|
Bahodirova Nozimaxon “chizmachilik fani o‘qitish metodikasi” fanidan “Fazoviy figuralarni tekislikda tasvirlash” mavzusida bajargan kurs ishi
|
bet | 1/11 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #249001 |
Bog'liq Bahodirova Nozimaxon
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Himoyaga ruxsat etiladi
“Tasviriy sa’nati” kafedrasi
mudiri ________B.Qurbonova
«_____»__________ 2024-yil
San’atshunoslik fakulteti, Tasviriy san’at kafedrasi,
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi
2-bosqich 20.29- guruh talabasi Bahodirova Nozimaxon
“CHIZMACHILIK FANI O‘QITISH METODIKASI”
fanidan
“Fazoviy figuralarni tekislikda tasvirlash” mavzusida bajargan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: M.O‘rinov
Farg‘ona 2024
Mundarija
I Kirish……………………………………………………………………………3
II. Asosiy qism…………………………………………………………………..5
1. Chizma geometriya fanining maqsadi va vazifalari………………………5
2. Proeksiyalash usullari. Markaziy proyeksiyalash usuli…………………..7
3.Aylanma jismlar. Silindr, konus, shar...........................................................9
4. Fazoviy figuralarni tеkislikda tasvirlash…………………………………..15
Xulosa va tavsiyalar……………………………………………………………..21
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati……………………………………………23
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqilligimiz tufayli mamlakatimizning barcha hududlarida sanoat korxonalari qurilmoqda. Ularga xizmat qiladigan ishchi texnik xodimlari va barcha mutaxassisning asosiy qismi, ish jarayonida, chizmalar bilan muloqatda bo‘lishadi. Turli chizmalarni o‘qishni biladigan odam texnika tili hisoblangan chizmalar yordamida har qanday texnikani brmalol boshqara oladi, nosoz bo‘lsa tuzata oladi va nazorat qilishi mumkin.
Ta’lim turlarining barchasini isloh qilish va qayta qurish amalga oshirilayotgan mamlakatimizda har bir fan, shu jumladan, chizmachilikdan chuqur nazariy va amaliy bo‘limlarga ega bo‘lgan yosh kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega.
Chizmachilikka oid bilimlarni muvaffaqiyat bilan egallashning asosiy shartlaridan biri grafik savodxonlik (chizmalar chizish va uni o‘qishni bilish)dir. Chizmachilikda har bir narsaning shartli va soddalashtirib tasvirlanishini mukammal egallashdan iborat.
Ma’lumki, chizmachilikka kompetentlik uquvlarni tarkib toptirish va uni rivojlantirish jarayonida aniq maqsadga yo‘naltirilgan grafik ishlarni bajarishni tashkil etish talabalarning fikrlash qobiliyatini oshirishda muhim ro‘lni o‘ynaydi.
Chizma-o‘ziga xos grafik til, u baynalminal (internatsional) - umuminsoniyat tili bo‘lib, savodli har bir kishi uchun, u qanday tilda gapirishdan qat’iy nazar tushunarlidir. Asosan chizmani axborot (informatsiya) uzatishning grafik vositasi deb ham atashadi, chunki u texnik g‘oyani ifodalashning eng yaqqol va juda qulay vositasidir1.
Chizmalar faqat texnikadagina zarurligidan tashqari u insonning ko‘p kasblari uchun ham muhim hisoblanadi.Chizmalarga qarab turar joy binolari, to‘g‘onlar, shaxtalar, elektr stantsiyalari, temir yo‘llar va turli shosselar, mebelsozlikda, shahar va qishloqlarni ko‘kalamzorlashtirishda foydalaniladi. Chizmalar murakkab tibbiyot texnikasini o‘zlashtirishda, maktablarda fizika, matematika, geometriya va boshqa fanlarni o‘rganishda ham zarur hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bahodirova Nozimaxon “chizmachilik fani o‘qitish metodikasi” fanidan “Fazoviy figuralarni tekislikda tasvirlash” mavzusida bajargan kurs ishi
|