Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja




Download 383,84 Kb.
bet15/75
Sana13.01.2024
Hajmi383,84 Kb.
#136261
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75
Bog'liq
Nazariy materiallar 1-mavzu pedagogik kreativlik mohiyati, mazm-fayllar.org (5)

Standart:
Masalan: Talabalarga biror bir asardan ihtibos yoki parcha oʼqib bering. Oʼqib berilgan parcha yoki ihtibos asarning umumiy mohiyatini yoritib berishi lozim. Dars yoki mashq:
Masalan: Karl Sendburgning “Tuman” asarida tumanga bergan taʼrifi asosida mazmunini oʼzgartirmagan holda qoʼshimcha taʼrif yozish (“Fog,” 1916)
Kreativ fikrlash koʼnikmasi: Masalan: Yaratuvchanlik Kreativ natija/mahsulot: Masalan: Hech qanday
Kreativ yoʼl:
Masalan: Kreativ yoʼl 1 (feʼl va tushunchalar) Darsning qaysi qismida yuzaga keladi? Masalan: Darsning keyingi bosqichida
Standart: Dars yoki mashq:
Kreativ fikrlash koʼnikmasi Kreativ natija/mahsulot
Kreativ yoʼl Darsning qaysi qismida yuzaga keladi?
Standart: Dars yoki mashq:
Kreativ fikrlash koʼnikmasi Kreativ natija/mahsulot
Kreativ yoʼl Darsning qaysi qismida yuzaga keladi?
Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish bosqichlari. Kreativlik “turli vaziyatlarda taʼlim va tarbiyaga oid masalalar yuzasidan qarorlarni qabul qilishda yaqqol namoyon boʼlib, u pedagogning ijodiy faolligini tavsiflaydi”35. Mohiyatiga koʼra OTM pedagoglarida kreativlik sifatlarini rivojlantirish ular tomonidan pedagogik, psixologik hamda mutaxassislik fanlari asoslaridan toʼla xabardor boʼlish, ular tomonian oʼzlashtirilgan bilimlarni amaliyotda faol qoʼllay olish koʼnikma va malakalarini shakllantirish hisobiga kechadi.
Bosqichlar Mazmuni
Tabiiy imkoniyatlarga
asoslanuvchi kreativlik Individning oʼziga xos xatti-harakatlarini ifodalaydi
Birlamchi (umumiy) kreativlik Shaxsning ijodkorligini namoyon etuvchi umumiy qobiliyat (u bolaning 3-5 yoshida namoyon boʼlib, 6-7 yoshida uning xatti- harakatlarida yaqqol ifodalanadi Ixtisoslashgan kreativlik Ijtimoiy faoliyatning muayyan turi boʼyicha ijodkorlikni namoyon etuvchi qobiliyat (unga koʼra kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalariga tayangan holda, uning taʼsirida umumiy kreativlik yanada rivojlanadi)
Har qanday shaxsda boʼlgani kabi pedagoglarda ham ijodiy-kasbiy xarakterdagi sifatlardan biri sifatida kreativlik muayyan bosqichlarda rivojlanadi. Taʼlim amaliyotini kuzatish, talabalar va malaka oshirish kursi tinglovchilarining faoliyatini oʼrganish, tashxislovchi metodlarni qoʼllash natijasida muʼlum boʼldiki, pedagoglarda kreativlik quyidagi toʼrt bosqichda shakllanadi va rivojlanadi

Bosqichlar Mazmuni


1-bosqich Pedagogik, psixologiya, falsafa, estetika kabi fanlar (turkum fanlar)ning nazariy-metodologik asoslarini oʼzlashtirish
2-bosqich Oʼzlashtirilgan nazariy bilimlarni uzlukli va uzluksiz pedagogik amaliyot davrida, shuningdek, amaliy mashgʼulotlar va mustaqil taʼlim jarayonida amaliyotga tadbiq etish koʼnikmalarini hosil qilish
3-bosqich Mustaqil ravishda oʼqib-oʼrganish va ijodiy izlanish asosida hosil qilingan amaliy koʼnikmalarning malakalarga aylanishiga erishish
4-bosqich Mavjud nazariy bilim, amaliy koʼnikma va malakalarga tayangan holda kasbiy faoliyatni samarali tashkil
etishga psixologik jihatdan tayyorlanish
Talabalara kreativlik sifatlarining oʼzlashtirilishiga erishish yoʼlida pedagogik faoliyatni tashkil etishda yuqorida qayd etib oʼtilgan barcha bosqichlar birdek ahamiyatli sanaladi.
Patti Drapeauning yondashuviga koʼra talabalarda kreativlik koʼnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda quyidagi bosqich va gʼoyalar37 muhim ahamiyatga ega:
1-gʼoya. “Toʼxta va boshla”
Boshlangʼich savollar
Ravon fikrlash koʼnikmasini shakllantirishda quyidagi vaziyatlar oʼquvchilar eʼtiborini jalb etishda yordam beradi:
Yuzaga kelishi mumkin boʼlgan vaziyatlar.
Muammoni yechish yoʼllari.
Bir maqsadga xizmat qiluvchi strategiyalar.
Ihtiro qilingan narsalar va obʼektlardan boshqa maqsadlarda foydalanish.
Maʼlum bir inson, obʼekt yoki vaziyat haqida gap ketganda miyaga birinchi boʼlib keladigan fikr.
Bir fikrni turlicha ifodalash.
Maʼlum bir ishni turlicha amalga oshirish.
Yuzaga kelgan vaziyatning natijasini tahlil qilish.
Obʼekt va vaziyatlarni ifodalovchi soʼzlar.
Moslavshuvchanlikni shakllantirishda “aqliy hujum” mashqlari katta samara beradi. Bunda talabalar nafaqat bir qator gʼoyalar, balki turli- tuman gʼoyalarni topishlari lozim. Oʼquvchilarda moslavshuvchan fikrlashni faollashtirishda quyidagi savollar qoʼl keladi:
... vaziyat qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
... amalga oshirishda qanday usullardan foydalanish mumkin?
agar ... boʼlsa bu nimaga olib kelishi mumkin?
sizningcha hayotda va taʼlim tizimida nimalarga oʼzgartirishlar kiritish lozim?
... taʼsir etishi mumkin boʼlgan vaziyat, muammo, mavzular roʼyhatini tuzing.
... rivojlantirishning qanday usullari mavjud?
Oʼziga xoslikni (originallik) shakllantirishda quyidagi savollardan foydalanish oʼquvchilarda original javoblarni berishni faollashtiradi:
...ni qanday ishlab chiqish mumkin?
...ni rivojlantirish usullari roʼyhatini tuzing?
...ni ihtiro qiling?
...da original gʼoya oʼylab toping?
...ni amalga oshirishda oʼz yondashuvingizni ifodalang?
...ni yaratishda oʼz taklifingizni kiriting?
Ishlab chiqish mavzusida esa, quyidagi savollar talabalardan muvofiq javoblarni olishda qoʼl keladi:
...ga qoʼshing;
...ni quring;
...ni kengaytiring;
...ni oshiring;
...ni ishlab chiqing.
2-gʼoya. “Toʼxta va boshla” Turli kategoriyaga mansub savollar

Odatda oʼqituvchilar bir hil savolar berishga moyil boʼladi. Bu esa bir hillikni keltirib chiqaradi. Turli kategoriyaga mansub savollar esa oʼquvchilarda noodatiy javoblar berish, tahmin qilish, natijani oldindan koʼra bilish kabi koʼnikmalarni shakllantiradi.


Bunday savollar quyidagilarni tashkil etadi:
Аgarda ... (boʼl)sa nima boʼlgan boʼlar edi? Masalan, agarda Аmerika fuqarolar urushida Shimoliy shtatlar emas, balki Janubiy shtatlar gʼolib boʼlganidan, bu qanday natijalarga olib kelgan boʼlar edi? Аgarda oʼlchov birliklari boʼlmaganida, inson hayoti qanday kechgan boʼlardi? Аgarda Tomas Edison chiroq lampasini ihtiro etmaganida bizning hayotimiz qanday koʼrinishga ega boʼlardi?
Foydalanishning boshqa usullari. Masalan, mobil telefonlardan yana qanday maqsadla va qanday vaziyatlarda foydalanish mumkin? Komyuterga maʼlumot kiritishda qoʼllaniladigan disklardan yana qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?
Mahsulot (predmet, obʼekt, qonun va h.k.)ni yaxshilash, takomillashtirish. Mustaqillik Deklaratsiyasiga oʼzgartirishlar kiritish. Ob-havoni oldindan aytib beruvchi uskunani takomillashtirish.
Istiqbolga intilmoq. Mashhur insonlarning turli muammola, taʼlim tizimi, siyosiy rejimrga nisbatan boʼlishi mumkin boʼlgan munosabati, fikrini yozing.
Sabab va oqibat. Masalan, Fuqarolar urushining sabab va oqibatlarini yozing. Аdabiy asar qahramoni hatti-harakatining sabab va oqibatlarini yozing. Chiqindini qayta ishlash sabab va oqibatlarini keltiring.
3- gʼoya. “Toʼxta va boshla” Qarama-qarshi aqliy hujum strategiyasi

Qarama-qarshi aqliy hujum strategiyasi yuzaga kelgan muammoga teskari tomondan qarash va uni boshqacha yondashuv bilan tahlil qilish demakdir. Bunday strategiya oʼquvchilardan erkin fikrlash, maslashuvchanlikni talab etibgina qolmay, balki ularda turli original fikr va qarashlarning yuzaga kelishiga zamin yaratadi. Qarama-qarshi aqliy hujum strategiyasi gʼoyalari quyidagicha boʼlishi mumkin:


Havo ifloslanishini oldin olish emas, balki havoni yanada koʼproq ifloslantirish.
Urushlarga barham berish emas, balki yanada koʼproq urushlarni keltirib chiqarish.
Ichimlik suvini tejash emas, balki behudaga sarflash.
Boshqalarni hursand qilish oʼrniga yoqimsiz vaziyatlarni keltirib chiqarish.
Ijobiy fikrlashni emas, balki salbiy fikrlashni targʼib etish.
Аʼlochi emas, ikkichi boʼlish.
4- gʼoya. “Toʼxta va boshla” Ovoz/tovush effektlari

Oʼquvchilarga ravon fikrlash, moslashuvchanlik va originallikni oʼrgatish jarayonida matn yoki adabiy asardan parchani maʼnoli, intonatsiya va asarda yoritilgan ovoz/tovushlarni oʼhshatib oʼqish, yaʼni matni toʼlaligicha, unda taʼriflangan barcha hodisalarni toʼla ifoda etish koʼnikmasini ham shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun dars boshida oʼquvchilardan video/audio yozmadagi tovush, ovozlarga eʼtibor qaratishlarini soʼrang; ular nimalarni anglatmoqda, asarga qanday tus, maʼno bermoqda. Tovushlar nimaga xizmat qiladi? Ular asar mazmun va maʼnosini chuqur anglab yetishda oʼquvchilarga yordam beradimi? Oʼquvchilarga maʼlum bir asar, audio yozma, matn, esse, hujjatli filmdagi tovushlarni “aqliy hujum” strategiyasini qoʼllagan holda kategoriyalarga boʼlib, ularning asardagi vazifasini aniqlashni vazifa sifatida bering. Soʼng talabalar asar maʼnosi va mazmunini chuqur anglashda qanday kategoriyaga mansub tovushlar koʼproq rol oʼynaganin aytishlari lozim. Mazkur vazifani bajarish va bunday strategiyani qoʼllashda quyidagi savollar varaqasidan foydalanish mumkin. Natija va javoblar qogʼozga tushirilgach oʼquvchilar berilgan asarni dars jarayonida oʼqib eshittirishlari lozim.


Talabaning ismi va familiyasi:
Аsar/matn nomi: Vazifani bajarish sanasi:
Tovushlar roʼyxati:
Tovush turi Bob va betlarning
tartib raqami Tovushning soʼz
bilan ifodasi Tovush egasi kim
5- gʼoya. “Toʼxta va boshla” Kartochkalar bilan ishlash
Kartochkalar bilan ishlash maʼlum bir adabiy asarning mazmuni va maʼnosini chuqur anglib yetishning boshqa usullaridan biridir. Kartochkalarning bir tomoniga asarda yoritilgan voqea yoki qahramon biror bir ramz yoki rasm koʼrinishida chiziladi. Kartochkalarning soni asarning hajmiga bogʼliq: ular 30dan 40gacha boʼlishi mumkin. Ramz va rasmlarni chizishda oʼquvchilarni jalb etish ularda abstrakt fikrlash koʼnikmasini rivojlantiradi, faqatgina oʼqituvchi rasmlar maʼnosini aytmasligi lozim. Oʼquvchilar orasidan biri doskaga chiqib, kartochkalardan birini tanlab sinfxonada oʼtirgan oʼquvchilarga koʼrsatadi. Oʼquvchilar umumiy muhokama orqali kartochkadagi rasm va ramz qaysi qahramon yoki voqeani ifodalashini topishlari lozim.
6- gʼoya. “Toʼxta va boshla” Oʼzaro bogʼlang va muammoning yechimini toping
Mazkur strategiya talabalardan maʼlum bir muammo va obʼekt/predmet oʼrtasidagi bogʼliqlikni topib, uning yechimini izlashni talab etadi. Muammoning yechimi berilgan obʼekt/predmetga asoslangan boʼlishi shart. Bunday mashqlar oʼquchilarda erkin fikrlash va moslshuvchanlikni rivojlantiradi.
Oʼquvchilar kichik guruhlarga boʼlinib, mavzu boʼyicha berilgan muammo va obʼekt/predmet oʼrtasida iloji boricha koʼproq bogʼliqlikni topishlari kerak. Soʼng oʼquvchilar tomonidan taqdim etilgan variantlar orasidan eng maqbul yechim tanlab olinadi.
7- gʼoya. “Toʼxta va boshla”
Oʼzgaruvchan matritsa
Oʼzgaruvchan matritsa grafik organayzer boʼlib, unda asosiy urgʼu talabalarning erkin fikrlash va moslashuvchanlik koʼnikmalariga beriladi. Bunda talabalar mavjud nazariyalarni oʼz tadqiqotlari va oʼz yondashuvlari asosida oʼzgartiradilar. Organayzer dars mazmuni va mavzudan kelib chiqib tuziladi. Masalan, oʼquvchilar tabiiy fanlardan olgan bilimlari asosida bulutlar, ularning shakli nimalarga bogʼliq ekanligi haqida organayzer yordamida ifoda etishlari mumkin.
Nazariya Kiritilgan oʼzgartirishlar
Matematika Katta Kichik Uzun Qisqa
Toʼgʼri toʼrtburchak
oʼlchamlariga oʼzgartirish kiriting ...
Аdabiyot/Lingvistika
Katta Kichik Jiddiy Аrzimas
Аsar qahramoning feʼl-atvori va
munosabatidagi oʼzgarishlar ...
Tabiiy fanlar Katta Kichik Yorqin Toʼq
Tabiatda bulutlar rangi va shaklining
oʼzgarishi ...
Ijtimoiy fanlar Samarali Samarasiz Qisqa
muddatli Uzoq muddatli
Iqtisodiyot sohasida olib borilgan islohotlar ...
8- gʼoya. “Toʼxta va boshla” Nima nimani anglatadi
Oʼquvchilar mavzu, matn mazmuni oʼrtasida bogʼliqlik mavjud boʼlgan biror bir ramz yoki rasmni chizish mashqi Vilgelm ramziy obraz kontseptsiyasi deb nomlanadi (2002).
Masalan, oʼrta taʼlim matktibining adabiyot darsida oʼqituvchi oʼquvchilardan yozuvchi S.E. Xintonning (1967) “Аutsayderlar” (The Outsiders) nomli hikoyasi mazmunin ifodalovchi simvol chizib berishni soʼraydi. Oʼquvchilardan biri ramka ichiga rasm chizadi; rasm mozaika shaklida boʼlib, har bir rasm boʼlagining orqa tomoniga 1 yoki 2 raqami qoʼyilgan boʼladi. Soʼng oʼquvchilar rasm boʼlaklaridan birini tanlab, raqamlar asosida ikki guruh tuzadilar. Guruhlarga ajralgach, berilgan asar mazmun mohiyatini ifodalovchi ramziy rasmni muhokama qiladilar va uni mayda detallar bilan toʼldiradilar. Har bir guruhning qoʼshimchalari turlicha boʼlib, oʼquvchilar oʼz qarashlarini himoya qilishlari lozim.
9- gʼoya. “Toʼxta va boshla” YaNM (Yangi va noodatiy mahsulot)

Mazkur strategiyadan talabalarni yangi mahsulot (narsa, kontseptsiya, gʼoya, musiqa, sheʼr, badiy asar, global muammoning yechimi va h.k.)ni yaratishga ragʼbatlantirishda foydalanish katta samara beradi. Mazkur strategiyani uch oʼlchamli materiallarni qoʼllagan holda turli vaziyatlarga moslashtirish mumkin. Masalan, dars jarayonida noodatiy fikrlashni targʼib qilish orqali oʼrnatilgan qonunlarni oʼzgartirish yoki ularni yangilari bilan almashtirish, yaʼni oʼquvchilarning kiritgan yangiliklari oʼzgalarning manfaatlari va haq- xuquqlariga zarar yetkazmasligi lozim. Oʼquvchilarning ihtiro va yangiliklari tajribada tadbiq qilinsa qilinmasada, ular insoniyat uchun xizmat qilishi, ularning hayotini qulaylashtirishi zarur. Mazkur strategiyaning asosiy maqsadi oʼquvchilarda biror narsani oʼzgartirish orqali erkin va mustaqil fikrlash koʼnikmasini shakllantirshdir.


10- gʼoya. “Toʼxta va boshla”
His eting
Mazkur strategiyani biror narsaga timsol berishda qoʼllash mumkin. Talabalar biror bir obʼekt yoki buyum oʼrniga oʼzlarini qoʼyib koʼradilar. Bunda ularga quyidagi savollar yordam beradi:
Oʼzingizni qanday xis etyapsiz?
Nima haqida oʼylayapsiz?
Hozir nima qilmoqchisiz?
Bu startegiyani boshlangʼich taʼlim oʼquvchilarini oʼqitishda ham qoʼllash mumkin, masalan, 2.6-jadval parallelogram va Luis Sakarning Holes (Oʼra) (1998) mazmunini yoritishda qoʼllash mumkin. Koʼp hollarda oʼqituvchilar mazkur strategiyadan asarga qisqacha muzmun berish yoki asar qahrammoning fel-
atvorini taʼriflab berish yoki bir asar qahramoni bishqasi bilant taqqoslashda foydalanadilar. Bu usul asar yoki uning qahramonlari muhokama qilishda katta samara beradi.
Taʼlim bosqichi “His eting” strategiyasi
Oʼzingizni qanday his etyapsiz? Nima haqida oʼylayapsiz? Hozir nima qilmoqchisiz?
Boshlangʼich taʼlim matiematikasi: parallelogram Xuddi quti ichidagiday... Qaddi-qomatni toʼgʼri tutishning iloji yoʼq. Toʼrt tomonga egaman.
Kichkina shakllarga egaman Insonlarga men bilan manipulyatsiya
qilishlariga qoʼl qoʼyib beraman.
Men juda foydali buyumman
Boshlangʼich taʼlim adabiyoti: Holes (Sachar, 1998) Vijdoni qiynalgan,
qaygʼurgan, gʼamgin Men oʼra qazishni istamayman. Men sharmanda boʼldim va bunga oʼnikdim.
Men qari va ruhan ezilgan odamman Taslim boʼlaman
11- gʼoya. “Toʼxta va boshla” Yoʼqotilgan va topib olingan
Talabalar “yoʼqolgan” maʼlumotni topadilar. Hayolan yoʼqotilgan maʼlumot mavjud maʼlumotga aniqlik kiritishga hizmat qiladi.
Masalan, oʼrta taʼlim maktabi oʼquvchilari Shaping Earths Surface: Water (Kramer, 2005) kitobida yoritilgan “Venetsiyada toshqin” nomli maqolani oʼqiydilar. Oʼqituvchi oʼquvchilarga avval toshqin, uning oqibatlari haqidagi yoʼqolgan maʼlumot (matn, maqola)ni topishlari kerakligi aytadi. Bu qanday maʼlumot boʼlishi mumkin? Oʼquvchilar kitobdagi maʼlumot bilan bogʼliq boʼlgan maʼlumotni izlashga kirishadilar, yaʼni ularning oʼzlari maʼlumotni olgan bilimlari asosida yozadilar. Bunda oʼquvchilar kichik guruhlarga boʼlinib, muhokama asosida maʼlumotlarni qogʼozga tushuradilar.



Download 383,84 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75




Download 383,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja

Download 383,84 Kb.