• SCAMPER mnemonik sxemasi
  • Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja




    Download 383,84 Kb.
    bet9/75
    Sana13.01.2024
    Hajmi383,84 Kb.
    #136261
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
    Bog'liq
    Nazariy materiallar 1-mavzu pedagogik kreativlik mohiyati, mazm-fayllar.org (5)

    Moslashuvchanlik
    Oʼquvchilar keng fikr yurita olsalar, vaziyat va muammoga ham bir qancha va turli yechim topadilar. Talabalarda moslashuvchanlikni ular turli nuqtai- nazar va fikrlarni inobatga olganlari va ularni tahlil qilganlarida, turli fikrlarin bir-biri bilan solishtirganda va ularning oʼhshash va farqli tomonlarin topganlarida va nihoyat muvafaqqiyatga erishib, yaxshi natijalar koʼrsatayotganlarida kuzatish mumkin.
    Moslashuvchan boʼlish uchun talabalar maʼlumotning faqat yuzaki qismini emas, balki uning chuqur mohiyatini anglab yetishlari lozim. Moslashuvchanlik koʼnikmasini shakllantirishda talabalar amaliyot bilan taʼminlansa va ularga yoʼl-yoʼriq koʼrsatilsa, kelgusida turli gʼoyalarni topishda bu kuchli stimul boʼlib hizmat qiladi. Аgarda talaba koʼplab gʼoyalar topgan boʼlsa, u moslashuvchanlikni emas, balki ravon fikrlashni namoyon qilmoqda, chunki bunda barcha eʼtibor bitta yoki bir turdagi javoblarga qaratiladi. Talabalarda moslashuvchalik koʼnikmasini shakllantirishda soni jihatdan koʼp emas, balki turli mazmundagi gʼoyalarni topish kerakligini alohida taʼkidlab oʼtish lozim.
    Muammoning mazmunini chuqur anglagan holda ham, talabalar turli gʼoyalarni topishda qiynaladilar yoki umuman bunga qodir boʼlmaydilar. Bu esa, oʼz oʼrnida, ularda moslashuvchanlik koʼnikmasini shakllantirish kerakligdan dalolat beradi.
    Tajriba va doimiy mashq yordam bersada, oʼqituvchi talabalarga murabbiy sifatida turli strategiyalardan foydalanishni oʼrgatishi kerak. Talabalarga turli gʼoyalar turli toifa (kategoriyalar)ga boʼlinishini anglashida yordam berish mumkin. M: “hayvonlar” kategoriyasiga talabalar hayvonlar nomlarini keltiradilar. Birozdan soʼng, “taomlar” kategoriyasiga talabalar avval milliy keyin boshqa halqlar taomlari roʼyxatini tuzadilar. Mashq shu yoʼsinda davom etadi. Bu talabalar bir kategoriya, yaʼni bir fikrdan ikkinchisiga oʼtish va unga tezda moslashish koʼnikmasini oʼzlashtirmaguncha davom etadi. Talabalarda bunday koʼnikma shakllangach, ulardan moslashuvchanlik bilan fikrlashni talab qilish mumkin. Masalan, “Аgarda Zolushka yetim va kambagʼal boʼlmaganida, voqealar rivoji qanday tus olgan boʼlardi?” va “Janubiy shtatlar fuqarolik urushi davrida qanday strategiyani qoʼllanganda urushda gʼolib boʼlardi?”. Turli kategoriyalarga mansub savollar talabalarda moslashuvchanlik koʼnikmasini rivojlantiradi.
    Talabalarni birgina kategoriyada “qotib” qolishini oldini olish uchun majburiy solishtirish strategiyasini qoʼllash mumkin. M: oʼqituvchi “intilganga tole yor” shiori Zolushka voqeasi yoki matematik tenglama, “perpettum mobile”, yaʼni abadiy gʼildirakka nisbatan qanday qoʼllanilishi mumkinligi haqida soʼrashi mumkin. Mazkur strategiya moslashuvchanlik bilan fikrlash orqali voqealar va tushunchalar oʼrtasida bogʼliqliklarni topishga yordam beradi.
    Koʼp yillar avval Аleks Osborn moslashuvchanlik bilan fikrlashni kuchaytiruvchi savollar toifasini tuzib chiqqan (1963). Eberlening 1971 yilda ishlab chiqqan SCAMPER mnemonik sxemasi substitute (almashtirmoq/oʼzgartirmoq), combine (birlashtirmoq), adapt (moslashtirmoq), modify (oʼzgartirmoq/boshqa shakl bermoq), maximize/minimize (maksimallashtirmoq/minimallashtirmoq), put to other uses (boshqa soha/usulda qoʼllash), eliminate (oldini olmoq) va rearrange (qoʼllanilishini oʼzgartirish) kabi tushunchalar asosida ishlab chiqilgan. 4-sinf oʼqituvchisi SCAMPER mnemonik sxemasidan talabalarda moslashuvchan fikrlashni rivojlantirishda istiqomat qilayotgan shahri, tuman, mahallasining ramzi yoki iqtisodiyot, sanoat, oziq-ovqat sohasiga tegishli maʼlumotlarni va aynan Mayn shahrining ramzi boʼlshan mashhur olmali pirogidan oʼquvchilar eʼtiborini tortishda foydalanganini koʼrsatadi. Oʼquvchilar mnemonik sxemadan foydalangan holda agarda shokoloddan mashhur olmali pirogni pishirishda shokoladdan foydalanilsa va pishirish jarayonida pirogning tarkibi yoki shakli oʼzgartirilsa qanday natijaga olib kelishi va qanady qilib bu shokoladli pirogni Mayn shahrining mashhur pirogiga aylantirish mumkinligi tahlil qiladilar”.



    Download 383,84 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




    Download 383,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja

    Download 383,84 Kb.