|
Tuxum tarkibiga ozuqa omillarining ta'siri
|
bet | 4/15 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 343,88 Kb. | | #235753 |
Bog'liq Avazov Abbos loyiha ishi1.3 Tuxum tarkibiga ozuqa omillarining ta'siri
Tuxum mahsuldorligini ta'minlash uchun oziq moddalariga ehtiyoj tuxum miqdori, massasi, tarkibiga qarab belgilanadi. Tuxum mahsuldorligining jadalligi (1 kunda 100 ta tuxumga kirgan tovuq hisobiga to'g'ri keladigan tuxum) tuxumga kirgan kundan boshlab pasayib boradi, tuxurnning og'irligi esa, aksincha, ortadi. Tuxumning og'irligi tuxumga kirgan tovuqning tirik vazniga bog' liq bo' lib, 40-75 gramm va undan ortiq bo'ladi.
Turli uy parrandalarida tuxurnning tarkibiy qismi turlicha bo'ladi (1-jadval).
1-jadval. Turli parranda turlarida tuxumning tarkibiy qismlarining nisbati birligi, %
Tovuqlarning 60-62 gramm tuxumi tarkibida o'rta hisobda 7,3 gramm oqsil, 6 gramm yog' bo'lib, bu tuxum 413 KDj energiya saqlashiga to'g'ri keladi. Tuxum proteinining tarkibi irsiy izohlanadi, shuning uchun qimmatli aminokislotalar organizmda sintez bo'lmasligi sababli ozuqalar orqali kiradi. Tuxum yog'ining tarkibi ozuqa tarkibidagi yog'ning tarkibiga bog'liq bo'ladi. Yosh parrandalar bilan ta'minlash va jo'jalaming normal rivojlanishi uchun tovuqlarga beriladigan ozuqa tarkibida 1-2% limon kislotasi bo'lishi lozim. Tuxurnning neorganik qismi po'choqda to'plangan kalsiydan tashqari tuxum sarig'i oqsilida mavjud.
2-jadval. Tovuq tnxumining kimyovly tarklbi va to'ylmliligi
C vitaminidan tashqari, barcha vitaminlar tuxum sarig'idan tashqarida saqlanadl. 2-jadvalda tuxurnning kimyoviy tarkibi va uning to'yimliligi keltirilgan.
Tovuqlaming kalsiyga bo'lgan talab eng avvalo, tuxum po'chog'ining shakllanishi uchun bu elementga bo'lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Tuxum o'chog'ida 2 gramm, ya'ni umumiy kalsiyning 35% i bo'ladi. Bu elementning ozuqalar bilan kelishi yetarli bo'lmaganda, po'choqlar shakllanishi naychasimon suyaklardan mobilizatsiya qilingan kaIsiy hisobiga amalga oshadi. Uzoq vaqt kalsiy yetishmasligi tuxum po'choqlarini mustahkamligining pasayishiga olib keladi. U1g'aygan sari tovuqlarda kalsiyni ozuqa hisobiga zaxiralash va suyakdan mobilizatsiya qilish pasayadi. Har ikkala hold~ ham tuxum sinishi ko'payadi.
Tuxum sarig'i va tovuq patining rangi iste'mol qilinayotgan ozuqadagi rang beruvchi moddalar miqdoriga bog' Iiq. Tuxum sarig'ining rangiga, birinchi navbatda, karotinoidlar ta'sir etib, ular yangi unib chiqqan ko'k o'tda, o't unida, sariq makkajo'xori donida, bulg'ar qalampiri tarkibida bo'ladi. Saqlash vaqti cho'zilgan sari ozuqalar tarkibidagi rang beruvchi moddalar kamayib boradi.
Tuxum sarig'ida rang berishni kuchaytirish uchun lyutein, karotin, kontakansin, sitranaksantin, lukantin va boshqa sun'iy bo'yovchi moddalar ishlatiladi. Bu moddalar tabiiy karotinoidlarga nisbatan barqarorroq bo'lib, ular dozasi to'g'ri belgilanganda tuxum sarig'ining bir xii bo'lishi ta'minlanadi. Biroq sun'iy rang beruvchi moddalar A vitamini funksiyasini bajarrnaydi.
Tuxum sarig'i va terining rangi rang beruvchi moddalaming ta'siridan tashqari, ba'zi bir dorilar, stimulyatorlar ozuqa tarkibida mikotoksinlar bo'lishi hisobiga o'zgarishi mumkin.
Rangning jadal o'zgarishiga parrandaning yoshi, fermadagi zararli gazlaming yuqori konsentratsiyasi, koksidioz va nafas yo'lIarining kasallanishi salbiy ta'sir ko'rsatadi. Tuxum sarig'i va teri rangiga ozuqa tarkibida yog'ning ko'p bo'lishi, A, E vitaminlari moddalar ozuqani saqlash parchalanishining oldini oladi.
|
| |