• 1-mavzu. AVTOMOBILNING EKSPLUATATSION XUSUSIYATLARI Reja 1.Ekspluatatsion xususiyatlar nazariyasining taraqqiyoti
  • Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari
  • Tortish dinamikasi
  • Avtomobilning boshqariluvchanligi
  • Yo’l to’siqlaridan o’ta olish xususiyati
  • Remont qilishning osonligi
  • Andijon mashinasozlik institut




    Download 10.21 Mb.
    bet1/66
    Sana03.05.2023
    Hajmi10.21 Mb.
    #56151
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
    Bog'liq
    Andijon mashinasozlik institut
    Niyozova ingliz tili, 7-maktab Wifi, moychechak (1), resources-1, Ped kengash, black-cube-kurs-qoidalari


    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
    ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUT

    Avtomobillar nazariyasi”


    fanidan
    MA'RUZALAR KURSI


    5 524700 - «Avtomobilsozlik va traktorsozlik» yo'nalishidagi talabalari uchun
    Andijon - 2013 yil
    MUNDARIJA



    1-mavzu. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari




    2-mavzu. Harakatdagi avtomobillarga tahsir etuvchi kuch va momentlar




    3-mavzu. Avtomobilning tortish dinamikasi.




    4-mavzu. Avtomobilning tormozlanish dinamikasi




    5-mavzu. Avtomobilning yonilgi tejamkorligi




    6-mavzu. Avtomobiling boshqariluvchanligi




    7-mavzu. Avtomobilning turgunligi




    8-mavzu. Avtomobilning yo'l to'siqlaridan o'tuvchanligi




    9-mavzu. Avtomobilning yurish ravonligi




    10-mavzu. Harakat xvfsizligi




    11-mavzu. Avtopoezdlar




    1-mavzu. AVTOMOBILNING EKSPLUATATSION XUSUSIYATLARI
    Reja
    1.Ekspluatatsion xususiyatlar nazariyasining taraqqiyoti
    2. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari

    Ekspluatatsion xususiyatlar nazariyasining taraqqiyoti

    Transport vositalarining harakat qonuniyatlarini birinchi bo'lib rus olimi N.E.Jukovskiy “Avtomobilning burilishdagi harakat nazariyasi”ga bag'ishlangan ilmiy ishi bilan boshladi. 1921 yilda “Avtomobilar va Avtomotor ilmiy tekshirish instituti” tashkil etilib, avtomobilni tadqiqot qilish va sinash ishlari planli ravishda yo'lga qo'yildi. Avtomobilg’ nazariyasiga oid asosiy ishlarni fundamental xolatda akademik Ye.A.CHudakov yaratdi. U avtomobilning yonilg'i sarflash tejamkorligi va turgunligi kabi ekspluatatsion xususiyatlarini birinchi bo'lib nazariy asosda ishlab chiqdi. Avtomobilning yonilgi sarflash tejamkorlilik xususiyatlarini rivojlantirishda bir qator olimlarning xizmati katta, bular B.S. Falg’kevich, N.K.Kulikov. Ya.M.Pevznerning “Avtomobilning turgunligi nazariyasi” kabi kitobi shu soxadagi ilmiy tadqiqotlarga asos solgan. Avtomobilni tormozlash masalalarini N.A.Buxarin, A.B.Gredeskul, yurish ravonligini R.V. Rotenberg, burilishdagi harakat masalalarini A.S.Litvinov tadqiqot etdi, Ya.X.Zakin esa avtopoezdlarining ekspluatatsion xususiyatlarini mukammal o'rgandi.
    Mahlumki, har qanday nazariya tajriba bilan chambarchas bogliq bo'lgandagina muvaffaqiyatli rivojlanadi. G.V.Kramerenko, L.L. Afanasev, D.P.Velikanov va V.A.Ilarionovlar avtomobillar nazariyasini real sharoitda qo'llash borasida tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

    Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari

    Avtomobilning ekpluatatsion xususiyatlari nazariyasi transport harakat qonunlari va ekspluatatsion xususiyatlarini o’rganuvchi fan bo’lib nazariy mexanika, mexanizm va mashinalar nazariyasi, materiallar qarshiligi kabi kurslarga asoslangan.


    Nazariy izlanishlar va tajriba mahlumotlari asosida avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlariga tahsir etuvchi faktorlar aniqlanib, avtomobilg’ konstro’qtsiyasini yanada takomillashtirish yo’llari topildi, shu bilan birga bu fan yuk tashish protsessini optimal tashkil etish va maksimal iqtisodiy effekt olish masalalarini ham xal qildi.
    Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari nazariyasi uni ishlatish davrida avtomobildan effektiv foydalanish usullarini va konstro’qtsiyasining ekspluatatsiyaon talablarini qanoatlantirish darajasini harakterlab beradi. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlariga tortish va tormozlash dinamikasi, yonilg’i sarfining tejamliligi, boshqaruvchanlik, turgunlik, yo’l to’siqlaridan o’ta olish xususiyati yurish ravonligi, harakat xavfsizligi, puxtaligi, remont qilishning osonligi kabi ko’rsatkichlar kiradi.
    Avtomobilning dinamikasi uning yuk yoki passajirlarni maksimal o’rtacha tezlik bilan harakatlanib tashish qobiliyatidir. Avtomobilning dinamikasi qanchalik yaxshi bo’lsa, uning tezligini oshirish qobiliyati shunchalik yuqori bo’ladi, o’rtacha harakat tezligi qancha katta bo’lsa, yuk tashish uchun shuncha kam vaqt sarf bo’ladi. Avtomobilning dinamikasi uning tortish va tormozlash xususiyatlariga bog’liq bo’lganligi uchun u tortish va tormozlash dinamikalariga bo’linadi.
    Tortish dinamikasi deb, avtomobilning mahlum ekspluatatsion sharoitda maksimal o’rtacha tezlik bilan harakatlanish xususiyatiga aytiladi.
    Tormozlash dinamikasi deb, avtomobilning sekinlanish va effektiv tormozlanish qobiliyatiga aytiladi.
    Yonilgi sarfining tejamligi deb, avtomobilda yoqilgan yonilg’i energiyasidan ratsional foydalanish xususiyatiga aytiladi. Yonilg’i ishlab chiqarish uchun ketgan harajatlar yuk tashish tannarxining 16-20% ini tashkil etadi, shuning uchun yonilg’i qancha kam sarflansa, avtomobildan foydalanish shuncha arzonga tushadi.
    Avtomobilning boshqariluvchanligi deb, boshqariluvchi g’ildiraklarning holati o’zgarishi bilan avtomobilning o’z harakat yo’nalishini o’zgartirish xususiyatiga aytiladi. Avtomobilning harakat vaqtidagi xavfsizligi uning boshqariluvchanligiga ko’p jihatdan bog’likdir.
    Avtomobilning turgunligi deb, uni yon tomonga sirpanishga, agdarilishga va surilishga majbur etuvchi kuchga qarshilik ko’rsata olishi hamda harakat traektoriyasini saqlay olish qobiliyatiga aytiladi. Turgunlik ham boshqa faktorlar kabi harakat xavfsizligini tahminlashda katta ahamiyat kasb etadi.
    Yo’l to’siqlaridan o’ta olish xususiyati deb, avtomobilning og’ir yo’l sharotlarida va yo’lsiz joylarda (botqoqlik, qor o’qmi va x.k.) yetakchi g’ildiraklarining shataksiramasdan (shataksirash- g’ildirakning o’z joyida aylanib harakatlanishi), avtomobilg’ tagining esa notekisliklarga tegmasdan o’ta olish qobiliyatiga aytiladi. Bu ekspluatatsion xususiyat ayniqsa qishloq xo’jaligida, o’rmon sanoatida, qurilishlarda va karg’eralarda ishlovchi avtomobillar uchun tahluqlidir.
    Yurish ravonligi deb, avtomobilning notekis yo’ldan kuzovni ortiqcha tebrantirmasdan harakatlanishiga aytiladi. Avtomobilning yurish ravonligi o’rtacha harakat tezligiga, yukning shikaslanmasdan manzilga yetkazilishiga, avtomobilda yurishning qulayligiga, xaydovchi va passajirlarning charchashiga katta tahsir ko’rsatadi.
    Avtomobilning puxtaligi deb, uning agregat, uzel, detallarining ish jarayonida buzilmasdan, sinmasdan ishlash qobiliyatiga aytiladi. Puxtalik harakat xavfsizligini tahminlashda katta ahamiyatga ega.
    Remont qilishning osonligi avtomobilg’ agregatlari va uzellari buzilgandan ularni tezlikda yana ish bajara oladigan holga qaytarishga moslanganligini ko’rsatadi. Bu ekspluatatsion xususiyat avtomobilni loyhalash vaqtida xisobga olinishi kerak, u avtomobilning ish unumdorligini oshirishda katta rolg’ o’ynaydi.

    Download 10.21 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




    Download 10.21 Mb.