug‘ilgan kuni bilan tabriklashni;

    • maktabda o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomlarini.


    Download 1.03 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1.03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim

    Download 1.03 Mb.