• Foydalanilgan adabiyotlar
  • 5-MAVZU: OTM PEDAGOGLARIDA KREATIVLIK SIFATLARI VA IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRUVCHI METODLARI Reja
  • Tayanch tushunchalar
  • Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja




    Download 383,84 Kb.
    bet12/75
    Sana13.01.2024
    Hajmi383,84 Kb.
    #136261
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
    Bog'liq
    Nazariy materiallar 1-mavzu pedagogik kreativlik mohiyati, mazm-fayllar.org (5)

    Nazorat savollari:
    1. Pedagogik kreativlikka qanday sifatlar xos?
    2. Pedagoglarda qanday ijodiy-pedagogik faoliyat malakalari mavjud boʼlishi zarur?
    3. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning qanday yoʼllari mavjud?
    4. Pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar nimalarda aks etadi?
    5. Shaxs kreativligini rivojlantirishning ustuvor tamoyillari qaysilar?
    6. Pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari nimalarda aks etadi?
    7. Pedagoglar kreativlik imkoniyatlarining tarkibiy asoslari nimalardan iborat?
    8. Pedagoglarning kreativlik imkoniyati qanday mezonlar yordamida aniqlanadi?
    9. Pedagoglarning kreativlik imkoniyati qanday darajalarda namoyon boʼladi?


    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014.
    2. Sirotyuk F.S. Diagnostika odaryonnosti / Ucheb.posobie. – M.: Direkt- Media, 2014. – 1229 s.
    3. Utyomov V.V., Zinkovkina M.M., Gorev P.M. Pedagogika kreativnosti: prikladnoy kurs nauchnogo tvorchestva / Ucheb.posboie. – Kirov: АNOO “Mejreginalnыy SITO”, 2013. – 212 s.
    4. Fayzullaeva N. Pedagogik bilimlar – oʼqituvchi kasbiy mahoratining nazariy asosi //Uzluksiz talim j. – T.: 2006. 6-son. – 102-b.
    5-MAVZU: OTM PEDAGOGLARIDA KREATIVLIK SIFATLARI VA IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRUVCHI METODLARI
    Reja:
    Reja:
    1. Pedagoglarning kreativlik sifatlariga egaliklarini aniqlovchi shakl, metod va vositalar.
    2. Talabalarda kreativlik koʼnikmalarini shakllantirishda DTSning ahamiyati.
    3. Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish bosqichlari.
    4. Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantiruvchi metod.


    Tayanch tushunchalar: kreativlik sifatlari, kreativlik sifatlariga egalikni aniqlash, shakl, metod, vosita, kreativlik sifatlarini rivojlantirish, axborot texnologiyalari.
    1. Pedagoglarning kreativlik sifatlariga egaliklarini aniqlovchi shakl, metod va vositalar. Xorijiy mamalakatlarning taʼlim tizimi amaliyotida shaxs kreativlik sifatlarida shakllantirish yoki rivojlantirishga xizmat qiladigan koʼplab metod va strategiyalar qoʼllaniladi. Ushbu metod va strategiyalarning didaktik ahamiyati shundaki, ular talaba va oʼquvchilarni oʼquv materiallari yuzasidan chuqur oʼylashga majbur qiladi. Shu sababli bu metod va strategiyalarni kreativlik sifatlari nihoyatda past rivojlangan oʼquvchi va talabalar bilan ishlash jarayonida samarali qoʼllab boʼlmaydi.

    Kzikszentmixayli (Csikszentmihalyi, 1996 y.) kreativ shaxslar ikki toifaga boʼlinadi degan fikrni ilgari suradi:


    1. Katta kreativlar (“katta K”). Ular oʼzlari faoliyat olib borayotgan sohaning yetakchilari boʼlib, sohada doimo oʼzgarishlarni sodir etishga intiladi.
    2. Kichik kreativlar (“kichik K”). Ular oʼzlarining kreativlik sifatlaridan faqatgina kundalik hayotda muayyan foydaga erishish uchun foydalanadi.
    Аksariyat talabalar oʼzlarini kreativ shaxs emas, deb hisoblaydi. Ularning nazarlarida kreativlik goʼyoki ular yetisha olmaydigan orzu va u faqat iqtidorli shaxslardagina namoyon boʼladi. Bunday fikrga ega talabalar kreativlik sifatlariga egalik oʼz sohasining yetakchilari (yaʼni “katta K” toifasiga kiruvchi shaxslar), sanʼat sohasida tahsil olayotgan yoki faoliyat yuritayotgan talabalarda boʼlishiga ishonadilar. Talabalar qachonki kreativ shaxs boʼlish uchun oʼz sohasining yetakchisigina boʼlish shart emasligi tushunsalar, oʼzlarida kreativlik sifatlarini samarali shakllantirishga muvaffaq boʼladi.
    Shundagina ular oʼzlarini past baholashga barham berib, yangi, ilgʼor gʼoyalar bilan oʼzlarini namoyon etishlari, taʼlim jarayoni kun sayin faollik koʼrsatishga muvaffaq boʼladilar, taʼlim olishga boʼlgan qiziqishlari ortadi, oʼzlashtirish koʼrsatkichlari yanada yaxshilanadi. Oʼzlarini baland baholay boshlab, kreativ sifatlarni namoyon etish borasida mavjud koʼrsatkichlardan koʼra yuqori natijalarga erishishga intiladilar. Аmaliyotning koʼrsatishicha, talabalar qancha koʼp kreativlik sifatlarini namoyon etsalar, shuncha koʼp faollikka erishadilar.
    Rivojlangan xorijiy mamlakatlar bugungi kunda iqtidorli bolalarni aniqlash borasida katta tajribalarga ega. Taʼlim tizimida iqtidorli bolalarni aniqlash va ularga taʼlim berishga oid koʼplab metodikalar mavjud. Quyida ularning ayrimlari toʼgʼrisida toʼxtalib oʼtiladi:

    Download 383,84 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




    Download 383,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja

    Download 383,84 Kb.