• II.BOSHLANG`ICH SINFLARDA MATEMATIKADA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISHNING MAQSADI
  • Boshlangʻich sinf matematkasi darslarida sinfdan tashqari ishlarini tashkil etish reja: Kirish




    Download 35.61 Kb.
    bet1/5
    Sana02.02.2024
    Hajmi35.61 Kb.
    #150400
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Boshlangʻich sinf matematkasi darslarida sinfdan tashqari ishlar-fayllar.org
    handbook, 1-20 TMJ Abduvaliyev F, BEGZOD MO\'MINOV, Begzod, 1-топширик сиртки, MHFYJqwwHciXABWEiGqMaZ5c49ZNVM39XDHRkUxU, Adabiyot,.,.,., 1681709314, 1-qism lotin , Elektr sxemalarni kompyuterli modellash ma\'ruza matni(SIRTQI), Xalqaro marketingda sotuvni ragʼbatlantirish usullari, 3- Лаборатория, ТИПЫ ВОЗДУШНЫХ, 2.Tabiiy fanlar pdf, rN5Zq88gyQdNoc7KpjrqybGGWnrXbs9K

    Boshlangʻich sinf matematkasi darslarida sinfdan tashqari ishlarini tashkil etish reja: Kirish

    BOSHLANGʻICH SINF MATEMATKASI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI ISHLARINI TASHKIL ETISH
    Reja:
    Kirish
    I. BOSHLANGʻICH SINF MATEMATKASI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI ISHLARINI TASHKIL ETISH.
    1.1 Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mohiyati
    1.2 Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni va mohiyati.
    II.BOSHLANG`ICH SINFLARDA MATEMATIKADA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISHNING MAQSADI
    2.1. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullari.
    2.2 Bоshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari tarbiya
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar
    Kirish
    Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar deganda o’quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg’ulotlatlarni tushunamiz. Matematikadan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni dars mashg’ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda qaratilgan bo’lishi kerak. Shundagina sinfdan tashqari mashg’ulotlar dars mashg’ulotlarining mantiqiy davomi bo’lib xizmat qila oladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar deganda ko’pincha yuqori sinflar nazarda tutiladi. Lekin ilg’or tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang’ich sinflarda ham sinfdan tashqari turli – tuman formalarda mashg’ulotlar olib borishning potensial imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan foydalanish o’qitishda boshlang’ich va yuqori sinflar uzviyligini ta’minlaydi. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o’quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini shakllantirishga kompleks holda yondashish talab qilinadi. Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta’lim – tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda sinfdan tashqari ishlarning o’rni benihoya katta. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o’quvchilardagi fanga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to’ldiruvchi matematik bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirishdan foydalanish mumkin.
    Darsdan tashqari qilinadigan ishlar o’quv reja asosida ya’ni darslik talablarini bajarishga qaratilgan bo’lib, bunga sinfdagi barcha talabalar bevosita ishtirok etiladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlardan asosiy maqsadi reja va darslikdan tashqari o’quvchilarga qo’shimcha bilim, ko’nikma va malakalar berish, ularning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, olingan bilimlarni hayotga tadbiq qila bilishga yordam berishdan iborat. Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ish turi matematika to’garagini tashkil etishda o’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlariga qarab tanlab olinar ekan.
    1. Rejalashtiruvchi material dastur materiali bilan bog’lanishga ega. Bunda hisoblash amallari qaralayotgan sinf dasturi talablaridan ortib ketmaydi, hisoblashlar, masalalar yechish, geometrik figuralarni yasashlarga amaliyot bilan nazariya orasidagi bog’lanishi ta’minlanishi kerak.
    2. O’rganilayotgan masalalar istiqbol maqsadlarga ega bo’lishi, ya’ni o’quvchilarni kelajakda o’rganilishi nazarda tutilgan matematik masalalarni, masalan: to’plam, funktsional bog’lanish, algebraik simvolika, tenglamalar, grafiklar, ular yordamida arifmetik masalalarni yechish va xokazolarni o’rganishda tayyorlanish maqsadlariga ega bo’lishi mumkin.
    3. O’rganiladigan masalalarning mazmuni qaralayotgan yoshdagi bolalarning kuchlari yetadigan, ularda matematikaga muhabbat va uni o’rganishga qiziqish uyg’otadigan asosiy ta’lim va tarbiyaviy masalalarni hal qilish imkonini beradigan bo’lishi kerak.
    Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar uyushtirishdagi dastlabki qadam matematik o’n minutliklardir.
    O’n minutlik dars yoki darsdan tashqari vaqtlarda butun sinf o’quvchilari ishtirokida xaftada bir marta uyushtiriladi.O’quvchi o’n minutlik uchun shunday masala misol, mashq va o’yinlar tanlashi kerakki,ular hajm jihatdan kichik bo’lsin, lekin o’quvchilarning aktivligini oshirsin, o’quvchilarning kelajakda umumiy bilish faolyatlarini hamda nutq madaniyatlarining kamol topishida yo’naltiruvchi vosita bo’lib qolsin. O’n minutlikni faqat sinfda o’tkazilmasdan, balki maktab hovlisida va hatto maktabdan tashqarida o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilar bilan tevarak–atrof va tabiatdagi matematik mutanosiblikni sekin – asta mushohada qilish asosida o’tkaziladi.

    Download 35.61 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 35.61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlangʻich sinf matematkasi darslarida sinfdan tashqari ishlarini tashkil etish reja: Kirish

    Download 35.61 Kb.