18
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
1-JILD, 1-SON (YOʻPA)
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA “TARBIYA” DARSLARINI
TASHKIL ETISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Dexkanova Ma’mura Ulmasovna
1
“Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasi professori
1
Toshkent davlat pedagogika
universiteti
Kazakova Sojida Nariman qizi
2
2
TDPU 1-bosqich talabasi
О‘tkirova Sevara Sanjar qizi
3
3
TDPU 1-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7514752
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-yanvar 2023 yil
Ma’qullandi: 07-yanvar 2023 yil
Nashr qilindi: 09-yanvar 2023 yil
Ushbu maqolada o’quvchilarda yakka, jamoaviy guruh
bilan ishlash, ijodiy va tashkilotchilik faoliyati
ko‘nikmalarini, ishga mas’uliyat bilan yondashuvni
shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy texnologiya JIF
texnologiyani qо‘llash metodikasi ochib berilgan .
KEY WORDS
tarbiya
jarayoni,
tarbiyaviy
texnologiyalar,
JIF,
jamoaviy
guruh bilan ishlash, ijodiy va
tashkilotchilik faoliyat.
Jahon hamjamiyatida integratsiyalashuv jarayoni kechayotgan bugungi kunda taraqqiyotning
asosiy omillari sifatida jamiyat a’zolarining kreativ faollik darajasi e’tirof etilib, xalqaro
tashkilotlar hamda dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan 2030 yilgacha belgilangan
xalqaro ta’lim konsepsiyasida “bilimning mustahkam poydevoriga ega bo‘lish
va kreativ
fikrlashni rivojlantirish, hamkorlik qobiliyatlari va qiziqishlarini kuchaytirish” dolzarb vazifa
sifatida qayd etilgan. Turli sohalarda yo‘lga qo‘yilayotgan Xalqaro hamkorlik garchi o‘z
samarasini berayotgan bo‘lsa-da biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash,
erishilgan yutuqlarni boyitish, mavjud kamchilliklarni tezkor
bartaraf etish jamiyat
a’zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat’iyat ko‘rsatishni talab etmoqda. Dunyo
amaliyotida har qanday o‘zgarishlarga ijodiy yondosha oladigan, mavjud muammolarni
noan’anaviy va samarali hal qila oladigan
insonlarni tarbiyalash, shuningdek, jamiyatning
o‘sib
borayotgan ehtiyojlari, jadal rivojlanish sur’ati va natijada mutaxassislarni tez
o‘zgaruvchan sharoitlarda hayotga tayyorlash zaruriyati bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb
masalalar yechimiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
rivojlantirish jarayonida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar uzluksiz ta’lim
tizimida
faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi oldiga pedagogik mahoratini, kreativ salohiyatini va
faoliyatini sifat jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi talablarni qo‘ymoqda.
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ma’naviy-ma’rifiy
ishlarning samarali va
ta’sirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish mamlakat aholisi, avvalo,
yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik
xissini kuchaytirish, targ‘ibot-
tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlar ilmiy va tadqiqotlar samaradorligini oshirish,
ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring
tizimini joriy qilish ustuvor vazifalar sifatida belgilab olingan [1].
Har bir mamlakatni rivojlantiradigan, uni butun jahonga tanitadigan, albatta, tarbiyali, bilimli,
keng mushohadali yoshlaridir. O‘sib ulg‘ayib borayotgan farzandlarga yaxshi ta’lim va tarbiya