• Tayanch tushunchalar
  • - MAVZU: PEDAGOGLAR KREATIVLIK IMKONIYATLARINING TARKIBIY ASOSLARI




    Download 383,84 Kb.
    bet5/75
    Sana13.01.2024
    Hajmi383,84 Kb.
    #136261
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Bog'liq
    Nazariy materiallar 1-mavzu pedagogik kreativlik mohiyati, mazm-fayllar.org (5)

    4- MAVZU: PEDAGOGLAR KREATIVLIK IMKONIYATLARINING TARKIBIY ASOSLARI
    Reja:
    1. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yoʼllari


    2. Pedagogik kreativlik imkoniyatlari


    3. Talabalarda kreativlikni shakllantirish




    Tayanch tushunchalar: shaxs kreativligi, kreativlik sifatlari,
    kreativlik sifatlarini rivojlantirish yoʼllari, kreativlik imkoniyatlari, kreativlikni shakllantirish
    1.Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yoʼllari.
    Barcha shaxslarda boʼlgani kabi pedagoglara ham kreativlik sifatlari oʼz-oʼzidan rivojlanmaydi. Shunga koʼra tadqiqotlarda shaxs (jumladan, pedagoglar)da kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning bir qator yoʼllari yoritiladi. Patti Drepeau tomonidan ham shaxs (jumladan, pedagoglar)da kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning toʼrtta yoʼli koʼrsatilgan (6-rasm):
    Quyida mazkur yoʼllarning mohiyati xususida soʼz yuritiladi.
    1- yoʼl: kreativ fikrlash koʼnikmasini shakllantirish. Bunda asosiy urgʼu kreativ fikrlash koʼnikmalarini shakllantirish asosiy eʼtibor markazida boʼlib, talabalar feʼllar yordamida kreativ xarakterdagi harakatlarning mohiyatini ifodalashga yoʼnaltiriladi. Xususan, oʼqituvchilar kreativ fikrlash koʼnikmasini samarali shakllantirish maqsadida talabalarga ularni fikrlashga undovchi savollar tarkibida zarur feʼllarning boʼlishiga eʼtibor qaratiladi. Bu holat misollar bilan tushuntirilsa, talabalardan “yurak va qon aylanish tizimi oʼrtasidagi bogʼliqlikni taʼriflab bering” mazmunidagi nazorat savoli ularda kreativlikni shakllantirmaydi. Zero, savol tarkibidagi “taʼriflab bering” tushunchasi oʼz mohiyatiga koʼra “mavjud bilimlaringizni birma-bir aytib oʼting” deyish bilan teng.
    Nazorat savollarini berishda talabalarni fikrlashga undovchi soʼz (feʼl)lardan foydalanish ularning kreativ fikrlashlarini osonlashtiradi. Shu sababli shaxsda kreativ sifatlarni shakllantirishning birinchi yoʼliga koʼra pedagoglar turli, antiqa, noanʼanaviy hamda puxta javobni berishga majbur qiluvchi soʼz (feʼl)lardan foyalanishlari maqsadga muvofiqdir. M: “bogʼliqlikni toping”, “yarating”, “bashorat qiling”, “fikrni mantiqan bayon eting”, “tasavvur qiling” kabi soʼz (feʼl)lardan foydalanish amaliy jihatdan samarali sanaladi.
    Аgarda pedagog talabalardan “yurak va qon aylanish tizimi oʼrtasidagi bogʼliqlikni taʼriflab berish”ni talab qilish oʼrniga, “yurak va qon aylanish tizimi oʼrtasidagi bogʼliqlikning barcha turlarini keltirish”ni soʼrashi lozim. Natijada talabalar ham mavjud bilimlarni umumlashtirish, ham yangi fikr va gʼoyalarni ilgari surish imkoniyatiga ega boʼladi.
    Pedagoglar birinchi yoʼlni qoʼllash – talabalarda kreativlik koʼnikmasini shakllantirishda yosh oʼqituvchilarning “Kreativlik xaritasi”dan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.

    Download 383,84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 383,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - MAVZU: PEDAGOGLAR KREATIVLIK IMKONIYATLARINING TARKIBIY ASOSLARI

    Download 383,84 Kb.