Banklararo hisob-kitoblarning hisobi Bajardi: sbha-89, To’raboyev O




Download 1.3 Mb.
bet1/3
Sana14.12.2023
Hajmi1.3 Mb.
#118416
  1   2   3
Bog'liq
Banklarda B H Ozodbek
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2

Banklararo hisob-kitoblarning hisobi

Bajardi: SBHA-89, To’raboyev O.

Qabul qildi: Boymaxmadov A.


MUSTAQIL ISH

Reja:

  • 1-§. Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni va ularning rivojlanishi
  •  
  • 2-§.Banklararo hisob-kitoblarning tashkil hisobvaraqlari orqali bonkturning munosabatlari etilishi, vakillik
  •  
  • 3-§. Elektron to'lov tizimining joriy etilishi
  •  
  • 4-§. Hisob-kitob markazlari ishining tashkil etilishi

Hozirgi kunda respublikamiz bank tizimi o'z ichiga bir necha turdagi banklami oladi. Bular aktsiyador, xususiy, qo'shma, impoteka va davlat banklaridir. Bu tijorat banklarining har biri turli mulkchilik shakllariga tegishli bo'lgan korxona, tashkilot, muassasalarga hamda yuridik maqonga ega bo'lmagan tadbirkorlar va Jismoniy shaxslarga xizmat ko'satadi. Banklar tomonidan xalq xo'jaligiga xizmat ko'rsatish jarayonida banklararo munosabatlar vujudga keladi. Banklararo munosabatlar banklararo hisob-kitoblar (obororlar) orqali olib boriladi. Banklararo oborotlarning mazmuni shundan iboratki, bir bank xizmatidan foydalanuvchi korxonaning talab qiluvchiga saqlanadigan hisobvarag'idan boshqa hisobvarag'iga hujjatda ko'rsatilgan summa buxgalteriya yozuvlari orqali o'tkaziladi.
Demak, bir birlari bilan hisob-kitoblarni yurituvchi korxonalarining hisobvaraqlari turli banklarda joylashganligi ikkita bank o'rtasidagi hisob kitoblarni yuzaga keltiradi. Agar o'zaro aloqada bo'lgan korxonalarning har ikkisi bitta bank xizmatidan foydalansalar, u holda banklararo oborotlar vujudga kelmaydi. Unda pul o'tkazish operatsiyalari bir bankning o'zida amalga oshiriladi.
Bank ishining asosiy yo'nalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish va mijozlarga kredit-hisob xizmati ko'rsatishni amalga oshirish hisoblanadi.
Bank qimmatbaho qog'ozlarni saqlash, saqlashga o'tkazilgan qimmatbaho qog'ozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham ko'rsatadi.
Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga ko'ra hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat ko'rsatadi: markaziy (emissiya) banki va tijorat banki.
Hozirgi payıda tijorat banklari o'rtasidagi banklararo hisob-kitoblar Markaziy bank orqali o'tkaziladi. Buning uchun Markaziy bank qoshidagi Hisob-kitob markazlarida alohida tranzit hisobvaraqlari ochilgan.
Bunday tranzit hisobvaraqlari tijorat banklarining hech birida yuritilmaydi. Lekin tijorat banklari o'zlarining banklararo munosabatlarini olib borish uchun Hisob-kitob markazida vakillik hisob-varag'ini ochishlari lozim.
Tijorat bankining vakillik hisobvarag'i ikki xil ochilishi mumkin.
Hududiy boshqarma tijorat banklarining barcha bo'limlari uchun markaziy bank hududiy bosh boshqarmasida mintaqa bo'yicha yagona vakillik hisobvarag'i ochadi. Har bir bo'limga esa alohida subhisobvaraqlari ochiladi;
Tijorat bankining har bir bo'limi uchun alohida Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasida vakillik varag'i ochiladi.
Vakillik hisobvaragi ochilayotganda chilayotganda Markaziy bankning xududiy bosh boshqarmasi o'rtasida vakillik munosabatlari to'g'risida shartnoma tuziladi. Tijorat banki vakillik hisobvarag'i ochilishini rasmiylashtirish uchun hududly boshqarmaga hisobvaraq ochish to'g'risidagi ariza, bank ustavining notarial tasdiqangan nusxasi, imzolar va muxr izi tushirilgan varaqlarining notarial tasdiqlangan nusxasi va bosh bank arizasi yoki iltimosnomasi taqdim etiladi.
Vakillik hisobvarag'i Markaziy bank farmoyishiga ko'ra ochiladi. Vakillik hisobvaraqlari nomerini va bank kodini Bank Depozitiari Milliy Axborot Bazasi (BDMAB) belgilaydi. Vakillik hisobvarag'i ochish to'g'risidagi farmoyish tijorat banki hududiy boshqarmasi va bo'limiga, uning nusxasi Respublika Markazly bankning tegishli xududiy bosh boshqarmasi ga jo'natiladi.
Shunday qilib, bankning vakillik hisobvarag'l bu-tijorat bankiga O'zbekistan Respublikasi Markaziy banki hududiy bosh boshqarmalarining hisob-kitob markazlarida ochilgan hisobvarak boʻlib, u banklararo hisob-kitoblarini o'tkazishga mo'jallangandir.
Vakillik hisobvarag't ham boshqa hisobvaraqlar singari 20 razryaddan iborat. Hisob-kitob markazida vakillik hisobvaraqlari tijoart banklariga hamda hisob- kassa markazlariga ochiladi. Boshka banklarga ochilgan vakillik hisobvaraqlai 21302- balans hisobraqami bo'yicha, hisob-kassa markazlariga ochilgan vakillik hisobvaraqlari 21304-balans hisob raqami orqali olib boriladi.
. Masalan: Parvina bankining Toshkent shahar bo'limi Toshkent hisob-kitoblar Markazida asosiy vakillik hisobvarag'ini ochgan. Uning BDMAB tomonidan berilgan kodi 00410. Parvina banki Toshkent shahar bo'limining vakillik hisobvarag'i nomeri
quyidagicha bo'ladi.
21302000K00000410001
bunda:
1. 21302 RXIV Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlariga to'lashga» deb nomlangan balans hisobvarag'i nomeri.
2.000 valyuta kodi, bu 3 ta nol vakillik hisobvarag'ining so'm da yuritilishini bildiradi.
3. K-nazorat kaliti
4. 00000410-bankning unikal kodi. Parvina banki bo'limining Toshkent shahar kodi 00410 Lekin har bir hisob varakda unikal kod uchun 8 ta raqam ajratilgani sababli, bu kod nollar bilan to'ldiriladi.
5. 001-ushbu bank hisobvarag'ining tartib nomeri
Har bir bankning o'zi ham vakillik hisobvarag'ini yuritadi. Bu hisobvaraq bank balansining aktiv qismida yuritilib, bankning ichki vakillik hisobvarag'i deb nomlanadi. Ichki vakillik hisobvarag'i 10301 balans hisobvarag'ida yuritiladi. Tijorat bankining Hisob-kitob markazida ochilgan vakillik hisobvarag'l tashqi vakillik hisobvarag't deb yuritildi. To'lovni amalga oshirish uchun asosiy mezon operatsion kunning boshida ichki va tashqi vakillik hisobvaraqlaridagi oborotlarning va qoldik mablag'larining bir-biriga mos kelishi hisoblanadi. To'lovning eng katta summasi cheklanmagan. Har kuni ertalab hisob markazi tomonidan berilgan tijorat banki hisobvarag'idan ko'chirmasi tijorat banki tomonidan tasdiqlangandan so'ng ushbu hisobvaraq bo'yicha yangi kun operatsiyalari boshlanadi
O'zbekiston Respublikasining bozor munosabarlariga o'tishi bilan bank tizimida bir qator o'zgarishlari bo'lib o'tdi. Ikki pog'onali bank tizimi paydo buldi. Tijorat banklarining shoxobchalari kengaytirildi. Bundan tashqari, turli mulkchilik shakllarining paydo bo'lishi banklar o'rtasidagi munosabatlarning ko'payishiga olib keldi. Shu munosabatlar bo'yicha hisob-kitoblarni o'z vaqtida tezkorlik bilan amalga oshirish uchun yangi avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish zarurati tog'ildi.
Ilgari pochta yoki telegraf orqali to'lov hujjatlari bir bankdan ikkinchi bankka jo'natilganda to'lovlar bir necha kunga, xato 15-20 kunga cho'zilib ketar edi. Bundan tashqari, noqonuniy avizolarni jo'natish hollari ham kuzatilgan edi. Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida yangi to'lovlar tizimini joriy etish masalasi kam tartibiga qo'yildi. Vazirlar Mahkamasining 1994 yilning 18 martidagi 146-sonli «Bank tizimini rivojlantirish va pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlari haqidagi qarorida banklararo hisob-kitoblarni yaxshilash bilan bog'liq bo'lgan bir qator vazifalar belgilab berilgan edi. Ular quyidagilardir:
Kompyuter markazlarini joriy etish; UZ
1. 2. Elektron pochta tizimini Ishlab chiqish va jarly etish;
3. Hisob ishlarini avtomatlashtirish;
4. Noqonunly hisob-kitob operatsiyalarini o'tkazishning oldini olish; 5. Noqonuniy avizo-ogohnomalarni rasmiylashtirishga yo'l qo'ymaslik.
1995 — 96-yillarda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. O'zRning „O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi (1995-yil 21- dekabr) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini to'ldiribgina qolmasdan, O'zbekiston Respublikasi markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi.
O'zRning „Banklar va bank faoliyati to'g'risida" 1996-yil 25- apreldagi yangi Qonuni esa tijorat banki faoliyatining barcha huquqiy asoslarini xalqaro standartlar darajasida belgilab berdi.
Elektron to'lovlar ishtirokchilari O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axborotlash markazlari va hisob-kitob markazlaridir. Elektron to'lovlar tizimidan foydalanuvchilar hisob-kitob kassa markazlari va tijorat banklaridir. Elektron to'lovlar tizimi ishtirokchilari va foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari
Har bir bank elektron to'lovlar tizimiga ko'shilishi uchun avvalo Respublika Markaziy bankida ro'yxatga olingan hamda BDMAB tomonidan unikal kod berilgan bo'lishi lozim. Shu bilan birga ushbu bank elektron to'lovlar tizimiga chiqish imkoniyatini beradigan tegishli dasturiy majmuaga ega bo'lishi lozim. Shundan so'ng, bank elektron to'lovlar tizimiga ulanguncha Axboratlashtirish bosh markazi xodimlari yordamida ma'lumotlarni qabul qilish, uzatish bo'yicha bir necha sinov tajribalarini o'tkazish yo'li bilan bank tayyorgarligining haftalik tajriba tekshiruvi o'tkaziladi. Bunday tajriba tekshiruv ishlari ijobiy natija olguncha davom ettiriladi.

Bir hudud ichida banklararo hisob kitoblar bu bir hisob kitob markazida ochilgan vakillik hisobvarag'iga ega bo'lgan banklar orasidagi hisob-kitoblardir. Hudud ichidagi banklararo hisobkitoblarni o'tkazish uchun 27416 balans hisobvarag'i ajratilgan. 27416 hisobvarag'ining nomi «Bir hisob kitoblar Markazi ichidagi o'zaro hisob kitoblardir. Bir hisob-kitob markazida xizmat ko'rsatadigan banklarning barcha elektron to'lov hujjatlari 27416-balans hisobvarag'ida hamda tijorat banklarining vakillik hisobvarag'ida aks ettiriladi. Tijorat banklaridan elektron hujjatlarni qabul qilib olgan hisob-kitob markazi ularni banklar bo'yicha saralaydi. Bu hujjatlarning o'zi alohida debet va kredit hujjatlariga bo'linadi. Shundan keyin debet hujjatlari bo'yicha alohida, kredit hujjatlari bo'yicha alohida buxgalteriya yozuvlari o'tkaziladi. Debet hujjatlari bo'yicha dastlab quyidagi provodka o'tkaziladi.

  • Bir hudud ichida banklararo hisob kitoblar bu bir hisob kitob markazida ochilgan vakillik hisobvarag'iga ega bo'lgan banklar orasidagi hisob-kitoblardir. Hudud ichidagi banklararo hisobkitoblarni o'tkazish uchun 27416 balans hisobvarag'i ajratilgan. 27416 hisobvarag'ining nomi «Bir hisob kitoblar Markazi ichidagi o'zaro hisob kitoblardir. Bir hisob-kitob markazida xizmat ko'rsatadigan banklarning barcha elektron to'lov hujjatlari 27416-balans hisobvarag'ida hamda tijorat banklarining vakillik hisobvarag'ida aks ettiriladi. Tijorat banklaridan elektron hujjatlarni qabul qilib olgan hisob-kitob markazi ularni banklar bo'yicha saralaydi. Bu hujjatlarning o'zi alohida debet va kredit hujjatlariga bo'linadi. Shundan keyin debet hujjatlari bo'yicha alohida, kredit hujjatlari bo'yicha alohida buxgalteriya yozuvlari o'tkaziladi. Debet hujjatlari bo'yicha dastlab quyidagi provodka o'tkaziladi.
  • Debet 27416
  • Kredit 21302
  • Bir vaqtning o'zida quyidagi javob provodkasi o'tkaziladi.
  • Debet 21302 TB BRXIV.UZ Kredit 27416
  • Bu ikki yozuv orqali biz 27416 hisobvarag'ining tranzit hisob varaq ekanligi va bir vaqtning o'zida yopilishini ko'rishimiz mumkin.
  • Hisob-kitob Markazlariga tijorat banklariga tushadigan hujjatlarning asosiy qismi kredit hujjatlaridir. Kredit hujjatlari bo'yicha ham hisob-kitob Makazlarida buxgalteriya yozuvlari o'tkazilib ular quyidagilardir.
  • Bir tijorat bankining vakillik hisobvarag'ida pul mablag'larining ko'payishi bo'yicha:
  • Debet 21302 TB «A»
  • Kredit 27416
  • Ikkinchi tijorat bankining vakillik hisobvarag'ida pul mablag'larining kamayishi bo'yicha: Debet 27416
  • Kredit 21302 «В

Tijorat banklarining vakillik hisobvarag'idan mablag'larni hisobdan chiqarish va vakillik hisobvarag'iga mablag'larni o'tkazish har bir kelib tushgan yozuvning qayta ishlash jarayoni bilan bir vaqıda amalga oshiriladi, shuning uchun barcha to'lov hujjatlari bir vaqtning o'zida 27416 hisobvarag'ining ham debeti ham krediti bo'yicha aks ettiriladi.

  • Tijorat banklarining vakillik hisobvarag'idan mablag'larni hisobdan chiqarish va vakillik hisobvarag'iga mablag'larni o'tkazish har bir kelib tushgan yozuvning qayta ishlash jarayoni bilan bir vaqıda amalga oshiriladi, shuning uchun barcha to'lov hujjatlari bir vaqtning o'zida 27416 hisobvarag'ining ham debeti ham krediti bo'yicha aks ettiriladi.
  • Bu hol har bir operatsiya bo'yicha va mos ravishda kun yakunlari bo'yicha 27416 hisobvarag'ining avtomatik ravishda yopilishiga olib keladi, ya'ni hisob varak qoldigi nolga teng bo'ladi 27416-hisob raqamining 0 ga yopilishi bir hisob- kitoblar Markaziga qarashli tijorat banklari o'rtasida hisob kitoblaming muvaffaqiyatli yakunlanganligini yakunlanganligini ko'rsatadi
  • Bir hudud ichidagi barcha to'lovlar tijorat banklarining vakillik hisobvarag'l bo'yicha chiqariladigan ko'chirmalarda 27416 shaxsiy javob varaqda va hudud ichidagi o'tkazmalar jurnalida aks ettiriladi. Ularni kun oxirida majburiy tartibda
  • beriladi. Hudud ichidagi banklararo hisob kitoblar taqqoslanmaydi, lyokin ular bo'yicha hisob tuzib boriladi. Markaziy bankka beriladigan hisobot uchun hudud ichidagi to'lovlar bo'yicha 606 shakldagi tuzilgan hisobot Toshkent shahri axboratlashtirish bosh markaziga topshiriladi. Unda kun bo'yicha hisob-kitob markazidan o'tadigan hudud ichidagi debet va kredit oborotlarining umumiy summasi va soni ko'rsatiladi.

Download 1.3 Mb.
  1   2   3




Download 1.3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Banklararo hisob-kitoblarning hisobi Bajardi: sbha-89, To’raboyev O

Download 1.3 Mb.