|
Aloqa tizimlarini modellashtirish va simulyatsiyalash
|
bet | 1/9 | Sana | 28.02.2024 | Hajmi | 169.3 Kb. | | #163687 |
Bog'liq Aloqa tizimlarini modellashtirish va simulyatsiyalash 1-лекция узб , chips (12), 8-mustaqil ta\'lim, Online platforma xizmatlari, 1 топшириқ Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги (5), 999949, 4topshiriq, 1-mavzu. Internet tarmog’i va uni tashkil etilishi. Reja, 76799, Matematika daftari. 1-sinf (2018, M,Jumayev, M.Ahmedov), Mavzu statistik modellashtirishning elementlari-fayllar.org, ma11, kurs ishi yangi 3, didaktik o\'yin turlari kurs ishi yangi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
“MUT va T” kafedrasi
“ALOQA TIZIMLARINI MODELLASHTIRISH VA SIMULYATSIYALASH”
Fanidan kurs ishi
Bajardi: Turayeva Shaxlo
Tekshirdi:Abdullayev Mirjamol
Asosiy nazariy ma’lumot
Modellashtirish- bu bitta ob’ektni boshqa ob’ekt bilan almashtirib model bilan tajriba o‘tkazish yo‘li orqali ob’ekt-modeli yordamida ob’ekt-originalining muhim xususiyatlari xaqida axborot olinishdir.
Ob’ekt (lot. objectum - predmet) - inson faoliyati yo‘naltirilgan barcha narsalardir. Texnik ob’ekt – mashina, mexanizm, texnik majmua, texnologik jarayon, shuningdek ularni modellashtirish jarayonida butun ob’ektni alohida blok, qism, elementlarga bo‘lish yo‘li bilan ajratiluvchi ihtiyoriy komponenti ham hisoblanadi.
Gipoteza - tajribaviy ma’lumotlar, kuzatishlar, ehtimollarning ko‘p bo‘lmagan miqdoriga asoslangan ma’lum bashoratlar yoki tahminlar majmuidir.
Analogiya - ikkita ob’ektning xususiy o‘xshashligi haqida muhokama(fikr).
Eksperiment- qaysidir ko‘rinishlarni kuzatishni tashkillash protsedurasi, bu kuzatishlar tabiiy sharoitlarga yaqin yoki imitatsiyalangan sharoitlarda olib boriladi. Bunda sust ilmiy tajriba (unda tadqiqotchi bajarilayotgan jarayonni kuzatadi xolos) va faol tajriba (unda kuzatuvchi jarayon bajarilishiga aralashadi va tashkillaydi)orqali jarayonlar bir-biridan farqlanadi.
Umumiy xolda, modellashtirish jarayoni quyidagicha taqdim etiladi: ob’ekt haqidagi aprior (oldindan ma’lum bo‘lgan) ma’lumotlardan foydalanib faraz (gipoteza) chiqariladi, u bo‘yicha analogiya asosida ko‘rgazmali soddalashtirilgan mantiqiy sxema (model) quriladi va ob’ekt xususiyatlarini o‘rganish uchun u bilan ilmiy tajriba o‘tkaziladi.
|
| |