• 1. Optik transport tarmoqlari texnologiyalar
  • Mustaqil ish-1 Mavzu




    Download 94,87 Kb.
    bet1/5
    Sana15.05.2024
    Hajmi94,87 Kb.
    #235850
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Titul varoq tuit
    2-mustaqil ish mavzusi. Chiziqli dasturlash masalalari va ularni, Nuraliyeva Umida, Statistika ORALIQ, Brahmanism, Dalibekov test, 124618, 46738, 1-мавзу (1), ««xalqaro audit», Kurs ishi mavzu marketing turlari (1), ozodbek mobil, Muhammadov Murodjon Psixalogiya, Muhammadov Murodjon, oper tiz oxirgi

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
    KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



    Mustaqil ish-1
    Mavzu: TOAning transport texnologiyalari tahlili
    Bajardi:Muhammadov Murodjon


    Tekshirdi:Davletova Xolisaxon


    Toshkent 2024





    Оглавление


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 1
    KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 1
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 1
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 1
    1. Optik transport tarmoqlari texnologiyalar 3
    1.1. Transport tarmoq texnologiyalari 3
    1.2. SDH transport modellari 5
    SDH nima? 5
    Optik transport tarmoqlar 8

    1. Optik transport tarmoqlari texnologiyalar 3
    1.1. Transport tarmoq texnologiyalari 3
    1.2. SDH transport modellari 5
    SDH nima? 5
    Optik transport tarmoqlar 8


    1. Optik transport tarmoqlari texnologiyalar

    1.1. Transport tarmoq texnologiyalari


    Hozirgi vaqtda transport tarmoqlarining fizik darajasida shubhasiz etakchi tolali optik kabellar hisoblanadi. Optika aloqa tizimining o'tkazish qobiliyatini ko'p karrali oshirishga imkon berdi. Laboratoriya sharoitlarida u sekundigan bir necha yuzlab terabitlarga etdi, Real tizimlarda esa yuzlab gigabitlarda baholanadi. Optika mis simlarga qaraganda katta aloqa masofasini ta'minlaydi. Optik toladagi odatdagi so'nish 0,2 db/km gachani tashkil etadi, shuning uchun zamonaviy transport tarmoqlarida regeneratorlar orasidagi o'rtacha masofa 80...150 km ni tashkil etadi.
    Tolali optik kabellarning yana bir afzalligi kichik o'lchamlari va vazni hisoblanadi, bu tufayli bunday kabellarni o'tkazish soddalashadi va tezlashadi. Bundan tashqari, optika industrial hududlardagi elektromagnit va elektr maydonlar ta'siriga uchramaydi. Halaqitlarga bunday tolerantlik amaldagi elektr uzatish liniyalari va temir yo'llar kontakt tarmoqlarining tayanchlarini tolali optik kabellarni o'tkazish uchun qo'llashga imkon beradi.
    Yuqorida aytilganidek, optik tola kichik so'nish bilan xarakterlanadi, binobarin, yorug'lik to'lqini uzunligi ortishi bilan so'nish kamayadi. Lekin bu bog'liqlik nochiziqli hisoblanadi, xarakteristikada shaffoflik darchalari deyiladigan pasayishlar mavjud.
    So'nggi vaqtlarda shaffoflik darchasida o'nlab WDM yoki DWDM kanallarini bir vaqtda tashkil etishni ta'minlaydigan to'lqin uzunliklarini zichlashtirish tizimlari keng qo'llanadi. Ayrim tijorat tizimlari har birida 40 Gbit/s gacha tezliklarga erishiladigan 80 tagacha bunday kanallarni qo'llaydi.
    Bunchalik yuqori chastotalarda bunchalik ko'p sonli to'lqin uzunliklarini zichlashtirish yangi avloddagi presizion texnikani talab qildi. Tushunarliki, bunday yuqori unumdor tizimlar magistral transport tarmoqlarini yaratish uchun juda yaxshi to'g'ri keladi.
    Aloqa operatorlarining transport tarmoqlarida tolali optik kabelga sezilarli rol ajratiladi, chunki juda katta ma'lumotlar hajmlarini uzatadigan tarmoq yadrosini yaratish optikadan foydalanmasdan mumkin bo'lmaydi. Printsip jihatdan, mis kabellar, shuningdek koaksial kabellar magistral oraliqlarda qo'llanishi mumkin, lekin hozirda bu echimlar endi o'zini oqlamaydi.
    Demak, transport tarmog'i turli fizik uzatish muhiti va texnologiyalarida qurilishi mumkin. Bunday tarmoq aloqa xizmatlar iste'molchilari uchun shaffof, chunki o'zida tafsilotlar va ishlatish texnologiyalarini yashiradi, bu tufayli transport tarmog'i yuqoriroq daraja xizmatlariga ega bo'lgan tarmoqlarini qurish uchun yadro (transport tizimi) bo'lib xizmat qilishi mumkin.
    Ishlatish tafsilotlarini yashirish transport tarmog'iga xizmat ko'rsatish va modernizasiyalashni engillashtiradi, chunki amaliy servislarni taqdim etadigan OSI modeli yuqori daraja protokollari transport tizimining ishlatilishi texnik o'ziga xos xususiyatlariga kuchsiz bog'liq. Boshqa tomondan, bu iste'molchi uchun ham qulay, bu holda uni faqat taqdim etiladigan servisning sifati qiziqtiradi.
    Aloqa operatorlarining transport tarmoqlarini tashkil etish uchun quyidagi texnologiyalar asosidagi echimlar mavjud:
    1. SDH (Synchronous Digital Hierarchy) – sinxron raqamli ierarxiya – ko'p sonli tugunlar orasida 155 Mbit/s dan 40 Gbit/s gacha tezliklarli turli topologiyalardagi transport tarmoqlarini yaratish.
    2. WDM (Wavelength Division Multiplexing) – to'lqin uzunligi bo'yicha ajratiladigan multiplekslash – oraliq tugunlarda oqimlarni kiritish/chiqarish imkoniyati bilan magistral tugunlar orasida oqimlarni uzatish uchun spektral zichlashtirish texnologiyasidan foydalanish.
    3. ATM (Asynchronous Transfer Mode) – asinxron uzatish rejimi.
    4. IP (Internet Protocol) – Internet-protokol.
    5. Ethernet - Fast Ethernet i Gigabit Ethernet texnologiyalaridan foydalanish bilan ma'lumotlarni uzatish optik tarmoqlarini qurish [6]. Afzalliklari: arzonlik, tezkorlik, oddiylik.
    Zamonaviy aloqa tarmoqlarda asosiy transport vositasi sinxron raqamli ierarxiya (SDH) uzatish tizimlari hisoblanadi. Spektral zichlashtirish texnologiyalari (WDM), paketli texnologiyalar (ATM, IP, Ethernet va boshqalar) aniq bir sharoitlar va tarmoqning rivojlanishi darajasi bog'liq ravishda u yoki bu darajada ishlatiladi.
    Zamonaviy bosqichda mavjud transport tarmoqlari aralash optik-elektron tarmoqlar hisoblanadi. Telekommunikasion tarmoqlarning rivojlanishi etakchi yo'nalishlaridan biri transport tarmoqlarini "fotonlashtirish" hisoblanadi, uning aniq bir natijasi to'liq optik tarmoqlarga o'tish bo'ladi.

    Download 94,87 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 94,87 Kb.