Fonetik materiallar -
yordamchi so‘zlar (artikllar, predloglar, bog‘lovchilar, ba’zi bir olmoshlar) va jumlalarda urg‘u;
-
qo‘shma gaplarda ohang.
Ikkinchi bosqich. Bu bosqich (7-9 sinflar)da o‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozuvni maqsad maqomida egallash davom ettiriladi. Ikkinchi bosqichda o‘quvchilar o‘z nutqlarida ayrim qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin, ya’ni ularda o‘rganilgan so‘z va iboralarni grammatik qonun-qoidalarga asosan qo‘llash muammosi vujudga keladi. Bu esa o‘quvchilardan til materiallarini tartibga tushirish, umumlashtirish va ularni zarur bo‘lgan joyda qo‘llash malakasini talab qiladi. O‘qilgan va tinglangan matnlar asosida nutq ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Nutqning hamma turlarida mustaqil ishga katta ahamiyat berilgan holda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlari rivojlantiriladi.
Yuqori sinflarda tarjima ona tili va nemis tilidagi lingvistik tushunchalarning ifodalanish usullarini taqqoslash maqsadida ishlatiladi. Masalan, nemis tilida kelasi zamon qanday ifodalanadi va bu ona tilida qanday amalga oshiriladi va h.k. Shunday qilib, birinchi va ikkinchi bosqichlarda o‘rganiladigan bu ikki tarjima usuli o‘quvchining nemis tilidan bilimini mustahkamlaydi. Nihoyat 9- sinfga kelib o‘quvchilar bu ikki alohida-alohida ko‘nikmalarni birlashtiradilar va quyidagi ikki turdagi tarjima ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Birinchisi nemis tilidagi matnlarni nemis tilidan ona tiliga aniq-ravon tarjima qilish, ikkinchisi nemis tilidagi matnlarni tinglash yoki o‘qish va mazmunini ona tilida bayon etish.
Ikkinchi bosqichda o‘quvchilarga quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
7 - sinf -
O‘zbekiston va Germaniyaning jug‘rofiy xaritasi, uning hududlar (grafliklar, shtatlari, viloyatlari)ga bo‘linishi hamda dunyoga mashhur shaharlarini;
-
kiyim-kechaklar va kundalik xarid mollarini sotib olish haqidagi ma’lumotlarni;
-
O‘zbekiston va Germaniya yoshlarining nimalarga qiziqishlarini;
-
bo‘sh vaqt (ta’til, sayohat va turizm) larini qanday o‘tkazishlarini;
-
sport turlari, musobaqa va olimpiada haqidagi ma’lumotlarni.
8 - sinf -
atrof-muhit muammolaridan voqif bo‘lishi;
-
siyosiy arboblar, davlat rahbarlarini;
-
fan va madaniyat sohasi bo‘yicha mashhur kishilar (yozuvchi va shoirlari) ning ismi-shariflari hamda ularning mashhur asarlarini;
-
O‘zbekiston va Germaniyaning muzeylari, teatr va kinolari haqidagi ma’lumotlarni;
-
O‘zbekiston va Germaniya davlatlarida chop etiladigan gazeta, jurnallar nomlari, tele-radio dasturlar yuzasidan ma’lumotlarni;
-
bayramlari va urf-odatlarini.
9 - sinf -
nemis tilida so‘zlashadigan mamlakatlarning davlat tizimi, siyosiy partiyalari, saylovlar, bayroq va gerbini;
-
fan va madaniyati haqidagi ayrim tushunchalarni;
-
ta’lim tizimi haqidagi ma’lumotlarni;
-
iqtisodiyotini mamlakatimiz iqtisodiyoti bilan solishtirib o‘rganish;
-
xatlar (norasmiy) tabriknoma, taklifnoma, yozish va telefonda qanday gaplashish.
Nemis tilidan har bir sinfda o‘rganiladigan mavzular taqsimoti va grammatik materiallar
5-sinf (102 soat)
Mavzu
|
Grammatika
|
Nutq faoliyati turlari
|
Soat
|
1. Tanishuv:
- salomlashuv:
salomlashish, hol-ahvol so‘rash, xayrlashishni ayta olish;
o‘zini va boshqa birovni tanishtirish.
|
harflarning talaffuzi;
-
harf birikmalarining o‘qilishi;
-
kishilik olmoshi;
-
Sein fe’lining Präsens shakli;
-
Wie? Wer? Wo? so‘roq so‘zli so‘roq gaplar.
|
Tinglab tushunish:
-
mavzular bo‘yicha berilgan savol va ma’lumotlarni tushunish;
-
matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushuna olish;
-
matndan kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni ajratib olish;
|
16
|
2. O‘zi haqida:
-ism;
-yosh;
-adres;
-ona shahri;
o‘zi hamda o‘rtog‘i haqida qisqacha ma’lumot bera olish; (Masalan: yashash joyi, kimligi va boshqalar).
| -
1-12 gacha bo‘lgan sanoq sonlar;
-
so‘roq so‘zsiz so‘roq gap;
-
Ja, tasdiq so‘zli gap;
-
Wie viel va woher so‘roq so‘zli so‘roq gaplar.
| -
tovushlarni farqlay olish va ularni yozuvda ifodalash;
-
sinfda qo‘llaniladigan iboralarni tushunish.
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish malakasiga ega bo‘lish.
Gapirish:
-
oila, sinf xonasi va boshqalarni tasvirlay olish;
-
o‘zi yoqtirgan yoki yoqtirmagan narsalar
|
5
|
3. Oila:
- oila a’zolari
o‘zining (yoki do‘stining) oilasi haqida ma’lumot bera olish;
- yashash joylari
manzili, xonasi.
| -
egalik olmoshlari;
-
Was so‘roq so‘zli so‘roq gap;
-
aniq va noaniq artikllar;
-
leben,wohnen,heißen fe’llarini Präsens shakli;
-
12-100 gacha bo‘lgan sanoq sonlar;
|
yuzasidan fikrlarini ifoda eta olish. Savollarga javob bera olish, savollar bera olish va iltimos bilan murojaat qila olish;
-
tanish mavzular bo‘yicha 3-4 luqmadan iborat qisqa
|
11
|
4.Maktab:
-sinfda qo‘llaniladigan iboralar;
-o‘qituvchining ko‘rsatmalarini tushunib bajara olish;
-bir-biriga murojaat qilib, biror ish-harakatni qilish, qilmaslik to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
-ularni tushunish va bajarish;
-o‘quv fanlari
o‘quv fanlarining qaysi birini yoqtirish yoki yoqtirmasligi haqida o‘z fikrini ifoda etish;
- sinf xonasi va o‘quv qurollari:
sinf xonasini, uning jihozlari, hajmi va rangini tasvirlash;
o‘quv qurollarining kimga taalluqligini aniqlash, ularning nomlarini o‘z nutqida qo‘llash;
- maktab hovlisi va binosi:
maktab binosi, uning qismlari, hovlisi va kutubxonasini tasvirlay olish.
| -
1-6 gacha bo‘lgan tartib sonlar;
-
Wann so‘roq so‘zli so‘roq gap;
-
Nein, nicht inkor so‘zlari bilan kelgan inkor gaplar;
-
Dürfen, mögen modal fe’llarining tuslanishi;
-
fe’l va ot kesimli gaplar;
-
sifatning oddiy darajasi;
-
mein, dein kabi egalik olmoshlari.
|
suhbatlarda (dialog) va 5-6 jumlalardan iborat monologda ishtirok etish;
-
salomlashish, xayrlashish, uzr so‘rash va kimnidir tug‘ilgan kuni bilan tabriklashda xushmuomalalik iboralarini qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lish.
O‘qish
-
alifboni o‘rganish;
-
harf birikmalari;
-
yangi so‘zlarning ma’nosini anglash uchun darslik, lug‘atlar va qo‘shimcha materiallardan foydalana olish;
-
matndan kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni ajratib olish uchun o‘qish;
-
tanish kontekstda berilgan alohida so‘zlarni anglay olish;
-
qisqa iboralarni tushunganligini ko‘rsata olish;
-
100 tagacha so‘zni o‘z ichiga olgan qisqa, tanish bo‘lgan matn yoki dialogni o‘qib, mazmunini tushuna olish.
|
16
|
5. Sevimli mashg‘ulot:
o‘zi (yoki do‘sti) ning kundalik faoliyati to‘g‘risida suhbatlashish.
| -
Müssen modal fe’lining Präsens shakli;
-
An, in predloglari;
-
Dieser (diese,dieses) ko‘rsatish olmoshi;
-
fe’llarning hurmat shakli;
-
Oft, gewöhnlich, niemals, manchmal ravishlarining gapda qo‘llanishi.
|
Yozuv
-
so‘zlarni alfavit tartibida yoza olish;
-
5-6 so‘zdan iborat bo‘lgan lug‘at-diktant yoza olish;
-
oddiy xabarlarni ko‘chirib yozish va so‘zlar bilan nuqtalar o‘rnini to‘ldira olish;
|
10
|
6.Men yoqtirgan narsalar:
o‘zi (do‘sti yoki oila a’zolari) ning yoqtirgan, yoqtirmagan narsalari, sevimli mashg‘uloti va u(lar)ni qiziqtirgan narsalar haqida suhbatlashish.
|
Akkusativ kelishigini talab qiluvchi wohin so‘roq so‘zi.
| -
bosh harflar va nuqtalarni qo‘llagan holda oddiy gaplarni yoza olish;
-
oddiy so‘zlarni va o‘rganilgan grammatik hodisalarni tarjima qila olish:
-
o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida oddiy gaplar tuza olish.
|
8
|
7. Hayvonlar:
-uy va sevimli hayvonlar;
o‘zi (yoki do‘sti) ning uy hayvonlariga nisbatan bo‘lgan munosabatlarini ko‘rsata olish;
-o‘zining sevimli hayvonlari, ularning ko‘rinishi va ranglari haqida suhbatlashish;
-yovvoyi hayvonlar;
hayvonot bog‘idagi yovvoyi hayvonlar haqida, ularning yashash joylari, O‘zbekiston va nemis tilida so‘zlashadigan mamlakatlardagi hayvonlar haqida suhbatlashish.
| -
sifatning oddiy darajasi;
-
otlarning ko‘plik shakli;
-
sodda va qo‘shma otlar.
| -
xotiradagi so‘zlarni to‘g‘ri yoza olish;
-
«va», «lekin» bog‘lovchilarini nutqda qo‘llay olish;
-
namunalar asosida dialoglar tuza olish;
-
oddiy jadvallar tuzish va ularni yozma tasvirlab bera olish.
|
10
|
8. Yil fasllari:
-fasllar;
yil fasllarini tasvirlash;
-oylar;
yil fasllariga bo‘lingan oylarning bir-biridan farqi, oylar va kunlar haqida suhbatlashish;
-ob-havo;
ob-havo to‘g‘risida suhbatlashish;
ob-havoga bo‘lgan o‘z munosabati va uning fasllarga xos o‘zgarish sababini ko‘rsatgan holda ifoda eta olish.
| -
laufen, fahren fe’llarining Präsens shakli;
-
Es regnet va es scheint kabi shaxssiz gaplar;
-
1-31 gacha bo‘lgan tartib va 1-100 gacha bo‘lgan sanoq sonlar.
|
10
|
Mustaqil ish
|
4
|
Takrorlash
|
4
|
Nazorat ishi
|
8
|
6-sinf (102 soat)
|
Grammatika
|
Nutq faoliyati turlari
|
Soat
|
1. Tarjimai hol:
- tarjimai hol;
-o‘zi (yoki do‘sti) ning tarjimai holi haqida gapirish;
-tug‘ilgan kun;
-o‘zi (yoki do‘stlari) ning tug‘ilgan kuni to‘g‘risida gapira olish;
-qarindosh-urug‘;
-o‘zi (yoki do‘sti) ning qarindoshlari haqida suhbatlashish;
-uy ro‘zg‘or ishlari;
o‘z onasiga uy ishlarini bajarishda beradigan yordami;
- to‘g‘risida gapirish, uy yumushlarini bajarishga oid savol-javoblarda ishtirok etish.
| -
otlarning turlanishi (kuchli va jenskiy turlanish);
-
Mit, zu, bei, aus, noch, von predloglari.
|
Tinglab tushunish:
-
kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun tinglash;
-
150 tagacha so‘zni o‘z ichiga olgan, tanish so‘zlardan iborat xabar va dialoglarni tinglab, asosiy mazmunini tushuna olish;
-
matnni tinglab yangi so‘zlarni o‘ziga belgilab qo‘ya olish;
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash malakasiga ega bo‘lish.
Gapirish:
-
o‘qigan yoki tinglagan matnlar yuzasidan ma’lum bir vazifalar asosida savollarga javob berish, gapira olish;
asosiy mavzuga oid qisqa suhbatlarda ishtirok etish, oddiy so‘zlar bilan o‘z fikr va tuyg‘ularini 4-5 ta gap bilan
|
18
|
2. Uy:
-uy va uning xonalari;
-o‘zi yashaydigan uy va uning xonalarini tasvirlay olish;
-shu mavzu yuzasidan sinfdoshlari bilan suhbatlashish;
- uy jihozlari:
jihozlarning rangi, shakli, materiali, soni, xonaning qayerida joylashganligi yuzasidan suhbatlashish. Biror ishni bajarishni ta’qiqlashga oid ko‘rsatma berish:
- mening kechagi ish kunim;
bir kun oldin qilgan ish faoliyati yuzasidan suhbatlashish.
| -
Präsens;
-
Perfekt;
-
Denn bog‘lovchili qo‘shma gap;
-
Gegenüber, auf, neben, über, an predloglari;
-
Perfekt;
-
Präteritum;
-
nicht yoki kein inkor so‘zlari bilan kelgan inkor gaplar;
-
o‘zlik fe’l;
-
“darum”bog‘lovchili qo‘shma gaplar.
|
mantiqan to‘g‘ri ifoda eta olish;
-
guruhlarda, juftliklarda ishlash jarayonida savollar bera olish, o‘z fikrlarini bildira olish;
suhbatdoshiga o‘tilgan mavzu yuzasidan qisqa ravishda o‘z fikrini gapirib bera olish.
O‘qish:
-
so‘zlarning ma’nosini tushunish uchun ikki tilli lug‘atlar yoki darslik oxirida beriladigan lug‘atdan foydalana olish;
-
o‘qishga oid matnlar yoki qisqa hikoyalarni tanlab olib, mustaqil ravishda o‘qiy olish va o‘qish yuzasidan berilgan topshiriqni bajara olish;
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun matnni o‘qiy olish;
150 tagacha so‘zni o‘z ichiga olgan
|
28
|
3. Oziq-ovqatlar va taom:
- oziq-ovqat magazinida;
-bozorda;
-bir kun oldin xarid qilgan narsalari (oziq-ovqat meva-sabzavotlar va ichimliklar);
-ularning og‘irligi, narxlari va miqdori to‘g‘risida suhbatlashish;
-yoqimli ishtaha;
-taom keltirishni so‘rash, taklif qilish, rahmat aytish va taomning mazasini maqtay olish;
nonushta, tushlik va kechki ovqatlanish va taom turlari haqida gapirish;
-taom tayyorlash;
O‘zbekiston va Germaniyadagi taomlardan birini qanday tayyorlash va ovqatlanishda ishlatiladigan idishlar to‘g‘risida suhbatlashish.
| -
Perfekt;
-
Imperativ (buyruq va iltimos shakli);
-
so‘roq so‘zli va so‘roq so‘zsiz so‘roq gaplar;
-
Außer predlogi;
-
Artikllarning predloglar bilan qo‘shilgan holda qo‘llanishi;
-
100 dan ortiq bo‘lgan sanoq sonlar.
|
bosma yoki qo‘lyozma holdagi matnlarni hamda hikoyalarni o‘qib mazmunini tushuna olish;
-
matnning asosiy joylarini yoki tafsilotini anglay olish;
-
kontekst yoki kalit so‘zlardan foydalangan holda notanish so‘z ma’nolarini anglab olishni o‘rganish.
Yozuv:
-
3-4 ta o‘zaro bog‘langan gaplarni yoddan, kengroq yoza olish;
-
qisqa diktantlar yoza olish;
-
gaplarni to‘g‘ri ko‘chirib yoza olish;
-
o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida oddiy gaplar yoza olish;
-
muloqotni amalga oshirish uchun do‘stiga xat, oddiy xabarlarni yoza olish;
-
oddiy so‘zlarni va o‘rganilgan grammatik hodisalarni tarjima qila olish;
-
tili o‘rganilayotgan mamlakatda qabul qilingan nutqiy etiket formulalaridan foydalanib istaklar bildira olish;
namunaviy matndagi so‘z va so‘z birikmalarini boshqa so‘z va so‘z birikmalari bilan almashtirgan holda o‘zgartirib yoza olish;
|
20
|
4. O‘zbekiston va Germaniyaning geografiyasi:
-jug‘rofiy joylashishi;
O‘zbekiston va Germaniyaning jo‘g‘rofiy jihatdan joylashgan o‘rni, ularga chegaradosh mamlakatlar haqida fikr almashish;
- yer maydoni va aholisi;
O‘zbekiston va Germaniya yer maydoni, aholisi to‘g‘risida gapirish ularga oid diagrammalar tuzish va uni sharhlab bera olish;
- tabiati va iqlimi;
O‘zbekiston va Germaniya tabiati, iqlimi haqida gapirish;
-ko‘pi bilan uchta hududning tabiati va iqlimini taqqoslab xulosa chiqarish;
-daryo, ko‘l, dengiz, va tog‘lar;
O‘zbekiston va Germaniya daryo, ko‘l va tog‘lari to‘g‘risida gaplashib, ularni bir-birlari bilan taqqoslash.
| -
otlarning Dativ va Akkusativ kelishiklarida kelishini talab qiladigan predloglar;
-
sifat va ravishlarning qiyosiy hamda orttirma darajalari;
-
31 dan ortiq bo‘lgan tartib sonlar.
| -
o‘qilgan yoki tinglagan matnlari asosida ma’lum bir vazifani yozma bajara olish;
-
namunalar asosida dialoglar tuza olish;
-
oddiy jadvallar tuzish, ularni to‘ldirish va yozma ravishda tasvirlab bera olish;
-
so‘zni to‘g‘ri yozganligini tekshirish, unutilgan yoki notanish so‘zlarni topish uchun ikki tilli lug‘atdan foydalana olish.
|
20
|
Mustaqil ish
|
4
|
Takrorlash
|
4
|
Nazorat ishi
|
8
|
7-sinf (102 soat)
Mavzu
|
Grammatika
|
Nutq faoliyati turlari
|
Soat
|
1. Qishloq va shaharlar:
-poytaxt;
-O‘zbekiston va Germaniyadagi mashhur shaharlar va diqqatga sazovor joylar haqida suhbatlashish;
-diqqatga sazovor joylar;
manzilga qanday borishni so‘rash yoki ko‘rsatmalar berish;
-qishloq;
-o‘zi yashayotgan qishloq yoki shahar xaqida ma’lumot bera olish.
| -
Otlarning kuchsiz turlanishi;
-
Seit ,gegen predloglari.
|
Tinglab tushunish:
-
o‘tgan va kelasi zamondagi voqealarni o‘z ichiga olgan parchalar, shuningdek qisqa tasviriy hikoyalarni tinglab tushuna olish;
-
matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushuna olish;
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash.
o‘rta tezlikka yaqin bo‘lgan va ovozga tabiiy shovqin
|
15
|
2. Sog‘liq:
- insonning tashqi qiyofasi va tana a’zolari;
o‘zining (yoki do‘stining) tashqi qiyofasi haqida gaplasha olish;
tana a’zolari to‘g‘risida gaplashish;
- shifokor huzurida;
-sog‘ligi haqida shifokorga murojaat qila olish;
-shifokorga borishdan maqsadini aytish, kasallik belgilarini tushuntirib bera olish.
| -
so‘roq, tasdiq va inkor gaplar;
-
Imperativ;
-
Müssen, sollen, können Infinitiv;
-
daß bog‘lovchili aniqlovchi ergash gap;
-
mögen, wollen modal fe’llari;
-
daß bog‘lovchisi bilan kelgan sabab va als bog‘lovchisi bilan kelgan shart ergash gaplar.
|
berilgan, kam miqdordagi notanish so‘zlardan iborat matnlarni tinglab tushuna olish.
Gapirish:
-
dialogik va monologik nutqlarda ishtirok eta olish;
-
bahs-munozara yurita olish;
-
voqea-hodisalarni gapirib bera olish.
-
mavzular yuzasidan qisqa suhbatlarda qatnashish.
-
turli holat, guruh va juftliklarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish;
fikr va tuyg‘ularni ifoda yetish va ularning sababini tushuntirib bera olish.
|
10
|
3. Kiyimlar:
-kiyimlar;
turli xil kiyimlar (ust, bosh, oyoq kiyimlar), ularning ranglari, o‘lchamlari hamda materiali haqida suhbatlasha olish;
-milliy kiyimlar;
O‘zbek va Germaniyaliklarga xos bo‘lgan milliy kiyimlar, ularning ko‘rinishi, farqlari, ranglari, materiallari haqida suhbatlashish;
-xarid;
sotib olmoqchi bo‘lgan kiyimlar haqida sotuvchi bilan muloqatda bo‘lib ularning narxini, o‘lchamini so‘ray olish.
| -
mögen, wollen modal fe’llari;
-
daß bog‘lovchisi bilan kelgan sabab va als bog‘lovchisi bilan kelgan shart ergash gaplar;
-
sifatlarning turlanishi;
-
Akkusativ kelishigini talab qiladigan um predloglari;
-
Um zu Infinitiv.
|
O‘qish:
-
ikki tilli yoki darslik oxirida beriladigan lug‘atlardan foydalana olish;
-
taxminan 200 ta so‘zdan iborat tasviriy xarakterdagi hikoyalarni, yozma materiallarni o‘qib, mazmunini tushuna olish;
-
soddalashtirilgan va mustaqil o‘qishga mo‘ljallangan materiallar (ko‘rsatma, hikoya va axborot beruvchi ma’lumotlar) ni o‘qiy olish;
-
grafik va jadvallarni o‘qib, ma’lumotlarni ajrata olish;
-
matnning asosiy
|
18
|
4. Sport:
- sport turlari;
bir-birlari bilan umumiy va milliy sport turlari va ularga nisbatan bo‘lgan qiziqishlari haqida suhbatlashish;
- musobaqalar;
maktab, tuman, viloyat va respublika miqyosida o‘tkaziladigan sport musobaqalari haqida suhbatlashish;
-olimpiada;
olimpiada o‘yinlari, g‘olib bo‘lgan mashhur sportchilar va komandalar haqida muloqot qila olish.
| -
Akkusativ kelishigini talab qiladigan um predloglari;
-
Um zu Infinitiv.
|
g‘oyasini (mazmunini) tushunish uchun o‘qiy olish.
-
namunalar yordamida o‘qilgan matn mazmunining qisqacha bayonini (og‘zaki yoki yozma shaklda) bera olish;
-
matnni umumiy ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;
-
kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun o‘qiy olish;
zavq olish uchun matnlarni o‘qiy olish.
|
18
|
5. O‘zbekiston va Germaniyaning ma’muriy bo‘linishi;
- viloyatlar;
-tumanlar;
-xududlar;
O‘zbekiston va Germaniya ma’muriy bo‘linishi haqida suhbatlashish.
| -
der, die bog‘lovchilari bilan kelgan aniqlovchi ergash gaplar;
-
sifatdoshning gapda aniqlovchi vazifasida kelishi;
|
Yozuv:
-
o‘zi to‘g‘risida ma’lumot, his-tuyg‘u va fikrlarni ifoda qilish uchun o‘zaro bog‘langan gaplarni yoza olish;
-
tugallanmagan gaplarni o‘rganilgan
|
15
|
6. Bo‘sh vaqt:
- ta’tilda;
O‘quvchilar yaqinlashib kelayotgan ta’tilda qilmoqchi bo‘lgan ishlarining rejalari haqida gaplashish, ta’tilni qanday o‘tkazish to‘g‘risida taklif va maslahatlar bera olish;
- sayohat va turizm;
O‘zbekistondagi mashhur joylarga, tabiat qo‘yniga qilgan sayohatlari to‘g‘risida gapirish, keyingi yil uchun sayohat rejalarini tuzish, qaysi transportda sayohat qilishni afzal ko‘rishi va qiziqarli turistik voqealar haqida suhbatlashish.
| -
wollen, dürfen Infinitiv;
-
Plusquamperfekt;
-
Durch, für predloglari.
|
grammatik hodisalar yoki mazmunan mos so‘zlar bilan to‘ldira olish va ularni yakunlay olish;
-
o‘qigan yoki tinglagan matnlari asosida ma’lum bir vazifani yozma bajara olish;
-
o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida gaplar yoza olish;
-
yangi kontekstlarda grammatikaning asosiy elementlarini ishlatib, to‘g‘ri so‘z tartibini qo‘llay olish;
-
tinish belgilari va til qurilmalaridan to‘g‘ri foydalangan holda fikrlarni to‘g‘ri ifoda eta olish;
-
tili o‘rganilayotgan mamlakatda qabul qilingan nutqiy etiket formulalaridan foydalanib istaklar bildira olish;
-
qisqa tasviriy xarakterdagi matnlar yoza olish;
-
matndagi ma’lumotlarni turkumlarga ajratib yoza olish;
-
namunalar asosida dialoglar tuza olish;
jadvallar tuzish, ularni to‘ldirish va yozma ravishda tasvirlab bera olish.
|
10
|
Mustaqil ish
|
4
|
Takrorlash
|
4
|
Nazorat ishi
|
8
|
8-sinf (102 soat)
Mavzu
|
Grammatika
|
Nutq faoliyati turlari
|
Soat
|
1. O‘zbekiston va Germaniyaning san’ati, mashhur kishilari:
- san’ati;
O‘zbekiston va Germaniyadagi ba’zi san’at turlari haqida gaplashish;
-O‘z qiziqishlarini (sababini ko‘rsatgan holda) ifoda eta olish, o‘zbek va nemis musiqasi, adabiyotini taqqoslash;
-O‘zbekiston va Germaniyadagi zamonaviy kino va pesalarning mazmunini muhokama qilish, muzeylarni tasvirlash;
-haykaltaroshlik; shuningdek, rassomchilik haqida soddaroq atamalar ishtirokida fikrlar almashish;
-mashhur kishilari;
A.Temur, M.Ulug‘bek, A.Navoiy, Goete, Shiller, Geyne kabi tarixiy shaxslar to‘g‘risida ma’lumot berish va ularning ishlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini ma’lum darajada bayon qila olish.
|
-
Damit bog‘lovchisi bilan bog‘langan maqsad ergash gap;
Welche, welcher, welches nisbiy olmoshlarining qo‘llanishi;
-
Nachdem yoki während bog‘lovchisi bilan bog‘langan payt ergash gap.
|
Tinglab tushunish:
-
tabiiy sharoitdagi nutq xususiyatlari (ikkilanish, gapni boshlashda qo‘llaniladigan “xo‘p, yaxshi, demak“ kirish so‘zlari va h.k.) ishtirok etgan dialog va monologlarni tinglab tushuna olish;
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash.
-
o‘rta tezlikka yaqin bo‘lgan va ovozga tabiiy shovqin berilgan, kam miqdordagi notanish so‘zlardan o‘z ichiga olgan matnlarni tinglab tushuna olish;
-
kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun tinglash;
-
o‘tgan va kelasi zamondagi voqealarni o‘z ichiga olgan parchalar, shuningdek, qisqa tasviriy hikoyalarni mazmunini tinglab tushuna olish;
matndan batafsil ma’lumot olish va asosiy g‘oyasini gapirib berish uchun tinglab tushunish. Gapirish:
turli holat, guruh va juftliklarda kommunikativ
|
29
|
2. Bayram va urf-odatlari:
O‘zbekiston va Germaniya bayram va urf-odatlari yuzasidan ma’lumotga ega bo‘lish, suhbatlashish.
| -
um … zu … Infinitiv;
-
ohne … zu … Infinitiv va
(an) statt … zu Infinitiv
Infinitiv guruhlari.
|
vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish;
-
bahs - mulohazalar yurita olish;
-
o‘tgan va kelasi zamondagi voqea-hodisalarni gapirib bera olish;
|
18
|
3. –Olam
-Atrof muhit muammolari;
atrof muhit muammolari to‘g‘risida fikr almashish, bu muammolarning kelib chiqish sababini gapirib bera olish va o‘z fikrini asoslash. Boshqa mamlakatlarning shunga o‘xshash atrof-muhit muammolarini taqqoslay olish.
| | -
mavzular yuzasidan qisqa suhbatlarda qatnashish, fikr mulohazalarini tushuntirib bera olish;
-
dialogik va monologik nutqlarda ishtirok eta olish;
-
to‘g‘ri talaffuz va intonatsiya bilan gapira olish.
-
mavzular yuzasidan fikr va tuyg‘ularini ifoda etish va ularni tushuntirib bera olish;
-
o‘qilgan matnlar yuzasidan dialogik va monologik nutqlarda ishtirok eta olish malakasini egallay olish.
|
13
|
4.Ommaviy axborot vositalari:
- matbuot (gazeta va jurnallar);
gazeta va jurnallardan olingan parchalarni o‘qib tushuna olish va ularning asosiy mazmuni haqida suhbatlashish; O‘zbekiston va Germaniyadagi gazeta va jurnallarni taqqoslab ularning farqlarini muhokama qilish, internet tushunchasi.
-televidenie va radio;
O‘zbekiston va Germaniya televideniya va radiosi haqida suhbatlashish, ularning kanal va dasturlarida beriladigan, yangiliklar, ijobiy yoki salbiy ma’lumotlarni muhokama qilish, teleradio dasturlariga qiziqqan mavzularni kiritish haqida taklif berish.
| |
O‘qish:
-
taxminan 250 ta so‘zdan iborat tasviriy xarakterdagi hikoyalarni o‘z ichiga olgan turli yozma materiallarni o‘qib tushuna olish;
-
soddalashtirilgan va mustaqil o‘qishga mo‘ljallangan materiallar (ko‘rsatma, hikoya va axborot beruvchi ma’lumotlar) ni o‘qiy olish;
-
turli xil fikrlarni o‘z ichiga olgan matnlarning mazmunini, murakkab gap va yangi so‘zlarni o‘z ichiga olgan tanish mavzudagi matnlarni tushuna olish;
-
grafik va jadvallarni o‘qib, ma’lumotlarni ajrata olish;
-
matnni batafsil ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;
-
ikki tilli yoki darslik oxirida beriladigan lug‘atlardan foydalana olish;
-
mustaqil o‘qishga mo‘ljallangan hikoyalarni va axborot beruvchi ma’lumotlarni o‘qiy olish;
-
namunalar yordamida o‘qilgan matn mazmunining qisqacha bayonini (og‘zaki yoki yozma shaklda) bera olish;
-
kerakli ma’lumotlarni olish uchun matnni o‘qib tushunish.
Yozuv:
-
o‘qigan, tinglagan matnlari yoki ko‘rgan-eshitgan voqealari asosida ma’lum bir vazifani yozma bajara olish;
-
o‘zi to‘g‘risida ma’lumot, his-tuyg‘u va fikrlarni ifoda qilish uchun o‘zaro bog‘langan gaplarni yoza olish;
-
tinish belgilari va til qurilmalaridan to‘g‘ri foydalangan holda fikrlarni to‘g‘ri ifoda eta olish;
-
yozuvda hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon voqea-hodisalarini tasvirlay olish;
-
oddiy so‘zlar, o‘rganilgan grammatik hodisalar va qisqa matnlarni tarjima qila olish;
-
tugallanmagan gaplarni o‘rganilgan grammatik hodisalar yoki mazmunan mos so‘zlar bilan to‘ldira olish va ularni yakunlay olish;
-
qisqa tasviriy xarakterdagi matnlarni yoza olish;
-
olingan ma’lumotlar asosida qisqa hisobotlar yoza olish;
-
ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar yoza olish;
-
ko‘rsatma, yo‘llanma va takliflar yoza olish;
-
namunalar asosida dialoglar tuza olish;
o‘rganilgan grammatik hodisalar va qisqa matnlarni tarjima qilish.
|
26
|
Mustaqil ish
|
4
|
Takrorlash
|
4
|
Nazorat ishi
|
8
|
9-sinf (102 soat)
Mavzu
|
Grammatika
|
Nutq faoliyati turlari
|
Soat
|
1. O‘zbekiston va Germaniyaning davlat tizimi:
- davlat tizimi;
bu mamlakatlarning davlat tizimi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish, ularning bayrog‘i, gerbi, konstitutsiyasi haqida boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lish;
- boshqaruv idoralari;
Germaniya va O‘zbekistondagi qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi tashkilotlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
- ta’lim tizimi;
O‘zbekiston va Germaniyadagi ta’lim tizimini o‘rganish va ularni taqqoslash, har bir tizimning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini ifoda eta olish;
O‘zbekiston va Germaniyadagi dars jadvali va o‘quv fanlarini taqqoslash, darslarning qancha davom etishi va vaqti haqida suhbatlashish.
| -
Präteritum Passiv;
-
Partizip I va Partizip II ning aniqlovchi vazifasida qo‘llanilishi.
|
Tinglab tushunish:
-
har xil fikrlar ifoda etilgan turli tipdagi nutqni tinglab tushuna olish;
-
multimediya, audio-video lavhalarning asosiy mazmunini tushunish;
-
matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushuna olish;
-
kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun tinglab tushunish;
-
matnni batafsil ma’lumot olish uchun tinglab tushunish.
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash.
-
tanish va tarkibida qisman notanish bo‘lgan materiallarni tinglash, turli muomalalar hamda his-hayajonli gaplarni tushunish;
telefondagi suhbatni tushunish va savollarga javob berib, muloqotda ishtirok eta olish.
|
28
|
2. Men yoqtirgan kasb.
O‘zbekiston va Germaniyadagi kasblar, o‘zi orzu qilgan va sevgan kasbi to‘g‘risida gapirish, nima uchun litsey yoki kollejni tanlaganligini ayta olish, o‘zining kelgusidagi orzu va rejalari haqida fikrlarini bayon etish, Germaniyada va O‘zbekiston maktablarida mavjud tashhis yo‘nalishlari, psixologlar ish jarayonlariga doir ma’lumotlar almashish.
|
(grammatik materiallar Passiv holda o‘rganiladi).
|
Gapirish:
-
ommaviy axborot vositalarida berilgan matnlarni gapirib bera olish;
-
turli holat, guruh va juftliklarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish;
oldindan tayyorlanmagan mavzular bo‘yicha suhbat qila olish (m-n.: maktabga tashrif buyuruvchilar bilan suhbat
|
|
3. Iqtisodiyot:
- sanoat;
O‘zbekiston va Germaniyaning asosiy iqtisodiy tarmog‘i bo‘lgan sanoat to‘g‘risida suhbatlashish;
O‘zbekiston va Germaniyaning iqtisodini rivojlantirish uchun qanday sanoat maxsulotlari foydali ekanligini muhokama qilish. Ular uchun yana qanday mahsulotlarni ishlab chiqarish kerakligi to‘g‘risida o‘z takliflarini berish;
-Maishiy xizmat;
Maishiy xizmat turlari to‘g‘risida suhbatlashish.
| -
Perfekt Passiv;
-
Plusquamperfekt;
-
Passiv
(grammatik materiallar Passiv holda o‘rganiladi).
|
qura olish);
-
talaffuz va ohang me’yorlariga rioya etgan holda gapira olish;
-
audio-video tasma, CD, multimediya, fonogramma, ovozli film lavhalari orqali eshitgan matnlar asosiy mazmunini hikoya qilib bera olish.
o‘qish, turli vazifalarga ko‘ra dialogik va monologik nutqlarda ishtirok eta olish.
O‘qish:
-
0,5 bet, 20-30 foizgacha o‘rganilmagan so‘zlarni o‘z ichiga olgan matnlarning asosiy mazmunini o‘qib tushuna olish;
-
matnni umumiy ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;
-
matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tushunib o‘qish;
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun matnni o‘qiy olish;
-
10 daqiqada 350 so‘zdan iborat matnni o‘qiy olish;
-
video tasma, CD, multimediya film lavhalaridagi matnni o‘qiy olish;
-
o‘qish orqali leksik va grammatik materiallarni takrorlash hamda ularni nutqda qo‘llay olish.
|
17
|
4. Aloqa tizimi:
e’lon, reklama yozish bo‘yicha o‘quvchilarni o‘rganayotgan tilida tushunishga yo‘naltirish; o‘rtoqlariga tashakkurnoma va taklifnomalar yo‘llash yoki o‘ziga zarur bo‘lgan narsani xat orqali so‘rash;
maktab devoriy gazetasiga oddiy maqola yozish, maktab hayotida uchrab turadigan voqealarni ifodalovchi e’lonlar yozish va yechish uchun krassvordlar taklif qilish.
- aloqa bo‘limida;
aloqa bo‘limi xodimi bilan konvertga manzilni qanday yozish va o‘rtog‘iga qanday qilib sovg‘a jo‘natish to‘g‘risida savol-javob qilish;
-telefonda;
telefon orqali kerakli manzilga qanday qilib yetib borishni so‘rash, tushunilmagan fikrni qaytarib aytishni so‘rash, o‘rtog‘i bilan uchrashuv belgilash, o‘rtog‘ini biror yerga taklif qilish, kundalik voqealar to‘g‘risida suhbat qurish va boshqalar;
-internet, elektron pochta;
internet, elektron pochta tizimi ma’lumotlar berish, ularning ishlash prinsipi haqida nemis tilida tanishtirish.
| -
haben zu Infinitiv va sein zu Infinitiv;
-
modal fe’llar Infinitiv;
-
ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar;
|
Yozuv:
-
o‘qilgan yoki eshitilgan matndan gapirib berish uchun reja yoki tezis yoza olish;
-
xat (norasmiy), e-mail, eslatma, xabar, hisobot, maqola va kundaliklarni yozishning usul va shakllarini to‘g‘ri qo‘llay olish;
-
o‘tilgan va erkin mavzular asosida diktant, insho yoza olish;
-
xorijiy tildan ona tiliga, ona tilidan xorijiy tilga 100-120 so‘zli o‘rta qiyinlikdagi matnlarni yozma ravishda tarjima qila olish.
-
tinish belgilari va til qurilmalaridan to‘g‘ri foydalangan holda fikrlarni aniq va to‘g‘ri yozma ravishda ifoda eta olish;
-
5-8 sinflar davomida o‘rganilgan yozuv texnikasini yanada rivojlantirish malakasiga ega bo‘lish;
-
o‘zgalarning fikrlarini taqqoslash va ularning fikrlaridan xulosalar chiqarib, o‘z fikrini yoza olish;
o‘tilgan va erkin mavzular asosida diktant, insho yoza olish.
|
21
|
Mustaqil ish
|
4
|
Takrorlash
|
4
|
Nazorat ishi
|
8
|
Nemis tili fanidan ko‘rgazmali va ko‘rsatmali materiallar
1. Nemis tili fanidan 5-9-sinflar bo‘yicha mavzular kesimida 35 ta slayd.
2. “O‘zbekiston va Germaniyaning mashhur yozuvchi va siyosiy arboblari” haqida plakatlar 10 ta.
3. Nemis tili grammatikasi bo‘yicha plakatlar 15 ta.
3. 6,7,8-sinflar bo‘yicha elektron darsliklar.
4. 5,6,7,8,9-sinflar bo‘yicha o‘quv filmlar.
5. 5,6,7,8,9-sinflar bo‘yicha darslik kassetalari.
Fransuz tili fanidan
Davlat ta’lim standarti
O‘quvchi chet tillardan birini o‘rganish jarayonida quyidagi bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallashi shart:
-
chet tilidagi matnlarni (10 daqiqada 350 ta so‘z) ifodali o‘qiy olish;
-
sodda mazmundagi matnlarni tushunish;
-
matnlarda ifodalangan turli darajadagi axborotlarni tushunish;
-
100-120 ta so‘zdan iborat bo‘lgan o‘rtacha murakkablikdagi matnni chet tilidan ona tiliga va ona tilidan xorijiy tilga tarjima qila olish;
-
o‘qish kitobiga tayangan holda og‘zaki nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
-
kommunikativ maqsadlarga yo‘naltirilgan og‘zaki muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
-
dialogik va monologik nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
-
suhbatdoshining nutqini tushuna olish;
-
yozib olingan nutqni tushuna olish;
-
matndan dialog ko‘chira olish;
-
o‘qilgan yoki eshitilgan matnga tayangan holda reja tuzish yoki tezis yoza olish;
-
tabriknoma va maktub yoza olish.
Fransuz tilini
o‘qitishning maqsad va vazifalari
Ta’lim maqsadlari ijtimoiy buyurtma-topshiriq bo‘lib, har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish va tarbiyalashga qaratiladi.
Fransuz tilini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda kommunikativ va lingvomamlakatshunoslik imkoniyatlarini shakllantirishdir. O‘quvchilar fransuz tilini maktabda, tarbiyaviy, amaliy, ta’limiy va rivojlantiruvchi maqsadlarda o‘rganadilar.
Tarbiyaviy maqsad
Tarbiyaviy maqsad xorijiy tildagi matnlarning mazmunini o‘rgatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishga mo‘ljallangan matnlar esa darslik, qo‘llanma va boshqa adabiyotlarda o‘z ifodasini topadi.
O‘quvchilarning bilish faolligini oshirish quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.
-
Har tomonlama rivojlangan, yuksak ma’naviyatli, iymon- ehtiqodli, irodali, vatanparvar, mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish.
-
O‘quvchilarga g‘oyaviy-siyosiy tarbiya berish, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish tuyg‘ularini rivojlantirish, ularda aqliy mehnat malaka va ko‘nikmalarini hosil qilish.
-
O‘z yurti va tili o‘rganilayotgan mamlakatning xalqi, uning milliy urf-odati hamda qadriyatlariga hurmat bilan do‘stona qarashlik, dunyoga qiyosiy munosabatda bo‘lish sifatlarni shakllantirish.
-
O‘quvchilarga vatanparvarlik va axloqiy poklik, mehnatsevarlik tuyg‘ularini singdirish.
Ta’limiy maqsad
Ta’limiy maqsad fransuz tilini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarning tafakkurini mantiqiy o‘stirish va shu tilni o‘zlashtirish orqali ona tilidan egallagan bilimlarini rivojlantirish tushuniladi. Ona tili va fransuz tili o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda farqlarni bilib olish o‘quvchilarning bilim saviyalarini yanada oshiradi. Ta’limiy maqsadning vazifasi o‘quvchilarning bilim olishiga yordam berishi, ularda mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishi, o‘zlashtirilgan bilimlarni kundalik turmush amaliyoti bilan bog‘lashi va ularni mustahkamlashi, boshqa fanlar bilan uуg‘unlashtirishdan iborat. Ta’limiy maqsad quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
-
Fransuz tilini o‘rganish jarayonida fanlararo bog‘lanish orqali mamlakatimiz va tili o‘rganiladigan mamlakatning geografiyasi, tarixi, adabiyoti, san’ati, fan va madaniyati bilan tanishtirish, milliy o‘zligi va milliy madaniyatlar, erishgan yutuqlarini chuqur anglash, umuminsoniy madaniyat rivojini anglab yetish.
-
O‘quvchilarda mamlakatimiz va tili o‘rganiladigan mamlakatning geografiyasi, iqlimi, o‘zlarini o‘rab turgan atrof-muhit haqidagi ma’lumot bera olish ko‘nikmalarini shakllantirish.
-
Ona tili va boshqa fanlar bo‘yicha egallangan bilimlar hamda qo‘shimcha manbaalar asosida mavzular bo‘yicha fransuz tilida mustaqil ravishda qiyosiy ma’lumot bera olish malakalarini rivojlantirish.
-
O‘quvchilarni filologik va umumiy dunyoqarashini, mantiqiy hamda tanqidiy fikrlarini rivojlantirish.
Amaliy maqsad
Amaliy maqsad tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi maqsadlarni shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Fransuz tilini amaliy egallash, o‘zgalarning fransuz tilidagi og‘zaki va yozma nutqlarini ushbu dasturda qayd etilgan talablar doirasida tushunishdan iborat bo‘lib, quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.
-
Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini xorijiy tilda bayon etish malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ularni rivojlantirish.
-
Kishilar orasidagi bevosita muloqot malakalarini o‘qish, tinglab tushunish jarayonida olgan bilimlari orqali amaliy jihatdan qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish.
-
Tilni amaliy bilish nutq faoliyati кo‘nikmalari, shuningdek, gapirish hamda yozuv orqali egallagan bilim, ko‘nikma, malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish.
-
Nutqning to‘rt faoliyati talablari asosini mavzu bo‘yicha o‘z fikrini mustaqil ravishda amaliy jihatdan qo‘llay olish ko‘nima va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad
O‘quvchini har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib yetishishini, ya’ni uning dunyoqarashini, estetik didini, mustaqil fikrlashini, xotirasini, aqliy mehnat qilish madaniyatini, kishilar bilan qiladigan muloqot madaniyatini, mustaqil bilim olish malaka va ko‘nikmalarini vujudga keltirishni ko‘zda tutadi va quyidagi maqsadlar amalga oshiriladi;
-
O‘quvchi shaxsining aqliy, hissiy va motivatsion (ichki turtki) xususiyatlarini rivojlantirish.
-
O‘quvchilarda dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil o‘qib o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish.
-
O‘quvchilarda mustaqil o‘rgangan manbalar va materiallar asosida shaxsiy fikrlarini bayon qilish sifatlarini rivojlantirish.
-
Muloqotning yangi holatlarida til bo‘yicha egallagan ko‘nikma va malakalarini tahlil qilish, bir tizimga solish, taqqoslash, umumlashtirish va ijodkorona qo‘llashni rivojlantirish.
-
O‘quvchilarning til va kommunikativ muloqot bo‘yicha hozirjavobligini, mustaqil fikrlay olish qobiliyatini shakllantirish hamda rivojlantirish.
-
Fransuz tili sohasida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari asosida keyinchalik ish faoliyatida o‘z bilimini oshirishda mustaqil qo‘llash malakalarini rivojlantirish.
Fransuz tilini o‘qitishning amaliy, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida, balki darsdan tashqarida olib boriladigan ish (og‘zaki nutqni o‘rgatish, qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qish, turli o‘yinlar o‘ynash, olimpiada va musobaqalarda qatnashish) larda ham o‘z ifodasini topadi.
Yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi uchta vazifani belgilash maqsadga muvofiqdir:
-
til o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar;
-
til o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar;
-
o‘quvchilarning egallagan malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar.
Amaliy maqsadning mohiyati fransuz tilini muloqot vositasi sifatida foydalanishni o‘rgatishdan iborat bo‘lib, u nutq faoliyatining o‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozuv kabi turlariga xos bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirish va takomillashtirishni taqozo etadi.
Nutq faoliyatining to‘rt turi bo‘yicha 5-9-sinflarda o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalar
Til bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaning shakllanishi:
-
talaffuz, ohang, grafika;
-
nutqning leksik tomoni: produktiv o‘zlashtirish uchun 1000 leksik birlik, shu jumladan, og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan sonlar;
-
olmoshlar, predloglar, bog‘lovchilar;
-
o‘quvchilarning potensial lug‘atini kengaytirish uchun zarur bo‘lgan vositalar;
-
nutqning grammatik tomoni;
-
produktiv hamda retseptiv o‘zlashtirishga mo‘ljallangan grammatik material;
-
sintaksis; (sodda va qo‘shma gaplar)
-
morfologiya (so‘z turkumlari: ot, artikl, sifat (sifat darajalari), ravish, fe’l (fe’l tushunchasi, bog‘lanish, tuzilishi va oddiy hamda murakkab zamon formalari).
O‘quvchilarni tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan zaruriy talablar
5-sinf
Tinglab tushunish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
mavzular bo‘yicha berilgan savol va ma’lumotlarni tushunish;
-
matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushuna olish;
-
matndan kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni ajratib olish;
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash;
-
sof fransuz tilida o‘rta tezlik bilan tasmaga yozilgan (100 ta so‘zgacha bo‘lgan) matn, dialog yoki monologlarni tinglab tushunish;
-
tovushlarni farqlay olish va ularni yozuvda ifodalash;
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
-
tovushlarni farqlay olish va ularni yozuvda ifodalash;
-
sinfda qo‘llaniladigan iboralarni tushunish.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
mavzular bo‘yicha berilgan savol va ma’lumotlarni tushuna olish;
-
matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglash malakasiga ega;
-
matndan kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni ajrata olish;
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish malakasiga ega bo‘lish;
-
tovushlarni farqlash yozuvda to‘g‘ri ifodalay olish;
Gapirish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
oila, sinf xonasi va boshqalarni tasvirlay olish;
-
o‘zi yoqtirgan yoki yoqtirmagan narsalar yuzasidan fikrlarini ifoda eta olish.
quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:
-
savollarga javob bera olish, savollar bera olish va iltimos bilan murojaat qila olish;
-
tanish mavzular bo‘yicha 3-4 luqmadan iborat qisqa suhbatlarda (dialog) va 5-6 jumlalardan iborat monologda ishtirok etish;
-
o‘qigan yoki tinglagan matnlari yuzasidan savollarga javob berish va gapira olish;
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
guruhlarda, juftliklarda ishlash jarayonida savollar bera olish;
-
salomlashish, xayrlashish, uzr so‘rash va kimnidir tug‘ilgan kuni bilan tabriklashda xushmuomalalik iboralarini qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lish;
O‘qish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
alifboni o‘rganish;
-
harf birikmalari;
-
yangi so‘zlarning ma’nosini anglash uchun darslik, lug‘atlar va qo‘shimcha materiallardan foydalana olish;
-
matnni umumiy ma’lumot olish uchun o‘qib olish;
-
matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tushunish uchun o‘qiy olish;
-
matndan kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni ajratib olish uchun o‘qiy olish;
quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:
-
tanish kontekstda berilgan alohida so‘zlarni anglay olish;
-
qisqa iboralarni tushunganligini ko‘rsata olish;
-
100 tagacha so‘zni o‘z ichiga olgan qisqa, tanish bo‘lgan matn yoki dialogni o‘qib, mazmunini tushuna olish.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
tanish so‘zlarni ovoz chiqarib o‘qish orqali tovushni yozuv bilan solishtira olish;
-
yangi so‘zlarning ma’nosini anglash uchun darslik, lug‘atlar va qo‘shimcha materiallardan foydalana olish.
Yozuv
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
so‘zlarni alfavit tartibida yoza olish;
-
aniq va noaniq artikllar;
-
5-6 so‘zdan iborat bo‘lgan lug‘at-diktant yoza olish;
-
oddiy xabarlarni ko‘chirib yozish va so‘zlar bilan nuqtalar o‘rnini to‘ldira olish;
-
bosh harflar va nuqtalarni qo‘llagan holda oddiy gaplarni yoza olish;
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
-
oddiy so‘zlarni va o‘rganilgan grammatik hodisalarni tarjima qila olish:
-
oddiy xabarlarni ko‘chirib yozish va so‘zlar bilan nuqtalar o‘rnini to‘ldira olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
-
o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida oddiy gaplar tuza olish.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
xotiradagi so‘zlarni to‘g‘ri yoza olish;
-
«va», «lekin» bog‘lovchilarini nutqda qo‘llay olish;
-
namunalar asosida dialoglar tuza olish;
-
oddiy jadvallar tuzish va ularni yozma tasvirlab bera olish;
-
tili o‘rganilayotgan mamlakatda qabul qilingan nutqiy etiket formulalaridan foydalanib, istaklar bildira olish.
6- sinf
Tinglab tushunish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
tinglanayotgan matnning muhim joylarini o‘ziga belgilab qo‘ya olish;
-
kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun tinglash;
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun matnni tinglash.
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
-
tanish so‘zlardan iborat bo‘lib, 150 tagacha so‘zni o‘z ichiga olgan xabar va dialoglarni tinglab, asosiy mazmunini tushuna olish;
-
matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushunish;
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
matnni tinglib yangi so‘zlarni o‘ziga belgilab qo‘ya olish;
-
kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni taqlid qilish uchun tinglash;
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash malakasiga ega bo‘lish.
Gapirish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
o‘qigan yoki tinglagan matnlari yuzasidan ma’lum bir vazifalar asosida savollarga javob berish, gapira olish;
-
etiket xarakterdagi qisqa dialoglarda, so‘rov-dialog (intervyu), dialog suhbatlarda ishtirok eta olish.
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
-
asosiy mavzuga oid qisqa suhbatlarda ishtirok etish, oddiy so‘zlar bilan o‘z fikr va tuyg‘ularini 4-5 ta gap bilan mantiqan to‘g‘ri ifoda eta olish;
-
guruhlarda, juftliklarda ishlash jarayonida savollar bera olish, o‘z fikrlarini bildira olish.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
suhbatdoshiga o‘tilgan mavzu yuzasidan qisqa ravishda o‘z fikrini gapirib bera olish;
O‘qish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
so‘zlarning ma’nosini tushunish uchun ikki tilli lug‘atlar yoki darslik oxirida beriladigan lug‘atdan foydalana olish;
-
o‘qishga oid matnlar yoki qisqa hikoyalarni tanlab olib, mustaqil ravishda o‘qiy olish va o‘qish yuzasidan berilgan topshiriqni bajara olish;
-
matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tushunish uchun o‘qiy olish;
-
matnni umumiy ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun matnni o‘qiy olish;
-
matnni batafsil ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
-
150 tagacha so‘zni o‘z ichiga olgan bosma yoki qo‘lyozma holdagi matnlarni hamda hikoyalarni o‘qib mazmunini tushuna olish.
-
matndan kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni ajratib olish uchun o‘qiy olish;
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
matnning asosiy joylarini yoki tafsilotini anglay olish;
-
ma’naviy ozuqa olish uchun matnlarni o‘qiy olish;
-
kontekst yoki kalit so‘zlardan foydalangan holda notanish so‘z ma’nolarini anglab olishni o‘rganish;
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun matnni o‘qiy olish;
Yozuv
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
3-4 ta o‘zaro bog‘langan gaplarni yoddan, kengroq yoza olish;
-
qisqa diktantlar yoza olish;
-
gapning uyushiq bo‘laklarida vergulni ishlata olish;
-
gaplarni to‘g‘ri ko‘chirib yoza olish;
-
tugallanmagan gaplarni o‘rganilgan grammatik hodisalar yoki mazmunan mos so‘zlar bilan to‘ldirib yakunlay olish;
-
o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida oddiy gaplar yoza olish;
-
muloqotni amalga oshirish uchun do‘stga xat, oddiy xabarlarni yoza olish;
-
oddiy so‘zlarni va o‘rganilgan grammatik hodisalarni tarjima qila olish.
-
tili o‘rganilayotgan mamlakatda qabul qilingan nutqiy etiket formulalaridan foydalanib istaklar bildira olish;
-
oddiy so‘zlarni va o‘rganilgan grammatik hodisalarni tarjima qila olish malakasiga ega bo‘lish.
quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:
-
namunaviy matndagi so‘z va so‘z birikmalarini boshqa so‘z va so‘z birikmalari bilan almashtirgan holda o‘zgartirib yoza olish;
-
so‘zni to‘g‘ri yozganligini tekshirish, unutilgan yoki notanish so‘zlarni topish uchun ikki tilli lug‘atdan foydalana olish;
-
o‘qigan yoki tinglagan matnlari asosida ma’lum bir vazifani yozma bajara olish.
-
namunalar asosida dialoglar tuza olish;
-
oddiy jadvallar tuzish, ularni to‘ldirish va yozma ravishda tasvirlab bera olish;
-
tili o‘rganilayotgan mamlakatda qabul qilingan nutqiy etiket formulalaridan foydalanib istaklar bildira olish.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
so‘zni to‘g‘ri yozganligini tekshirish, unutilgan yoki notanish so‘zlarni topish uchun ikki tilli lug‘atdan foydalana olish;
-
o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida oddiy gaplar yoza olish;
-
ko‘rsatma va yo‘llanmalar yoza olish;
-
muloqotni amalga oshirish uchun do‘stga xat, oddiy xabarlarni yoza olish;
-
olingan ma’lumotlar asosida qisqa hisobotlarni yoza olish;
-
namunalar asosida dialoglar tuza olish;
7-sinf
Tinglab tushunish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
o‘tgan va kelasi zamondagi voqealarni o‘z ichiga olgan parchalar, shuningdek qisqa tasviriy hikoyalarni tinglab tushuna olish;
-
matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushuna olish;
-
kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun tinglash;
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash.
quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:
-
o‘rta tezlikka yaqin bo‘lgan va ovozga tabiiy shovqin berilgan, kam miqdordagi notanish so‘zlardan iborat matnlarni tinglab tushuna olish;
-
matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushuna olish;
-
matndan batafsil ma’lumot olish uchun tinglash.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
o‘rta tezlikka yaqin bo‘lgan va ovozga tabiiy shovqin berilgan so‘zlardan iborat matnlarni tinglab tushunish malakasini egallash;
-
matndagi asosiy g‘oyani (mazmunni) tinglab tushuna olish malakasiga ega bo‘lish;
-
berilgan ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash malakasiga ega bo‘lish.
Gapirish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
dialogik va monologik nutqlarda ishtirok eta olish;
-
turli holat, guruh va juftliklarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish;
-
bahs-munozara yurita olish;
-
voqea-hodisalarni gapirib bera olish.
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
-
mavzular yuzasidan qisqa suhbatlarda qatnashish.
-
turli holat, guruh va juftliklarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish;
-
bahs-munozara yuritish ko‘nikmalarini egallash;
-
o‘tgan va kelasi zamondagi voqea-hodisalarni fikrlab gapirish.
quyidagi malakaga ega bo‘lishlari lozim:
-
fikr va tuyg‘ularni ifoda yetish va ularning sababini tushuntirib bera olish.
-
dialogik va monologik nutqlarda ishtirok eta olish;
-
guruh va juftliklarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish malakasini ega bo‘lish.
O‘qish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
ikki tilli yoki darslik oxirida beriladigan lug‘atlardan foydalana olish;
-
taxminan 200 ta so‘zdan iborat tasviriy xarakterdagi hikoyalarni, yozma materiallarni o‘qib, mazmunini tushuna olish;
-
soddalashtirilgan va mustaqil o‘qishga mo‘ljallangan materiallar (ko‘rsatma, hikoya va axborot beruvchi ma’lumotlar) ni o‘qiy olish;
-
grafik va jadvallarni o‘qib, ma’lumotlarni ajrata olish;
-
matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tushunish uchun o‘qiy olish.
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
-
namunalar yordamida o‘qilgan matn mazmunining qisqacha bayonini (og‘zaki yoki yozma shaklda) bera olish;
-
ikki tilli yoki darslik oxirida beriladigan lug‘atlardan foydalana olish;
-
grafik va jadvallarni o‘qib, ma’lumotlarni ajrata olish;
-
matnni umumiy ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;
quyidagi malakaga ega bo‘lishlari lozim:
-
matnni umumiy ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;
-
matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tushunish uchun o‘qiy olish;
-
matnni batafsil ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;
-
kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun o‘qiy olish;
-
zavq olish uchun matnlarni o‘qiy olish.
Yozuv
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
o‘zi to‘g‘risida ma’lumot, his-tuyg‘u va fikrlarni ifoda qilish uchun o‘zaro bog‘langan gaplarni yoza olish;
-
tugallanmagan gaplarni o‘rganilgan grammatik hodisalar yoki mazmunan mos so‘zlar bilan to‘ldira olish va ularni yakunlay olish;
-
o‘qigan yoki tinglagan matnlari asosida ma’lum bir vazifani yozma bajara olish;
-
o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida gaplar yoza olish;
-
yangi kontekstlarda grammatikaning asosiy elementlarini ishlatib, to‘g‘ri so‘z tartibini qo‘llay olish;
-
oddiy so‘zlar, o‘rganilgan grammatik hodisalar va qisqa matnlarni tarjima qila olish.
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
-
tinish belgilari va til qurilmalaridan to‘g‘ri foydalangan holda fikrlarni to‘g‘ri ifoda eta olish;
-
o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida gaplar yoza olish;
-
tili o‘rganilayotgan mamlakatda qabul qilingan nutqiy etiket formulalaridan foydalanib istaklar bildira olish;
-
tugallanmagan gaplarni o‘rganilgan grammatik hodisalar yoki mazmunan mos so‘zlar bilan to‘ldira olish va ularni yakunlay olish;
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
qisqa tasviriy xarakterdagi matnlar yoza olish;
-
matndagi ma’lumotlarni turkumlarga ajratib yoza olish;
-
ko‘rsatma, yo‘llanma va takliflar yoza olish;
-
olingan ma’lumotlar asosida qisqa hisobotlar yoza olish;
-
namunalar asosida dialoglar tuza olish;
-
jadvallar tuzish, ularni to‘ldirish va yozma ravishda tasvirlab bera olish;
-
turli mazmundagi xatlar yoza olish;
8-sinf
Tinglab tushunish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
tabiiy sharoitdagi nutq xususiyatlari (ikkilanish, gapni boshlashda qo‘llaniladigan “xo‘p, yaxshi, demak“ kirish so‘zlari va h.k.) ishtirok etgan dialog va monologlarni tinglab tushuna olish;
-
matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushuna olish;
-
kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun tinglash;
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash.
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
-
o‘rta tezlikka yaqin bo‘lgan va ovozga tabiiy shovqin berilgan, kam miqdordagi notanish so‘zlardan o‘z ichiga olgan matnlarni tinglab tushuna olish;
-
matnni batafsil ma’lumot olish uchun tinglash;
-
kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun tinglash;
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
o‘tgan va kelasi zamondagi voqealarni o‘z ichiga olgan parchalar, shuningdek, qisqa tasviriy hikoyalarni mazmunini tinglab tushuna olish;
-
matndan batafsil ma’lumot olish va asosiy g‘oyasini gapirib berish uchun tinglab tushunish;
-
matndan kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni ajratib olish va o‘z fikrini bildirish uchun tinglab tushunish.
Gapirish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
turli holat, guruh va juftliklarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish;
-
bahs- mulohazalar yurita olish;
-
o‘tgan va kelasi zamondagi voqea-hodisalarni gapirib bera olish;
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
-
mavzular yuzasidan qisqa suhbatlarda qatnashish, fikr muloxazalarini tushuntirib bera olish;
-
dialogik va monologik nutqlarda ishtirok eta olish;
-
to‘g‘ri talaffuz va intonatsiya bilan gapira olish.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
mavzular yuzasidan fikr va tuyg‘ularini ifoda etish va ularni tushintirib bera olish;
-
o‘qilgan matnlar yuzasidan dialogik va monologik nutqlarda ishtirok eta olish malakasini egallay olish;
O‘qish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
taxminan 250 ta so‘zdan iborat tasviriy xarakterdagi hikoyalarni o‘z ichiga olgan turli yozma materiallarni o‘qib tushuna olish;
-
soddalashtirilgan va mustaqil o‘qishga mo‘ljallangan materiallar (ko‘rsatma, hikoya va axborot beruvchi ma’lumotlar) ni o‘qiy olish;
-
turli xil fikrlarni o‘z ichiga olgan matnlarning mazmunini, murakkab gap va yangi so‘zlarni o‘z ichiga olgan tanish mavzudagi matnlarni tushuna olish;
-
grafik va jadvallarni o‘qib, ma’lumotlarni ajrata olish;
-
matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tushunish uchun o‘qiy olish;
-
matnni batafsil ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
-
ikki tilli yoki darslik oxirida beriladigan lug‘atlardan foydalana olish;
-
mustaqil o‘qishga mo‘ljallangan hikoyalarni va axborot beruvchi ma’lumotlarni o‘qiy olish;
-
namunalar yordamida o‘qilgan matn mazmunining qisqacha bayonini (og‘zaki yoki yozma shaklda) bera olish;
-
matnni umumiy ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;
-
kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun o‘qiy olish.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
murakkab gap va yangi so‘zlarni o‘z ichiga olgan tanish mavzudagi matnlarni o‘qib tushuna olish;
-
kerakli ma’lumotlarni olish uchun matnni o‘qib tushunish;
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun matnni o‘qiy olish;
Yozuv
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
o‘qigan, tinglagan matnlari yoki ko‘rgan-eshitgan voqealari asosida ma’lum bir vazifani yozma bajara olish;
-
o‘zi to‘g‘risida ma’lumot, his-tuyg‘u va fikrlarni ifoda qilish uchun o‘zaro bog‘langan gaplarni yoza olish;
-
tinish belgilari va til qurilmalaridan to‘g‘ri foydalangan holda fikrlarni to‘g‘ri ifoda eta olish;
-
yozuvda hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon voqea-hodisalarini tasvirlay olish;
-
matndagi ma’lumotlarni turkumlarga ajratib yoza olish;
-
matndagi ma’lumotlarni turkumlarga ajratib yoza olish;
-
oddiy so‘zlar, o‘rganilgan grammatik hodisalar va qisqa matnlarni tarjima qila olish;
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
-
mavzuni tanishtirish, rivojlantirish va unga xulosa qilish orqali fikrlarni ketma-ket joylashtirish, tashkil etish va taqdim eta olish;
-
tugallanmagan gaplarni o‘rganilgan grammatik hodisalar yoki mazmunan mos so‘zlar bilan to‘ldira olish va ularni yakunlay olish;
-
qisqa tasviriy xarakterdagi matnlarni yoza olish;
-
olingan ma’lumotlar asosida qisqa hisobotlar yoza olish;
-
yangi kontekstlarda grammatikaning asosiy elementlarini ishlatib, to‘g‘ri so‘z tartibini qo‘llay olish.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
xulosa qilish orqali fikrlarni ketma-ket joylashtirish malakasini egallay olish;
-
ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar yoza olish;
-
o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida gaplar yoza olish;
-
ko‘rsatma, yo‘llanma va takliflar yoza olish;
-
namunalar asosida dialoglar tuza olish;
-
tili o‘rganilayotgan mamlakatda qabul qilingan nutqiy etiket formulalaridan foydalanib, istaklar bildira olish;
-
o‘rganilgan grammatik hodisalar va qisqa matnlarni tarjima qilish;
9-sinf
Tinglab tushunish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
har xil fikrlar ifoda etilgan turli tipdagi nutqni tinglab tushuna olish;
-
multimediya, audio-video lavhalar asosiy mazmunini tushunish;
-
matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushuna olish;
-
kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun tinglab tushunish;
-
matnni batafsil ma’lumot olish uchun tinglab tushunish.
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
-
telefondagi suhbatdoshinini tinglab tushunish;
-
matnni batafsil ma’lumot olish uchun tinglab tushunish;
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
tanish va tarkibida qisman notanish bo‘lgan materiallarni tinglash, turli muomalalar hamda his-hayajonli gaplarni tushunish;
-
telefondagi suhbatni tushunish va savollarga javob berib, muloqotda ishtirok eta olish;
-
qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish malakasiga ega bo‘lish.
Gapirish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
ommaviy axborot vositalarida berilgan matnlarni gapirib bera olish;
-
turli holat, guruh va juftliklarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish;
-
mavzu bo‘yicha bahslarda, taqdimotlarda ijobiy yoki salbiy mazmundagi shaxsiy fikrlarini erkin bayon etish.
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
-
oldindan tayyorlanmagan mavzular bo‘yicha suhbat qila olish (m-n.: maktabga tashrif buyuruvchilar bilan suhbat qura olish);
-
talaffuz va ohang me’yorlariga rioya etgan xolda gapira olish;
-
audio-video tasma, CD, multimediya, fonogramma, ovozli film lavhalari orqali eshitgan matnlar asosiy mazmunini hikoya qilib bera olish.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
o‘qish, turli vazifalarga ko‘ra dialogik va monologik nutqlarda ishtirok eta olish;
-
audio-video tasma, CD, multimediya, fonogramma, ovozli film lavhalari orqali eshitilgan matnlarni asosiy mazmuni bo‘yicha o‘z fikrini bildirish malakasiga ega bo‘lish;
-
guruh va juftliklarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish malakasiga ega bo‘lish.
O‘qish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
0,5 bet, 20-30 foizgacha o‘rganilmagan so‘zlarni o‘z ichiga olgan matnlarning asosiy mazmunini o‘qib tushuna olish;
-
matnni umumiy ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;
-
matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tushunib o‘qish;
-
ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun matnni o‘qiy olish;
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
-
10 daqiqada 350 so‘zdan iborat matnni o‘qiy olish;
-
notanish mavzudagi matnlarni o‘qiy olish;
-
matndan batafsil ma’lumot olish uchun o‘qish;
-
video tasma, CD, multimediya film lavhalaridagi matnni o‘qiy olish;
-
o‘qish orqali leksik va grammatik materiallarni takrorlash hamda ularni nutqda qo‘llay olish.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
matnlarni o‘qiy olish;
-
ommaviy axborot vositalarida berilgan matnlarni o‘qiy olish;
-
notanish mavzudagi matnlarni tushunib o‘qiy olish;
-
kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish malakasiga ega bo‘lish.
Yozuv
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
-
o‘qilgan yoki eshitilgan matndan gapirib berish uchun reja yoki tezis yoza olish;
-
tuzilgan reja yoki tezislarning mazmunini yoritib bera olish;
-
xat (norasmiy), e-mail, eslatma, xabar, hisobot, maqola va kundaliklarni yozishning usul va shakllarini to‘g‘ri qo‘llay olish;
-
o‘tilgan va erkin mavzular asosida diktant, insho yoza olish;
-
xorijiy tildan ona tiliga, ona tilidan xorijiy tilga 100-120 so‘zli o‘rta qiyinlikdagi matnlarni yozma ravishda tarjima qila olish.
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
-
tinish belgilari va til qurilmalaridan to‘g‘ri foydalangan holda fikrlarni aniq va to‘g‘ri yozma ravishda ifoda eta olish;
-
xat (norasmiy), e-mail, eslatma, xabar, hisobot, maqola va kundaliklarni yozishning usul va shakllarini to‘g‘ri qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
-
5-8 sinflar davomida o‘rganilgan yozuv texnikasini yanada rivojlantirish malakasiga ega bo‘lish;
-
o‘zgalarning fikrlarini taqqoslash va ularning fikrlaridan xulosalar chiqarib, o‘z fikrini yoza olish;
-
o‘tilgan va erkin mavzular asosida diktant, insho yoza olish;
-
yozilgan ishni tekshirish, yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilab qaytadan yoza olish;
-
berilgan to‘liq matnning mazmunini qisqacha yozish yoki yozib olingan qisqa ma’lumotni to‘liq yozma holda yorita olish.
Fransuz tili fanidan o‘quv dasturi
Uqtirish xati
Fransuz tilini o‘qitishning maqsadlari jamiyat va davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi, o‘quv dasturi jamiyat va davlat manfaatlari va talablariga mos kelmog‘i hamda javob bermog‘i lozim.
Mustaqil Respublikamizning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni tobora o‘sib, xalqaro aloqalar, savdo-sotiq, turizm va mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy hamda iqtisodiy aloqalar rivojlanib, mustahkamlanib borayotgan bir paytda uning kelajagini yaratuvchi yoshlarga xorijiy tillarni puxta o‘rgatish va xorijliklar bilan muloqot davomida o‘ziga taalluqli masalalarni erkin muhokama qila olish, umuman og‘zaki yoki yozma shaklda muloqot qilishni o‘rgatish hozirgi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-9 sinflarida fransuz tilini o‘qitish ikki bosqichga bo‘linadi:
Birinchi bosqich – nutq faoliyatini ta’minlaydigan ko‘pgina malaka va ko‘nikmalarning asosi fransuz tilini o‘qitishning birinchi bosqichi (5-6 sinflar)da shakllantiriladi. Ta’limning dastlabki ikki yili davomida o‘quvchilar tinglab tushunish va gapirish (og‘zaki nutq) ni o‘rganishadi, bunda o‘qish va yozuv o‘qitish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. E’tibor, avvalo, o‘rganilayotgan tilning fonetik xususiyatlariga qaratiladi. Talaffuz, ayniqsa, ohangni to‘liq o‘zlashtirish, urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ustida olib boriladigan mashqlar ikkinchi bosqichda ham davom ettiriladi. Birinchi bosqichning ta’limiy vazifasi o‘rganilishi lozim bo‘lgan grammatik hamda leksik materiallarni o‘zlashtirib, xotirada saqlash va ularni namuna asosida qayta tinglab, takrorlashni taqazo etadi.
Tarjima muhim ko‘nikma bo‘lib, muntazam ravishda shakllantirib borilishi kerak.
Birinchi bosqichda so‘zlarni tarjima qilish juda foydalidir. So‘zlarni tarjima qilayotganda fransuz tili va ona tilidagi, yoki ona tili va fransuz tilidagi so‘zlar o‘rtasida nomutanosibliklar yuzaga kelishi kuzatiladi. Shu yo‘sinda o‘quvchilarda tarjima so‘zni emas, balki ma’noni fahmlash degan tushuncha shakllanadi.
Birinchi bosqichda o‘quvchilarga quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
5-sinf
-
fransuz tilida gaplashadigan mamlakatlarning nomlarini;
-
fransuz tilida sevib kuylanadigan qo‘shiq va she’rlarni;
-
fransuz tilida salomlashish, tanishish, tanishtirish, xayrlashish, minnatdorchilik bildirish, kechirim so‘rash, iltimos qilish va hol-ahvol so‘rashda qo‘llaniladigan kommunikativ iboralarni;
-
fransuz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarning uy va yovvoyi hayvonlarini;
-
fransuz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarda qo‘llaniladigan ismlarni;
-
fransuz tilida o‘quv qurollari va o‘quv predmetlarining nomlarini.
Fonetik materiallar -
alfavit;
-
unli va undosh tovushlarni nutq jarayonida farqlash va ularni talaffuz qilish;
-
unli tovushlarning qisqa va cho‘ziq talaffuz qilinishi;
-
undoshlarning jarangli va jarangsizligi;
-
yordamchi so‘zlarning mustaqil so‘zlar bilan qo‘shilib o‘qilishi;
-
darak, so‘roq va undov gaplarda ohang;
-
so‘zlarda urg‘u;
-
gaplarning ma’noli guruhlarga to‘g‘ri bo‘linishi;
-
orfoepiyaning asosiy qoidalari;
-
diftong va triftonglar.
6 - sinf -
fransuz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarning milliy taomlari va salqin ichimliklarning nomlarini, ovqatlanish va ovqatlanishda qo‘llaniladigan iboralarni;
-
meva va sabzavotlarning nomlarini;
-
ba’zi bir milliy ovqatlarni pishirish usullarini;
-
taomlarni tanlash va ularga pul to‘lashda qo‘llaniladigan iboralarni qo‘llay olish;
-
fransuz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarning poytaxtining nomi va u haqidagi asosiy ma’lumotlarni;
-
O‘zbekiston va Fransiyaning yer maydoni va aholisi haqidagi qisqacha ma’lumotni;
| Fransiya (France), Fransiya Respublikasi (République Française) - Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shim. da Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, jan.da Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km². |
-
tabiatini;
-
yaqin qarindoshi yoki do‘stini tug‘ilgan kuni bilan tabriklashni;
-
maktabda o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomlarini.
|