• IV. Xulosa V. Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
  • “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”
  • Respublikada zamonaviy sanoat usulida omuxta yem ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
  • Mundarija kirish I. Asosiy qism




    Download 343,88 Kb.
    bet1/15
    Sana15.05.2024
    Hajmi343,88 Kb.
    #235753
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Avazov Abbos loyiha ishi


    MUNDARIJA

    KIRISH
    I. Asosiy qism
    1.1 Omixta yem ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy ma’lumot
    1.2 Tuxum qo'yadigan tovuqlarni boqish
    1.3 Tuum tarkibiga ozuqa omillarining ta'siri
    II. Texnologik qisim
    2.1 Tuxum beradigan tovuqlaming energiya va oziq moddalariga ehtiyoji
    2.2 Texnologik sxema va uskunalar hisobi
    III. Texna kimyoviy nazorat
    IV. Xulosa
    V. Foydalanilgan adabiyotlar
    KIRISH
    O‘zbekiston Respublikasining mustaqil taraqqiyot yo‘lini mustahkamlash hamda iqtisodiy jihatdan to‘la mustaqilligini ta’minlashda chorvachilikning o‘rni va roli beqiyosdir. Yurtimizda azaldan chorva va chorvachilik mahsulotlarni yetishtirishning boy maktabi va tajribasi mavjudki, bugungi kunda ham o‘z nufuzi va salohiyatini yo‘qotmagan. Xalqimizda “Bosh asra, tuyoq asra, suti betingga, eti etingga” degan naql bor. Zero, chorvaga mehr-e’tibor, xalqimiz to‘kin dasturxonining garovidir.
    CHorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish xalqimizni arzon va sifatli go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ayniqsa qishloq joylarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirishda muhim o‘rin tutadi.
    Shu bilan birga, hududlardagi ishlarning hozirgi holati mazkur tarmoq korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ozuqa bazasini ko‘paytirish, naslchilikni yaxshilash, shu jumladan sun’iy urug‘lantirishni rivojlantirish va naslchilik xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida aniq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.
    Xalqimizning chorvachilikni rivojlantirish borasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ushbu tarmoqda ilmiy yondashuvlar va ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni yanada rag‘batlantirish, pirovardida aholi farovonligini yuksaltirish va daromadlarini ko‘paytirish maqsadida “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 18 martdagi PQ - 4243-sonli qarori qabul qilindi.
    Taraqqiyotning izchil rivojlanayotgan hozirgi sharoitda omixta yem ishlab chiqarish sanoatini yuqori malakali, o‘z sohasining yetuk mutaxassislari, injener-texnologlar bilan ta’minlash, ularning bilim va malakalarini oshirish orqali sanoat kelajagining yangi bosqichiga o‘tish kabi dolzarb masalalarini yechish davrning qolaversa, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy masalasidir.
    Respublikada zamonaviy sanoat usulida omuxta yem ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovasion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida» 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-son Farmoni hamda «Yog‘-moy tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 19 yanvardagi PQ-3484-son qarori ijrosini ta’minlash, mamlakatda omuxta yem ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, mahalliy omuxta yem ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi. Unga ko‘ra hokimliklarining past rentabelli paxta va g‘alladan bo‘shagan, ozuqa ekinlari uchun ajratilgan maydonlarda joriy yilda makkajo‘xori ekinini joylashtirish hamda 2018-2019 yillarda hududlarda bo‘rdoqichilik komplekslarini tashkil etish, omuxta yem ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xom ashyo bazasini ko‘paytirish uchun kelgusi yillarda ozuqa ekinlari ekish uchun ajratiladigan yer maydonlarini bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini ko‘rish, Qishloq xo‘jaligi vazirligi oid ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda 2019 yil hosilidan boshlab, ozuqa ekinlarining superelita urug‘larini originatorlar va ilmiy tajriba stansiyalarida, elita urug‘larini urug‘chilik yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi boshqa tashkilotlarda yetishtirgan holda, ozuqa ekinlari uchun ajratiladigan maydonlarning urug‘likka bo‘lgan talabini to‘liq qondirish choralarini ko‘rish, respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan serhosil urug‘ligini chetdan keltirish, hududlarda granulalangan va ekstrudirlangan zamonaviy omuxta yem ishlab chiqarishga bo‘lgan qo‘shimcha talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, yangi quvvatlarni ishga tushirish bo‘yicha har yil yakunida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda xom ashyo resurslaridan samarali foydalangan holda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sektorlari bo‘yicha omuxta yem tayyorlashning ilmiy asoslangan retsepturalarini ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etish belgilab qo‘yildi.
    Dehqon va fermer xo‘jaliklarda chorva mollaridan barakali daromad olish, xo‘jaliklar va aholi manfaatdorligini oshirish maqsadida chorva mollarini sifatli omixta yem va shirali ozuqa bilan ta’minlash tizimi tubdan takomillashtirish, omixta yem ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida ilg‘or fan va texnika yutuqlari hamda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, mahsulot sifatini oshirish, boyitishning yangi shakllarini yaratish, chorva mollari nasldorligi oshirish, chorvachilikning yuqori darajada rivojlanishini ta’minlash darkorligi alohida ta’kidlanadi.


      1. Download 343,88 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 343,88 Kb.