|
Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja
|
bet | 1/75 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 383,84 Kb. | | #136261 |
Bog'liq Nazariy materiallar 1-mavzu pedagogik kreativlik mohiyati, mazm-fayllar.org (5)
Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja
NAZARIY MATERIALLAR
1-MAVZU: PEDAGOGIK KREATIVLIK MOHIYATI, MAZMUNI
Reja:
1.Kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, obʼekti va predmeti.
2.Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi.
3.Kreativ pedagogikaning muhim kategoriyalari. Kreativ pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Kreativ pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari.
Tayanch tushunchalar: kreativlik, pedagogika, “Kreativ pedagogika” fani, fanning maqsadi, fanning vazifalari, fanning obʼekti, fanning predmeti, fanning tarkibiy tuzilmasi, fanning asosiy kategoriyalari, Kreativ pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, ilmiy-tadqiqot metodlari.
1.Kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, obʼekti va predmeti
1. “Kreativlik” va “Kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati. Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qoʼllanila boshlaganiga hali u qadar koʼp vaqt boʼlmadi. Biroq, oʼqitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga boʼlgan ehtiyoj “Kreativ pedagogika”ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini taʼminladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni oʼqitish metodikasi, taʼlim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik gʼoyalari tashkil etadi. “Kreativ pedagogika” fanining umumiy asoslari mutaxassis, shu jumladan, boʼlajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratishga xizmat qiladi.
Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi oʼz mohiyatiga koʼra jarayon tarzda namoyon boʼladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish gʼoyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha boʼlgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami oʼzgarishining oʼzaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogengizi – tugʼilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bogʼliq.
Maʼlumki, kasbiy tajriba bilim, koʼnikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijoiy faoliyat koʼnikmalarining oʼzlashtirilishi nafaqat amaliy koʼnikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan
xabardor boʼlish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada oʼzlashtirilishi talab etadi.
Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning oʼzaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning surʼati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bogʼliq. Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega boʼlishi taqozo etadi.
Soʼnggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning taʼlim tizimida oʼquvchi va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Аli (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan koʼplab tadqiqotlar, ularning natijalarian koʼrish mumkin.
Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, oʼqituvchilar kreativlik asoslarini oʼrganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). Oʼqituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv koʼnikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti, Taʼlim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noanʼanaviy darslar tashkil etilyapti (Аli, 2011; Taʼlim departamenti, 2013 y.).
Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, koʼpchilik oʼqituvchilar hali hanuz shaxs (oʼzlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini oʼzlashtira olmayaptilar.
Taʼlim tizimini boshqarish organlari har yili taʼlim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga eʼtibor qaratadi. Аna shu maqsadda oʼquv dasturini ishlab chiqiladi, yangi oʼquv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham oʼqituvchilarni kasbiy oʼsishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish, olgʼa intilishga boʼlgan ehtiyojni muayyan arajada yuzaga keltiradi, ularning oʼquv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi.
Biroq, oʼquv yilining oxirida kelib oliy taʼlim muassasalarida talabalarning fanlarni oʼzlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Koʼplab talabalarning taʼlim olishga nisbatan qiziqishi yoʼqolgan. Buning natijasida oʼqituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni oʼylashmayapti. Taʼlim tizimini boshqaruvchi organlar taʼlim olishga nisbatan xohish-istagi boʼlmagan talabalar, bu kabi taʼlim oluvchilarni oʼqitishni istamayotgan oʼqituvchilar faoliyatini oʼzgartirish borasida yangidan-yangi chora-tadbirlar belgilansa-da, ahvol oʼzgarishsiz qolmoqda.
Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan oʼylab, rejalashtirilib qoʼyilishi talabalar uchun qiziq boʼlmayotgandir, balki balki taʼlim mazmunining muayyan qolipga solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, ragʼbat bildirmayotgandir. Oʼquv mashgʼulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi gʼoyalarni oʼylab topishga majbur qilish taʼlim olishga boʼlgan munosabatni oʼzgartirish, ularni yutuqlarga erishishga ragʼbatlantirishda asosiy omil boʼlar. Oʼquv mashgʼulotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi1.
Shaxsda kreatiqlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini toʼlaqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining maʼnoni tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga koʼra, “kreativlik – oʼz qiymatiga ega original gʼoyalar majmui” (Аzzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa oʼz tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat boʼlib, u oʼzida muayyan yangilikni aks ettirishi va maʼlum amaliy qiymatga ega boʼlishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha boʼyicha oʼzlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy koʼnikmalarga ham ega boʼlish” demakdir.
Koʼplab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik oʼrtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular oʼrtasida hech qanday bogʼliqlik yoʼq ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt darajasi bir-biriga bogʼliq ekanligini taʼkidlaydilar (Kim, 2005 y.).
“Kreativlik” tushunchasi oʼzida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. Gʼarb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noanʼanaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuygʼusi va erkinlik mavjud boʼlishiga eʼtiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tugʼilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yue, 2000 y.). Garchi gʼarblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha boʼlsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.).
Koʼpgina oʼqituvchilar oʼzlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, aksariyat oʼqituvchilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi qanday maʼnoni anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar.
Аyni oʼrinda shuni alohida qayd etib oʼtish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xoʼsh, oʼqituvchilar oʼzlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu oʼrinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: “Аgarchi oʼzingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Аslida, gap sizning ijodkor va kreativ boʼlganingiz yoki boʼlmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi gʼoyalarni amalda sinashga intilishingizdadir”.
Patti Drapeau nuqtai nazariga koʼra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan oʼquv topshirigʼi, masalasi va vazifalarini bajarishda koʼplab gʼoyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina toʼgʼri gʼoyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va koʼp tomonlama fikrlashdan birini inkor etib boʼlmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Yaʼni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (koʼp tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina toʼgʼri yechimda toʼxtaladi (bir tomonlama fikrlash).
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin:
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuygʼularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon boʼladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni oʼtkirlikni belgilab beradi, “talabalar eʼtiborini taʼlim jarayoniga faol jalb etishni taʼminlaydi”.
Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi oʼqituvchilar ham oʼzlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan oʼtadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, oʼziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar boʼyicha baholash imkoniyatini yaratadi. Oʼquvchi tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu toʼrtta mezonni qanotlantirishi lozim3.
E.P.Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi:
Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin5. Oʼqituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. Soʼnggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda.
“Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
1) oʼqituvchilar tomonidan oʼquv fanlarini past oʼzlashtirayotgan va ularini oʼrganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar eʼtiborlarini fan asoslarini oʼzlashtirishga jalb etish;
2) oʼqituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini ragʼbatlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega boʼlmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli va ajoyib gʼoyalarga ega boʼlsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yoʼl qoʼyadi. Buning sababli taʼlim jarayonida qoʼllanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash koʼnikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi. Muallif tomonidan tavsiya qilingan
vosita va strategiyalar talabalarda kreativlikni rivojlantirishda oʼqituvchilar uchun qoʼl keladi hamda talabalarda oʼquv fanlarini oʼrganishga boʼlgan qiziqish, intilishni rivojlantiradi.
Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon boʼladi. Ular quyidagilardir:
Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil etilishi uning kreativligi qay darajaa ekanligiga bogʼliq boʼladi.
2. Kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, obʼekti va predmeti. Koʼz oldingizga taʼlim jarayonini yuksak mahorat bilan boshqarayotgan, uni oʼziga xos va qiziqarli tarzda joʼshqinlik, zavqu shavq bilan tashkil etayotgan oʼqituvchini keltiring. U, garchi, oʼzini kreativ shaxs yoki ijodkor deb bilmasa- da, biroq, kreativlikni namoyon etuvchi taʼlim jarayonini tashkil etayotganidan, unga imkon beradigan metod, usullarni qoʼllayotganligidan oʼzi ham mamnun, qolaversa, talabalarning minnatdor boʼlishlariga erishmoqda. Oʼqituvchi taʼlim jarayonida kreativ metod, usullardan qancha koʼp foydalansa, oʼziga va oʼzining ijodiy, kreativ imkoniyatlariga nisbatan ishonchi shuncha ortadi.
Pedagoglar tomonidan kreativlik sifat va koʼnikmalarining oʼzlashtirilishida fan sifatida “Kreativ pedagogika” muhim oʼrin tutadi.
Har qanday fan kabi “Kreativ pedagogika” oʼquv predmeti ham aniq maqsadni koʼzlaydi.
“Kreativ pedagogika” fanining maqsadi shaxsni kreativ oʼqitish, tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat
“Kreativ pedagogika muayyan vazifalarni bajaradi. Ular quyidagilardan iborat:
1) taʼlim mazmuni, oʼquv rejalari va dasturlarini saralash;
2) oʼquv moduli (fani)ni oʼqitishning taktika va strategiyalarini belgilash;
3) mos psixologik-pedagogik tashxis vositalarini tanlash;
4) taʼlim oluvchilarning kreativ rivojlanishini bashoratlash;
5) kreativ shaxsni shakllantirishning boshqaruv tizimini ishlab chiqish
Maʼlumki, har bir fan oʼzining tadqiqot obʼekti va predmetiga ega boʼladi. “Kreativ pedagogika” ham oʼz obʼekti va predmetiga ega. Ular:
|
| |