Boshlang’ich ta’lim matematika ta’limining maqsadi va vazifalari, matematika fanidan o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan zaruriy talablar




Download 230.65 Kb.
bet9/19
Sana03.04.2021
Hajmi230.65 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Boshlang’ich ta’lim matematika ta’limining maqsadi va vazifalari, matematika fanidan o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan zaruriy talablar

Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta’limi tizimida bo’layotgan o’zgarishlar «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko’rsatib o’tilgandek har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi oldiga muhim vazifa qo’ymoqda. Bu maqsadlar boshlang’ich ta’lim uchun xos bo’g’inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo’g’inlar xilma-xil o’quv fanlari dasturlarida, o’quv rejalarida, darsliklarda ta’limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilishi mumkin.

Davlat standartlarining aniq o’quv fani bo’yicha emas, balki ta’lim sohalari bo’yicha ishlab chiqilishi o’quv fanlarini varianti tanlash asosida o’quv-metodik majmualar (dastur, o’quv rejasi, darsliklar)ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o’quv fanlararo bog’lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida o’quv fanlarinig ichki bog’liqligi va o’quv fanlararo aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi.

Boshlang’ich sinf o’qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi deyilganda, biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematikani o’qitish metodikasi bo’yicha umumiy psixologik-pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog’lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga matematikadan boshlang’ich ta’lim sohasida ma’lum bilim va uquvlarni egallash va bolalarni o’qitish orqali tarbiyalashni o’zlashtirishi kiradi.

Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang’ich sinflar o’qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo’lib, uning ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan holda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang’ich sinflarda matematikani o’qitish birinchi bosqichdir, ya’ni bolalarni navbatdagi maktab matematika kursini o’zlashtirishga tayyorlash bosqichidir, yoki matematikadan tayyorligidir. Matematikadan boshlang’ich ta’limning bu ikki jihati (aspekti) (boshlang’ich ta’limning tarkibiy qismi va matematika oldi tayyorgarligi) metodikada o’zining munosib aksini topishi lozim.

Boshlang’ich matematika kursi, bir tomondan, bilimlarning boshqa sohalarida foydalaniladi va bolalarning rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang’ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo’naltirilgan.

6-10 yoshli davr bolalarining eng muhim fikrlash tuzilmalarining shakllanishida mas’ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Mana shu bolalikda shakllantirilmagan narsalarni keyinchalik to’ldirish juda qiyin. Shu sababli boshlang’ich ta’lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlang’ich ta’lim metodikasining markaziy vazifalaridan biri o’qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta’minlashda o’qitishning bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta’sirlarini jadallashtirishdan iborat.

Matematikadan boshlang’ich ta’lim - tarbiyaviy vazifalari nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu o’zicha ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematikani va matematika fani xususiyatini o’z ichiga metodologik o’qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) oldi. Biroq, birgina nazariy bilimlarning o’zi, har qanday boshqa faoliyatga tayyorlanishdagi kabi yetarli emas. O’qitishning ma’lum mazmuni va o’qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan u yoki bu o’quv yo’nalishi uchun eng yaroqli usullarini tiklash va qo’llanishini bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o’zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarurdir.

Ayni shu boshlang’ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang’ich sinf o’qituvchisi uchun o’quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish, ayniqsa muhimdir. Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, o’quvchilar mustaqil ish natijasida xususan, seminar, amaliy va laboratoriya ishlarida matematikani o’qitish metodikasida bajariladigan ishlar orqali egallanadi.

Nazariy bilimlarni amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanishda va mashg’ulotlarning o’zida o’qitish amaliyotida foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar hal etilishi lozim.

Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda ular bir qiymatli yechimga ega emas. Darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o’quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimining o’qituvchi tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo’lish talab etiladi.

Boshlang’ich ta’lim metodikasi bu xususiyatni hisobga olmaydi. O’yinda o’qitish vositasi sifatida mutlaqo foydalanilmaydi. Mavjud didaktik o’yinlar mantiq ilmi va matematika nuqtai nazaridan mazmunan yetarli emasligi tufayli ulardan kam foydalaniladi, shu bilan birga boshqacha yo’l bilan o’rganilgan materialni faqat mustahkamlash vositasi sifatida ishlatiladi.

Bolalarni 6-7 yoshdan o’qitishning mazmuni va usullarida muammolar yuzaga keladi. Sanoqni o’rganish, qo’shish va ko’paytirishni birinchi bosqichda o’rgatish (yigirma ichida) boshlang’ich ta’limning markaziy vazifasi bo’lib kelgan va shundoq bo’lib qoladi. Biroq, bu vazifa yagona bo’lib qolmasdan, balki u bolalarni matematikani o’rganishga yanada kengroq va har tomonlama tayyorlash ishining tarkibiy qismi bo’lib qoladi va ushbu ikkita asosiy yo’l bilan belgilanadi: pedagogik yo’l, ya’ni bolalar fikrlashini qo’llaniladigan matematik mulohazalarga tayyorlash va matematika yo’li - ya’ni bolalarni eng muhim matematik tushunchalarni va eng avvalo natural son va geometrik shakl tushunchalarini o’rganishga tayyorlash.

Bolalarni matematikani o’rganishga tayyorlashda ishni nimadan boshlash yangicha yechimni taqozo etadi. Matematikani “jiddiy” o’rganish uchun bolalarni partaga o’tqazishdan oldin, balki, ular bilan “matematik o’yin” o’tkazish lozimdir.





Download 230.65 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Download 230.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich ta’lim matematika ta’limining maqsadi va vazifalari, matematika fanidan o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan zaruriy talablar

Download 230.65 Kb.