|
Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja
|
bet | 21/75 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 383,84 Kb. | | #136261 |
Bog'liq Nazariy materiallar 1-mavzu pedagogik kreativlik mohiyati, mazm-fayllar.org (5)Nazorat savollari:
1. Pedagoglarning kreativlik sifatlariga egaliklarini qanday metod va vositalar yordamida aniqlash mumkin?.
2. Pedagoglarda kreativlik sifatlarning rivojlanishi qanday bosqichlarda kechadi?
3. Qanday metodni pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi?
4. Patti Drapeau tomonidan talabalarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan qanday vosita taklif etilgan?
5. Pedagogik faoliyatni tashkil etishda axborot texnologiyalari yordamida qanday ijodiy mahsulotlarni yaratish mumkin?
7-MАVZU. DIDАKTIK TАMINOTNI YARАTISHGА KREАTIV YONDАSHISH
Reja:
1. Kreativ yondashuv asosida oʼquv dasturlari va oʼquv manbalarini yaratish.
2. Oʼquv materiallarini tayyorlashga kreativ yondashuv va ularni samarali tayyorlash tamoyillari.
3. Oʼquv mashgʼulotlar uchun didaktik ishlanmalar tayyorlashga qoʼyiladigan zamonaviy talablar.
Tayanch tushunchalar: oʼquv dasturlari, oʼquv manbalari, oʼquv materiallari, tamoyillar, oʼquv materiallarini samarali tayyorlash tamoyillari, didaktik ishlanmalar, didaktik ishlanmalarni tayyorlashga qoʼyiladigan talablar.
1.Kreativ yondashuv asosida oʼquv dasturlari va oʼquv manbalarini yaratish. Bir qarashda taʼlim jarayonini kreativ gʼoyalar asosida tashkil etish oʼquv dasturida belgilangan talablardan chetga chiqishdan tasavvur qoldiradi. Biroq, kreativlik, ijodiy yondashish oʼquv mashgʼulotlarini mavjud DTSga moslashtiradi. Qolaversa, oʼqituvchilardan oʼqitish jarayoniga nisbatan kreativ, ijodiy yondashuvni taʼminlashga xizmat qiladigan metod, usul va vositalar mashgʼulotlarni metodik jihatdan samarali, toʼgʼri olib borilishini taʼminlaydi.
Pedagogik nuqtai nazardan taʼlim mazmunini shakllantirish quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi
Taʼlim mazmunini shakllantirish bosqichlari
Oʼquv materialini oʼzlashtirish bosqichida taʼlim mazmunining oʼquv modul (fan)lari boʼyicha yaratilgan DTS, oʼquv rejasi va oʼquv dasturi kabi meʼyoriy hujjatlar, shuningdek, oʼquv manbalari (darslik, oʼquv va metodik qoʼllanma, yoʼriqnoma, tavsiyanoma va kabilar)da aks etishi taʼminlanadi.
Taʼlim mazmuni davlat taʼlim standarti, oʼquv rejalari mazmunida namoyon boʼladi.
Taʼlim mazmuni oʼquv dasturlarida yanada batafsil yoritiladi.
Dasturda koʼrsatilgan bilim, malaka va koʼnikmalarni oʼquvchilar tomonidan toʼla oʼzlashtirilishi oʼqitish jarayoni muvaffaqiyati va samaradorligini belgilovchi mezonlar sanaladi.
Pedagoglarda ham kreativlik sifatlarining toʼlaqonli namoyon boʼlishi oʼquv dasturlari bilan ishlashda ham koʼzga tashlanadi. Oʼquv dasturlari orasida mualliflik oʼquv dasturlari pedagogning kreativlik sifatlari, kasbiy faoliyatni tashkil etishga boʼlgan ijodiy yondashuvi, taʼlim sifati hamda samaradorligini oshirish yoʼlida tashkil etayotgan kasbiy-ijodiy faoliyati mazmunini oʼzida toʼlaqonli ifoda eta oladigan taʼlimiy xarakterdagi dasturdir.
Bu turdagi dasturlarlar ham davlat taʼlim standartlari talablarini hisobga olgan holda oʼquv fani qurilishining oʼzgacha shaklda boʼlishi, oʼrganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan muallif nuqtai nazarining aks etishi bilan boshqa oʼquv dasturlaridan farqlanadi. Bu turdagi dasturlar tegishli fan sohasi boʼyicha faoliyat olib borayotgan pedagog, psixolog, metodistlarning tashqi taqrizlariga ega boʼlishi va taʼlim muassasalarining Pedagogik kengashlari tomonidan tasdiqlanishi zarur. Mualliflik oʼquv dasturlarini ishlab chiqishda pedagog erkin, mustaqil ravisha oʼzining kreativlik layoqatini toʼla namoyon etish imkoniyatiga ega. Odatda mualliflik oʼquv dasturlaridan talabalarning erkin tanlovi boʼyicha (majburiy yoki maxsus) kurslar tashkil etishda, toʼgaraklar, ilmiy jamiyatlar, “Fan klublari”, texnik va badiiy ijodiyot markazlari faoliyatida samarali qoʼllaniladi.
Qolaversa, oʼquv fanining mazmunini shakllantirishda har bir pedagog
15 foiz miqdorda ijodiy yondashgan hola unga oʼzgartirish kiritish imkoniyatiga ega. Binobarin, oʼquv dasturlarining innovatsion, kreativ xarakter kasb etishi talabalarda taʼlim olishga qiziqishni kuchaytiradi, ularning oʼquv-bilish faoliyatining faollashuvini taʼminlaydi.
Taʼlim mazmuni va oʼquv dasturlari oʼquv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va oʼquv qoʼllanmalari kiradi.
Oʼquv adabiyotlari orasida darslik alohida oʼrin tutadi.
Oʼquv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar maqsadga muvofiq holda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim Vazirligi tomonidan barcha akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari (universitet, akademiya)lar uchun tavsiya etiladi. Gʼoyaviy va metodik jihatdan mukammal boʼlgan darslik taʼlim mazmuniga qoʼyiladigan barcha talablarga javob bera olishi, talabalarning ehtiyojlarini qondira olishi, qiziqishini oshirishi, bilim, koʼnikma va malakalarini boyitishi zarur. Darslikda bayon etilayotgan oʼquv axborotlari loʼnda, tushunarli va vizual boʼlishi, talabalarning estetik ehtiyojlariga mos kelishi kerak.
Darslik barqaror, puxta asoslangan tarkibiy tuzilmaga ega boʼlishi lozim. Mohiyatan darslik barqarorligiga koʼra mustahkam asosga ega, mobilligiga koʼra asosiy tuzilmaga dahl etmagan holda yangi bilimlarni tezlikda kiritish imkoniyatini namoyon etadi. Ularga qoʼyiladigan talablar turlicha boʼlsa-da, ular orasida umumiy xususiyatga ega talablar koʼp. Yetakchi xorijiy mamlakatlarda muqobil darsliklarning nashr etilishiga alohida eʼtibor qaratiladi. Buning boisi pedagog va talabalarga ular orasidan oʼzlari uchun eng maqbul, amaliy ahamiyatga ega boʼlganlarini tanlab olish imkoniyat yaratishdir. Respublikamizda, muqobil darsliklarni yaratishda faollik bir qadar sust boʼlgani holda muqobil yordamchi adabiyotlar (oʼquv, metodiv va oʼquv-metodik qoʼllanmalar)ni yaratish borasida pedagoglar faollik koʼrsatishmoqda.
Taʼlim mazmuni oʼquv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli oʼquv qoʼllanmalari: adabiyot va tarix xrestomatiyalari, maʼlumotnomalar, matematika, fizika, ximiya boʼyicha masalalar toʼplamlari, georafiya, biologiya boʼyicha atlaslar, til boʼyicha mashqlar toʼplamlari va b.da ochib beriladi. Oʼquv qoʼllanmalari darslikning baʼzi tomonlarini kengaytiradi va aniq masalalarni hal etish maqsadiga ega boʼladi (axborot, mashq qilish, tekshirish)46.
Oʼquv va tarbiyaviy ishlar dasturlarini yaratishda maʼlum tamoyillar asosida ish yuritiladi. Аyni vaqtda pedagogika amaliyotida M.Karne tomonidan asoslangan tamoyillarga rioya etilmoqda
“Kreativlik oʼquv-bilish faolligi sifatida ham tahlil etilishi mumkin. Binobarin, baʼzi oʼquvchilar tanqidiy, tahliliy yoki ijodiy fikrlashni, boshqalar esa aniq maʼlumotlarga asoslangan bilimlarga ega boʼlishni afzal koʼradi, uchinchi guruh vakillari esa tabiatan kreativ va tanqidiy fikrlashga moyil boʼladi. Shunga asoslangan holda oʼqituvchilar har bir talabaning qiziqishi, qobiliyati, moyilligi, shuningdek, ularning oʼquv-bilish uslubidan kelib chiqqan holda” (Tomlinson, 1999) taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, oʼquv manbalarini shakllantirishni oʼz oldilariga maqsad qilib qoʼya olishlari kerak.
Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativligi yana bir holatda – elektron axborot-taʼlim resurslari (EАTR)ni yaratishda yaqqol namoyon boʼlmoqda.
EАTR bosma oʼquv-metodik majmualar kabi oʼzining tarkib asosiga ega boʼladi. Ushbu tarkibiy asos bir nechta elementlarni qamrab oladi. EАTRning tarkibiy asosi quyidagi elementlardan tarkib topadi.
1) taʼlimiy vazifalarni shakllantirish;
2) oʼquv materiali mazmunini bayon qilish;
3) bilimlarni qabul qilishni tashkil etish;
4) qaytar aloqa;
5) talabalarning bilish faoliyatini nazorat qilish;
6) talabalar oʼquv-bilish faoliyatini tashkil etishning navbatdagi bosqichiga tayyorgarlik koʼrish (talabalarni mustaqil taʼlim olishga, qoʼshimcha oʼquv adabiyotlarini mustaqil oʼqib-oʼrganishga yoʼnaltirish)
2. Oʼquv materiallarini tayyorlashga kreativ yondashuv va ularni samarali tayyorlash mezonlari. Taʼlim jarayonidagi kreativlik talabalarda oʼqishga qiziqishlarini orttiruvchi kreativ savollar tuzish, turli rasm, tasvir, jadval, diagramma, ramziy ifodalardan foydalanish, taʼlim oluvchilarga bayon etilayotgan oʼquv axborotlari bilan mutlaqo aloqasi boʼlmagan gʼoyalar oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliqlilikni topish kabi vazifalarni berish, kichik kichik guruhlarda ishlashlarini taʼminlash kabi harakatlarda aks etadi.
Oʼqituvchilar tomonidan talabalarning kreativ fikrlashlariga erishish, oʼquv-bilish faoliyatlarida ijodiy mahsulotlarni yaratishlarini taʼminlashga undash, ragʼbatlantirish qanday natijalarga olib kelgan boʼlardi? Xuddi shu holat oʼqituvchilar izlayotgan hodisa boʼlmasmidi?49.
Maʼlumki, taʼlim mazmunini ochib berishga yoʼnaltirilgan oʼquv materiallari bir nechta turga ajratiladi. Ular:
Oʼquv materiallari talabalarning umumiy va kasbiy bilimlarini boyitish bilan birga ularda dunyoqarashni boyitish, tasavvurni kengaytirish, ijtimoiy va tabiiy borliqqa ijobiy munosabatni shakllantirishga ham xizmat qilishi zarur. Shu sababli pedagoglar oʼquv materiallarini tayyorlashga ijodiy yondashish bilan birga muayyan tamoyillarga rioya etishlari zarur. Yaʼni:
Ushbu tamoyillarga muvofiq tayyorlanadigan oʼquv materiallari mutaxassislik yoʼnalishi va ixtisoslik sohasidan qatʼiy nazar barcha talabalarning ehtiyojlarini toʼla qondira oladi.
3. Oʼquv mashgʼulotlar uchun didaktik ishlanmalar tayyorlashga qoʼyiladigan zamonaviy talablar. Shaxsda kreativ fikrlash koʼnikmalarini rivojlantirish uchun, eng avvalo, ularda tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirish talab etiladi. Oʼquv materiallarini talabalarga taqdim etishda savolning “Аgarda ...?” deb qoʼyilishi topshiriqlarni bajarish jarayonida ularning ham obʼektiv, ham subʼektiv fikrlash koʼnikmalarini samarali oʼzlashtirishlarini taʼminlaydi. Ken Robinson (2011 y.) taʼkidlaganidek, kreativlik talabalarda “nafaqat yangi gʼoyalarni ilgari surishini taqozo etishi, balki oʼquv masalalari boʼyicha qarorlar qabul qilish, tahlil etish koʼnikmalarini ham shakllantira olishi lozim.
Kreativlik jarayoni boshlangʼich gʼoyalarni ishlab chiqish, ularni tadqiq qilish va tahlil etish, zarur boʼlsa ulardan voz kechishni ham oʼz ichiga oladi. Аyni oʼrinda shuni ham aytib oʼtish joizki, taʼlim jarayoniga nisbatan kreativ yondashuv taʼlim olish, oʼquv fanlari asoslarini oʼzlashtirishga nisbatan qiziqishi susaygan talabalar bilan ishlash maqsadida emas, balki barcha talabalar bilan jonli, qiziqarli, joʼshqin muloqotga kirishish, ularni faollikka undash uchun qoʼllaniladi. Qolaversa, kreativ xarakterga ega mashgʼulotlarni nafaqat sanʼat, madaniyat sohalari yoʼnalishlarida, shu bilan birga barcha istalgan soha (biznes, iqtisodiyot, huquq, pedagogika, psixologiya, qurilish, qishloq xoʼjaligi, muhandislik, sanoat va b. sohalar) boʼyicha taʼlim olayotgan talabalar bilan ishlash jarayonida ham birdek samarali tashkil etish mumkin.
Oʼqituvchilar, shuningdek, taʼlim jarayoniga nisbatan kreativ yondashishda nafaqat oʼquv fanlarini oʼzlashtirishda yuqori natijalarga erishayotgan, kreativ fikrlashda ijobiy holatlarni qayd etayotgan talabalarga, balki koʼproq eʼtiborni talab etadigan, ijodiy, kreativ fikrlash layoqatiga ega boʼlmagan taʼlim oluvchilarga ham birdek eʼtiborni qaratishlari zarur.
Taʼlim jarayonini tashkil etishda oʼquv materiallarining maqsadga muvofiq, gʼoyaviy mazmunga ega va sifatli tayyorlanishi muhim ahamiyatga ega. Oliy taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan oʼquv mashgʼulotlari uchun uch turdagi didaktik materiallar tayyorlanadi:
Turlari
Oʼquv materiallari mohiyatini yorituvchi oʼquv axborotlari majmui (ogʼzaki bayon etiladigan va vizual namoyish etiladigan maʼlumotlar)
Oʼquv topshiriqlari mazmunini yorituvchi didaktik materiallar (ogʼzaki va yozma xarakterdagi oʼquv topshiriqlari)
Pedagoglarning oʼquv mashgʼulotlari uchun didaktik materiallarni tayyorlashda quyidagi zamonaviy talablarga muvofiq ish koʼrishlari
kutilgan taʼlimiy natijaning qoʼlga kiritilishi uchun zarur sharoitni vujudga keltiradi:
aniq maqsadga yoʼnaltirilgan boʼlishi;
talabalarning ehtiyoj va qiziqishlariga muvofiq tayyorlanishi; oʼquv axborotlarining asoslanganligi;
talabalarning oʼquv-bilish faoliyatini faollashtirish imkoniyatiga egalik;
talabalarni juftlikda, kichik guruhlarda faol ishlariga uchun sharoit yaratish; talabalarda mustaqil, ijodiy, tanqidiy va
kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish; zamonaviy ahamiyat kasb etishi;
estetik jihatdan sifatli boʼlishi;
noaniq tushuncha va iboralardan holi boʼlishi; aniq natijani kafolatlay olishi;
turli vaziyatlarda qoʼllay olish imkoniyatiga egalik; mavjud BKMni mustahkamlashga xizmat qilishi va b.
Oʼquv mashgʼulotlari uchun didaktik materiallarni tayyorlashda pedagoglar oʼquv manbalari (darslik, oʼquv, metodik va oʼquv-metodik qoʼllanma, yoʼriqnoma, tavsiyanoma, lugʼat, entsiklopediya, atlas, ish daftari, xrestomatiya kabi bosma nashrlar, shuningdek, Internet materiallari, EАTR kabi elektron axborot manbalaridan olingan maʼlumotlardan maqsadli, samarali foydalanishlari mumkin. Bu oʼrinda olingan maʼlumotlarning ishonchliligi muhim. Shu sababli pedagoglar didaktik materiallarni tayyorlashda oʼquv axborotlarining ishonchli ekanligiga eʼtiborni qaratishlari zarur. Binobarin, ilmiy asosga ega dalillar bilan boyitilgan didaktik materiallar talabalarning umumiy va kasbiy rivojlanishini taʼminlashda oʼziga xos ahamiyat kasb etadi.
Demak, pedagoglarning oʼquv dasturlari va oʼquv manbalarini yaratishga nisbatan kreativ yondashuvlari talabalarning umumiy rivojlanishi hamda kasbiy shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Taʼlim jarayonining muvaffaqiyati pedagog tomonidan taqdim etilayotgan oʼquv materiallarining qay darajada sifatli tayyorlanishiga ham bogʼliq. Shu sababli pedagoglar oʼquv materiallarini tayyorlashga kreativ yondashishlari talab etiladi. Bunda ular oʼquv materiallarini samarali shakllantirishda gʼoyaviylik, ilmiylik, vizuallik, tizimlilik, oʼquv axborotlarining izchil bayon etilishi, oʼquv axborotlari oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliqlik, talabalarning yosh xususiyatiga mosligi, amaliy ahamiyatga egalik, aniq maqsadga yoʼnaltirilganlik hamda estetik talablarga muvofiqlik kabi tamoyillarni inobatga olishi oʼquv jarayonining sifatli, metodik jihatdan toʼgʼri tashkil etilishini taʼminlaydi. moyillarni inobatga olishlari zarur. Oʼquv mashgʼulotlar uchun didaktik ishlanmalar tayyorlashda ham pedagoglar zamonaviy talablar.
|
| |