|
Mundarija kirish I. Asosiy qism
|
bet | 8/15 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 343,88 Kb. | | #235753 |
Bog'liq Avazov Abbos loyiha ishiТ/р
|
Ускунанинг номи
|
сони
|
1
|
ДПМ-6 (эловчи машина)
|
1
|
2
|
БКМА 2-300 А(магнитли калонка)
|
3
|
3
|
А1-ДДП10 (драбилка)
|
1
|
4
|
А1-БИС-12 (сепаратор
|
1
|
5
|
А-ДМР-6 (болгали майдалагич)
|
3
|
6
|
ДСМ-6 (элаш машинаси)
|
2
|
7
|
БКМА-2-150А (магнитли калонка)
|
1
|
8
|
ДПМ-6 (эловчи машина)
|
1
|
9
|
А1ДДМ (болгали майдалагич)
|
2
|
10
|
6ДК-500 (дазатор, тарози)
|
2
|
11
|
А9 ДСГ-1.5 (аралаштиргич)
|
1
|
Texno-kimyoviy nazorat
Omixta – yemni xar partiyasi oldin uni xolatini ko‘rib chiqiladi, keyin tortma olinadi va oxirgi tortma tuzilib undan o‘rtacha tortma ajratiladi. O‘rtacha tortma miqdori 2 kg bo‘lishi kerak. Analiz oldidan u ikki qismga bo‘linadi. Bir qismini bankaga yoki boshqa idishga solib muxrlanadi va bir oy mobaynida orbitrajli analiz bo‘lib qolsa tekshiriladi. Ikkinchi qismidan esa tortma olinib undan xidi, rangi, turi, namligi, metall magnit aralashmalar miqdori, maydalash darajasi va to‘la uruv mevalarni tashkil etish hisoblanadi. Ikkinchi qismni qolgani labaratoriya tegirmonchasida maydalanadi va olingan shrot 1 mmli o‘lchamli elakdan o‘tish kerak bo‘lib, elakda umumiy massani 3-4% dan ko‘p bo‘lmagan qismi qolishi yul kuyiladi. Agar omixta –yem yuqori namlik uchun yaxshi maydalanmasa, uni 40-50 S temperaturada quritiladi. Lekin namligi quritishdan oldin aniqlanadi. Maydalangan va yaxshilab aralashtirilgan tortmani bankaga solib undan namlikni, xo‘l kletchatka miqdori, xom kleykovina, yov, kul, tuz va qum miqdori ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Omixta – yemlarni rangi, hidi, tashqi ko‘rinishi olingan xom-ashyoga xos bo‘lishi kerak. Chirigan va movor hidi bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar omixta – yemga antibiotiklar ko‘shilsa, shunga mos bo‘lgan hid bo‘lishi mumkin. Hidi 20 gr tortma olinib u toza qovozga solinadi va aniqlanadi. Hidni kuchaytirish uchun forfor idish qaynab turgan suv xammomida 5 minut isitiladi. Donli aralashma xom-ashyoni namligi va ifloslangashshgi o‘rtacha tortma asosida hisoblanadi. Pahta shroti va shulxa tarkibidagi erkin gossipolni borligini, ular unidagi karotin mikdori, baliq va go‘sht unidagi protein va (boshka ko‘rsatkichlar xaqida olingan taxlil xulosalari orqali izohlanadi. Sochma omixta-yemni nazorat tortmalarida: rangi, ta’mi, tashqi ko‘rinishi, maydalash yirikligi, metallmagnit aralashmalar mikdori, zararkunandalar bilan ifloslanganligi, butun donlarni borligi nazorat qilinadi. Granulalangan omixta-yemlarda qo‘shimcha granulalar, briketlanganda briketlar sifati nazorat etiladi. O‘rtacha smena tortmalarda aniklanadiganidan (namligi, qum, tuz, ho‘l kletchatka va ayrim omixta - yem tarkibidagi hom proteinni miqdori xam aniklanadi. Tyexnologik jarayon va mashinalarni nazorati. Tozalash mashinalari. Bu mashinalarni ishini nazorat qilishda tozalangan don va chiqindilar taxlil qilinadi. Tozalangan dondan yirik va mayda iflosliklar to‘liq tozalanish, mineral aralashmalar miqdori 0,25% dan ko‘p bo‘lmasligi, metall aralashmalarni qoldiq izlari bo‘lishi mumkin. Tozalangandan keyin olingan chiqindilarda donlarni miqdori aniqlanadi. Uning miqdori 2% dan oshmasligi kerak. Don tozalash mashinalarni texnologik samaradorligini aniqlashda mashinagacha va mashinadan keyingi tortmalar taxlil qilinadi va aralashmalarni pasayish % o‘rnatiladi.Unli xom-ashyo, xayvonlardan olinadigan maxsulot va shrotlardagi yirik aralashmalarni to‘la ajralganligi yaьni xas-cho‘plar, shpagat, iplar va boshqalar tortmalarmi nazorat qilish uchun kamida smenada 1 marotaba nazorat qilinadi. Maydalash mashinalari. Barcha turdagi xashaki xom-ashyo, tuzdan tashqari, disperssimonlikgacha maydalanadi, ular sochma omixta-yem uchun mo‘ljallangan me’yorga javob berishi kerak. Kobiq ajratuvchi mashinalar.Qobiq ajratuvchi mashinalar ishini nazorat qilishda to‘la yadroni chikishi va kletchatka miqdori aniqlanadi. Texnologik jarayonlarni qonunlariga asosan suli qobig‘ini ajratish 50% dan kam bo‘lmasligi kerak. Olingan maxsulotdagi ho‘l kletchatka miqdori 5,3%' dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Magnit uskunalar.Magnit uskunalar ishi kamida oyda 1 marta nazorat qilinadi. Bunda har bir ushlagichni yuk ko‘tarish darajasi nazorat qilinadi. Magnit ushlagichlarni me’yor bo‘yicha o‘rnatilishga e’tibor beriladi.Tuz va bo‘rni quritish. Labarotoriya tuz va bo‘rni quritishdan keyingi namligini quritish agentni haroratini nazorat qiladi. Bo‘r uchun quritish agenti harorati 250-300°S, tuz uchun 80-200°S. bo‘r uchun namlikni tushirish 11-15%, tuz uchun 4,5-7,5 %.Quritish davri 20 minut.Melassalash. Melassani yoki boshqa suyuq qushimchalarni isitish temperaturasi texno-kimyoviy nazorat bilan olib boriladi.Asosan omixta-yemga melassa ko‘proq qo‘shiladi.
Melassani isitish harorati 60°S dan oshmasligi kerak. Yuqori haroratdamelassa sifati buziladi. Haroratni nazorat qilish uchun gazli termometrlar o‘rnatiladi (TG-270). Bir vaqtni o‘zida melassa tarkibidan yod chiqindilar mikdori, nazorat kilinadi, bu chikindilar elakli filtar-ushlagichlarda ushlanib qolgan mikdor bo‘lib, ulardagi teshiklar ulchami 0,8 x 0,8 mm dir. Me’yorlash( dozalash.) Me’yorlash miqdorini to‘g‘riligini melassani sarf bo‘lishini ko‘rsatuvi uskuna orkali yoki forsunkani ishlab chiqarish miqdori bilan nazorat etish mumkin. Buning uchun laborant forsunkadan melassa olib, uni mikdorini va belgilangan mikdordan farqini ma’lum bir vaqt mobaynida tekshiradi va me’yorlashni to‘g‘riligini aniqlaydi. Dozatorlarni ishini laboratoriya va ishlab chiqarish ishchilari nazorat qiladi. Dozatorlarni to‘g‘ri ishlashi turli hil turdagn xom-ashyoni qo‘shilishi va olinayotgan mahsulotni sifati bilan aniqlash mumkin. Xar bir dozator ustida jadval osilib unda uskunani ishlab chiqarish quvvati, va kaysi turdagn xom-ashyoni me’yorlash uchun muljallanganligi ko‘rsatiladi. Shu bilan birga 1 soatda va minutda o‘tkazish mumkin bo‘lgan miqdor ko‘rsatiladi. Tarozli dozatorlarni ishini nazorag qilishda ularni markasini bilgan holda tarozilarni sinfi bo‘yicha aniqlikligi va xatoligi kursatiladi. Oxirda kovshdagi maxsulot mikdori aniqlanadi. Kovshdagi massani 10 marta aniqlab tarozilarni darajasi topiladi, Dozatorlarni ishi nazorati ularni ish va nazorat daftariga yoziladi Jurnalda vaqt, smena, resept pomeri, taqib va xar bir xom ashyopi reseptga kiritilishi belgilanadi. Aralashtirilish. Omuxta – yemga kuyiladigan asosiy talab uning bir xiligidir. Bunda barcha turdagi xom ashyoni to‘la aralashtirish orqali erishiladi. Aralashtirish samaradorligi ayrim xom ashyolarni fizik xususiyati, dispersligi va aralashtirgich konstruksiyasiga bog‘liq. Aralashtirish samaradorligini baholashda aralashmani bir xillik koeffisiyenti ishlatiladi. Mikrodozatorlar ishini dozalash kerak bo‘lgan boyitilgan aralashmani xatoligiga qarab nazorat qilinadi. Mikrodozator ishini nazorati mahsus jurnalda yozib boriladi. Shu bilan birga mikroqo‘shimchalar miqdori, uning sifati, ko‘rsatkichlari zavodga kelganida va uning smena bo‘yicha sarfi yozib boriladigan jurnal ham yuritiladi. Shu jurnal asosida barcha hujjatlarda boyitilgan omixta yem ma’lumotlari yoziladi. Uning jo‘natayotganda sifat belgilari bilan ko‘rsatiladi. Bu nazoratni to‘la olib borish kerak, chunki omixta yemga qo‘shiladigan turli mikroqo‘shimchalar aniqlanmaydi. Boyitishni to‘g‘riligini nazorat qilish uchun laboratoriya o‘rta smena tortmasidagi mikroelementlarni miqdorini aniqlaydi. Sochma omixta-yemlar. Omixta -yemni har partiyasi oldin uni holatini ko‘rib chiqiladi, keyin tortma olinadi va oxirgi tortma tuzilib undan o‘rtacha tortma ajratiladi. O‘rtacha tortma miqdori 2 kg bo‘lishi kerak. Taxlildan oldidan u ikki qismga bo‘linadi. Bir qismini bankaga yoki boshqa idishga solib muhrlanadi va bir oy mobaynida arbitrajli taxlil bo‘lib qolsa tekshiriladi. Ikkinchi qismidan esa tortma olinib undan hidi, rangi, turi, namligi, metall magnit aralashmalar mikdori, maydalash darajasi va to‘la urug‘ mevalarni tashkil etish hisoblanadi. Ikkinchi qismni qolgani laboratoriya tegirmonchasida maydalanadi va olingan shrot 0 1 mmli o‘lchamli elakdan o‘tish kerak bo‘lib, elakda umumiy massasi 3-4% dan ko‘p bo‘lmagan qism i qolishi yo‘l quyiladi. Agar omixta yem yuqori namlik uchun yaxshi maydalanmasa, uni 40-50 °S haroratda quritiladi. Lekin namligi quritishdan oldin aniqlanadi. Maydalangan va yaxshilab aralashtirilgan tortmani bankaga solib undan namlikni, xo‘l kletchatka miqdori, xom kleykovina, yog‘, kul, tuz va qum miqdori ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Omixta yemlarni rangi, hidi, tashqi ko‘rinishi olingan xom-ashyoga xos bo‘lishi kerak. Chirigan va mog‘or hidi bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar omixta - yemga antibiotiklar qo‘shilsa, shunga mos bo‘lgan hid bo‘lishi mumkin. Hidi 20 gr tortma olinib u toza qog‘ozga solinadi va aniqlanadi. Hidni kuchaytirish uchun farfor idish qaynab turgan suv hammomida 5 minut isitiladi. Zararkunandalar bilan zararlanganligi. Qishlok xo‘jaligi hayvonlari, qushlar, quyonlar va nutriyalar uchun 1 kg yemda 5 ta hashorat bo‘lishi, baliqlar uchun 10 ta bo‘lishi yul qo‘yiladi. Omixta yemni zarakunandalar bilan zararlanganligini aniqlash uchun 1 kg tortma, diametri 2 mmli elakda yoki simli 08 nomerli elakda elash orqali aniklanadi. Elakda qolgan qismdagi zararkunandalar solinadi. Zararkunandalar bilan zararlanganligini mahsulotdagi teshiklarga qarab GOST 3496.0-70 asosida baholanadi.
Metall magnit aralashmalar miqdori 1 kg tortmani magnit
orqali o‘tkazib aniqlanadi. Uni o‘lchash elagida 0,5 mmli kvadrat
orqali o‘lchanadi va 0,5 mmgacha, 0,5 dan - 2 mm gacha bo‘lgan qismchalar
miqdori hisoblanadi. Omixta yemni namligi quritish yoki Chijovani nam o‘lchagichi organi GOST 13496.3-70 orqali aniqlanadi. Namligi 14,5%dan oshmasligi kerak. Maydalash yirikligi va maydalanmagan urug‘ va mevalarni miqdori GOST 13496.8 72 da ko‘rsatilgan elaklarda elash orqali aniqlanadi.
Qum. Uni borligini F.A.Pusepa uskunasida yoki kletchatka miqdori aniqlanayotganda tekshirish mumkin. Tuz. Uning miqdori Ag NOz yoki Hg NOz orqali GOST 13496.1-60 orqali aniqlanadi. Yog‘. Uning miqdori Sokslet asbobida aniqlanadi. Uning ish jarayoni mahsulotdan S li efir orqali yog‘ni ekstraksiya qilish orqali taxlil kilinadi. Yuqoridagi ma’lumotlarni o‘rganib shunday xulosaga kelish mumkinki. Bu omixta-yem davlat standarta talabiga to‘la javob beradi. Agar barcha sifatlar standartga mos bo‘lsa, shu omixta yemlarni omborxonalarga yoki ist’yemolchilarga jo‘natish mumkin. Agar bu sifatlar javob bermasa omixta - yem sifatsiz deyiladi va tegishli jurnalda yozilib qayta ishlashga yuboriladi. Omixta - yem chiqishi nazorati. TKNB boshlig‘i omixta yem chiqish me’yorlariga rioya qilishni nazorat qiladi. Omixta yem ishlab chiqarishda oldindan xisob kitob qilinmaydi. Xom ashyoni to‘g‘ri ishlatish bo‘yicha rejali me’yor mavjud. Laboratoriya barcha xom ashyolarni nazorat etadi. Aloxida e’tibor III kategoriya chiqindilariga beriladi va ularga donni tushib qolish miqdori 2 % oshmasligi kerak. Ishlab chiqarish binosini tozalash aktida ishlatiladigan xom ashyo va tayyor mahsulot miqdori ishlov berilgan xom-ashyoni turi va sifati bo‘yicha ko‘rsatiladi. 2 chi bo‘limda barcha ishlab chiqarilgan reseptlar va ularning sifatlari ko‘rsatiladi. 3 chi bo‘limda ishlab chikarish xom ashyo balansi, uni sarflangan mahsulot, ozuqa va noozuqaviy chiqindilar, mexanik yo‘qotish ko‘rsatiladi.
|
| |