• Ortish-tushirish ishlari va ularni bajarish usullari .
  • Amaliy mashg’ulot №1 Eng sodda ortish-tushirish mexanizmlari va qurilmalari. Ishdan maqsad




    Download 21,97 Kb.
    bet1/4
    Sana28.01.2024
    Hajmi21,97 Kb.
    #147687
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Amaliy mashg\'ulot 1 AT o-t
    Хайтанова Гулчехра рус тили, mavzu4, 1- ilova 2-KURS amaliyot, 291, abduganiev soibjon, 2-Amaliy ish, mantiqiy masalalar toplami, CAO, Gaz alangasi yordamida metallarga ishlov berish texnologiyasi va jihozlari, Avtomatik va yarimavtomatik payvandlash jihozlari va texnologiya

    Amaliy mashg’ulot № 1
    Eng sodda ortish-tushirish mexanizmlari va qurilmalari.
    Ishdan maqsad: Talabar blits savollari orqali o’tilgan darslarni mustahkamlaydilar.
    Blits savollari.

    1. Ortish-tushirish ishlari va ularni bajarish usullari.

    2. Avtomobil va avtopoyezdlarni ortish-tushirish punktlarida turish vaqtlari.

    3. Ortish-tushirish punktlarining o’tkazish qobiliyati.

    4. Avtomobilning harakat intervali.

    5. Statsionar mashinalar va ko’chma mashinalar.

    6. Yuk ortish-tushirish mashinalarining unumdorligi.



    Ortish-tushirish ishlari va ularni bajarish usullari.
    Ortish-tushirish ishlari – transport jarayonining eng zarur va ajralmas qismi. Bu ishlar yuklarni avtomobillar va avtopoyezdlar bilan tashishda bajariladi. Ortish-tushirish ishlari avtomobil transportidan eng og’ir va mehnat talab ishlardan bo’lib, hamma transport harajatlarining 30% ni tashkil qiladi.
    Ortish-tushirish ishlari asosiy va yordamchi amallarga bo’linadi. Asosiy amallarga quyidagilar kiradi: yukni qamrab olish yoki ortish-tushirish mashinasiga uzatish, ko’tarish, siljitish, tushirish yoki mashina tomonidan berish, taxlash va taxlamdan olish. Asosiy amallar eng og’ir va mehnat talab ishlar hisoblanadi.
    Yordamchi amallarga quyidagilar kiradi: yukni ko’tarish arqonlari bilan ilish, qamrovchi qurilmalarni yuk ustiga qo’yish va yechib olish, yukni yo’nalish berish va tortish (yukni yerdan uzish yoki yerga qo’yish, uning harakat yo’nalishiga qo’l bilan yordam berish), yukni mahkamlash, transport vositasini ortish-tushirish ishlariga tayyorlash, paketlarni mahkamlash, kranchiga qo’l ishoralarini berish. Yordamchi amallar, garchi og’ir ishlardan bo’lmasa-da, mehnat talab ish hisoblanadi.
    Ortish-tushirish ishlarini bajarishining bir nechta usullari bor: mexanizatsiyalashmagan, mexanizatsiyali, kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan.
    Mexanizatsiyalashmagan usul, ortish-tushirish ishlarini qo’l bilan bajarish demakdir. Bunda qo’l mehnati ko’p talab qilinadi va avtomobillar uzoq to’xtab turishi sababli xalq xo’jaligi katta zarar ko’radi.
    Mexanizatsiyalashgan usulda odamlar tomonidan boshqariladigan ko’tarish-tashish mashina va mexanizmlarni ishlatiladi.
    Тo’liq yoki qisman mexanizatsiyalashgan ishlar bo’ladi. Qisman mexanizatsiyalashda yukni ortish va tushirish mashina va mexanizmlar yordamida qisman bajariladi, qolgan qismi – ishchilarning qo’l mehnati bilan bajariladi. Тo’liq mexanizatsiyalashgan ishlarda ishchining qo’l mehnati umuman qo’llanmaydi.
    Kompleks mexanizatsiyalashgan ishlarda odamning ishtiroki mashina va mexanizmlarni boshqarishdan iborat bo’ladi.
    Avtomatlashtirilgan ortish-tushirish ishlarida odam mashina-mexanizmlarni boshqarishdan ham ozod bo’ladi.

    Download 21,97 Kb.
      1   2   3   4




    Download 21,97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy mashg’ulot №1 Eng sodda ortish-tushirish mexanizmlari va qurilmalari. Ishdan maqsad

    Download 21,97 Kb.