• Ravonlik
  • Talabalarda kreativlikni shakllantirish




    Download 383,84 Kb.
    bet7/75
    Sana13.01.2024
    Hajmi383,84 Kb.
    #136261
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
    Bog'liq
    Nazariy materiallar 1-mavzu pedagogik kreativlik mohiyati, mazm-fayllar.org (5)

    Talabalarda kreativlikni shakllantirish
    Talabalarni ...
    - qiziqarli;
    - murakkab vazifalar;
    - aniq maqsad va vaqt bilan taʼminlash
    Talabalarga ... - kreativlik muvozanatsizlik xissini yuzaga keltirishini anglatish;
    - bezovtalik va qoʼrquv hissidan xalos boʼlishga yordam berish;
    - kreativ fikrlash koʼnikmalarini boshqa koʼnikmalar bilan rivojlantirishga yordam berish;
    - “qutqarib” qolish emas, balki yoʼl yoʼriq koʼrsatish
    Talabalarni ... - suhbatlar orqali ragʼbatlantirish;
    - konstruktiv sharhlar bilan taʼminlash;
    - yangi koʼrsatmalar bilan tanishtirib borish
    Talabalar ... - oʼzlarida kreativlikning boshqa turlarini ham rivojlantira olishlari;
    - guruhda ishlay olishlari;
    - hissiy jihatdan erkin va ijobiy fikrlarga ega boʼlishlari uchun poydevor boʼladigan muhitni yaratish
    Talabalarda kreativ fikrlash koʼnikmalarini shakllantirishda oʼqituvchi alohida oʼrin tutadi. Bu jarayonda “oʼqituvchining roli auditoriyada kreativlik muhitini yaratishdan iborat. Pannels va Klakstonlar (2008) qayd etganlaridek, muhit (auitoriya haqida gap ketganida maqsad va vazifalar) kreativlikni shakllantirishga taʼsir etadi, boshqa tadqiqotchi
    Piirtoning (2004) fikricha esa, kreativlik tavakkal qilishni talab etadi. Vaholanki, oʼqituvchi sinfda talabalar oʼzini erkin seza oladigan va oʼz fikrlari, gʼoyalari bilan boʼlisha oladigan muhit yaratishi lozim. Talabalar kreativlik sinf xonasida oʼz gʼoya va fikrlarini turli yoʼllar bilan ifoda etishlari mumkin va ular buni qadrlamoqlari lozim. Talabalar miyada yuz berayotgan jarayonlarni yanada faollashtirish uchun oʼrnatilgan qonun qoidalar, standartlardan chetga chiqib, turli savollar berishda erkin harakat qilishlari kerak. Oʼqituvchi talabalardagi kreativlikni noodatiy gʼoyalarni oʼrtaga tashlash va ularni verbal va noverbal tarzda ragʼbatlantirish orqali qoʼllab quvvatlaydi.
    Oʼqituvchining talabalar berayotgan kreativ gʼoyalariga nisbatan toʼgʼri munosabati ularning mumkin boʼlgan va mumkin boʼlmagan shartlarni anglashida muhim ahamiyatga ega. Mazkur elementlarning barchasi oʼqituvchi-talaba munosabatining muhim qismi boʼlib, talabalar muvaffaqiyatini taʼminlaydi (Hattie, 2011)”21.
    Muayyan omillar pedagoglarda kreativlik sifatlari, malakalarini rivojlantirishga toʼsqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda oʼqituvchilar ushbu omillarni bartaraf etishga eʼtibor qaratishlari lozim.
    Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga toʼsqinlik qiladi:
    1) oʼzini tavakkaldan olib qochish;
    2) fikrlash va xatti-harakatlarda qoʼpollikka yoʼl qoʼyish;
    3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;
    4) boshqalarga tobe boʼlish;
    5) har qanday holatda ham faqat yutuqni oʼylash

    “Kreativ muhitda oʼqituvchi talabalar diqqat-eʼtiborini jalb etish maqsadida biror bir yangilikdan foydalanadi. Qiziquvchanlik va shubhani uygʼotuvchi maʼlumot, talabalarni oʼziga jalb etib, ularda oʼqishga boʼlgan intilishni kuchaytiradi. Olib borilgan miya taqiqotlari shuni koʼrsatdiki, yangilik hamisha miyani faollashtiradi. Oʼqituvchi talabalarni yangi maʼlumot va manbalar bilan taʼminlaganda yoki yangi strategiyalarni qoʼllaganda, miya “uygʼonadi” va eʼtibor qaratadi. Masalan, biror bir adabiy asar qahramoni yoki tarixiy shaxsga oʼxshab kiyinish, tarixiy buyum yoki zamonaviy predmetlardan foydalanish, musiqa eshittirish, latifalar aytish, sinf xonasidagi jihozlar oʼrnini almashtirish, oʼyinlar oʼynash (bu oʼrta maktab oʼquvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalariga ham birdek taalluqli), dars shaklini oʼzgartirish. Kreativ muhitda oʼqituvchi talabalarga tez-tez tanlash imkonini beradi.


    Tanlov kreativlikni shakllantirishda muhimdir (Sprenger, 2010) va u talabalarni ruhlantirib, ularga oʼqishni nazorat qilish imkonini beribgina qolmay, balki huquq va imkoniyatlarini kengaytiradi. Tanlov huquqi nafaqat oʼqituvchi-talaba munosabatini yaxshilash, balki har ikki tarafning ham individualligini ifodalashga zamin yaratadi (Deci, 1995). Tanlov huquqi faqat bir tomonlama boʼlishi ham mumkin, yaʼni tanlov talaba tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi va yakuniy natija ikki yoki undan koʼp shaklda taqdim etilishi mumkin”.
    Oliy taʼlim muassasalarida ham oʼqituvchilar talabalarda kreativ fikrlash koʼnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ularning jamoa boʼlib, kichik yoki katta guruhlarda ishlashlari uchun zarur shart-sharoitni yaratib bera olishlari zarur. Zero, katta va kichik guruhlarda ishlash jarayonida bildirilgan har qanday fikrni kreativ jihatdan rivojlantirish imkoniyati yuzaga keladi.
    “Oʼqituvchi kreativlik darslarida jamoa tuygʼusining ahamiyatini angalagan holda, doimiy ravishda guruhlarni oʼzgartirib, talabalarda jamoa boʼlib ishlash, boshqalar qobiliyati va mahoratini hurmat qilish koʼnikmasi shakllantiradi. Vaholanki, yakka tartibda ishlash maʼlum vaziyatlarda samara bersa, kreativlik darstarida kichik guruhlarda ishlash maqsadga muvofiqdir, chunki kreativlik koʼnikmasi ijtimoiy fenomendir (Farrell, 2001; John-Steiner, 2000; Sawyer, 2003, 2006b); Soyerning fikriga koʼra, kreativ qarashlar jamoa boʼlib ishlash jarayonida va kreativ hamkorlik natijasida shakllanadi (Sawyer, 2006a, p. 42).
    Oʼquvchilarni kichik guruhlarga boʼlish mezonlari:
    talabalarni maʼlum sohadagi qobiliyatlariga koʼra kichik guruhlarga boʼlish; talabalarni bunday qobiliyatiga koʼra boʼlish aslo kreativ fikrlash koʼnikmasiga bogʼliq boʼlmasligi lozim. Bunday guruhlarda talabalar erkin harakat qila olishlari va vaqti kelsa boshqa guruhga oʼtishga tayyor boʼlishlari lozim;
    hamkorlik guruhlari talabalarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi; bunday guruhlar turli bilim va qobiliyat darajasiga ega talabalardan iborat boʼlishi ham mumkin. Koʼp hollarda bunday guruhdagi talabalar maʼlum bir rol, yaʼni masʼuliyatni oʼz yelkalariga oladilar. Mazkur guruhni shakllantirishda asosiy eʼtibor talabaning kognitiv hohish- istalariga emas, balki uning ilmiy va ijtimoiy bilimiga beriladi;
    moslashuvchan guruhlar talabalarning individual ehtiyojlari, qiziqishlari va hohish-istalari asosida tashki etiladi. Guruhning qiziqishlari oʼzgarsa, shunga koʼra uning aʼzolari ham oʼzgaradi. Bunday guruh talabalarda moslashuvchanlik koʼnikmasini shakllantiradi.
    Oʼqituvchi talabalar muvafaqqiyatga erishishlari uchun ularni qiziqarli, murakkab vazifalar va aniq maqsad va vaqt bilan taʼminlaydi. Maʼlum vazifani bajarish jarayonida talabalar ishga “berilib” ketishlari sababli ular vaqt tushunchasini unutib qoʼyadilar (Csikszentmihalyi, 1996). Vaholanki, talabalar maktab sharoitida kamdan-kam bunday holatga tushsalarda, oʼqituvchilar bunday mugʼhitni yaratishga intilishlari lozim”.
    4. Kreativ koʼnikmalar va talabalarda kreativ koʼnikmalarni shakllantirish jarayonining mohiyati. “Kreativlik otasi” nomi bilan mashhur Pol Torrans toʼrtta kreativlik koʼnikmasini aniqlagan (1987a). Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, mazkur kreativ koʼnikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkin (7-bob):
    1. Ravonlik. Koʼplab gʼoyalarni oʼylab topish koʼnikmasi koʼp degan soʼzga asoslanadi.
    2. Moslashuvchanlik. Turli gʼoyalarni oʼylab topish koʼnikmasi oʼzgartirish degan soʼzga asoslanadi.
    3. Oʼziga xoslik. Boshqalarga oʼxshamagan, ajralib turuvchi gʼoyani oʼylab topish koʼnikmasi noyob degan soʼzga asoslanadi.
    4. Yaratuvchanlik. Gʼoyalarni kengaytirish koʼnikmasi qoʼshish degan soʼzga asoslanadi.
    Kreativlik darslarida talabalardan ajoyib gʼoyalarni oʼylab topish (oʼziga xoslik); ularni kengaytirish (ishlab chiqish); yoki boshqa gʼoyalar bilan solishtirish va ulardagi bogʼliqlikni topish (moslashuvchanlik) talab etilganda, mazkur koʼnikmalar bir-biri bilan kesishadi.

    Download 383,84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




    Download 383,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalarda kreativlikni shakllantirish

    Download 383,84 Kb.