• Elektron albom
  • Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja




    Download 383,84 Kb.
    bet18/75
    Sana13.01.2024
    Hajmi383,84 Kb.
    #136261
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75
    Bog'liq
    Nazariy materiallar 1-mavzu pedagogik kreativlik mohiyati, mazm-fayllar.org (5)

    Tayyorlanish
    Tenglashtirish, kontent tahlil, koʼnikma va ahamiyatli savollar
    1-yoʼl. Kreativ fikrlash koʼnikmasini shakllantirish
    2-yoʼl. Аmaliy kreativ harakat koʼnikmalarini rivojlantirish
    4-yoʼl. Kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish
    Natija va yutuqlar
    Talabaning kasbiy-ijodiy, kreativ rivojlanishi
    Kreativlik xaritasi
    6. Pedagogik faoliyatni tashkil etishda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan ijodiy foydalanish. Taʼlim jarayonida tobora faol qoʼllanilayotgan zamonaviy vositalardan biri – axborot texnologiyalari sanaladi. Ularning texnik, texnologik imkoniyatlari taʼlim jarayonini qiziqarli, jonli, samarali tashkil etishda pedagoglar uchun nihoyatda qoʼl keladi. Bugungi kunda taʼlimda radio eshittirish, telekoʼrsatuvlar, filmlarni namoyish imkoniyatlari mavjud. Ulardan foydalanish oʼqitish sifatini yaxshilaydi, shaxsning kreativ sifatlari, kasbiy malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
    Аxborot texnologiyalari orasida kompyuterlarning alohida oʼrni bor. Zamonaviy oʼqitishda kompyuter texnologiyasi pedagoglar uchun eng yaqin “yordamchi” boʼlmoqda. Taʼlim jarayonida ulardan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni yuzaga keltiradi:
    1) real ishlab chiqarish faoliyatiga mos keluvchi hajm, psixologik va mantiqiy- tarkibiy tuzilma mohiyatga koʼra oʼquv axborotini toʼla taqdim etilishini taʼminlaydi; 2) oʼquv axborotlarining tezkor yangilanishini inobatga olgan holda ularni taqdim etish tezligini zarur darajada boʼlishiga koʼmaklashadi; 3) oʼquvchilarga bajarilayotgan ish-harakat yoki faoliyat sifati haqidagi maʼlumotni berishda tezkorlikni taʼminlaydi;
    4) ishlab chiqarish ustasiga oʼquvchi faoliyatini nazorat qilish va unga zarur oʼrinlarda maslahat, yoʼnalish hamda koʼrsatmalar berish imkoniyatini yaratadi
    Аxborot texnologiyalarining moslashuvchanlik va interaktivlik xususiyatiga egaligi talabalarning oʼzlashtirish darajasiga bogʼliq holda oʼtilgan mavzuni qaytarish, mavzu ustida ishlashlarni individual tempda amalga oshirish, shuningdek, tabiiy muloqotni imitatsiyalash, yaʼni, elektron darslik matni bilan talaba oʼrtasida muloqot oʼrnatib, soʼrovnoma, verbal, noverbal, ovoz va b. yordamida oʼqituvchi mavjudligini his etish imkoniyatini yaratadi. Bu turdagi texnologiyalar yordamida multimedia mahsulotlari, elektron albom, elektron atlas, raqamli video lavhalar, virtual stendlar, audio va video vizual materiallar, shuningdek, prezentatsiyalar tayyorlash imkoniyati mavjudki, ular taʼlim jarayonining qiziqarli tashkil etilishini taʼminlaydi. Qolaversa, ular vositasida talabalar, pedagoglarning hissiy- estetik tuygʼulari shakllanadi. Bu esa shaxsning kreativligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
    Quyidagi axborot, shu jumladan, kompyuter texnologiyasi yordamida pedagog tomonidan kreativ yondashuv asosida tayyorlanib, taʼlim jarayonida samarali foydalanish mumkin boʼlgan ijod mahsulotlari sanab oʼtiladi.
    Multimedia – bir necha koʼrinishdagi: elektron shakldagi grafik, matnli, raqamli, ovozli, musiqali, video, audio, fotografiya, harakatlanuvchi obrazlar (animatsiyalar) va boshqa axborotlarni
    uzatuvchi kompyuter texnologiyalari uchun taalluqli umumiy tushuncha
    Elektron albom – rasmlar, suratlar, chizmalar va boshqar grafik tasvirlar hamda ularning izohlarini oʼzida aks ettiruvchi elektron shakldagi toʼplam
    Elektron atlas (yun. “Atlas” – birinchi boʼlib, osmon globusini yaratgan afsonaviy Liviya podshosining nomidan) – muayyan oʼquv
    moduli (oʼquv fani) boʼyicha tavsiya etilgan va oʼziga xos grafik tasvirlarga ega boʼlib, oʼquv maqsadlariga koʼra foydalaniladi
    Raqamli video lavhalar – oʼquv moduli (oʼquv fani) boʼyicha bilim, koʼnikma va malakalarni oʼzlashtirishga yordam beradigan maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan 3D oʼlchamdagi zamonaviy oʼquv manbai

    Download 383,84 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75




    Download 383,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja

    Download 383,84 Kb.