• 8.1. Maxsus taminlash manbalari
  • Alyuminiy qotishmalarini payvandlash qurilmalarining texnik tavsiflari
  • Alyuminiydan tayyorlangan maxsulotlarni payvandlashdagi o`zgaruvchan tokli ta`minlash manbalari




    Download 0.65 Mb.
    bet1/2
    Sana23.10.2020
    Hajmi0.65 Mb.
    #12211
      1   2

    Alyuminiydan tayyorlangan maxsulotlarni payvandlashdagi o`zgaruvchan tokli ta`minlash manbalari

    8.1. Maxsus ta'minlash manbalari

    8.2. Аluminiy vа uning qоtishmаlаrini pаyvаndlаsh xususiyatlаri

    8.3. Аluminiy vа uning qоtishmаlаrini pаyvаndlаsh tеxnоlоgiyasi


    8.1. Maxsus ta'minlash manbalari

    Himoyalovchi gazlarda aluminiy gotishmalarini payvandlashda bir fazali va uch fazali tokka asoslangan maxsus qurilmalar qo`llanadi. Gaz himoyasida aluminiy qotishmalarini payvandlashda suyuqlanmaydigan elektrodda yonadigan yoy alohida xususiyatlarga ega. U past kuchlanishda yonadi, Ud 10.. .20 V. Uning VAT payvandlash tokining katta diapazonida gorizontal qismiga ega. Qutblari o'zgarganda, kuchlanish nol bo'lganda yoy uzilib qolishi mumkin, uni barqarorlash uchun maxsus choralar ko'rish talab qilinadi. Yoy toki bitta yarim davrda boshqasiga qaraganda katta, uning bir qismi to'g'rilanadi, bu qiyin eriydigan oksidli plyonkaning fizik xususiyatiga bog'liq, aluminiy qotishmalar sirti bunday plyonkalarga ega. Ikkala (tokning doimiy tashkil etuvchisini yo'qotishda) payvandlash zanjiriga transformator chulg'ami bilan ketma-ket kondensator batareyalari ulab ta'minlash manbalarining tez pasayib ketishiga erishiladi (8.1- rasm). VAT qancha katta bo'lsa, yoy uzunligining o'zgarishida tok kuchining o'zgarishi ∆I shuncha kam va yoy shuncha stabil yonadi.



    Qalinligi 10 mm dan kichkina aluminiy qotishmalarini payvandlash uchun УДГ qurilmasi eng ko'p tarqalgan (8.1-jadval)


    8.1- rasm. Aluminiy qotishmalarini argonda erimaydigan elektrod bilan payvandlashda ta'minlash manbayining (2) va turli uzunlikdagi yoyning (1) volt-amper tavsiflari.

    Alyuminiy qotishmalarini payvandlash qurilmalarining

    texnik tavsiflari

    8.1-jadval

    Ular konstruksiyasining asosiy elementi - qiyaligi katta VAT ni ta'minlaydigan elektromagnit shuntli payvandlash transformatoridir. Ularning konstruksiyasida elektrolitik kondensatorlar C ancha katta joyni egallaydi, yoyni yoqish uchun ossillator 1 ko'zda tutilgan, tok noldan o'tayotgan momentda yoy razryadini bar- qarorlash uchun stabilizator 2, payvandlash tokini boshqarish uchun boshqarish bloki 3 ko'zda tutilgan (8.2- rasm).

    Yoy yordamida erimaydigan elektrod bilan payvandlashda eriydigan elektrod bilan payvandlashdan farqli o'laroq quyidagi rejimlarni ajratish mumkin: salt ishlash, yoyni uyg'otish, yuklama rejimi

    Salt yurish rejimida payvandlash zanjiri ochiq va unda tok yo'q. Salt yurish kuchlanishi 65..75 V, kattasi avtomatik payvandlash uchun yo'l qo'yiladi. Yoyni uyg'otish (hosil qilish) rejimi ikkilamchi konturda yuqori chastotali toklar va yuqori kuchlanish mavjudligi bilan, shuningdek, elektrod va buyum orasida yuqori chastotali uchqunli razryad mavjudligi bilan tavsiflanadi. Payvandlash zanjiri buzilmaganda va ossillator diqqat bilan sozlanganda bu rejim sekundning o'ndan bir ulushlarida davom etadi va yoy razryadi hosil bo'lgandan keyin qurilma yuklama rejimiga o'tadi.






    Download 0.65 Mb.
      1   2




    Download 0.65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alyuminiydan tayyorlangan maxsulotlarni payvandlashdagi o`zgaruvchan tokli ta`minlash manbalari

    Download 0.65 Mb.