• Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni va mohiyati
  • I. BOSHLANGʻICH SINF MATEMATKASI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI ISHLARINI TASHKIL ETISH




    Download 35,61 Kb.
    bet2/5
    Sana02.02.2024
    Hajmi35,61 Kb.
    #150400
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Boshlangʻich sinf matematkasi darslarida sinfdan tashqari ishlar-fayllar.org
    handbook, 1-20 TMJ Abduvaliyev F, BEGZOD MO\'MINOV, Begzod, 1-топширик сиртки, MHFYJqwwHciXABWEiGqMaZ5c49ZNVM39XDHRkUxU, Adabiyot,.,.,., 1681709314, 1-qism lotin , Elektr sxemalarni kompyuterli modellash ma\'ruza matni(SIRTQI), Xalqaro marketingda sotuvni ragʼbatlantirish usullari, 3- Лаборатория, ТИПЫ ВОЗДУШНЫХ, 2.Tabiiy fanlar pdf, rN5Zq88gyQdNoc7KpjrqybGGWnrXbs9K
    I. BOSHLANGʻICH SINF MATEMATKASI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI ISHLARINI TASHKIL ETISH.
    1.Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mohiyati
    Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar deganda o’quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg’ulotlatlarni tushunamiz. Matematikadan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni dars mashg’ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda qaratilgan bo’lishi kerak. Shundagina sinfdan tashqari mashg’ulotlar dars mashg’ulotlarining mantiqiy davomi bo’lib xizmat qila oladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar deganda ko’pincha yuqori sinflar nazarda tutiladi. Lekin ilg’or tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang’ich sinflarda ham sinfdan tashqari turli – tuman formalarda mashg’ulotlar olib borishning potensial imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan foydalanish o’qitishda boshlang’ich va yuqori sinflar uzviyligini ta’minlaydi. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o’quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini shakllantirishga kompleks holda yondashish talab qilinadi. Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta’lim – tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda sinfdan tashqari ishlarning o’rni benihoya katta. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o’quvchilardagi fanga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to’ldiruvchi matematik bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirishdan foydalanish mumkin.
    Darsdan tashqari qilinadigan ishlar o’quv reja asosida ya’ni darslik talablarini bajarishga qaratilgan bo’lib, bunga sinfdagi barcha talabalar bevosita ishtirok etiladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlardan asosiy maqsadi reja va darslikdan tashqari o’quvchilarga qo’shimcha bilim, ko’nikma va malakalar berish, ularning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, olingan bilimlarni hayotga tadbiq qila bilishga yordam berishdan iborat. Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ish turi matematika to’garagini tashkil etishda o’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlariga qarab tanlab olinar ekan. Matematikadan to’garaklarni tashkil etishda qiziqarli misol va masalalardan, mantiqiy masalalardan foydalanish lozim. Sinfdan tashqari amaliy mashg’ulotlar davomida o’quvchilar bilan (bolalar bilan joylarda) maqsadni ko’zlovchi, barqaror amaliy natijaga olib keladigan ularni havaslarini orttiradigan amalda bajariladigan ishlarni olib borishi kerak.
    Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar quyidagi yo’nalishlarda olib borilishi mumkin.
    a) ommaviy ishlar; (musobaqalar, ko’rik tanlovlar, kechalar, ertakliklar, ekskursiyalar va hokazolar);
    b) to’garak ishlar (yosh matematiklar);
    v) o’qituvchilarning mustaqil mashg’ulotlarini yo’lga qo’yish (bunda o’quvchilar fan va texnikaning biron soxasini o’rganish uchun mustaqil ishlaydilar va hokazo).
    g) Maktabdagi o’zlashtirmovchi o’quvchilar bilan ishlashni tashkil etish usullari.
    O’quvchilar bilan o’tkaziladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlari mazmuni quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
    1. Rejalashtiruvchi material dastur materiali bilan bog’lanishga ega. Bunda hisoblash amallari qaralayotgan sinf dasturi talablaridan ortib ketmaydi, hisoblashlar, masalalar yechish, geometrik figuralarni yasashlarga amaliyot bilan nazariya orasidagi bog’lanishi ta’minlanishi kerak.
    2. O’rganilayotgan masalalar istiqbol maqsadlarga ega bo’lishi, ya’ni o’quvchilarni kelajakda o’rganilishi nazarda tutilgan matematik masalalarni, masalan: to’plam, funktsional bog’lanish, algebraik simvolika, tenglamalar, grafiklar, ular yordamida arifmetik masalalarni yechish va xokazolarni o’rganishda tayyorlanish maqsadlariga ega bo’lishi mumkin.
    3. O’rganiladigan masalalarning mazmuni qaralayotgan yoshdagi bolalarning kuchlari yetadigan, ularda matematikaga muhabbat va uni o’rganishga qiziqish uyg’otadigan asosiy ta’lim va tarbiyaviy masalalarni hal qilish imkonini beradigan bo’lishi kerak.
    Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning turlari
    Matematik o’n minutlik Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar uyushtirishdagi dastlabki qadam matematik o’n minutliklardir.
    O’n minutlik dars yoki darsdan tashqari vaqtlarda butun sinf o’quvchilari ishtirokida xaftada bir marta uyushtiriladi.O’quvchi o’n minutlik uchun shunday masala misol, mashq va o’yinlar tanlashi kerakki,ular hajm jihatdan kichik bo’lsin, lekin o’quvchilarning aktivligini oshirsin, o’quvchilarning kelajakda umumiy bilish faolyatlarini hamda nutq madaniyatlarining kamol topishida yo’naltiruvchi vosita bo’lib qolsin. O’n minutlikni faqat sinfda o’tkazilmasdan, balki maktab hovlisida va hatto maktabdan tashqarida o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilar bilan tevarak–atrof va tabiatdagi matematik mutanosiblikni sekin – asta mushohada qilish asosida o’tkaziladi.
    Qiziqarli matematika soatlari Mashg’ulotlarning bu turi nisbatan ko’proq vaqtga (taxminan 45 minut) mo’ljalangan bo’lib, qiziqarli o’yin, qiziqarli o’yin, sonli topishmoqlar, she’riy masala, hazil masala va sahnalashtirilgan masalalardan tarkib topadi. Bunday mashg’ulotlatlar 1 – sinf o’quv yilining II yarmidan boshlab avval bir oyda bir marta, keyinchalik 2 martadan o’tkazilishi mumkin. Unda o’quvchilarning o’zlari tashabbus ko’rsatishlariga erishmoq kerak. Matematika to’garak Matematika to’garagi sinfdan tashqari ishlarning eng ommalashgan turi. To’garak ixtiyoriy ravishda tuziladi. Har qaysi matematika to’garagida qatnashadigan o’quvchilar soni 15-20 dan oshmasligi kerak, aks holda o’qituvchiga qiyinchilik tug’diradi va o’quvchilar to’garakda aktiv ishtirok eta olmaydilar. To’garak a’zolarining soni ko’payib ketsa, ularni ikki guruhga bo’lish maqsadga muvofiqdir. Guruhlar bilan bir hafta, ikkinchisi bilan ikkinchi hafta shug’ullanish mumkin. Mashg’ulot 30 – 40 minut davom etsa yetarli. Ma’lum vaqt oralig’ida guruhlarni qo’shib mashg’ulot o’tkazish va mashg’ulotlarni musobaqa yoki viktorina o’tkazish maqsadga muvofiqdir.Matematika to’garagi mashg’ulotini sentyabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab (birinchi sinf uchun ikkinchi yarim yillikdan) may oyining birinchi yarmida yakunlash mumkin. To’garak ishlarini boshlashdan oldin o’qituvchi kamida 3 – 4 mashg’ulotga yetadigan material tayyorlab, uni rejalashtirish va to’garakni tashkil qilishga tayyorgarlik ko’rishi kerak. Matematika to’garagida o’rganiladigan material mazmuni va hajmini chegaralab qo’yish qiyin. Bunda maktab sharoiti va o’qituvchining tayyorgarligiga qarab to’garakda turli xil tarixiy, nazariy va amaliy materiallarni o’rganish mumkin. Matematika to’garagining muvaffaqiyatli ishlashda, o’quvchilarni to’garak ishiga jalb qilishda, qiziqtirishda dastlabki mashg’ulotlarning roli katta. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dastlabki mashg’ulotlarning ko’p qismini qiziqarli matematikaga ajratish ham yaramaydi, chunki keyingi mashg’ulotlarda qiziqarli matematikadan boshqa materillarga qiziqish kamayadi, natijada o’quvchilar to’garakdan soviy boshlaydi. Shuning uchun dastlabki mashg’ulotlarda ham, keyingi mashg’ulotlarda ham qiziqarli materiallar hajm jihatdan barobar ma’quldir. Sinfdan tashqari ish tashkilotchisining matematik va umumpedagogik mahorati ham bu ishning sifatiga va ilmiy metodik darajasiga ta’sir ko’rsatmasdan qolmaydi.
    O’qituvchining shaxsiy malakasi ham katta ahamiyatga ega. Shu sababli sinfdan tashqari ish har bir o’qituvchini qanoatlantiradigan aniq uslubiy ko’rsatmalar berishi qiyin. To’garak mashg’ulotlarini o’tkazish sinf darslariga yaqin. Sinfdagi va sinfdan tashqari ishlarning o’xshashligi jamoa o’quv ishini tashkil qilish formasi bilan aniqlandi, bunda o’qituvchi o’quvchilar guruhi bilan mashg’ulot olib boradi, zaruriy tushunchalarni beradi, o’quvchilardan so’raydi va h.k. Bu yerda o’quvchilarga katta tashabbuskorlik berish maqsadga muvofiq, ularga muhokama qilinayotgan masala yuzasidan mulohazalarini bemalol aytish uchun to’la imkoniyat berish kerak. Bunda o’quvchilarni matematik tilda gapirishga o’rgata borish, ularni matematik nuqtalari (og’zaki nutq va yozma nutq) ustida ishlashi ham eng muhim pedagogik vazifalardan biridir. Bundan tashqari to’garaklarda to’garak kutubxonasi, matematika burchagi tashkil qilish va ularni jihozlash, ayrim tadqiqot ishlari olib borish maqsdaga muvofiqdir. Bu ishlarni yaxshi tashkil qilish uchun sharoitga qarab, chorak dasturlari, yarim yillik matematik va taqvimiy dasturlari tuziladi. Matematik viktorinalar Matematik viktorinalar ma’lum mavzu, bo’lim yoki umuman matematikaga doir masalalar bo’yicha savol – javob o’yini bo’lib, ko’p vaqt va katta tayyorgarlik talab qilmaydi. Boshlang’ich sinflarda viktorinalar 10 – 20 minut davom etadi. Bunda oldindan tayyorlangan 5 – 6 savolga og’zaki yoki yozma javob olinadi. I – IV sinflarda matematik viktorinalarni tizimli o’tkazib turish o’quvchilarni masalalarni turli usullarda yechishga o’rgatadi, ularning fikrlash va xozirjavoblik qobiliyatlarini kamol toptiradi.
    Umuman, viktorinalar qizigan musobaqa tarzida o’tadi, eng bilag’on topqir va hozirjavob o’quvchini, ilg’or sinfni aniqlash imkonini beradi. Viktorinada qatnashish mutlaqo ixtiyoriy bo’lib, o’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, matematikaga qiziquvchilarni aniqlash va keyinchalik ularni matematikaga jalb etish maqsadida o’tkaziladi. Albatta, viktorinada tavsiya etilgan savollar turlicha qiyinlikda bo’lib, unga ko’proq o’quvchilarning qatnashuviga erishish kerak. Matematik viktorinalar har xil o’tkazilishi mumkin. Quyidagi ikki xilini misol tariqasida keltiramiz: 1. Savollar (misol, masalalar) o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga og’zaki beriladi yoki doskaga oldindan yozib qo’yiladi. Javobni ham o’quvchilar og’zaki tayyorlaydilar. Yoki o’z daftarlariga qisqa, ya’ni o’zlari eslab turishlari uchun kerakli narsalarni yozib turadilar.O’qituvchi o’quvchilardan bir nechtasi qo’l ko’targuncha kutib turib, keyin birinchi bo’lib qo’l ko’targan o’quvchini so’raydi. Agar birinchi qo’l ko’targan o’quvchi noto’g’ri javob bersa, ikkinchi uchunchi va qo’l ko’targan o’quvchilardan (to’g’ri javob olguncha) so’raladi: 2. Agar o’qituvchi savolni doskaga yoki qog’ozga oldindan yozib qo’yiladigan bo’lsa u o’quvchilarga ishlash uchun buyruq beradi va javoblarni daftarga yozib to’g’riligiga ishonch qilgandan keyin qo’l ko’tarish kerakligini aytadi.
    O’qituvchi qo’l ko’targan o’quvchilar oldiga borib berilgan savol, masala yoki misol javobini ko’radi. So’ngra avval qo’l ko’targan o’quvchiga javobni aytishga va javobini tushuntirib berishga ruxsat beradi. Matematik ertaliklar Matematik ertaliklar (kechlar) ommaviy tadbirlardan biri bo’lib, o’quvchilar va ota – onalar o’rtasida matematik bilimlarni tarqatish hamda o’quvchilarning matematikaga qiziqishini oshirish, shu bilan birga ularni matematik to’garaklarga ko’proq jalb qilish maqsadida o’tkaziladi. Bunday ertaliklar I – IV sinflarda 1 – 2 marta o’tkazish mumkin. Ertalikni bir sinf bilan yoki parallel sinflarni qo’shib o’tkazish mumkin. Ertalik o’rta hisobda bir soat davom etishi mumkin. Ertalikni o’tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko’rish kerak. Buning uchun eng kamida bir oy oldin o’qituvchi chuqur o’ylangan reja tuzib chiqishi kerak. Shundan keyin o’quvchilar bilan suxbatlashib, ularga qilinadigan ishlar taqsimlab chiqiladi. Bu ishga yuqori sinf o’quvchilarini va ota – onalarini ham jalb qilish mumkin Ertalik dasturini kerakli materiallar (she’r, qo’shiq, boshqotirma, qiziqarli masala, matematik o’yin, konkurs masalalari, viktorina savollari, ishtirokchi personajlar kostyumi va boshqa) tayyor bo’lgandan so’ng yana bir marotaba ko’rib chiqish va muhokamadan o’tkazish kerak. Bu o’rtoqlarini ham taklif etish shart.
    Ertalikni (kecha) o’tkazishdan bir hafta oldin uning chiroyli bezatilgan va katta qilib yozilgan dasturni ko’rinarli joyga osib qo’yish kerak. Dasturdagi bazi sa’vollarga boshqa o’quvchilar ham tayyorgarlik ko’rishi mumkin. Ertalik o’tayotgan xonaga (zal) shu ertalikka atab chiqarilgan matematik ro’znoma yoki jurnal osib qo’yiladi. Iloji boricha shu xona ertalikka moslab bezatiladi. Ertalikda (kecha) ishtirok etgan bolalar fantaziya qilish, muloxaza yuritish, to’g’ri fikrlash va gapirishga o’rganishadi. Demak, matematik ertalik uchun sarflangan vaqt faqat matematik qimmatga ega bo’lmay, balki o’quvchilar uchun umummadaniy qimmatga va tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir. Matematik musobaqa Yuqorida aytib o’tilgan sinfdan tashqari ishlarda (10 minutlik, viktorina, ertalik va h.k.), asosan, butun sinf o’quvchilari ishtirok etsa, matematik musobaqalarda (konkurs, olimpiada) ko’pchilik ishtirok etib, g’oliblar musobaqasi bilan yakunlaydi, ya’ni bu musobaqa bir necha (ko’pincha 3 yoki 4) davom etadi. 1 turda istagan hamma o’quvchilar qatnashishi mumkin. Unda muvaffaqiyatli qatnashgan o’quvchilar II – turda qatnashadilar. II – turdan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilar III – turda qatnashush huquqiga ega bo’ladilar va h.k. I turni sinfdagi barcha o’quvchilar ishtirokidagi og’zaki qiziqarli savollar orqali viktorina shaklida o’tkazish mumkin. Shunda g’olib chiqqan o’quvchilar bilan II – tur musobaqalar o’tkaziladi. Shundan keyin parallel sinflar o’quvchilari III – turda kuch sinashadi. Natijada sinf yoki maktab bo’yicha eng kuchli o’quvchilar aniqlanadi. Ular munosib taqdirlanadi. Q Z K (Quvnoqlar va zukkolar klubi) Bu xildagi kechalar o’quvchilarga zo’r qiziqish uyg’otadi. Shu bilan birga ularga “Sog’lom aql” va fahm – farosat, prezident chaqiriqlariga labbay deb javob berib, “Sog’lom avlod”ga mos farzandlar bo’lib yetishish, shuningdek mantiqiy mulohazalarga asoslangan holda istagancha fantaziya qilish imkonini beradi.
    Bunda kechaning matematik mazmuni faqat matematikaga doir masallar bilan chegaralanib qolmasdan, asosan o’yin tarzida, rebus, krassvord, viktorina, qiziqarli savol – javob, topshiriqlar, mulohazalarda ustalik bilan niqoblangan xatolarni topish shaklda beriladi. QZK larni bir sinf o’quvchilarini ikkiga bo’lib yoki parallel sinflar o’rtasida komanda tuzib o’tkazish mumkin. Bunda puxta o’ylangan reja hamda dastur tuziladi. Komandalar alohida – alohida mashq qiladilar. Matematika o’qituvchilari ishtirokida jyuri saylanadi. Jamoalar va faol qatnashgan o’quvchilar uchun mukofatlar avvaldan tayyorlab qo’yilishi lozim. Mukofat uchun ko’proq qiziqarli matematikaga doir kitolar olinishi, kelgusida matematikadan tashqari ishlarni o’tkazishda o’quvchilarni aktivligini oshirish imkonini beradi. Matematik ro’znoma Matematik ro’znoma o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Matematik ro’znoma odatda matematika to’garagi organi hisoblanadi, shu sababli ro’znoma to’garak a’zolarining kuchi bilan o’qituvchining bevosita raxbarligida tayyorlanadi. O’qituvchi ro’znomani tayyorlashda mumkin qadar o’quvchilarning shaxsiy tashabbuskorligini oshirishga erishish kerak. Devoriy ro’znomalar quyidagi bo’limlardan tashkil topishi mumkin: - Matematika tarixidan bir shingil; - Sinf o’quvchilarining matematik xayoti; - O’quvchilarga o’qish uchun tavsiya qilinadigan adabiyotlar; - Masalalar (qiziqarli, mantiqiy, konkurs); - Matematik o’yinlar; - Yumor; O’tgan nomerdagi konkurs masalalarining yechimi va javobini redkollegiyaga topshirgan o’quvchilar haqida qisqa, lekin maroqli hikoyalar berilishi kerak. Biror matematik haqida hikoya qilindigan bo’lsa, uning rasmi va rasmning tagida bu olim haqidagi, uning ishlari to’g’risidagi ma’lumot yoki olim hayotidagi qiziq voqealar to’g’risidagi kichikroq hikoya beriladi. Olim aytgan fikrlarni yoki u haqidagi boshqa olimlar aytgan so’zlarni ko’chirib yozish ham foydali. Ro’znomada berilgan masalalarning shartlari qisqa, tez esda qoladigan bo’lishi maqsadga muvofiqdir. "Bilasizmi?" mavzusida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan: Odamning bo’yi bir kunda 1 cm dan 6 cm gacha o’zgarishi mumkin. Dunyodagi eng uzun temir yo’l 9302 km Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln. tonnagacha kumush bor. Matematika burchagini tashkil qilishni o’quvchilar va ularning ota-onalari aktiv yordamida amalga oshirilishi mumkin. Matematikadan ekskursiyalar o’tkazish Matematikadan sinfdan tashqari o’tkaziladigan mashg’ulotlardan biri ekskursiyadir. Puxta o’ylab, oldindan rejalashtirilgan ekskursiya natijasida o’quvchilar atrof – muhitni idrok qiladilar. Tabiat voqeligini va mehnat jarayonlarini ko’radilar. Kuzatishlar natijasidagi o’zlaridagi bilimlarini hayot bilan bog’lashga intiladilar. Ularda turli narsa, voqea va jarayonlarga qiziquvchanlik odati tarkib topadi. Ekskursiyalarni tashkil etish va o’tkazish asosan, darsdan tashqari vaqtda amalga oshirilsa ham uning tayyorgarlik va yakunlash bosqichi dars mashg’ulotlari bilan uyg’unlashib ketadi. Ekskursiyani samarali o’tishi o’qituvchining puxta tayyorgarligiga bog’liq. U oldindan ekskursiyaga boriladigan ob’yekt bilan tanishgan bo’lishi va hatto, uchrashish mo’ljallangan odamlar bilan suhbatlashgan bo’lishi lozim. Shunda tashkiliy jihatdan ovoragarchilik ham bo’lmaydi. Ekskursiyaga tayyorgarlikning asosiy komponentlaridan biri uning maqsadini belgilash va reja tuzishdan iborat. Rejada ekskursiyaning boshidan oxirigacha bajariladigan hamma ishlar o’z ifodasini topishi kerak: nimalar ko’riladi, nimalar yozib olinadi, nimalarning rasm (sxemasi) chizib olinadi. Nihoyat, ekskursiyaning muvaffaqiyati yana o’quvchilar bilan bo’ladigan tayyorgarlik suhbatiga ham bog’liq. Bu suhbatda o’quvchilarning ekskursiya maqsadi bilan tanishtiriladi va birgalikda ekskursiya rejasi tuzib olinadi. Albatta ekskursiyadan keyingi mashg’ulotlarda ekskursiyaga yakun yasaladi. Ko’riladigan narsalar matematik nuqtai nazardan analiz qilinadi yoki to’plangan materiallar asosida misol - masalalar tuzib yechiladi va h.k. Matematik ekskursiyalar maqsadi - konkret hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish. Bular o’quvchilarni shu faktlar bilan turmushda uchrashtirish yo’li bilan olinadi. Ekskursiya o’tkazishdan maqsad bolalarga tushunarli bo’lishi nihoyatda muhimdir.
    Bolalar oldindan nima qilishlari va o’zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar. Maktabning joylashgan o’rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, fermalarga, jamoa xo’jaligi dalalariga va boshqa joylarga ekskursiyalar o’tkaziladi. Bajarishda qurilish materialidan foydalanish, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin. Shunday masalalardan ba’zilarini keltiramiz: 1. Bir soatda ekskavator 4 m uzunlikda poydevor o’rasini kavlaydi. Shunday ish unumi bilan u 7 soatda qancha o’ra kavlaydi?
    2. Qurilishga yuk tashishda 4 ta avtomashina ishlamoqda. Ularning har birida bitta haydovchi va ikkita yuk tashuvchi ishlaydi. Material tashishda hammasi bo’lib qancha odam band? Ekskursiyadan olib kelingan qurilish materiallaridan texnologiya darslari uchun stendlar tayyorlashda foydalanish, binolarning maketlarini tayyorlash ham mumkin. Nazorat uchun savollar 1. Matematikadan to’garak mashg’ulotlariga qaysi sinflarda necha soatdan vaqt ajratiladi? 2. Sinfdan tashqari ishlarning tashkil qilish xususiyatlari va ularning turlarini aytib bering. 3. Sinfdan tashqari ishlarning turlari bo’yicha na’munaviy mashg’ulotdan misol keltiring.
    2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni va mohiyati
    O‘quv-tarbiyaviy jarayonning uzviyligi maktab oldiga qo‘yilgan eng muhim pedagogik qoidalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o‘quv jarayoni bilan bog‘langandir.
    Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarda asosiy vazifalari bo‘lmish ilm olishga ishtiyoq uyg‘otish, qobiliyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratishdan, maktabni muvaffaqiyatli tugatish, kasb-korga intilish hissini tarbiyalashdan iboratdir. Yoshlarning kundalik ehtiyojlari, intilish-lari, talab va qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilan qondirib bo‘lmaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quv-chilar faoliyatining barcha qirralarini qamrab olmog‘i lozim. Har bir o‘quvchi bilan yakkama-yakka ishlash, uni ijtimoiy-ruhiy jihatdan o‘rganish sinf faoliyatiga yangicha mazmun olib kiradi.Yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga, jamiyatga ongli munosabatda bo‘lish, jonajon Vatanini cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning milliy qadriyatlarini e’zozlash hissini tarkib toptirish – vatanparvarlik tarbiyasining mag‘zi bo‘lmog‘i lozim. Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishini talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishini talab etmoqda.
    Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:
    Ulg`ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan
    olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini
    hurmatlash, ijtimoiy xuquqini e`tiborda tutish zarur.Milliylikning o’ziga xos an`ana vositalariga tayanish.Pedagoglar o’rtasida o’zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish.Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o’quvchilarni darsdan bo’sh vaqtlardagi o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va kengaytradi, o’quvchilarni mustaqil bilim olishlari, ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlarda fan o’qituvchilari o’z faniga qiziqqan o’quvchilar bilan mashg`ulot o’tqazib, o’quvchilarning qiziqishlarini o’stiradi.
    Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin:
    A) fan to’garaklari
    B) mohir qo’llar to’garaklari
    V) sport to’garaklari
    G) badiiy to’garak.
    O’rta umum ta`lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi.
    Sinf rahbari sinfdan tashqari ishlarni uyushtirishda to’garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo’lgan o’z o’quvchilarini biror to’garakka a`zo bo’lishga chorlaydi. Ularni qaysi to’garakda mashg`ul bo’lishlari hisboga olinadi.Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarni ijodkorlikka da`vat etuvchi tarbiyaviy maskandir. Pedagogik tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, hozirgi sharoitda maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar uylari, yoshlar saroylari, yosh texniklar saroylari, yosh texniklar uylari maktab tarbiyasining uzviy davomchisi bo’lib qolishi kerak.
    O’zbekiston Respublikasining «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasi», bu ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishda asos bo’ladi.
    Ma`lumki, o’quvchilarni g`oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, nafosat va jismoniy jihatdan to’liq shakllangan kishilar qilib tarbiyalash dars jarayonidan boshlanadi. Biroq o’quvchilarning kundalik o’sib borayotgan ehtiyojlari, talablari va barcha qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilangina cheklab bo’lmaydi.Bunday ko’p qirrali qiziqishlarni sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni uzviy bog`lanish asosidagina qondirish mumkin. SHu sababli keyinga davrda o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko’ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
    Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar – o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashini to’g`ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog`lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham ko’p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:darsdan tashqari tarbiyavity ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish; o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarini pedagogik jamoa, o’quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida yo’lga ko’yish; sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o’qituvchilar, ota-onalar, sinf faollari, uslubiy yordamko’rsatish;umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ishlab chiqiladi.
    Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o‘qituvchining yo‘naltiruvchi ta’siri ostidagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida o‘tkaziladigan mustaqil mashg‘ulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari ishda ta’limning moddiy bazasi: qo‘shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlari, laboratoriya uskunalari, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish ko‘zda tutiladi. Ular o‘z ichiga quyidagilarni oladi:darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlashning xilma-xil shakllarini olgan, nazariy bilimlarni o‘zlashtirishni ta’minlovchi tajribalar, ijodiy tusdagi ishlarni bajarishni, asboblarniloyihalashni, maketlar, modellar va hokazolarni tayyorlashni olganmustaqil ishlash uchun topshiriqlar tizimi maqsadga muvofiqdir.
    Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar metodikasi fani va bo‘limiga sinf rahbarlarining ishlari, maktab ma’muriyatining tarbiyaviy ishlari kiritiladi. Bunda o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan muomilasi adolatli bo‘lishi, kerakli ta’sir ko‘rsata olishi kerak.Tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma’naviy, axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma’naviy an’analarga, urf-odatilari hamda qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab chiqishdir.Tarbiyaning asosiy vazifasi – shaxsni aqliy-axloqiy tarbiyalashda erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda bir qator pedagogik talablar qo‘yiladi. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining to‘garak qatnashchilari ongida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bo‘lishi kerak. To‘garak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning so‘nggi yutuqlaridan xabardor qilib turish, ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish muhim o‘rin tutadi. To‘garak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bo‘lishi, ular davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni yaxshi bilishi kerak. Maktabdan tashqari ta’lim o‘qishlariga, xohishlariga asoslangan holda darsdan bo‘sh vaqtlarda o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garak qatnashchilariga talablar qo‘yilishi kerak:Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi.Estetik ta’lim.Sayyohlik yo‘nalishi bo‘yicha to‘garaklarga qatnashish.Ekologik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘garaklar.O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy yo‘nalishi bo‘yicha.Huquqiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha.Texnik ijodkorlik yo‘nalishi bo‘yicha.Istiqlol bolalari va iste’dodli yoshlar.Iqtisodiy ta’lim.O‘quvchilarning mustaqilligi turli darajada bo‘lganida mustaqil tayyorgarlik amalga oshirilishi mumkinligini hisobga olish muhimdir, bu esa ular shaxsining shakllanishiga shubhasiz ta’sir ko‘rsatadi.
    Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samara-dorligini oshirish, avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo‘nalishlarini topib joriy etishga bog‘liq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish lozim.Tarbiyaviy ishlar huquq-tartibot organlari, ijodiy uyushmalar, Davlat va nodavlat jamg‘armalari, qo‘mitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanib boradi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi.Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta’minlagan holda, uning shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muhitdan himoya qilish juda muhim.
    Tarbiyaning bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarini ishlab chiqib amalga joriy etishdir.Tarbiyaning asosiy vazifasi – shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi hamda uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun keng imkoniyat yaratishdir.
    Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlaridagi o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi va kengaytiradi, o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlariga, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishiga imkoniyat yaratadi.Shu sababli keyingi davrda o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko‘ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda.Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning hajmi, asosiy yo‘nalishlari, mazmuni har bir yosh bosqichida o‘quvchilarning psixik rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim.
    Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo‘lishi kerak.
    Maktabda bashlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish, uni yo‘lga qo‘yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi. Tarbiyaviy ishning asosiy yo‘nalishlari: o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish; ularni milliy istiqlol ruhidatarbiyalash; o‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish; o‘quvchilarda axloq madaniyatini, ularning o‘z huquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatini tarbiyalash; o‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini shakllantirishdan iborat.Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi va sinf rahbari faoliyatining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning ahil tarbiyaliy jamoasini tashkil etishdir.

    Hozirgi davr talabi maktabdagi o‘quv-tarbiya ishlarini amalga oshirayotgan pedagogik jamoa oldiga juda katta vazifalar qo‘ymoqda. Maktab yosh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirishi, g‘oyaviy, siyosiy jihatdan chiniqtirishi, yuksak axloqiy fazilatlarga ega qilishi, mehnatga va ongli kasb tanlashga tayyorlashi lozim. Bu vazifalarni hal qilishda sinf rahbari muhim rol o‘ynaydi. Chunki u bir sinf sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi.


    Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:
    1. O‘ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotganda u yolg‘iz o‘zi emas, balki shu sinfda dars berayotgan turli fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda o‘quvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O‘quvchilarning darsdan tashqari tadbirlarini tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi.
    2. O‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqish va qobilyatini o‘stirish, har bir o‘quvchining individual-psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo‘naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir o‘quvchining sog‘lig‘ini mustahkamlashga ham alohida e’tibor beradi.
    3. Sinf rahbarining diqqat markazida o‘quvchilarning darsni yuqori o‘zlashtirishlarini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o‘quvchining kundalik o‘zlashtirishidan voqif bo‘lib turadi. Orqada qolayotganlarga o‘z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi.
    4. Sinfdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish ishlarini yo‘naltirib turadi. Ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini hamda maktab miqiyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o‘z sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi.
    5. Sinf o‘quvchilarining ota-onalari, kuni uzaytirilgan guruhlarning tarbiyachilari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa o‘rnatadi.
    6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o‘qituvchilari o‘rtasida o‘quvchilarga nisbatan yagona talablar o‘rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
    7. Sinf rahbari o‘z sinfidagi turli hujjatlarini: sinf jurnali, o‘quvchilarning kundaliklari, tabellar, shaxsiy ma’lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi.
    Ko‘rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bog‘liqdir. Sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga qo‘yiladigan talablar o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablardan farq qilmaydi. Lekin, sinf rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy jihatdan andoza oladigan shaxs bo‘lganligi uchun ham, bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi bilan tarbiyada alohida rol o‘ynaydi. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g‘oyaviy ishonchiga va siyosiyligining darajasiga bog‘liq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam egallab borishi bilan o‘zining bilimini, ongini oshiradiSinf rahbarining axloqiy obro‘si g‘oyat darajada yuqori bo‘lishi ham bu o‘rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga ega bo‘ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o‘quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sinf rahbari uchun malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas. U o‘z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o‘z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir o‘tkazadi. Chunki, tarbiyachilik qobilyati juda ko‘p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon-dildan ko‘ngil qo‘yish, bolalarga bo‘lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo‘lishini taqozo qiladi. Bunga yana tarbiyachilik texnikasi qo‘shilsa, ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.
    Sinf rahbarlaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir bola shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo‘lish, ishga ijodiy yondashish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o‘zi bolalarni tarbiyalamoqchi bo‘lgan g‘oyaviy-axloqiy barkamollikka mos bo‘lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko‘pchiligiga asosiy sabab, bolaning oldiga qo‘yilayotgan talablar tarbiyachi xarakterida hamisha ham namoyon bo‘lavermasligidadir.
    Sinf rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna ko‘rsatishi muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ qobilyatga ega bo‘lishi, ro‘y berayotgan voqea va hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga bog‘lab baholashgina emas, balki ro‘y berishning sababiga qarab hukm chiqarish qobilyatiga ham ega bo‘lishi kerak.
    Sinf rahbari maktabdagi eng yetuk pedagog hisoblanib, u bajaradigan mehnatining o‘lchovi, chegarasi yo‘q. Uning bilmagan ishi, uddasidan chiqa olmaydigan sohasi bo‘lmaydi. Su bilan bir qatorda, u beg‘araz, xolis shaxs bo‘lib, jamoatchihlik asosida ishlaydi. Sinf rahbari pedagoglar, ota-onalar va o‘quvchilarni o‘zaro bog‘lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarning nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirishi, o‘zaro aloqalarning to‘g‘ri bo‘lishiga ta’sir o‘tkazishi va ayni vaqtda, o‘zining o‘rnini aniq ta’minlay olishi kerak. Mana shu fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishga va uning muvaffaqiyatini ta’minlashga garov bo‘ladi. Sinf rahbari o‘quvchilarga puxta bilim berishga, ularning fikrlash qobilyatini faollashtirishga hamisha g‘amxo‘rlik qilib boradi. Hatto o‘zlashtirish yuqori bo‘lgan sinflarda ham bolalarda ilmga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni o‘stirishga, ta’lim sifatini oshirishga harakat qilishi zarur.Ayrim maktablarda yuqori o‘zlashtirishga erishish o‘quv, didaktik masala sifatida maktabda ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga bog‘liq bo‘ladi. O‘qish jarayonida bolalarda mehnatsevarlik, diqqat, matonat kabi sifatlarni tarbiyalash bilimni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga yordam beradi.Maktabda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar tizimi to‘g‘ri va bevosita sinfda o‘zlashtirishni ko‘tarishga ta’sir etadi.
    Sinf rahbari o‘qituvchilar bilan hamkorlikda bolalarni o‘qishga ongli munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi. O‘quvchilarning o‘qishlarini nazorat qiladi, darslarga kiradi, kuzatadi va o‘z sinfidagi o‘quvchilar bilan birgalikda sinfda o‘quv ishlarining sifatini oshirish chora-tadbirlarini belgilaydi. Yuqori sinflarda yuqori o‘zlashtirish uchun kurash susaymaydi, aksincha u yana ko‘proq ahamiyat kasb etib boradi.Sinf rahbari maktab o‘qituvchilar jamoasi va pedagogika kengashining a’zosidir. Sinf rahbarining burchi juda keng va ko‘p tomonlamadir.Sinf rahbari ishining asosiy qismi o‘quvchilarni o‘rganish, o‘quvchilar bilim sifatini oshirish hamda ularning tartib-intizomini mustahkamlashdan iborat. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ularni o‘tkazish, o‘quvchilarning ota-onalari bilan olib boriladigan ishlar ham sinf rahbarining asosiy vazifalariga kiradi.
    O‘quvchilar jamoasi – sinf rahbarining tayanchi. O‘quvchilarni tarbiyalashda sinf jamoasidagi barcha o‘quvchi-larning bir-birlariga ta’sirlari katta ahamiyatga ega. Ularning bir-biriga ko‘rsatadigan o‘rnaklari intizomni yaxshilash va mustahkamlashga xizmat qiladi, ularda xulq madaniyatini, odatini, ko‘nikmasini hosil qiladi. Sinf rahbari bolalarni odobli qilib tarbiyalashni, ularga andisha bilan gapirishni, maqbul harakat qilishni o‘rgatishi lozim.
    Sinf rahbari o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalar ekan, u o‘z faoliyatida quyidagi talablarga rioya qilishi kerak: – sinf rahbari o‘quvchi ota-onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi lozim;– sinf rahbari bolalarga axloqiy me‘yorlarni o‘rgatishi kerak; – gerdayish, manmanlik, ta’magirlik, nodonlik kabi illatlar o‘qituvchi axloqiga yot sifatlardir;– xalq nazarida olim hisoblanadigan o‘qituvchilar yomon ishlardan, fisq-u fasoddan o‘zlarini tiya bilishlari zarur.
    Sinf rahbarining ota-onalar bilan to‘g‘ri muomila qila olishi murakkab, nozik ish. Chunki hozirgi ota-onalarning ko‘pchiligi o‘rta yoki oliy ma’lumotli kishilar, ular vaqtli matbuot, televidinie, radio orqali ko‘pgina pedagogik axborotlarni bilib oladilar. Shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki, o‘g‘il yoki qiz bola maktabda o‘zboshimchalik qiladi, lekin oilada hushyor va gapga quloq soladi, yoki aksincha. Oilada muomalasi qo‘pol, o‘zboshimcha, maktabda esa o‘zini xushmuamala, intizomli tutadi. Buning sababi nimada? Bunday holatlarning hammasi uchun bir xil sabab va to‘g‘ri javobni topish amri mahol. Chunki har bir holatda uning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Demak, sinf rahbari va ota-onalarning maqsadlari bir xil bo‘lsa ham, ularning hamkorligi, bir-birini tushunishi, muomala munosabatlari qarama-qarshiliklarsiz bo‘lmaydi.
    Sinf rahbarining faoliyati kamol topayotgan kishi shaxsini tarkib toptirishga qaratilgandir. Bu faoliyatning natijalari tarbiyalanuvchining qiyofasida, uning shaxsidagi xususiyatlarida, xarakter va xulq-atvorida o‘z aksini topadi. Tarbiyachi pedagog nimaga intilayotgani ravshan va aniq tushunilmagan joyda tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirishga astoydil intilish bo‘lmaydi, balki tarbiyada o‘tkaziladigan ish tasodifiy tusga ega bo‘lib, buning uchun ajratilgan vaqtni to‘ldirish uchungina olib boriladi. Tarbiya faoliyatining maqsadlarini aniq bilmagan va bu maqsadlarni hisobga olmagan holda to‘la qimmatli tarbiya yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat talablariga bog‘liq bo‘lib, bu talablar o‘z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda ma’naviy axloq va e’tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim.Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tuzimini takomillash-tirishda boshlang‘ich maktab muhim o‘rin egallaydi. Ma’naviy axloqiy tarbiya – ma’naviy ongni bir maqsadni ko‘zlab tarkib toptirish, axloqiy tuyg‘ularni rivojlantirish hamda xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini hosil qilishdan iborat.


    Download 35,61 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 35,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. BOSHLANGʻICH SINF MATEMATKASI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI ISHLARINI TASHKIL ETISH

    Download 35,61 Kb.