• 2. Kognitiv kompetensiya
  • Boshlang’ich ta’lim matematika fanidan o’quv dasturi, darslik va metodik qo’llanmalar mazmuni




    Download 311 Kb.
    bet6/19
    Sana03.04.2021
    Hajmi311 Kb.
    #14068
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Fanga oid kompetensiyalar:

    1. Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya

    A1

     berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o’qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko’rinishlarda tasvirlay oladi;

     sodda sonli ifodaning qiymatini og’zaki va yozma hisoblay oladi;

     sodda amaliy, matnli va mantiqiy masalalarni yecha oladi;

     tekislik va fazodagi sodda geometrik figuralarni tasavvur qiladi, taniydi va tasvirlay oladi;

     ob’yektlarni xossalari bo’yicha tartiblaydi va sodda kombinatsiyalar tuza oladi;

     sodda amaliy holatlarda tayyor jadvallarga ma’lumotlar kirita oladi, eng sodda diagrammalar shaklida tasvirlay oladi.

    A1+

     arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalarni yecha oladi;

     bo’yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalarni yecha oladi;

     sodda amaliy vaziyatlarda kombinatorik va mantiqiy masalalarni yecha oladi;

     elektron axborot manbalaridan turli ko’rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab topadi, foydalana oladi.

    2. Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)



    A1

    - ma’lum matematik faktlar va sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi, rost va yolg’on tasdiqlarni farqlay oladi;

    - zarur hollarda sodda hisoblash vositalarini qo’llay oladi;

    - o’qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o’z faoliyatini to’g’rilay oladi;

    - matematikani o’rganish jarayonida o’zida ijobiy hissiyotlarni shakllantira oladi;

    - mustaqil ravishda o’z bilimlarini mustahkamlay oladi.

    A1+

    - o’qituvchi bilan hamkorlikda o’quv va amaliy holatlarda maqsadni ifodalay oladi; o’qituvchi bilan hamkorlikda nostandart va qiziqarli masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o’z faoliyatini to’g’rilab oladi.

    Jamiyatning, axborot muhitining va mehnat bozorining jadal rivojlanishi natijasida reproduktiv ta’lim tizimi davr talabiga javob bermay qoldi. Olinayotgan ma’lumotlarning keskin ko’payib borayotganligi sababli bu ma’lumotlarni qayta ishlab, undan foydalanish uchun yosh avlodga yetkazilishi kerak bo’lgan bilimlar ham taboro ortib bormoqda. Bugungi kun o’qituvchisi oldida dars soatlarini oshirmay turib, oldindan rejalashtirilgan bilimlar bilan bir qatorda eng yangi, oxirgi axborot va ma’lumotlarni o’quvchilarga yetkazib berishga ulgurish muammosi turibdi. Faqat bilim olishga yo’naltirilgan ta’lim o’tgan zamonda qolmoqda.

    Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim bu – o’quvchi o’quv jarayonida egallaydigan bilim, ko’nikma va malakalarni o’z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida qo’llay olish nuqtai nazaridan beriladigan ta’limdir.

    Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limdan maqsad o’quvchini keng qamrovli fikr-mulohaza yuritadigan va muloqotga kirisha oladigan, ta’lim jarayonida egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini o’z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida qo’llay oladigan barkamol shaxs qilib yetishtirishdir. Umumta’lim maktablari oldiga, bir tomondan, tevarak-atrofda sodir bo’layotgan jarayonlarni to’g’ri tushunadigan, ikkinchi tomondan, jamiyat hayotida faol ishtirok etib, o’z ijobiy ta’sirini o’tkaza oladigan har tomonlama ziyoli shaxsni tarbiyalash vazifasi qo’yilmoqda. Ma’lumki, matematik savodxonlik barcha fanlarni, ayniqsa aniq fanlarni o’zlashtirishda muhim o’rin egallaydi. Bu jarayonda matematika fanining ahamiyati beqiyosdir. Matematika – fan va texnika taraqqiyotining asosiy omillaridan biri bo’lib, fan, madaniyat va kundalik hayotimizda alohida o’rin tutadi. Shuning uchun o’quvchilarning dars va darsdan tashqari faoliyatida keng ko’lamdagi matematika bilan shug’ullanishlar bo’lishi kerak. Bunda: – matematikaga xos go’zallik va jozibadorlikdan foydalanib har bir o’quvchiga mos ravishda rivojlantiruvchi mantiqiy faoliyat bilan shug’ullanish;

    – jadval, diagramma, grafik ko’rinishda berilgan axborotlarni o’qiy olish, jadvallar tuzish, diagrammalar yasash, grafiklar chizish;

    – ommaviy axborot vositalarida berilayotgan diagramma, grafik ko’rinishdagi real sonli ma’lumotlarni tahlil etish ko’nikmalarini hosil qilish kerak bo’ladi.

    Fanlararo bog’lanishda amaldagi til bilan bog’lanish uchun spetsifik vosita bo’lgan matematika tilini o’qitish tamoyili ahamiyatga ega bo’ladi. Matematik savodxonlik va bu tildan unumli foydalana olish (gapning aniq mazmunini, gaplar orasidagi mantiqiy bog’lanishni bilish) fikrlashning aniqligi va tartibliligini ko’rsatadi.

    O’qituvchi va o’quvchining birgalikdagi harakati natijasida nimaga erishilganiga emas, balki bu natijaga qaysi yo’l bilan erishilganiga asosiy e’tiborni qaratish kerak. Bunda:

    - umumfan yo’nalishi darajasidagi o’qitish – matematik standartning o’rta maktab kursidagi bilimlarini egallash;

    - matematik yo’nalishda – matematikani tabiiy fanlar bilan uyg’unlashgan holda ixtisoslashgan kengaytirilgan fan yo’nalishi bo’yicha o’qitish.

    Bu fanni o’rganish insonning ilmga bo’lgan qiziqishini, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirib, boshqa fanlarning o’qitilishiga ta’sir ko’rsatadi va ta’limda asosiy vazifani o’taydi.

    Tajribalar shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarda namoyon bo’ladigan matematik tushunchalarni yaxshi o’zlashtirish, matematik fikr yuritishga tayyor bo’lish, masala va muammolarni yecha olish, matematik tilda bemalol ish yurita olish ko’rinishidagi samarali natijalarni ta’lim usulini o’zgartiribgina erishish mumkin. Bunda izlanuvchanlik asosiy o’rin tutadi. Masalan, muammoli o’qitishda o’quvchilar nazariy va amaliy ko’rinishdagi turli muammolarni yechish orqali yangi bilim va malakalarni egallaydi. Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, qiziqarli muammolarni qo’yish va ularning yechilishiga yordam berish o’quvchilarning faolligi va mustaqilligini rivojlantirib, bu fanga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Natijada o’quvchilar olgan bilim va ko’nikmalaridan foydalanishni o’rganishadi va o’zlarining ijodiy imkoniyatlari va aniq fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishadi.

    O’qitishning zamonaviy kompetensiyaviy yondashuvga o’tilishi ta’lim jarayoniga qor ko’chkisi kabi ta’sir ko’rsatadi va misli ko’rilmagan o’zgarishlarga olib keladi. Bunda yangiliklarni ta’lim jarayoniga olib kirish va joriy etish bugungi kun o’qituvchisiining vazifasiga aylanadi. Bilimli, yuqori malakaga ega bo’lgan o’qituvchi kadrlargina jamiyatning ta’lim oldiga qo’ygan vazifasini amalga oshirishga qodir bo’ladilar. O’qituvchining izlanishi, bugungi kun talablari asosida o’z-o’zini tarbiyalashi, o’z ustida tinimsiz izlanishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni mukammal o’zlashtirishi va ularni ta’lim jarayonida qo’llashi ta’lim samaradorligini oshiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshiradi, o’quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish esa ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.

    Matematika o’qitish jarayonining eng asosiy yo’nalishlari quyidagi to’rt qismdan iborat:

    – matematik tushunchalar to’plamini bilish;

    – matematik mulohaza yurita olish;

    – matematik masala va muammolarni yechish;

    – matematik tilni egallash.

    Matematika darslarida zamonaviy metodik vositalardan foydalanish o’qituvchiga mavzuning to’liq o’zlashtirilishiga yordam beribgina qolmasdan, o’quv jarayonida o’quvchilarning o’zlari faol ishtirok etishlarini ham ta’minlaydi. Bu esa matematika fanini o’qitishda ijobiy natijalarga erishish garovi bo’lib xizmat qiladi.

    O’qitishga qo’yilgan maqsad va rejalashtirilgan natijalarni, asosan, didaktik texnologiyalarning to’g’ri tanlanishi, o’quv jarayonini va o’quv faoliyatini uyushtirish usullarini mulohaza qilib tanlanganligini ta’minlaydi. Ta’lim jarayoning qiziqarli bo’lishi turli didaktik tizimlar majmuining qanday tanlanishiga bog’liq. Masalan, quyidagi didaktik tamoyillar muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin:

    – yuqori qiyinchilik darajasida o’qitish;

    – nazariy bilimlarning ustuvorligi;

    – katta tezlikda bilim berilishi;

    – o’quvchilarning ta’lim olish jarayonini tushunib yetishi;

    – har bir fuqaro va kasb egasida matematik kompetentlikning bo’lishi;

    – matematik ta’limga AKT larning tatbiq etilishi jahon miqyosidagi ilg’orlik garovidir;

    – matematik ta’limning barcha sigment, qatlam va darajalarining o’zaro bog’liqligi (o’qitishning bog’cha bolalaridan to ilg’or matematika o’qituvchilarigacha, maktabgacha muassasa xodimlari va ota-onalargacha qamrab olish);

    – maktab va pedagog faoliyatining sifatini faqat bitiruvchilar va pedagoglarning absolyut natijalari darajasi bilangina emas, matematik kompetentlikni qay darajada egallaganligi bilan o’lchash.

    Natijada kam vaqt davomida katta xajmdagi ma’lumotlar o’quvchilar tomonidan egallanib, ta’lim samaradorligi keskin oshirilishiga erishiladi.





    Download 311 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 311 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang’ich ta’lim matematika fanidan o’quv dasturi, darslik va metodik qo’llanmalar mazmuni

    Download 311 Kb.