Boshlang`ich sinflarda ulush va kasr tushunchasi




Download 17.96 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi17.96 Kb.
#74712
  1   2   3
Bog'liq
kasr
2253-сон 11.08.2011. Avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va saqlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida, МАЖ.Эл.тар.ЛОТ (2), kimyo labaratoriya, kimyo mustaqil ish2, Dori vositalari xaqida tushuncha dorilarning boshqa omillar bilan uzaro munosabati, Metallorganik birikmalar va ularning ahamiyati, 21 маъруза Шаҳар электр тармоқларида электроэнергияни ҳисобга2 uz-assistant.uz, Asinxron motor ishga tushirilganda, quyidagi asosiy talablar, kafolat xat ota onalarga yozgi ta\'til 2023, O\'rnatilgan tizimlar yakuniy, s60LB1M4KDeJwKX2ry42MubwmleGxwpEE2d0Qnpw, Mahmudov Erkinjon, Shaxsiy ish reja Xodjayev 2023-24, 5-ma\'ruza

Boshlang`ich sinflarda ulush va kasr tushunchasi

R E J A :


1. Ulush va kasr tushunchasi bilan tanishtirish metodikasi.
2.O‘nli kasrlarning yozilishi va o‘qilishi.

Tayanch tushunchalar: o‘nli kasr, aralash kasr, surat, maxraj, kasr chizig‘i, matematika, texnologiya, axborot, interfaol, didaktika, dars, metod, ko‘rsatmalilik, taqdimot, talablar, ulush, butunni topish, butunning qismini topish.



1. Ulush va kasr tushunchasi bilan tanishtirish metodikasi.
Kasrlar bilan tanishtirishning mohiyati.
O‘quvchilarni kasrlar bilan tanishtirish dasturiga binoan 3-sinfdan boshlanadi. Kasrlarning hosil bo‘lishi, ularni taqqoslash, nonning ulushini topish va berilgan ulushga ko‘ra sonning o‘zini topish bilan tanishadilar. 4-sinfda 1 ning ulushi va bir necha ulushi va uning yozma ko‘rinishi tasavvurlariga ega bo‘ladilar. Kasr tushunchasi geometriyada kesma ulushi, miqdorlarning ulushi va boshqa geometrik shakllarning ulushlari bilan bevosita bog‘langan.
Kasr tushunchasini hosil qilish har xil narsalarni teng bo‘laklarga bo‘lish, kesish, sindirish, maydalashdan kelib chiqadi deyiladi. Boshlang‘ich sinfdan oldin, ya’ni maktabacha yoshdayoq kasr tushunchasining boshlang‘ich tushunchalari berilgan. Masalan, olma, tarvuz, bodring, non va boshqalarni bir necha bo‘laklarga bo‘lib ko‘rgan va boshlang‘ich tushunchalar berilgan. SHu maqsadda bolalarni ulushlar bilan, ularning yozilishi bilan tanishtirish, taqqoslashni o‘rgatish, nonning ulushlari va ulushi bo‘yicha sonni topishga doir masalalarni yechish kuzda tutiladi. Aytib o‘tilgan barcha masalalar ko‘razmali qilib ochib beriladi.
Miqdorlarning ulushlari bilan tanishtirish metodikasi
Yuqorida ko‘rdikki, 3-sinfda birning ulushlari, ya’ni 1/2, 1/3, 1/4 va hokazo ulushlarga oid tasavvurlarni hosil qilishdan iborat. Kasrlarni o‘rgatish deyarli ko‘rgazma asosida tushuntiriladi. Bu ko‘rgazmalarga meva, qovun, tarvuz, geometrik shakl, cho‘p, qog‘oz va boshqa atrofdagi narsalarni olish mumkin.
Ko‘rgazmali tushuntirishda, masalan, olmani teng ikkiga bo‘lish, yordamida kasr hosil qilinadi. SHunga mos olmani teng bo‘lmagan 2 bo‘lakka bo‘lib, u yarim olma emasligini, demak, kasrni hosil qilmaslikni tushuntirish kerak. Faqat teng bo‘lakka bo‘lgandagina kasr son yoki butunning ulushi hosil bo‘lishini mustahkam singdirish lozim.
Turli xil geometrik shakllar bilan ishlayotganda bu shakl yordamida ulushlarni hosil qiladilar, hamda uning ba’zi xossalarini keltirib chiqaradilar. Masalan, kvadratni teng 4 bo‘lakka bo‘lishda, uni ikkita yo‘l bilan bo‘lib, burchaklarining o‘zaro tengligiga, hamda tomonlarining ham o‘zaro tengligiga asoslanib, shuningdek kvadrat simmetriyasi haqida tasavvurlarga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, boshqa o‘quvchilarga doirani, ba’zilariga to‘g‘ri to‘rtburchakni 4 bo‘lakka bo‘lish topshiriladi. Bundan keyingi ish teng bo‘laklarga bo‘lingan ulushlardan bittasini, ikkitasini, uchtasini olib ularni qanday sonlar bilan yozish mumkinligi o‘qitiladi. Kasrlarni ikkidan bir, uchdan bir, to‘rtdan bir kabi o‘qish va 1/2, 1/3, 1/4 larga narsalarni qanday bo‘lib, qancha qismi olinayotanligi orasidagi bog‘lanishni hosil qilish lozim. SHu asosda surat va maxraj hamda kasr kabi yangi terminlar kiritmasdan o‘qiladi. Lekin chiziq chizish, chiziqning pastida butunni nechaga bo‘lgan son, yuqorisiga necha ulushni olgan son yozilishi tushuntiriladi.
"Ulushlar" mavzusida figuralarni teng bo‘laklarga bo‘lish asosida ulushlarni taqqoslash ham tushuntiriladi. Masalan, o‘qituvchi 5 ta bir xil to‘g‘ri to‘rtburchakli qog‘ozdan yo‘lakchali qilib qirqishni taklif qiladi.
Bu yo‘lakchaning birinchisini teng ikkiga, ikkinchisini teng to‘rtga, bo‘lib, ularni ustma-ust qo‘yish asosida har bir teng bo‘laklarni taqqoslaydi. Unda 1/2 >1/4, 1/4 > 1/8, 1/3 >1/6 kabi ekanligiga ishonch hosil qiladilar. 3-sinfda sonning ulushini topishni amaliy masalalardan boshlash kerak. Masalan, uzunligi 12 sm bo‘lgan qog‘oz yo‘lakchani olib uni ikkiga buklash topshiriladi. Yo‘o‘lakchaning yarmi necha sm? 12/2=6 sm. Endi yo‘lakchani yana ikki buklab to‘rt qismga bo‘ladi. Yo‘lakchaning qanday qismi hosil bo‘ldi va uning uzunligi qancha? Javob: 12:4=3 sm. 1/4 qism. Bu ish chizg‘ich yordamida ham o‘lchab ko‘riladi.
Masala. Kitob 80 bet, o‘quvchi uning 1/4 qismini o‘qidi. Necha bet kitob o‘qilgan. 80 betning 1/4 qismi qancha? 80:4=20 bet.
1. Boshqa masalalarni yechayotganda chizmadan foydalanish yetarli: son kesma orqali tasvirlanadi, u berilgan sondagi teng bo‘laklarga bo‘linadi, ulushi belgilanadi, so‘ngra yechishni og‘zaki yoki yozma bajaradi. Masalan, 1/2 m da, 1/4 m da, 1/5 m da necha sm bor? 1/2 soatda, 1/5 soatda, 1/6 soatda necha minut bor?
Vaqt o‘lchovlarini o‘rganayotganda nima uchun "bir yarim", "chorak kam 10" deb aytilishlarini tushuntirishlari kerak. Aksincha, sonning ulushiga qarab sonning o‘zini topishga ham katta e’tibor beriladi. Masalan, "TU-104" samolyot 1/3 minutda 5 km uchadi. 1 minutda necha km uchadi? 1/3 qismi 5 km bo‘lgan son necha?
5•3=15 km
2. Keyinchalik, sonni uning ulushi bo‘yicha topishga doir masalalar bilan sonning ulushini topishga doir masalalar aralashtirib kiritiladi. 3-sinfda ulushni va ulushga qarab sonni topishga doir faqat sodda masalalar, 4-sinfda esa murakkab masalalar yechdiriladi.
3. Kasrlarni o‘rganish metodikasi .
"Ulushlar" mavzusiga asoslangan holda kasrlarning hosil bo‘lishi bilan


Download 17.96 Kb.
  1   2   3




Download 17.96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang`ich sinflarda ulush va kasr tushunchasi

Download 17.96 Kb.