|
Shaxs kreativligini rivojlantiruvchi metodlar
|
bet | 16/75 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 383,84 Kb. | | #136261 |
Bog'liq Nazariy materiallar 1-mavzu pedagogik kreativlik mohiyati, mazm-fayllar.org (5)Shaxs kreativligini rivojlantiruvchi metodlar
Quyida mazkur metodlarni qoʼllash imkoniyati “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” fanining negizidan joy olgan “Pedagogika tarixi”41 boʼlimi boʼyicha misollarni keltirish orqali ochib berilgan (keltirilgan misollar oʼz mohiyatiga koʼra shaxs kreativligini rivojlantirishga yordam beradi:
1. Guruhlashtirish. Metodni qoʼllashda talabalar oʼquv materialini mazmunan yoki unda faol qoʼllanilayotgan tayanch tushunchalar asosida guruhlarga ajratib oladilar. Bu usul oʼquv materialining kichik boʼlagida ilgari surilgan gʼoyalarni puxta oʼzlashtirib olish asosida navbatdagi boʼlak matni bilan ishlashga asoslanadi. Guruhlashtirishda dastlabki boʼlak oʼquv materiali mohiyatini chuqur anglamay turib, keyingi boʼlak matni bilan ishlashga yoʼl qoʼyilmaydi. Zaruriyat boʼlsa, har bir boʼlak materiali talabalar tomonidan qayta-qayta oʼrganiladi. Guruhlashtirish reja tuzish usuli uchun dastlabki asos boʼla oladi.
Taʼlim jarayonida talabalarda guruhlashtirish metodini qoʼllash koʼnikma va malakalarini hosil qilishga eʼtibor qaratildi va ular bilan hamkorlikda ishlash uchun guruhlar shakllantirildi.
Misol uchun: Mahmud Qoshgʼariyning pedagogik qarashlarini oʼrganishda yaxlit oʼquv materialini quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
2. Reja tuzish. Talabalarni oʼzlashtirilayotgan mavzu boʼyicha reja tuzishga undash va dastlabki koʼnikmalarni hosil qilish ular tomonidan oʼquv materiali mohiyatini chuqur anglanishiga zamin yaratadi. Binobarin, bu holatda tinglanayotgan (oʼqituvchi hikoyasi) yoki oʼqilayotgan (darslik, qoʼllanma, yordamchi adabiyotlar, Internet materiallar va boshqalar) oʼquv materialini mantiqiy ravishda guruhlarga ajratish va har bir guruhga kiritilgan materialning tub mazmunini ochib berishga xizmat qiluvchi iboralarni ajratish talabadan barqaror diqqat, mantiqiy fikrlash qobiliyatiga ega boʼlishni taqozo etadi. Usulni qoʼllashda shior boʼlgan talab – rejaning har bir bandi uchun belgilanayotgan ibora oʼzida oʼquv materiali muayyan boʼlagida ilgari surilayotgan fikr va qarashlar haqidagi maʼlumotni reja bilan tanishayotgan vaqtdayoq anglata olishi zarur.
Taʼlim jarayonida talabalarda reja tuzish koʼnikma va malakalarini hosil qilishga ham eʼtibor qaratildi va ular bilan hamkorlikda ishlash asosida bir qator mavzular boʼyicha rejalar tuzildi.
M.: Muhammad Sodiq Qoshgʼariyning pedagogik qarashlarini oʼrganish chogʼida talabalar tomonidan rejaning quyidagi tarzda tuzilishi maqsadga muvofiq:
3. Tayanch tushunchalarni aniqlash. Ushbu metodni qoʼllashda talabalar ularning eʼtiborlariga havola etilayotgan oʼquv materialida ilgari surilayotgan fikrlar mohiyatini anglatuvchi asosiy tushunchalarni ajratib koʼrsata olishlari lozim.
Talabalarning tayanch tushunchalarni aniqlay olishlari ularni oʼquv materiali mohiyatini yetarli darajada anglay yoki oʼzlashtira olganliklaridan dalolat beradi. Taʼlim jarayonida talabalarda tayanch tushunchalarni aniqlash koʼnikma va malakalarini hosil qilishga ham eʼtibor qaratildi va ular bilan hamkorlikda ishlash asosida bir qator mavzular boʼyicha tayanch tushunchalar ajratildi.
Misol uchun: sohibqiron Аmir Temurning pedagogik qarashlarini oʼrganish chogʼida talabalarning oʼquv materiali boʼyicha quyidagi tayanch tushunchalarning aniqlay olishlari ularning bu borada muayyan koʼnikmalarga ega ekanliklaridan dalolat beradi:
4. Mavzu ichida kichik mavzularni hosil qilish. Oʼqituvchi talabalar eʼtiborini oʼrganilayotgan oʼquv materialini mazmuniga koʼra mustaqil kichik mavzularga ajratishga qaratadi. Bu usulni qoʼllashdan koʼzlangan asosiy maqsad – talabalarda berilayotgan oʼquv axborotlar orasidan eng muhim fikrlar yoki qarashlarni ajrata olish koʼnikmalarini shakllantirishdan iborat. Binobarin, boʼlajak oʼqituvchilar oʼquvchilarga eng muhim axborotlarni uzata olish qobiliyatiga ega boʼlishlari zarur. Bu holat oʼquvchilarni jismonan toliqishdan saqlaydi.
Taʼlim jarayonida talabalarda mavzu ichida kichik mavzularni hosil qilish koʼnikma va malakalarini hosil qilishga ham eʼtibor qaratildi va ular bilan hamkorlikda ishlash asosida bir qator mavzular boʼyicha mavzu ichida kichik mavzular hosil qilindi.
Misol uchun: Unsurul-Maoliy Kaykovusning pedagogik qarashlarini oʼrganish davrida talabalarni taxminan mavzu ichida quyidagi kichik mavzularni hosil qilishga undash maqsadga muvofiqdir:
I. Unsurul-Maoliy Kaykovus va “Qobusnoma” asarining pedagogik fikrlar taraqqiyoti tarixidagi oʼrni.
II. “Qobusnoma” asarida juvonmardlik ruknlari va odobi toʼgʼrisidagi qarashlarning yoritilishi.
III. “Qobusnoma” asarida bilim olishga boʼlgan munosabatning ifodalanishi.
IV. Аsarida turli kasb egalari ijtimoiy mavqeining baholanishi.
V. “Qobusnoma” asarida axloq tarbiyasi asoslarining bayon etilishi.
VI. “Qobusnoma” asarida ota-onaning oiladagi oʼrni masalalarining tahlil etilishi.
VII. “Qobusnoma” asarida doʼst tutish odobining yoritilishi
5. Turkumlashtirish. Pedagogik bilimlarni muayyan yoʼnalishlar, jihatlar yoki muhim belgilariga muvofiq ajratish ularning talabalar tomonidan maʼlum tizim asosida oʼzlashtirilishiga imkon beradi.
Taʼlim jarayonida talabalarda pedagogik bilimlarni turkumlashtirish koʼnikma va malakalarini hosil qilishga ham eʼtibor qaratildi va ular bilan hamkorlikda ishlash asosida bir qator mavzular boʼyicha pedagogik bilimlar turkumlashtirildi.
M: turkumlashtirish usulidan foydalanish “Pedagogika tarixi”dan Аlisher Navoiyning pedagogik qarashlari oʼrganishda quyidagi andozaga muvofiq qoʼllanilishi mumkin.
4-jadval. Аlisher Navoiyning insoniy sifatlarhaqidagi qarashlari
Insoniy sifatlar haqidagi qarashlar
Maʼnaviy- axloqiy
sifatlar Salbiy
sifatlar Oʼqituvchi va
uning odobi
6. Qayta bayon etish. Oʼrganilgan mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch soʼzlar yordamida oʼquv materiali mazmunini oʼz fikrlari bilan ifodalash. Misol uchun Yan Аmos Komenskiyning pedagogik qarashlarini oʼrganish jarayonida quyidagi tayanch tushunchalar talabalar tomonidan oʼrganilgan mavzu mazmunini qayta bayon etilishiga imkon beradi:
7. Sxemalashtirish. Talabalar oʼrganilgan oʼquv materiali boʼyicha oʼzlashtirgan bilimlarini mavzu mohiyatini yorituvchi sxema, jadval yoki tasvirlar asosida namoyish etadilar.
Taʼlim jarayonida talabalarda sxemalashtirish koʼnikma va malakalarini hosil qilishga ham eʼtibor qaratildi va ular bilan hamkorlikda ishlash asosida bir qator mavzular boʼyicha sxemalar yaratildi. Shuningdek, rasm, shakl va tasvirlarning yaratirilishiga ham erishildi.
M: Аbu Nasr Forobiyning pedagogik qarashlarini oʼrganish chogʼida talabalarning quyidagi tarzda sxemalarning ishlay olishlari kutilgan maqsadga erishilganlikni ifodalaydi:
8. Mavjud tushunchalarni boyitish. Mavzu boʼyicha oʼzlashtirilgan mavjud tushunchalarga mazmunan yaqin boʼlgan pedagogik yoki psixologik terminlarni qoʼshish. M: “Soʼfiylik taʼlimotida yetuk inson muammosining talqin etilishi” mavzusini oʼrganish chogʼida oʼquv materialining mohiyatini quyidagi tushunchalar yordamida yetarli darajada anglash mumkin:
Ushbu tushunchalar mohiyatini oʼrganish asosida talabalar qoʼshimcha ravishda komil inson, komillikning ijtimoiy ahamiyati, ijtimoiy omillarning shaxs kamolotiga taʼsiri kabi tushuncha va iboralarni ham oʼzlashtirish imkoniyatiga ega boʼladilar.
9. Pedagogik vaziyatlarni hal qilish. Oliy taʼlim muassasalari talabalarida pedagogik tafakkur va kreativlik sifatlarini shakllantirishda ularning turli pedagogik vaziyatlar yechimlarini topish layoqatiga ega boʼlishlariga alohida eʼtibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagicha ish koʼrildi:
1) talabalar turli mazmundagi pedagogik vaziyatlar bilan tanishtirildi;
2) ularning taqdim etilgan pedagogik vaziyat yuzasidan mushohada yuritishlariga imkon berildi;
3) muayyan talabaning pedagogik vaziyatlarning ijobiy yechimlarini
topish borasidagi shaxsiy qarashlari tinglanib, auditoriyada pedagogik vaziyat yechimining qay darajada toʼgʼri ekanligiga baho berildi
Talabalarning pedagogik vaziyatlar yechimini topishlarida L.V.Zanina hamda N.P.Menshikovalarning gʼoyalariga tayanishlari tavsiya etildi. Yaʼni, ular bu jarayonda:
1) dastlab pedagogik vaziyat yechimini topishga yordam beruvchi bir necha farazlarni ilgari surishlari;
2) harakat yoʼnalishlari, faoliyat turlari, shuningdek, pedagogik taʼsir yoki tarbiya metodlarini belgilashlari;
3) ularning natijaviyligini taxmin qilishlari;
4) echimni topishga yoʼnaltirilgan faoliyatning bir necha variantlarini ishlab chiqishlari;
5) samarali usullarni tanlashlari;
6) maqbul tashkiliy shakllarni belgilashlari mumkinligi taʼkidlab oʼtildi
|
| |