Omixta yem ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy ma’lumot




Download 343,88 Kb.
bet2/15
Sana15.05.2024
Hajmi343,88 Kb.
#235753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Avazov Abbos loyiha ishi

Omixta yem ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy ma’lumot

O‘zbekiston chorvachilikning qadimiy markazlaridan biri hisoblanadi. Respublikaning tuproq va tabiiy-iqlim sharoitlari – unumdor sug‘oriladigan yerlar, bepoyon qir-adirlar, dasht-cho‘l va tog‘ oldi yaylovlari chorvachilikning rivoji uchun qulay. Sug‘oriladigan yerlarda asosan qoramolchilik, cho‘chqachilik, parrandachilik, quyonchilik, qir-adirlar, dasht-cho‘l va tog‘ oldi yaylovlarda esa qo‘ychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, suv xavzalarida baliqchilik rivojlangan.
Chorvachilikni rivojlantirishning muhim omili mustahkam ozuqa bazasini yaratishdir. Respublikaning sug‘oriladigan maydonlarida chorvachilikni ozuqa bilan barqaror ta’minlash maqsadida, pichan, silos, senaj uchun bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar, xashaki ildizmeva (lavlagi), xashaki poliz (qovoq, tarvuz), donli (suli, arpa, makkajo‘xori) ekinlari ekiladi. Yem-xashak ekinlari maydoni respublikadagi jami qishloq xo‘jalik yerlarining 7,7 % tashkil etadi. Respublikada g‘alla maydonlarining kengayishi bilan chorvachilik uchun somon tayyorlash hajmi keskin ko‘paydi.
1995 yil boshida O‘zbekistondagi barcha toifa xo‘jaliklarida 5,5 mln qoramol, 10 mln. dan ziyod qo‘y va echki, 350 ming cho‘chqa, 144,8 ming ot, 84 ming quyon, 11 mln. parranda bor edi.
Qoramolchilik respublika chorvachiligida asosiy o‘rinda (yetishtirilgan jami go‘shtning 74 % ini, sutning 99,9 % ini beradi). O‘zbekiston iqlim sharoitida sut, sut-go‘sht va go‘sht yo‘nalishidagi qoramol zotlari boqiladi. Go‘sht yo‘nalishidagi qoramolchilik tog‘ va tog‘ oldi mintaqalarda rivojlangan.
Respublikada qo‘ychilikning qorako‘l teri, go‘sht-yog‘ va jun uchun boqiladigan tarmoqlari rivojlangan. Dumbali hisori qo‘ylar asosan tog‘ va tog‘ oldi mintaqalarda (Surxondaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida) boqiladi.
Echki go‘sht, serqaymoq va shifobaxsh sut, jun, teri hamda tivit uchun boqiladi. Echkilar baland tog‘ va tog‘ oldi mintaqalarida boqiladi. Echkichilik Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida rivojlangan.
1930 yillarga qadar O‘zbekiston aholisini go‘sht bilan mayda va tarqoq qassobxonalar va kushxonalar ta’minlab kelgan. Hozirgi kunda Respublika go‘sht sanoati o‘zining mustaqil va yetarli xom-ashyo bazasiga ega. Keyingi 10 yillikda go‘sht sanoatidagi o‘sish respublikada chorva mollari bosh sonini saqlab qolish va ko‘paytirishga erishilgan holda ta’minlanmoqda. Respublika sut sanoati korxonalarida sariyog‘, sut- qatiq, sut konservalar, quruq sut, pishloq, brinza, qaymoq, kazein va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Sut sanoati korxonalarida kichik yoshdagi bolalar uchun sut mahsulotlari, buzoqlarni boqish uchun sun’iy sut (ona suti o‘rinbosari) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Respublikada parrandachilik sanoati asosida rivojlangan bo‘lib, xo‘jaliklarda tovuq (tuxum, go‘sht yo‘nalishlari), go‘sht uchun kurka, qisman o‘rdak, g‘oz, parhez taomlari uchun bedana boqiladi.
Respublikaning daryo va ko‘llarida 62 baliq turi yashaydi. CHinoz omixta yem ishlab chiqarish korxonasi baliqdan baliq uni ishlab chiqaradi.
Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatning esa xom ashyoga bo‘lgan talabi kundan-kunga ortib bormoqda. Buni to‘la qondirish uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni, xususan uning asosiy sohasi bo‘lgan chorvachilikni uzluksiz ko‘tarib borish kerak. Omixta yem ishlab chiqarish mamlakatimizda yildan- yilga oshib bormoqda. Uning assortimenti kengayib, biologik samaradorligi oshib bormoqda. Omixta yem sanoatining tezkor rivojlanishi, rivojlangan sohaga aylanishi omixta yemdan foydalanishning katta iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Hayvonlarning me’yoriy hayot kechirishi uchun barcha moddalar kerak. Ularning organizmida 50 ga yaqin kimyoviy element topilgan bo‘lib, bular: azot, uglerod, yod kolalit, kislorod, kalsiy va boshqalar. Ulardan 95 foizi massasi bo‘yicha uglerod, kislorod, vodorod va azotga to‘g‘ri keladi. Xuddi shunday tarkib o‘simliklarda ham uchraydi. Bu to‘rt element hayvon organizmida va o‘simlikda turli nisbatlarda bo‘ladi va ko‘pgina moddalarni hosil qiladi. Hayvon organizmi normal o‘sishi va rivojlanishi uchun tarkibida kerakli miqdordagi moddalarni saqlagan ozuqa yetkazib berish omixta yem zavodlarining asosiy vazifasiga kiradi.
O‘simlik va hayvonlardan olinadigan mahsulotlar, shuningdek mineral moddalar qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun ozuqa bo‘lib hisoblanadi. CHorvachilik amaliyotida ozuqa ularning kelib chiqishidan, konsistensiyasi va ozuqaviyligiga bog‘liq holda dag‘al, sersuv, konsentrlangan, mineralli va turli ishlab chiqarish chiqindilariga bo‘linadi.
Yemdan foydalanishda uning samaradorligini yanada oshirish uchun ular bilan hayvonlarni alohida boqish orqali emas, balki omixta yem ko‘rinishidagi yemlar bilan boqqanda erishish mumkin.
Omixta yem retseptga mos ravishda 6–12 turlardagi turli ozuqa mahsulotlari (komponentlar, ingredientlar) ni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlardir. Omixta yem ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan ingredientlar tozalanadi, qobiqsizlantiriladi va kerak bo‘lsa maydalanadi, so‘ngra ular me’yorlanadi va aralashtiriladi.
Omixta yem qishloq xo‘jalik hayvonlarining, uy parrandalari va baliqlarning turi, yoshi va boqilish maqsadidan bog‘liq holda ishlab chiqariladi. Omixta yemda uy hayvonlari uchun kerak bo‘lgan miqdorda barcha ozuqa moddalari mavjud.
Ratsionga omixta yem kiritilsa hayvonlarning, parrandalar va mo`ynali hayvonlarning mahsuldorligi sezilarli darajada ko‘payadi, ular yaxshi o‘sadi va rivojlanadi, hayot faoliyati oshadi. Agar hayvon va parrandalarning kunlik ratsioni doimo bir xil bo‘lsa, bunda ularning mahsuldorligi pasayadi yosh hayvonlarning o‘sishi va rivojlanishida orqada qolishi, hayot faoliyatining sekinlashuvi kuzatiladi hamda turli kasalliklarga uchrashi ortadi.
Omixta yem ishlab chiqarishni ko‘paytirish tarkibini boyitish, shakllantirish orqali qishloq xo‘jalik hayvonlarining mahsuldorligini oshirishga erishiladi, ya’ni hayvonlarning vazni ortadi, tovuqlarning tuxum qo‘yishi ko‘payadi, sigirlardan olinadigan sutning miqdori va sifati ijobiy o‘zgaradi.
Omixta yemdan to‘g‘ri foydalanish chorvachilikda mahsulot tannarxini kamayishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Download 343,88 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 343,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Omixta yem ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy ma’lumot

Download 343,88 Kb.