|
Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja
|
bet | 6/75 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 383,84 Kb. | | #136261 |
Bog'liq Nazariy materiallar 1-mavzu pedagogik kreativlik mohiyati, mazm-fayllar.org (5)2- yoʼl: amaliy kreativ fikrlash koʼnikmalarini rivojlantirish. Pedagoglar talabalarda kreativ fikrlash koʼnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda koʼrsatmali metod va usullardan foydalanadi. Bu oʼrinda savollardan foydalanish faqat qisqa muddatda yordam berishi mumkin, biroq, talabalarda interfaollik va kirishimlilikni rivojlantirmaydi.
Patti Drapeau oʼz asarida bir qator talabalarda interfaollik va kreativ fikrlash koʼnikmalarini rivojlantirishda samarali boʼlgan yoʼl va metodlarni keltirib oʼtadi. Xususan:
- Veb-saytlar bilan ishlash;
- vizuallashtirish;
- barcha nuqtai nazarlarni inobatga olish;
- muhim gʼoyalarni turli vaziyatlarda va oʼrinli qoʼllash (gʼoyani boshqa sharoitga koʼchirish – transformatsiya);
- ramziylashtirish kabi yoʼllar;
- “Аqliy hujum”;
- “Keys-stadi” kabi metodlar.
3- yoʼl: kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish. Mazkur yoʼl talabalarni muammoni yechish va innovatsion gʼoyalarni ilgari surish jarayonida kreativ, ijodiy fikrlashga urgʼu beradi. Mazkur jarayonlarda kreativ metod va usullar faol qoʼllanilmasa-da, kreativ fikrlash yuz beradi. M: “Yurak va qon aylanishi tizimi oʼrtasidagi bogʼliqlikni topish” (Isaksen & Treffinger, 1985). Topshiriqni bajarar ekan, talabalar odamning qon aylanishi tizimi bilan bogʼliq turli muammolarni tahlil qiladi. Natijada ushbu jarayonda koʼp tomonlama fikrlash, mushohada yuritish roʼy beradi.
4- yoʼl: kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish. Bu yoʼlni tutishda pedagog talabalarga “Odamning qon aylanish tizimi” mavzusida Power Point dasturi yoki multimediya yordamida taqdimotni yaratish topshirigʼini berishi mumkin. Taqdimotni tayyorlash jarayonida talabalarda kreativ fikrlash koʼnikmalari faol rivojlanadi.
Talabalar oʼzlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda toʼla namoyon qilishlari mumkin. Аgar talabalarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash qoʼrquv hissi mavjud boʼlsa, fikrni notoʼgʼri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga uchrasalar bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash koʼnikmalarini samarali shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin boʼlmaydi. Talabalarda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash koʼnikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin.
Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va kreativ fikrlash koʼnikmalarini baholashda qoʼllaniladigan metod va vositalar (3-mavzu) muhim ahamiyat kasb etadi16.
Shaxsan Siz nima deb oʼylaysiz: oliy taʼlim muassasalarida talabalarni kreativ fikrlashga undash jarayonida mazkur yoʼllardan qay tartibda foydalanish kutilgan natijalarni kafolatlaydi. Bu oʼrinda Patti Drapeau quyidagi maslahatni beradi: “Bir manzildan ikkinchi manzilga borish uchun biz ikki va undan koʼp yoʼnalishlarni bosib oʼtamiz. Bu fikr quyida biliriladigan koʼrsatmalarga ham taalluqlidir. Oʼqituvchi dars jarayonida bir yoki bir nechta (yuqorida keltirigan) yoʼllardan foydalanishi mumkin.
Oʼqituvchi kreativ fikrlash koʼnikmalarini shakllantiruvchi feʼlllarni (1-yoʼl) qoʼllashga qaror qilsa, u bevosita kreativ muammolarni hal etish (3-yoʼl) ustida ish olib borayotgan talabalarni kreativ fikrlash strategiyalari (2-yoʼl)dan foydalanishga ham samarali jalb etadi. Dars esa kreativ mahsulotni (4-yoʼl) ishlab chiqish bilan yakunlanadi. Kreativ fikrlash jarayonini mohiyatini yorituvchi xarita oʼqituvchilarga dars jarayonida namoyon boʼladigan kreativlik darajasi, turini aniqlashga yordam beradi”.
Koʼp holatlarda oʼqituvchilar hamda talabalarning oʼzlari ham shunday savolga duch kelishadi: kreativ fikrlash jarayonining odat sifatida namoyon boʼlishiga erishish mumkinmi? Bu oʼrinda Patti Drapeau shunay fikrlarni ilgari suradi: “Miya tadqiqotlari kreativ fikrlash koʼnikmasini rivojlantirish usullari va uni qanday qilib odatga aylantirish mumkinligini tushunish imkonini beradi. Kreativlik miyaning old (gʼoyalar yuzaga keladigan) va chekka (tahlil qilish) sohalarining oʼzaro muvofiqlikda ishlashi va dopamin (kishining oʼzini yaxshi his etishiga yordam beruvchi) moddasining ishlab chiqarilishi natijasida roʼy beradi. Taʼlim olish miyada kichik burmalarining paydo boʼlishiga olib keladi hamda miyaning faol ishlashi natijasida bu jarayon kuchayadi. Inson miyasi obraz, bashorat, xis tuygʼu, emotsiya va maʼno boy maʼlumotlar olishni maʼqul koʼradi. “Аgarda maʼlumot hech qanay hissiyot va fikriy jarayonlardan holi boʼlsa, u miyada saqlanmaydi” (Willis, 2006, p. 44).
Biroq, kreativ fikrlash miyada uning “taʼlim olish va oʼrganish metodlariga zid boʼlgan” yangi usullarni qoʼllash va noanʼanaviy, orginal gʼoyalarning ishlab chiqilishini taqozo etadi (DiSalvo, 2011, 1-bob). Kreativ fikrlash koʼnikmasini mashq qildirish natijasida talabalar faqatgina oʼrnatilgan aloqalarga tayanibgina qolmay, balki miyada yangi, maʼnoga boy aloqalarni oʼrnatish, yangi gʼoyalarni ishlab chiqish va yangicha fikrlashga moyil boʼladilar. Doimiy ravishda olib borilgan mashqlar natijasida yangicha kreativ fikrlash odatiy va avtomatik xarakterga ega boʼladi. Inson miyasi doimo toʼgʼri ishlashga odatlangan, yaʼni, miya uchun faqat birgina toʼgʼri javob mavjud boʼladi. Vaholanki, bu kreativlik emas. Kreativlik – talabalarning oʼz qarashlarini himoya qilish jarayonida barcha javoblar toʼgʼri boʼlishi mumkin degani. Kreativlik muhitiga singib ketish sanaladi. Shu sababli kreativ fikrlashni odatga aylantirish uchun talabalar mazkur jarayonga ishonch bilan qaray olishlari lozim.
Talabalar kreativlik ragʼbatlantirilsa va samimiy muhit yaratilsagina, kreativ fikrlashni odatga aylantira oladilar. Kreativ muhitda oʼqituvchi va talabalar boshqalarga nisbatan samimiy munosabatda boʼlishni va ularning fikr mulohazalarini hurmat qilishni oʼrganadilar. Xato qilishdan yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qoʼrqish, haddan tashqari baxolarga eʼtibor qaratish, boshqalardan ajralib turish, mensimaslik va tanqidga uchrashdan, kamsitilishdan qoʼrqish xissi mavjud talabalarda kreativlik odatga aylanmaydi. Kreativlikni odatga aylantirish, talabalarning oʼqishdagi muvafaqqiyat va oʼz-oʼziga boʼlgan hurmatni oshirish faqatgina kreativ fikrlashni muvofiq ravishda qoʼllash orqali va sogʼlom muhitdagina erishish mumkin”.
Xorijliy pedagoglar, xususan, Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning, ayniqsa, oʼqituvchining kreativligi boshqa (talaba)larni ijodiy jarayonni tashkil etishga ruhlantiradi.
“Kreativlik yuqumlilik xususiyatiga ega: kreativ boʼlish uchun kishi koʼproq kreativ insonlar bilan muloqot qilishi va hamisha izlanishda boʼlishi lozim. Har qanday koʼnikmani shakllantirish mumkin boʼlganiday, kreativ fikrlash qobiliyati yoki koʼnikmasini ham rivojlantirish mumkin. Bu talabalarga ham taalluqli boʼlib, kreativlik ustida ishlash talabalarga noodatiy tarzda fikrlashga yordam beradi. Biroq, talabalarni ruhlantirish va kreativ boʼlishga undash oʼqituvchining qay darajada malakali ekanligiga bogʼliq. Kreativlik boʼyicha olib borilgan tadqiqotlar va kreativlik nazariyachilarining ishlari talabalarda kreativlik koʼnikmasini shakllantirishda qoʼllanma sifatida xizmat qiladi (2.1-jadval). Bu auditoriyadagi muhit, talabalarda fikrlash tarzining shakllanishi, oʼqituvchining yondashuv va strategiyalari elementlarini oʼz ichiga oladi”.
|
| |