|
Avtomobillarning harakat intervali
|
bet | 3/4 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 21,97 Kb. | | #147687 |
Bog'liq Amaliy mashg\'ulot 1 AT o-tAvtomobillarning harakat intervali.
Avtomobillarning harakat intervali–oldinma-keyin ikkita avtomobilning punktga kirib kelishi orasidagi vaqt avtomobilning aylanish vaqti - tob ni marshrutda ishlayotgan avtomobillar soniga nisbati bilan aniqlanadi:
bu yerda: tҳ – avtomobilning harakatlanish vaqti. s;
lюк– yuk bilan qatnash uzunligi, km;
β – yo’ldan foydalanish koeffitsiyenti;
to-t – avtomobilning ortish-tushirishda turgan jami vaqti, s;
Vt – texnik tezligi, km/s;
to,tt – avtomobilning ortish va undan tushirish vaqti, s.
tob-avtomobilning aylanish vaqti.
tй-аvtomobillarning yo`nalishda bo`lish vaqti.
Am-рunktda mavjud ishlar hajmini bajarish uchun zarur avtomobillar soni:
Punktning ish ritmi bilan avtomobillarning harakat intervali teng (R=Ia) bo’lsa, punkt bir tekis ishlaydi, avtomobillar esa navbatda kutmaydi.
Bu tenglamadan ortish yoki tushirish punktlarining zaruriy sonini topish mumkin:
Punkt uzluksiz ishlashi uchun zarur avtomobillar soni:
Punktda mavjud ishlar hajmini bajarish uchun zarur avtomobillar soni:
Shuni nazarda tutish kerakki, avtomobillar yuklarni turli mavsofalarga tashisa, va tob ning qiymati har xil bo’lsa, keyingi formulalardagi tob ning qiymati o’rtachalashtirib olinadi.
Statsionar mashinalarning yurish uskunasi bo’lmaydi, bular mineral kranlar, ko’prikli kranlar, bunkerlar va boshq. Ular bir joyga o’rnatilgancha katta hajmdagi ishlarni bajaradi.
Ko’chma mashinalarning yurgizish uskunasi bo’ladi, shuning uchun bir joydan boshqasiga bemalol yurib boraveradi. Bunday mashinalar o’zining kuch qurilmasi hisobga (ichki yonar dvigatel, eletrodvigatel) yuradi, shuning uchun ularni “o’ziyurar mashina” deb ham ataladi. Ulardan ba’zilari chaqqonligi bilan ajralib turadi (avtokranlar va avtopogruzchiklar), bir ish smenasida bir nechta ob’ektlarga xizmat ko’rsatishi mumkin.
Statsionar va ko’chma ortish-tushirish mashinalarini ikki toifaga ajratish mumkin: universal va maxsus mashinalar. Universal mashinalarga taralangan donali, og’ir vaznli, ag’dariouvchi yuklarni ortib-tushiradigan mashinalar kiradi. Bular kranlar, avtopogruzchiklar, elektrpogruzchiklar va boshqalar.
Maxsus ortish-tushirish mashinalari muayyan yuklar uchun mo’ljallanadi. Masalan: lavlagi ortuvchilar, don ortuvchilar va boshqa.
|
| |