Obʼekti – Barcha yosh bosqichlaria kreativ shaxsni kasbiy shakllantirish va rivojlantirish jarayoni Predmeti




Download 383,84 Kb.
bet2/75
Sana13.01.2024
Hajmi383,84 Kb.
#136261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Nazariy materiallar 1-mavzu pedagogik kreativlik mohiyati, mazm-fayllar.org (5)

Obʼekti – Barcha yosh bosqichlaria kreativ shaxsni kasbiy shakllantirish va rivojlantirish jarayoni
Predmeti – Kreativ shaxsni kasbiy shakllantirish va rivojlantirish metodologiyasi, ustuvor tamoyillari, yetakchi gʼoyalari, muhim yoʼnalishlari, asosiy bosqichlari va b.
Oliy taʼlim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirish jarayonida quyidagi holatlar soʼz yuritilayotgan jarayonda samaradorlikka erishishni kafolatlaydi:
- oliy taʼlim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish;
- oliy taʼlim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish;
- oliy taʼlim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishga xizmat qiluvchi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chora- tadbirlarini belgilash;
- talabalarning kreativ tafakkurini shakllantirishga yordam beruvchi shakl, metod va vositalar tizimini asoslash;
- mazkur jarayonda fanlararo aloqadorlikni taʼminlash;
- talabalar tomonidan oʼzlashtirilgan nazariy-pedagogik bilimlarning amaliyotga tadbiq etishga imkon beruvchi shart-sharoitlarni yaratish.
3. Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari. Har qanday fan singari “Kreativ pedagogika” fani ham oʼzining tarkibiy tuzilmasiga ega. Ushbu fan quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega:
- kreativ taʼlim asoslari: maqsadi. vazifalari, obʼekti, predmeti, subʼektlari, mazmuni, metodologiyasi, shakllari, metodlari, vositalari, metodikasi va texnologiyalari;
- malakali karlarni tayyorlash va ular tomonidan kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda kreativ shaxsni shakllantirish bosqichlari
2. Kreativ pedagogikaning umumiy mohiyati uning konpeptsual holatlarini ifodalovchi bir qator tushunchalar asosida ochib beriladi. Ular quyidagilardan iborat:
Ijodkorlik – muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi
Ijodkor shaxs – ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs
Kreativ shaxs – jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, oʼziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs
Bunyodkor shaxs – ham jarayon, ham natija sifatida obʼektiv ijodkorlikni amalga oshiradigan va talablar darajasida ijodiy mahsulotlarini yarata oladigan shaxs
Kreativ shaxsni tayyorlash – ijodkorlikka oʼrgatish va oʼzini oʼzi ijodiy namoyon etish jarayonida shaxsda barqaror kreativ sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish mazmuni
Ijod – ijtimoiy subʼektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi
Ijodkor shaxsni tarbiyalash – kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini qaror toptirish va boyitish asosida ijodiy gʼoya, ularni amalga oshirish koʼnikma va malakalariga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirish
Kasbiy-ijodiy faoliyat – mutaxassisning kasbiy masalalarni ijodiy hal qilish muvaffaqiyatini tavsiflovchi faoliyati, innovatsion xatti-harakati
Ijodiy topshiriqlar – muammoli vaziyatlarni tizimli tahlil asosida hal qilishga yoʼnaltirilgan masalalar tizimi
Kasbiy-ijodiy imkoniyat – 1) kasbiy kompetentsiya, malakaga egalik;
2) kasbiy ijod metodologiyasi asoslarini oʼzlashtirganlik;
3) ijodiy tafakkurning shakllanganlik darajasi;
4) kasbiy-ijodiy layoqat va shaxsiy sifatlarning rivojlanganligi
Kasbiy ijodkorlik metodologiyasi – ijodkorlikning jarayon va natija sifatida obʼektlar hamda muayyan kasbiy faoliyat turlariga munosabat koʼrinishidagi tuzilishi, mantiqiy tashkil etilishi, metod va vositalari haqidagi taʼlimot
Ijodiy tafakkur – tafakkurning ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari (mahsullari)ni bashoratlashni ifodalovchi turi
Kreativ qobiliyat – shaxsning ijodiy faoliyatni tashkil etish va uning natijalanganligiga erishishni taʼminlash imkoniyatini belgilovchi individual xususiyati
Ijodiy qobiliyat – ijodiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uning natijalanganligini baholashda namoyon boʼladigan individual xususiyati
Oʼzini oʼzi ijodiy faollashtirish – shaxsning ijodiy faoliyatda oʼz imkoniyatlarini toʼlaqonli namoyon qilishi va rivojlantirishi
Pedagoglarning kasbiy-ijodiy imkoniyati kasbiy masalalarni ijobiy hal qilish va ularning yechimini tegishli darajada baholashda koʼrinadi.
4. “Kreativ pedagogika”ning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Shaxs kamolotini taʼminlash, uning intellektual, maʼnaviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning oʼziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan oʼrganiladi. Shu bilan birga “Kreativ pedagogika” fani bir qator ijtimoiy fanlar bilan oʼzaro aloqadorlikda kreativ shaxsning shakllanishi va rivojlanishi masalalarini tadqiq etadi:
Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti
Fanlar
Maktabgacha taʼlim pedagogikasi
Boshlangʼich taʼlim pedagogikasi
Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat
Korrektsion (maxsus) pedagogika
Xususiy metodika (xususiy fanlarni oʼqitish)
Taʼlim menejmenti
Harbiy pedagogika
Neyropedagogika
Pedagogik texnika
Pedagogik kvalimetriya
Ilgʼor pedagogik xorijiy tajribalar
Innovatsion taʼlim texnologiyalari
Pedagogik jarayonlarning tizimli tahlili
Pedagogik prognostika va pedagogikaning istiqbolli yoʼnalishlari
Pedagogik jarayonni boshqarishda qarorlar qabul qilish
Falsafa
Estetika asoslari
Psixologiya
Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti – har tomonlama rivojlangan,
barkamol shaxsni shakllantirish, unda dunyoqarash va yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash, pedagogik fikrlarning paydo boʼlishi va rivojlanish tarixini, turli davrlarda bola tarbiyasini tashkil etishga oid bilimlarning shakllanishini tadqiq qiladi.
Maktabgacha taʼlim pedagogikasi – maktabgacha taʼlim yoshi bolalarini tarbiyalash, ularga boshlangʼich bilimlarni berish masalalarining tadqiqi bilan shugʼullanadi.
Boshlangʼich taʼlim pedagogikasi – boshlangʼich sinf oʼquvchilarining yosh, psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni oʼqitish va tarbiyalash jarayonini oʼrganadi.
Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya – boʼlajak oʼqituvchilar, tinglovchilarda pedagogik jarayonni metodik jihatdan toʼgʼri, samarali tashkil etish, oʼqituvchi va oʼquvchi munosabatlarini oqilona yoʼlga qoʼyish, boʼlajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatni tashkil etishga tayyorlash, taʼlim va tarbiya jarayonlarini texnologik yondashuv asosida takomillashtirish, ilgʼor pedagogik texnologiyalarni yaratish va taʼlim amaliyotiga samarali tatbiq etish masalalarini oʼrganadi.
Korrektsion (maxsus) pedagogika – imkoniyati cheklangan kar-soqov (surdopedagogika), koʼr (tiflopedagogika), aqliy jihatdan rivojlanishda ortda qolgan (oligofrenopedagogika) bolalarga taʼlim berish va ularni tarbiyalashning oʼziga xos xususiyatlarini oʼrganadi.
Xususiy metodika (xususiy fanlarni oʼqitish) – turli oʼquv fanlari (m: fizika, matematika, biologiya. kimyo. tarix, huquq, jismoniy tarbiya va h.o.lar)ni oʼqitishning oʼziga xos jihatlarini tadqiq qiladi.
Kasbiy pedagogika – turli (ijtimoiy, texnik, madaniy-maishiy, ishlab chiqarish) yoʼnalishlarida tegishli soha (mas., qishloq xoʼjaligini rivojlantirish, madaniy-maishiy xizmat koʼrsatish tizimini takomillashtirish va boshqalar) boʼyicha kasbiy faoliyatni samarali yoʼlga qoʼyish yoʼllarini oʼrganadi.
Taʼlim menejmenti – taʼlim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etish va oqilona boshqarish masalalarini tadqiq qiladi.
Qiyosiy pedagogika – taʼlimning jahon, mintaqa, davlat miqyosidagi rivojlanishining umumiy va alohida tendentsiyalari, qonunlari va qonuniyatlarini oʼzaro solishtirish, qiyoslash asosida oʼrganadi, xalqaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy jihatlarini, milliy pedagogik madaniyatlar almashinuvining shakl va usullarini aniqlaydi.
Pedagogik innovatika – taʼlim subʼektlari nuqtai nazardan pedagogik innovatsiyalarning mohiyati, paydo boʼlish, rivojlanish qonuniyatlarini hamda pedagogik anʼanalar bilan kelajak taʼlimining loyihalashtirilishi oʼrtasidagi aloqalarni oʼrganadigan fan.
Harbiy pedagogika – harbiy taʼlimning oʼziga xos jihatlarini, uni tashkil etishning samarali shakl, metod va vositalari, ilgʼor texnologiyalarini, harbiy faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etish yoʼllarini ochib beradi.
Hamkorlik pedagogikasi – turli fanlar yoki mutaxassislik asoslarining taʼlim beruvchi hamda oluvchilar oʼrtasidagi oʼzaro muloqot asosida samarali oʼrganish mazmuni, tamoyillari, shakllari, metodlari va vositalarini koʼrsatib beradi.
Neyropedagogika – inson miyasining ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va amaliy (funktsional) rivojlantirish, shaxsda faoliyatga nisbatan faol, ongli munosabatni qaror toptirish, ijtimoiy hulq-atvorni psixologik korrektsiyalash, bolalar ruhiy rivojlanishni tashxislash va bashoratlashning yangi ilmiy dasturlari, samarali shakl va metodlarini, shuningdek, yangi turdagi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tadqiq etadi.
Pedagogik texnika – nopedagogik OTM pedagoglarini pedagogik mahorat va pedagogik texnika asoslari bilan tanishtirish orqali ularda taʼlim jarayonini sifatli, samarali tashkil etish koʼnikma, malakalarini rivojlantirish masalalarini oʼrganadi.
Pedagogik kvalimetriya – taʼlim sifatini izchil nazorat qilish va samarali boshqarishga oid muammolarni tadqiq etadi.
Pedagogik jarayonlarning tizimli tahlili – pedagoglarda taʼlim va tarbiya jarayonlarining mohiyatini yaxlit tizim sifatida anglash, turli, shu jumlaan, muammoli vaziyatlarni yaxlit, izchil tahlil qilish malakalarini rivojlantirish muammolarini tadqiq etadi.
Pedagogik prognostika va pedagogikaning istiqbolli yoʼnalishlari – mavjud sharoitda pedagogik turkum fanlarni sifatli oʼqitish, taʼlim va tarbiya jarayonlarining samaradorligini oshirish muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish yoʼllarini izlash, istiqbolli yoʼnalishlarini belgilash masalalarini tahlil etadi.
Pedagogik jarayonni boshqarishda qarorlar qabul qilish – pedagoglar tomonidan taʼlim va tarbiya jarayonlarining izchil, tizimli, samarali boshqarilishini taʼminlash, mavjud pedagogik vaziyatlarda tizimli tahlil asosida oqilona qarorlar qabul qilinishiga erishish masalalarini oʼrganadi.
Falsafa – tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini oʼrganadi.
Estetika asoslari – nafis sanʼatni, badiiy ijodiyotni, tabiat va turmushdagi goʼzallikning mohiyati, shakllarini, inson va ijtimoiy borliq oʼrtasidagi qadriyatlar munosabatini oʼrganadi.
Psixologiya – inson faoliyati, shaxs xatti-harakatlarida borliqning aks etishini, ruhiy jarayonlar, hodisalar va xislatlarning mohiyatini yoritadi.



Download 383,84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Download 383,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Obʼekti – Barcha yosh bosqichlaria kreativ shaxsni kasbiy shakllantirish va rivojlantirish jarayoni Predmeti

Download 383,84 Kb.