O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
• o’qituvchi bilan birgalikda o’quv masalasini (maqsadini) topa olish, ifodalay olish va qismlarga ajrata olish;
• o’quv faoliyat natijasini tahlil qila olish, yo’l qo’yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzata olish;
• o’qituvchi bilan birgalikda olingan natijalarni boshqalar foydalanishi uchun oson ko’rinishda taqdim eta olish;
• kundalik vaziyatlarda mavjud bilim va ko’nikmalarni qo’llay olish;
• o’qish va yangi bilimlarni egallashga qiziqa olish;
• masala yechish orqali kundalik vaziyatlarga nisbatan o’zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira olish.
A1+
• masala yechish orqali real dunyodagi vaziyatlarga nisbatan o’zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira olish.
|