Tuxum qo'yadigan tovuqlarni boqish




Download 343,88 Kb.
bet3/15
Sana15.05.2024
Hajmi343,88 Kb.
#235753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Avazov Abbos loyiha ishi

1.2 Tuxum qo'yadigan tovuqlarni boqish
Tovuqlaming tuxum qo'yish mahsuldorligi ulaming zotiga, saqlash tizimiga, parrandalaming qo'nish zichligiga, guruh o'lchamiga, tuxumga kiradigan tovuqlami parvarishlash, jumladan, boqishni to'g'ri tashkil qilishga bog'liq. Tuxumga kirgan parrandalarda ozuqalaming ratsion tarkibi va me'yorlari tuxumning mahsuldorligi va po'choq tiniqligigagina emas, baUd undan chiqadigan jo'jalarga ham ta' sir qiladi. Ozuqadagi rang beruvchi moddalar tuxum sarig'ini belgiJaydi.
Tuxum beradigan tovuqlarni mineral va biologik aktiv moddalar bilan ta'minlashda asosiy e'tibor kalsiyga qaratiladi, chunki tuxum po'chog'i shakllanishi uchun kuniga 2-2,5 grarnm kalsiy sarflanadi. Agar organizmda iste'mol qilingan kalsiyning 50% qismi hazm bo'lsa, parrandalaming bu elementga kunlik talabi 3,5-5,0 grarnni tashkil etadi. Tovuqlar skelet suyaklari hisobiga 20 gramm atrofida kaIsiy sarflashi mumkin, shu tufayli oziqlantirilganda, bu element yetishmasa, po'choqlarning mustahkamligi va mahsuldorlik pasayadi. Kalsiyning o'zlashuvchanligini oshirish uchun D3 vitaminining yetarli miqdorda kelib turishi ta'minlanishi zarur, chunki bu vitamin kaIsiy almashinuvida katta ahamiyatga ega.
Parrandalarda tuxumlilikni oshirish uchun, tovuqlarning ozuqa ratsionida ma'lum darajadagi fosfor konsentratsiyasi bo'lishiga e'tibor berish lozim. Uning ayrim ozuqalar va qo'shimchalardan o'zlashishi turlicha bo'ladi. Chorva mahsulotlaridan tayyorlangan ozuqalardagi fosfor oson o'zlashadi, o'simlik komponentlari tarkibidagi fosfor, asosan, fitin birikmalari bo'lganligi uchun parrandalar tomonidan qiyin hazm bo'ladi. Chorva mahsulotlaridan tayyorlangan ozuqalardagi va o'simlik tarkibidagi fosfor ratsionda fitin tarkibida bo'lmagan fosfor, asosan, anorganik fosfordan iborat bo'ladi (organizmdagi umumiy fosfoming 113 qismi). O'simlik tarkibidagi fosforning qolgan qismi (umumiy fosfoming 2/3 qismi) fitin birikmalari tarkibida bo'lib, fitin tarkibidagi fosfomi 1 kg ozuqaga 500 birlik frtaza fermenti qo'shib, o'zlashuvchanligini keskin oshirish mumkin (1 birlik - 37°C va pH 5,5 I minut davomida 0,0015 mol natriyfrtatdan 1 mk mol anorganik fosfomi ajratib olish mumkin).
Ozuqalarga i"rtazani kiritish kalsiy, rux va boshqa elementlaming o'zlashishini yaxshilaydi va har bir kilogramm ozuqaga qo'shiladigan fosfor miqdorini kamaytiradi.
Parrandalarning natriyga bo'lgan ehtiyojini qondirish bo'yicha tavsiyalar o'ta aniqlik bilan bajarilishi lozirn. Natriyga talab ehtiyojdan yuqori bo'lsa, tovuqlarning suv iste'mol qilishi ortib, parranda go'ngining parchalanishiga va suyulib ketishiga sabab bo'ladi. Bu holat endo- va ektoparazitlaming ko'payishiga imkon beradi. Natriy yetishmasligi tovuqlaming patlari to'kilishiga va tuxumdan qolishiga olib keladi.
Parrandalaming asosiy mikroelementlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish bO'yicha quyidagi me'yorlar tavsiya qilinadi (0-jadval).
0-jadval. Tovuqlar uchun ozuqa aralashmalarida (88% QM hisobida) tavsiya etilgan asosiy mikroelementlar konsentrasiyasi, mglkg ozuqa


Download 343,88 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 343,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuxum qo'yadigan tovuqlarni boqish

Download 343,88 Kb.