Hurmatli Nurmukhammad Alimkulov,
Sizni 2024-yil 2-3 may kunlari Samarqand davlat universitetida boʻlib oʻtadigan “Amaliy fan va muhandislikning zamonaviy muammolari” mavzusidagi Xalqaro online ilmiy konferensiyada ishtirok etishga taklif qilamiz.
Xalqaro anjuman materiallari AQShning AIP Publishing nashriyotining Scopus bazasida indeksatsiya qilinuvchi AIP Conference Proceedings jurnalida chop etiladi.
Qo’lyozmalar Microsoft Word dasturida qat’iy ravishda AIP Conference Proceedings jurnali shabloni asosida 6-12 bet qilib ingliz tilida tayyorlanishi lozim. Antiplagiat dasturida tekshirilganda originalligi 80% dan ortiq bo’lgan, avval boshqa jurnallarda chop etilmagan va salmoqli ilmiy yangilikka ega bo’lgan maqolalar qabul qilinadi.
Muhim sanalar
1. Ishtirokchilarni ro'yxatdan o'tkazish: 2024-yil 1-aprelgacha.
2. Materiallarni shablon bo'yicha topshirish: 2024-yil 5-aprelgacha.
3. Maqolaning qabul qilinganligi to'g'risida xabarnoma jo’natish: 2024-yil 28 yil-aprelgacha.
4. Konferensiyada ishtirok etish uchun taklifnoma yuborish: 29.04.2024-01.05.2024.
5. Yakuniy maqolalarni topshirish muddati: 10.05.2024.
To'lov miqdori - 150 dollar.
Konferensiya bo'limlari
1. Amaliy matematika
Hisoblash matematikasining amaliy masalalari
Matematik modellashtirish
Optimallashtirish nazariyasi
Ehtimollar nazariyasi va statistika
Matematik biologiya
Matematik moliya:
2. Informatika va axborot muhandisligi
Axborot texnologiyalari
Sun'iy intellekt
Axborot xavfsizligi
Ta'limda innovatsion texnologiyalarni qo'llash
Kompyuter lingvistujasi
Signal va tasvirni qayta ishlash
Dasturiy ta'minot muhandisligi
3. Qurilish va atrof-muhit muhandisligi
Strukturaviy muhandislik
Geotexnika muhandisligi
Transport muhandisligi
Suv resurslari muhandisligi
Atrof-muhit muhandisligi
Qurilish muhandisligi va boshqaruvi
Barqaror infratuzilma
4. Kimyo va materiallar muhandisligi
Materialshunoslik va muhandislik
Polimer muhandisligi
Biomateriallar muhandisligi
Nanotexnologiya
Kimyoviy jarayonlar muhandisligi
Energetika va atrof-muhit muhandisligi
5. Mashinasozlik va elektro-mashinasozlik muhandisligi
Qayta tiklanadigan energiya tizimlari
Ishlab chiqarish muhandisligi
Materiallar muhandisligi
Elektr va elektron tizimlar
Qattiq jismlar mexanikasi
Suyuqliklar mexanikasi
Issiqlik muhandisligi
Tadbir haqida batafsil ma’lumot olish uchun veb-saytimizga tashrif buyuring (https://mpase2024.uz/).
Sizning tajribangiz ushbu jadal rivojlanayotgan sohadagi so'nggi rivojlanishlarlar va tendensiyalar haqida eshitishni intiqlik bilan kutayotgan akademiklar, tadqiqotchilar, amaliyotchilar auditoriyamiz uchun foydali bo'ladi.
Umid qilamizki, taklifimizni qabul qilasiz va o'z tushuncha va bilimlaringizni biz bilan baham ko'rasiz.
Hurmat bilan,
Tashkiliy qo’mita
mpase2024@gmail.com
+998 97 396 49 41
|