• I BOB Nimadan boshlash kerak
  • Antidangasalik




    Download 1.03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/29
    Sana20.09.2023
    Hajmi1.03 Mb.
    #83006
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    @e ceo Antidangasalik (1)
    1-ADABIYOTLAR, artcut2009, Dilnoz opam Fuqarolik jamiyati mustaqil ish, Qism dasturlar haqida tuchuncha Formal va joriy o`zgaruvchilar F, 2 5312002984618503581(2), Farm-iqtisod, 0. Shaxsiy ish reja 2022-2023-yil, dars ishlanma, 1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja, download-order (3), Tavsiyanoma T.Jaloliddin, 4. Raqamli multimediya axborotlarni nashr qilish M Rasulova, 5.RAQAMLI MULTIMEDIYA AXBOROTLARINIQAYTA ISHLASH VA YARATISH Ғофурова Ферузахон, 1707399170-1


     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    ANTIDANGASALIK
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Hasan Mehmonov
     
     
     



    KIRISH 
    Bu kitobda keltirilgan barcha ma’lumotlar turli treninglar, kitoblar va tadqiqotlar
    asosida shakllantirilgan. Agar siz dangasalikni yengish yo‘llarini bilib olish uchun kitobni
    xarid qilgan bo‘lsangiz, sizga undan zarracha foyda bo‘lmaydi. Agar siz kitobni bir kunda
    o‘qib tugatishni niyat qilgan bo‘lsangiz, bunda ham sizga kitobning foydasi tegmaydi.
    Buning sababi shundaki, avvalo, bilib olishning o‘zi yetarli emas! “Bilim kuch emas,
    amalda qo‘llangan bilim — kuch”. Siz kitobning har bir bobini o‘rtacha ikki-uch kunda
    vaqt tashlab, shoshilmasdan o‘qishingiz va har bir aytilgan vazifani bajarib borishingiz
    kerak bo‘ladi. Shundagina sizga kitobdan foyda bo‘lishi mumkin. Unutmang, “Rim bir
    kunda qurilmagan”.
    Bu kitob yaratilishida eng katta hissasi teggan inson — ustozim Dovranbek
    Turdiyevga minnatdorchilik bidirmoqchiman. Kitobning ko‘p qismi u kishidan olgan
    bilimlarim va treninglari asosida to‘plangan.



    I BOB 
    Nimadan boshlash kerak? 
    Barcha insonlarda orzu-istaklar bor, ammo odamlar o‘z orzularini amalga oshirish
    o‘rniga, ijtimoiy tarmoqlarga, kompyuter o‘yinlariga, foydasiz uchrashuv va boshqa
    narsalarga mukkasidan ketishadi. Asosiy ish esa doimgidek dangasalik tufayli qolib
    ketaveradi. Siz ham shular qatorida bo‘lmasangiz, katta ehtimol bilan bu kitobni qo‘lingizga
    olmagan bo‘lardingiz.
    Psixologiyada “dangasalik” o‘rniga “prokrastinatsiya” iborasi ishlatiladi.
    Prokrastinatsiya — bu topshiriqlarni berilgan muddatdan o‘tkazib yuborish, asosiy ishlarni
    keyinga surish harakati. Bu odat, ayniqsa, talabalar orasida juda keng tarqalgan. 2007-yilda
    Kalgari universiteti psixologi Pirs Stil (Piers Steel) tomonidan o‘tkazilgan meta-tahlil
    1
    shuni
    ko‘rsatadiki, oliy ta’lim muassasasi o‘quvchilarining 80 foizdan 95 foizgacha qismi
    topshiriq va kurs ishlarini bajarishni muntazam ravishda kechiktiradi. Shu sababli biz siz
    bilan prokrastinatsiyani yengishga harakat qilamiz. 
    Prokrastinatsiya kelib chiqishining ko‘plab sabablari bor. Shifokorga ko‘rinish orqali
    davolanadigan sabablariga depressiya, obsessiv-kompulsiv buzilish (OKB), diqqat
    yetishmasligi/giperaktivlik buzilishi (DYGB) va boshqalar kiradi. Shuningdek, xohish,
    qiziqish, kayfiyat yo‘qligi, nimadan boshlashni bilmaslik, ish hajmidan qo‘rqish va boshqa
    sabablar tufayli ham sizda prokrastinatsiya kuzatiladi.
    Demak, siz prokrastinatsiyani yengish uchun bir qoidani mukammal o‘zlashtirib
    olishingiz kerak. “Mayda o‘zgarishlar katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi”. Hayotingizdagi
    barcha narsalar mayda o‘zgarishlar oqibatida kelib chiqqan.
    “Kapalak effekti — qachondir Avstraliyadagi kapalakning birgina qanot qoqishi
    tufayli bir necha yillar o‘tib Amerikada to‘fon hosil bo‘ladi”. Bu shuni anglatadiki, barcha
    narsalar bir-biriga chambarchas bog‘liqlikda bo‘lganligi tufayli siz bu mukammal
    mexanizmdagi biror mayda elementni o‘zgartirish orqali undan keyingi katta
    elementlarning ham o‘zgarishiga sababchi bo‘lib qolasiz. Hayotingizda bu effekt ta’sirini
    qo‘llashingiz mumkin. Ya’ni siz o‘z hayotingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, eng mayda



    o‘zgarishlardan boshlashingiz kerak. Biz doim qilayotgan ishlarimizning natijasini tezroq
    ko‘zimiz bilan ko‘rishga harakat qilamiz. Shu sababli biror ishni boshlashning o‘zidayoq
    ko‘proq bajarishga urinamiz. Masalan, siz chet tilidan lug‘at yodlashni boshlaysiz va bir
    necha kun davomida kuniga 150 tadan yangi so‘z yodlaysiz. Undan keyin sizda ishtiyoq
    so‘nadi, barchasi qiyindek tuyuladi va ishni tashlab qo‘yasiz. Fitnes bilan shugullanishni
    boshlaysiz: birinchi bir necha kunlikda siz qiyin mashqlarni qilasiz va qarabsizki,
    tanangizdagi og‘riqlar kuchli. So‘ngra siz barini tashlab qo‘yasiz. Ko‘pincha mayda
    o‘zgarishlardan boshlagan insonlar ham tashlab qo‘yishadi. Buning sababi, yuqorida
    aytganimizdek, bizning miyamizga o‘rnashib qolgan natijani tezroq ko‘rish bilan bog‘liq
    tushunchadir. Mayda o‘zgarishlar bilan boshlangan ishlar, -15 
    li xonadagi muzni eritish

    uchun xonani sekinlik bilan qizdirishga o‘xshaydi. Siz xona haroratini 0 
    ga ko‘tarishga

    ketgan vaqtingiz mobaynida muzda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. 0 
    dan keyin muz

    erishni boshlaganini ko‘rishingiz mumkin. Hayotingizga kiritadigan kichik o‘zgarishlar
    mohiyati ham xuddi shunday. Bir qancha vaqtgacha o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmaydi,
    ammo bir kuni uyg‘onganingizda ko‘p narsa o‘zgarganini payqab qolasiz. O‘sha kungacha
    sabr bilan kichik o‘zgarishlarni amalga oshirishda davom etish kerak. Bu kitobni xarid qila
    olgan ekansiz, demak, men beradigan mayda vazifalarni ham bajara olasiz degan
    umiddaman.

    Download 1.03 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 1.03 Mb.
    Pdf ko'rish