|
Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja
|
bet | 13/75 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 383,84 Kb. | | #136261 |
Bog'liq Nazariy materiallar 1-mavzu pedagogik kreativlik mohiyati, mazm-fayllar.org (5)Slosson testi. Katta yoshlilar hamda bolalarning aqliy qobiliyatini oʼlchashga xizmat qiladi. Berilayotgan barcha testlarga javoblar ogʼzaki tarzda olinadi. Kichik yoshli bolalarga berilayotgan topshiriqlarning ayrimlari bolalar tomonidan ayrim harakatlar (masalan, qogʼoz, qalam yoki ruchkalardan foydalanish)ning bajarilishiga oiddir. Test aqliy qobiliyat darajasining oʼrganilayotgan sifatlarga nisbati tarzida aniqlanadi. Bu oʼrinda yuqori natija 120 va undan ortiq koʼrsatkich sanaladi.
Veksler shkalasi. Veksler shkalasi (“PPSI” testi) aqliy qobiliyatni aniqlashga imkon beruvchi individual test hisoblanadi. U ikki qismdan iborat:
1) ogʼzaki shkala (maʼlum materialni oʼzlashtirish, uning mazmunini tushunish, arifmetik topshiriqlarni bajarish, oʼzaro oʼxshashliklarni topish, lugʼat boyligiga egalikni namoyish etish kabi beshta koʼrsatkich boʼyicha baholanadi);
2) harakat shkalasi (kubiklardan konstruktsiyalar yaratish, labirintlarni topish, chizilayotgan surat (kartinalar)ni yakuniga yetkazish, tavsiya etilayotgan kod (tasvir)lar mohiyatini ochib berish (“Hayvonlarning uylari” mavzusi boʼyicha) kabi beshta holat koʼrsatkichlari boʼyicha baholanadi.
Torrens (I) testi. Torrens (I) testi yozma shaklda boʼlib, tafakkurning quyidagi sifatlarini aniqlashga yordam beradi:
1) tezkorlik;
2) aniqlik;
3) tasavvurning boyligi va oʼziga xosligi.
Test notoʼgʼri shaklda yoritilgan surat (kartina)ni toʼgʼri shaklda ifoda etishga asoslanadi. Bunda boladan juda yorqin ranglarda notoʼgʼri tasvirlangan kartinani alohida qogʼozga toʼgʼri shaklda qayta tasvirlay olish talab etiladi.
Torrens (II) testi32. Torrens (II) testi ogʼzaki shakldagi test boʼlib, bolalar va kattalarning ijodiy qobiliyatini ogʼzaki usullar yordamida aniqlashga xizmat qiladi. Test quyidagi tavsifga ega:
1) savollarni bera olish malakasiga egalik;
2) surat (kartina)lar majmuida tasvirlangan vaziyatlarga mos keluvchi holatlarning sabab va oqibatlarini aniqlay olish;
3) kundalik hayotda eng oddiy va ommaviy predmetlarni qoʼllashning oʼziga xos usullarini taklif eta olish;
4) barcha uchun yaxshi tanish boʼlgan predmetlar boʼyicha kutilmagan savollarni bera olish;
5) taxminlarni ilgari sura olish.
Pedagogik manbalarda pedagogning kreativ tafakkuri darajasini quyidagi metodlar yordamida baholash mumkin ekanligi koʼrsatilgan:
1) taʼlim-tarbiya jarayonida oʼqituvchi shaxsi va faoliyatini bevosita oʼrganish metodlari (pedagogik kuzatish, oʼqituvchining ish hujjatlari va rejalarini oʼrganish, suhbat va h.k.);
2) pedagogik tafakkurni tashxislashga yordam beruvchi maxsus metodlar (tashxisli vaziyatlar, anketa, reyting, test va b.)
Ushbu metodlar yordamida oliy taʼlim muassasalari talabalarining pedagogik bilimlari darajasini ham baholash mumkin. Faqat bu oʼrinda oʼqituvchining ish hujjatlari, rejalarini oʼrganish emas, balki talabalarning individual, mustaqil taʼlim olishlari va ularning natijalarini tahlil etish maqsadga muvofiqdir.
2. Talabalarda kreativlik koʼnikmalarini shakllantirishda DTSning ahamiyati. Shaxsning kreativlik koʼnikmalariga ega boʼlishida yuqorida aytib oʼtilganidek, taʼlim jarayonini muhim ahamiyatga ega. Shu sababli taʼlim mazmunida kreativlik gʼoyalari hamda talabalarda kreativlik koʼnikmalarini shakllantirishga doir yondashuv oʼz ifodasini topishi zarur. DTS esa haqli ravishda oʼzida taʼlim mazmunini toʼlaqonli ifoda etadi. Shu sababli Patti Drepeau АQShning DSUА (Davlat standartlarining umumiy asoslari – SSSS)da oʼquvchi va talabalarda kreativlik koʼnikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi gʼoyalarning qay darajada oʼz ifodasini topganligini tahlil etadi. Uning bu boradagi fikrlari amaliy ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda quyidagi muallifning bu boradagi mulohazalari batafsil keltiriladi.
Davlat standartlarining umumiy asoslari (DSUА – CCSS) talabalar tomonidan tegishli fan yoki mutaxassislik asoslari boʼyicha belgilangan bilim, koʼnikma va malakalarning minimal darajasini oʼzlashtirish va tushunilishini talab etuvchi maqsadni qanoatlantiradi. Mazkur standartlar, shuningdek, oʼqituvchi tomonidan oʼqitish tizimining tashkiliy jihatdan tashkil etilishini taʼminlaydi. Davlat standartlarining umumiy asoslari (DSUА – CCSS)ning mohiyati: axborot matnining murakkabligi hamda unga nisbatan tanqidiy yondashuv talabalarga malakali mutaxassis boʼlishlari va xizmat boʼyicha (kasbiy sohada) oʼsishlarini taʼminlash imkoniyatini yaratadi. Davlat standartlari oʼz mohiyatiga koʼra talabalarga ragʼbatlantiruvchi mazmunni oʼrganish imkoniyatini taʼminlash orqali ular tomonidan akademik bilim va koʼnikmalarini muvaffaqiyatli oʼzlashtirish yoʼllarini belgilab beradi. Shunday ekan, nima uchun DSUА (CCSS)ni muvaffaqiyatli oʼzlashtirish vositasi sifatida ularning kreativ potentsialidan foydalanish mumkin emas?
Аsarning 1-bobida taʼkidlab oʼtilganidek, talabalarda kreativ fiurlash koʼnikmalarining namoyon boʼlishi ular tomonidan kasbiy bilim va koʼnikmalarning sidqidildan, mamnun holda oʼzlashtirish darajasini kuchaytiradi (Beghetto, Kaufman, 2010). DSUА (CCSS)dagi matnli murakkablik talabalardan kreativ fikrlashni hamda kreativ fikrlash koʼnikmalariga ega boʼlishni talab etadi. Аmmo, (42) filologiya fanlari boʼyicha ingliz standarti (Eng yaxshi metodistlar Аssotsiatsiyasining Milliy markazi, Davlat maktablari rahbarlarining Boshqaruv Kengashi (NGA) tomonidan ishlab chiqilgan standartlarning umumiy tahlili ularda taʼlim oluvchi shaxsida kreativ potentsialni oshirish choralari belgilanmaganligini koʼrsatadi. Ularda taʼlim oluvchilarning bilim va koʼnikmalarini belgilash maqsadida – qayta sanab oʼting, izohlang, keltiring kabi feʼllar qoʼllanilgan boʼlsa, kreativ fikrlash holatini ifodalovchi – aloqani hosil qiling, birlashiring va xulosani ilgari suring tarzidagi feʼllar kam qoʼllanilgan yoki mutlaqo qoʼllanilmagan. Xuddi shuningdek, matematika fanlari boʼyicha standartlar (NGA Markazi, 2010 y.)ida ham hal qiling, qoʼllang, izohlang va tushuntiring kabi feʼllar kreativ fikrlash holatini ifodalovchi – sharhlang, eʼtiborni qarating yoki taqqoslang kabi feʼllarga nisbatan koʼp qoʼllanilgan.
Ushbu holat oʼqituvchidan oʼz faoliyatida DSUА (CCSS) talablarini qondirish yoʼlida talabalarning kreativ potentsialini oshirishga xizmat qiladigan ijodiy nutqdan foydalanishga eʼtibor qaratishni talab etadi. Talabalarning ijodiy imkoniyatlarini birlashtirish uchun esa oʼqituvchi oʼzining dars rejalarini shunday tuzishi kerakki, buning natijasida oʼquv axborotlarini ijodiy qayta ishlash orqali talabalar kreativ fikrlash imkoniyatiga ega boʼlsin.
Bunga erishish uchun fikrni rivojlantiring (m: “fikrni rivojlantiring”, tuzing (m: “reja tuzing”, ishlab chiqing (m: “harakat mexanizmini ishlab chiqing”).
|
| |