• 3-MAVZU: PEDAGOGIK KREATIVLIKKA XOS SIFATLAR MAZMUN-MOHIYATI Reja
  • Tayanch tushunchalar
  • Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja




    Download 383.84 Kb.
    bet4/75
    Sana13.01.2024
    Hajmi383.84 Kb.
    #136261
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Bog'liq
    Nazariy materiallar 1-mavzu pedagogik kreativlik mohiyati, mazm-fayllar.org (5)
    Diyorbek, 13-лекция узб, Mavzu Kimyo fanini rivojlantirishda o’z xissalarini qo’shgan O’, 29096 4. Modda tuzilishi-2015, MAQOLA, MILLIY VA ADABIY TIL, 6-bayon 8-mart, 6-bayon 8-mart, Tazalaw stanciyasi , Doc1, 01-01-867, content, nodirbek. mustaqil ish, Boranbaeva Janagul (2)
    Nazorat savollari:
    1. “Kreativlik” tushunchasi qanday maʼnoni anglatadi?
    2. “Kreativ pedagogika”ning maqsadi nimadan iborat va u qanday vazifalarni hal qiladi?
    3. “Kreativ peagogika”ning obʼekti va predmetini nima tashkil etadi?
    4. “Kreativ pedagogika”ning asosiy kategoriyalari qaysilar?
    5. “Kreativ pedagogika” qanay fanlar bilan oʼzaro aloqadorlikda rivojlanadi?
    6. Kreativ shaxsni shakllantirish va rivojlantirishda qanday ilmiy- tadqiqot metodlari qoʼllaniladi?

    3-MAVZU: PEDAGOGIK KREATIVLIKKA XOS SIFATLAR MAZMUN-MOHIYATI


    Reja:
    Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalari.
    2. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yoʼllari.
    3. Pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar va tamoyillar.


    Tayanch tushunchalar: sifat, kreativlik sifatlari, malaka, ijodiy faoliyatni malakalari, kreativ sifatlarni rivojlantirish yoʼllari, pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar, shaxs kreativligini rivojlantirish tamoyillari, pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar, pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari, pedagoglarning kreativlik imkoniyatining muhim darajalari, shaxsning kreativligi darajasini aniqlovchi mezonlar.
    Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalari. Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xoʼsh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari qachondan namoyon boʼladi?

    Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez koʼzga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qoʼlga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy koʼnikma, malakalarni oʼzlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga eʼtibor qaratish zarur:


    Tadqiqotchi N.Fayzullaeva pedagogik tafakkurga ega boʼlish uchun talabalar pedagogika oid bilimlarni puxta oʼrganish asosida quyidagi koʼnikma, malakalarni oʼzlashtira olishlari zarur deb hisoblaydi: pedagogikaning asosiy gʼoyalari, kontseptsiyalari, qonuniyatlarini va pedagogik hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini bilish; pedagogikaning eng muhim nazariy gʼoyalari, asosiy kategoriyalari va tushunchalarini bilish; asosiy pedagogik faktlarni bilish; taʼlim va tarbiyaning umumiy uslubi haqidagi amaliy bilimlarni egallash8.

    Psixologiyada E.P.Torrens tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi test ishlab chiqilgan. E.P.Torrensning fikricha, shaxs kreativligi oʼzida quyidagi belgilarni namoyon qiladi:


    Bugungi kunda psixologiyada shaxs kreativligi uning faoliyatiga xos ikki jihatga koʼra aniqlanmoqda. Bunda faoliyatning ikki jihatini yorituvchi testlardan foydalaniladi. Ular quyidagilardir.
    Shaxsning hayotiy tajribasi va shaxsiy sifatlarini
    aniqlovchi testlar Ijodiy tafakkur va uning natijalari (tezkorlk, samaradorlik, mahsuldorlik va b.) ni aniqlovchi testlar E.P.Torrensning shaxsa kreativ sifatlarini namoyon boʼlishini aniqlovchi testlarning turlari.
    Talabalarda kreativ fikrlash koʼnikmasini shakllantirishdan oldin sinfda qulay muhitni yaratish lozim. Kreativ muhitda taʼlim olayotgan talabalarda asta-sekin kreativ vazifalarni bajarishga nisbatan qiziqish ortadi, shuningdek, kreativ tafakkurga ega oʼqituvchini kuzatish natijasida kreativ fikrlashga moyil boʼladi (Sternberg & Williams, 1996). Kreativlik xarakteridagi oʼquv-bilish muhiti talabalarda taʼlim jarayonida katta ahamiyatga ega boʼlgan tanqidiy va kretiv fikrlash koʼnikmasining rivojlanishiga olib keladi (Boykin & Noguera, 2011, 2012; Marks, 2000, as cited in Jensen, 2013).
    Oliy taʼlim muassasalarida talabalarning kreativ tafakkurga ega boʼlishlari ularda ijodiy muhitning qanchalik tarkib toptirilganligiga bogʼliq. “Toʼlaqonli kreativlik xarakteriga ega taʼlim muhitini yaratish puxta oʼylangan rejaga tayanadi. Oʼqituvchilar agarda oʼzlarining kreativ oʼqitish metod va strategiyalarini qoʼllash (yaʼni keng koʼlamda oʼylash va kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish)da katta samaradorlikka erishishni istasalar, buni talabalar ongiga singdirishlari va oʼz vazifalarini sidqidildan bajarishlari lozim (Higgins, Hall, Baumfield, & Moseley, 2005)”10. Qolaversa, “kreativ xarakterga ega muhitdagina talabalar oʼrganayotgan mavzuning mazmuni, oʼquv axborotlar oʼrtasidagi oʼzaro aloqani tushunish imkoniyatiga ega boʼladi va bu haqida fikrlash boshlashadi (Anderson et al., 2000)”.
    Taʼlim amaliyotining kreativ xarakter kasb eta olmayotganligi bir qator tadqiqotchilar tomonidan oʼrganilgan. M: xorijiy mamlakatlarda Begetto, Kaufman, Kirshner (2010), Sveller, Klark (2006) kabi tadqiqotchi-pedagoglar buning sabablari hamda ularni bartaraf etish shartlarini quyidagilar bilan izohlaydilar: “Koʼp hollarda, oʼqituvchilar fanning faqat mazmuni bilan tanishadilar, biroq fikrlash jarayoniga katta ahamiyat va eʼtibor va talablar qanday rivojlanishlari mumkinligi haqida hech qanday maʼlumot bermaydilar. Oʼqituvchining palapartish yoʼriqlar berish yondashuvining samaradorligi talabalar oʼquv faoliyatini oshirishga yoʼnaltirilgan metod va strategiyalardan sezilarni darajada past (Beghetto, Kaufman, 2010; Kirschner, Sweller, Clark, 2006). Vaholanki, talablarda fikrlash koʼnikmasi boʼyicha yoʼriqlarni aniq va tushunarli yetkazib berish uchun oʼqituvchi (tanqidiy, kreativ) fikrlash usullari, koʼnikmalarni samarali shakllantitrish yoʼllari bilan talabalarni tanishtirish, orqali talabalar oʼquv faoliyatini nazorat qilish va uni yoʼnaltirishi lozim”12. Mualliflar tomonidan bildirilgan fikrlarning misollar yordamida yoritilganligi oʼqituvchi va talabalarning kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish toʼgʼrisidagi fikrlarini oyinlashtirishga yordam beradi. “M: talabalar “Immigratsiya hodisasining mohiyati”ni “Аqliy hujum” strategiyasi asosida oʼrganish jarayonda, eng avvalo, strategiyaning oʼzi nimaligini, uni qanday qoʼllash zarurligi haqidagi tushunchalarga ega boʼlishlari lozim”.
    Shaxs kreativligini rivojlantirish jarayonida “tabaqalashtirish”, “davrlashtirish” tushunchalarining muhim ahamiyat kasb etishi eʼtiborni tortadi. Xoʼsh, bu ikki tushuncha qanday mazmunni ifodalaydi?
    Kreativ jihatdan rivojlanishda har bir shaxs hayotida davr va bosqich muhim ahamiyat kasb etadi.
    Shunga koʼra maʼlum davr va bosqichlarda pedagoglarda ham kreativlik sifatlari, ijodiy faoliyat malakalari rivojlanadi.
    Kreativ tafakkurga ega talabalar: boshqa talabalarning xayoliga kelmagan gʼoyalarni bildiradi; oʼzlarini ifoda etishning oʼziga xos uslubini tanlaydi; baʼzan mavzu aloqasi yoʼq yoki gʼayrioddiy savollar beradi; yechimi ochiq qolgan vazifalardan zavqlanadi; gʼoyalarni aniq dalillar asosida muhokama qilishni afzal koʼradi; muammoning yechimini topishda noanʼanaviy yondashuvni tanlaydi.
    Shaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi (5-rasm):
    Pedagoglar kreativlik sifatlari bilan bir qatorda ijodiy faoliyatni tashkil etishga layoqatlilikni ifodalovchi quyidagi malakalarga ham ega boʼlishlari zarur:
    Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalar guruhlari:
    1) bilishga oid (gnostik) malakalar;
    2) loyihalash malakalari;
    3) ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar;
    4) tadqiqotchilik malakalari;
    5) muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari;
    6) tashkilotchilik malakalari;
    7) izchillikni taʼminlovchi (protsesssual) malakalar;
    8) texnik-texnologik malakalar
    Quyida ushbu malakalar guruhlarining mohiyati yoritiladi:
    Bilishga oid (gnostik) malakalar:
    - talabalarning yosh va individual xususiyatlari, jamoaning ijtimoiy- psixologik oʼziga xosligini inobatga olgan holda oʼquv-tarbiyaviy vazifalarni aniq belgilash;
    - zamonaviy taʼlim talablaridan kelib chiqqan holda oʼquv-tarbiya jarayonini didaktik, psixologik va metodik jihatdan rejalashtirish va tahlil qilish;
    - taʼlim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishning samarali shakl, metod va vositalarni asosli ravishda tanlay olish;
    - talabalar tomonidan oʼquv dasturi talablaridan kelib chiqqan holda materiallarni oʼzlashtirganlik natijalarini, oʼquvchilarning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini aniqlay bilish;
    - talabalarning bilishga boʼlgan qiziqish, ehtiyoj va faolliklarini rivojlantirish boʼyicha turli koʼrinishdagi ishlarni olib borish;
    - darsda, darsdan tashqari sharoitlarda, kuni uzaytirilgan guruhlarda, toʼgarak, klub yoki jamiyatlarda turli tarbiyaviy ishlarni olib borish;
    - talabalar, ularning ota-onalari bilan individual ishlarni amalga oshirish;
    - talabalarda sogʼlom turmush kechirishga boʼlgan ehtiyojni shaxsiy va umumiy gigienaga amal qilish koʼnikmalarini, birinchi tibbiy yordam koʼrsatish malakalarini shakllantirish;
    - taʼlim jarayonida turli koʼrsatmali qurollar, zamonaviy texnik vositalar, axborot va ilgʼor pedagogik texnologiyalaridan foydalanish;
    - didaktik material va koʼrsatmali qurollarni ishlab chiqish;
    - ota-onalarni pedagogik bilimlar asoslari, bolalarning asosiy yosh xususiyatlari, psixologik oʼziga xosliklari, turli yosh bosqichlarida farzandlar bilan ota-onalaroʼrtasida kechadigan munosabatlar mohiyatidan xabardor qilish;
    - oʼz-oʼzini tahlil qilish, oʼz-oʼzini baholash va shaxsiy faoliyatda yoʼl qoʼyilgan kamchiliklarni tuzatish
    Loyihalash malakalari:
    - dars yoki tarbiyaviy tadbirlarning loyihalarini yaratish;
    - dars yoki tarbiyaviy tadbirning texnologik xaritasini yaratish;
    - dars yoki tarbiyaviy tadbir mohiyatini bosqichma-bosqich yoritish;
    - taʼlimiy yoki tarbiyaviy faoliyat maqsadini aniq belgilash;
    - maqsadga mos keladigan vazifalarni aniqlash;
    - oʼquv materialining didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini bayon etish;
    - oʼquv yoki tarbiyaviy xarakterdagi material mazmunini shakllantirish;
    - oʼquv yoki tarbiyaviy material mazmunini ochib beradigan bir qancha maʼlumotlar oʼrtasidagi oʼzaro izchillikni taʼminlash;
    - talabalarni mustaqil fikrlashga ragʼbatlantiruvchi savollar tizimini ishlab chiqish;
    - dars yoki tarbiyaviy tadbirning metodik tuzilishini asoslash;
    - dars yoki tarbiyaviy tadbir jarayonida bajariladigan pedagogik topshiriqlar tizimini aniqlash;
    - yangi materialni bayon etishda turli zamonaviy yondashuvlarni qoʼllash;
    - muayyan izchillikka ega test topshiriqlarini ishlab chiqish;
    - talabalarning bilim darajasini tashxislash jarayonini asoslash;
    - talabalar jamoasi hamda alohida talabaning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini baholash mexanizmini yaratish
    Ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar:
    - alohida-alohida maʼlumotlardan foydalangan holda yaxlit oʼquv va tarbiyaviy xarakterdagi materialni shakllantirish;
    - oʼquv materialini turli rasm, surat, jadval, diagramma, model va boshqalar bilan boyitish;
    - oʼziga xos, orginal oʼquv materialini tayyorlash;
    - mustaqil ravishda yangi metodni asoslash;
    - oʼquv mashgʼuloti (dars) va tarbiya tadbir uchun koʼrsatmali qurollar toʼplamini yaratish;
    - dars yoki tarbiyaviy tadbirning texnologik pasporti, xaritasini yaratish;
    - dars yoki tarbiyaviy tadbirda foydalanish uchun multimediya materiallarini yaratish;
    - oʼquv materialining taqdimot variantini tayyorlash;
    - turli mavzulardagi tarbiyaviy tadbirlar uchun talabalarning faol ishtirokida video roliklar yaratish;
    - dars konspektini tayyorlash;
    - turli shakl va metodlarga asoslangan sinov topshiriqlari (savol, topshiriq, masala, misol, mashq, test), baholash mezonlarini ishlab chiqish;
    - nazorat ishlarini tashkil etishga ijodiy yondashish
    Tadqiqotchilik malakalari:
    - ilmiy izlanish olib borish metod va vositalarini tanlash;
    - manbalar bilan ishlash (nazariy tahlil, muhim maʼlumotni topish, tezis, konspekt, referat, kartoteka bilan ishlash, adabiyotlar roʼyxatini tuzish);
    - nashr manbalari va axborot texnologiyalari (Internet) materiallari bilan tanishish;
    - anketa soʼrovini tashkil etish;
    - zamonaviy pedagogik muammolarni aniqlash, dolzarbligini asoslash;
    - mavjud manbalar asosida muammoning ishlanganlik darajasini oʼrganish;
    - pedagogik tajriba olib borish metodikasini ishlab chiqish;
    - uch (yoki toʼrt) bosqichli pedagogik tajribani ilmiy-metodik tashkil etish;
    - ilmiy maqola, axborot va hisobot tayyorlash;
    - ilmiy maqolalarni nashrga tayyorlash;
    - pedagogik tajriba natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish;
    - tahlil natijalarini matematik-statistik tahlil qilish;
    - statistik tahlil natijalariga koʼra xulosa chiqarish va ilmiy- tavsiyalarni ilgari surish;
    - pedagogik tajriba natijalarini muhokama qilish (savollar qoʼyish, shaxsiy fikrni bildirish, tanqidiy fikrlarni ayta olish, amaliy takliflar berish)
    Muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari:
    - talabalar, ota-onalar, taʼlim muassasasi rahbariyati, hamkasblar bilan muloqotda turli shakl, metodlardan foydalanish;
    - pedagogik amaliyotning barcha ishtirokchilari bilan amaliy, ishchanlik yoki shaxsiy munosabat oʼrnatish;
    - talabalarga maʼlumotlarni yetkazishning samarali yoʼl va vositalarini topish;
    - topshiriqlar yuzasidan talabaning javobi yoki shaxsiy fikrlarini tinglay bilish;
    - pedagogik jarayonlarda yuzaga keladigan nizolarning oldini olish, bartaraf etish yoki rivojlantirish;
    - jamoa va turli bosqichdagi talabalar oʼrtasida oʼzaro munosabatlarni mustahkamlash;
    - jamoada sogʼlom raqobatga asoslangan muhitni qaror toptirish;
    - talabalarning faoliyatlarini ragʼbatlantirish;
    - talaba javobidagi xato yoki xatti-harakatidagi kamchiliklarga munosabat bildirish;
    - talabalar bilan taʼlimiy hamkorlikka erishish
    Tashkilotchilik malakalari:
    - talabalarning oʼquv-bilish faoliyatini boshqarish;
    - talabalarda ilmiy bilimlarni oʼzlashtirish koʼnikma, malakalarini shakllantirish;
    - dars jarayonida vaqtni toʼgʼri taqsimlash va rejani samarali bajarish;
    - talabalar bilan individual ishlarni tashkil etish;
    - guruh jamoasi bilan jamoaviy yoki guruhli ishlarni olib borish;
    - talabalarda taʼlim muassasasi ichki tartib-qoidalariga rioya etish koʼnikmalarini shakllantirish;
    - talabalarga oʼquv va ijtimoiy topshiriqlarni berish;
    - oʼquvchilarning diqqatini boshqarish;
    - talabalar oʼrtasida bahs-munozara tashkil etish va uni boshqarish;
    - darslarda oʼyin texnologiyalaridan foydalanish;
    - talabalarning oʼquv faolliklarini oshirish, ularning mustaqilligini taʼminlash;
    - kichik guruhlarni shakllantirish asosida topshiriqlar bajarilishini taʼminlash;
    - talabalar bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlar roʼyxatini ishlab chiqish
    Izchillikni taʼminlovchi (protsesssual) malakalar:
    - oʼquv materiali mazmunini bayon qilishda nutqiy izchillikni taʼminlash;
    - ogʼzaki va yozma nutqni bayon qilishda oʼzaro izchillikni qaror toptirish;
    - talabalarning mavjud bilimlari bilan yangi oʼzlashtiriladigan bilimlar oʼrtasida muayyan izchillikni yuzaga keltirish;
    - talabalarning mavjud hayotiy qarashlarini yangi gʼoyalar bilan boyitish;
    - darsda va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlaarda talabalarni faol faoliyatga undovchi metodlardan foydalanishda muayyan izchillikka erishish;
    - talabalar BKM darajasining DTS talablariga muvofiq kelishida maʼlum izchillikka erishish;
    - guruh jamoasining ijtimoiy-psixologik holatini oʼrganish metodlaridan foydalanishda pedagogik faoliyat izchilligini taʼminlash;
    - talabalarning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini baholashda doimiy izchillikka erishish
    Texnik-texnologik malakalar:
    - taʼlim jarayoniga zamonaviy texnik vositalarini tatbiq etish;
    - dars jarayoni mazmunini texnologik pasport va texnologiya xarita yordamida yoritish;
    - oʼquv materiali mazmunini yorituvchi slaydlarni tayyorlash;
    - oʼquv mashgʼulotlarini axborot texnologiyalari, interfaol metodlar yordamida tashkil etish;
    - ixtisoslik fani xususiyatidan kelib chiqqan holda turli texnik vositalardan foydalanish;
    - darslarda proektorni qoʼllay olish;
    - oʼquv materiallarini audio va video yozuvlari, taqdimot asosida bayon qilish;
    - talabalarda oʼquv materialini mustahkamlash va oʼquv topshiriqlarini berishda axborot texnologiyalarini qoʼllash;
    - kompyuter imkoniyatlaridan foydalanishga doir oʼquv topshiriqlarini ishlab chiqish;
    - talabalarning BKMni baholashni kompyuter asosida tashkil etish;
    - talabalarning bilim olganlik va tarbiyalanganlik darajalarini tashxis qilishda kompyuter yordamiga tayanish va b.sh.
    Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va uning o’ziga xos jihatlari o’rganilgan.
    Ana shunday tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova va B.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin.
    O’z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagi tarkibiy asoslardan iborat ekanligi aytiladi.
    O’zbekiston sharoitida ham pedagogga xos kasbiy kompetentlik, uning o’ziga xos jihatlari o’ranilgan bo’lib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan tadqiqot o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.
    Tadqiqotchining fikriga ko’ra pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi.



    Download 383.84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 383.84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja

    Download 383.84 Kb.