• Kurs ishining vazifasi
  • Kurs ishining amaliyotdagi ahamiyati
  • Kurs ishining ob’yekti
  • Bahodirova Nozimaxon “chizmachilik fani o‘qitish metodikasi” fanidan “Fazoviy figuralarni tekislikda tasvirlash” mavzusida bajargan kurs ishi




    Download 0,73 Mb.
    bet2/11
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,73 Mb.
    #249001
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Bahodirova Nozimaxon

    Kurs ishining maqsadi:
    Chizmachilik fanida mashqlar bajarishda inson tafakkurining eng asosiy sifati hisoblanmish fazoviy tasavvuri shakllanadi. O‘quv predmetlardan birortasi ham talabalarning fazoviy tasavvurlarini chizmachilikdek rivojlantira olmaydi. Shunday ekan biz maktab davridan boshlab o‘quvchilarga chizmachilik fanining har bir mavzusi bo‘yicha mukammal bilim berib borishimiz zarur.
    Yuqoridagi fikrlarni inobatga olib mazkur kurs ishimni tayyorlash davomida quyidagi maqsadni o‘z oldimga belgilab oldim: Fazoviy figuralarni tekislikda tasvirlashishi orqali usul va yo‘nalishlarini ishlab chiqish va mavzuni o‘rganish.
    Kurs ishining vazifasi:
    Men kurs ishimni tayyorlash uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldim:
    Proeksiyalash usullari haqida umumiy tushunchalar berish, Aylanma jismlar. Silindr, konus, shar. asliga qarab uning ko‘rinishini chizish usullarini o‘rganish
    Fazoviy figuralarni tеkislikda tasvirlash.
    Kurs ishining amaliyotdagi ahamiyati: Proeksion chizmalar, izometrik proeksiyalarni qurish amaliy mashg‘ulotlarda bajarish o‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlanishida kata va alohida ahamiyatga ega. Shu sababli ushbu kurs ishidan mavzuni kengroq o‘rganmoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchilari va talabalar hamda o‘qituvchilar o‘z pedagogik faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
    Kurs ishining ob’yekti: O‘rta umumiy ta’limda chizmachilik fanini o‘qitish jarayoni.
    Kurs ishining predmeti: Mavzuni o‘rganishning shakl, usul va vositalari.

    CHIZMACHILIK FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
    Chizma geometriya umumiy geometriyaning bir shoxobchasi bo‘lib, u narsalarni tasvirlash usullari yordamida ularning shakllari, o‘lchamlari va o‘zaro joylashishlariga tegishli pozision va metrik masalalarni yechishni o‘rganadi.
    Chizma geometriya boshqa geometriyalardan o‘zining asosiy usuli tasvirlash usuli bilan farq qiladi va u matematika fanlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, umumtexnika fanlaridan hisoblanadi. U o‘zining tasvirlash usullari yordamida o‘quvchining fazoviy tasavvurini kengaytiradi. Tasvirlarni yasash va oldindan yasalgan tasvirlarni o‘qiy bilish, hamda amaliyotdagi turli muhandislik masalalarini yechishga yordam beradi. Chizma geometriya qonun va qoidalari bilan nafaqat mavjud narsalarni, balki tasavvur qilinadigan narsalarni ham tasvirlashi mumkin.
    Fazodagi shakllarning tekislikdagi chizmalari chizma geometriya usullari bilan ma’lum qonun-qoidalar asosida hosil qilinadi. Bu chizmalar orqali buyumning fazoviy shaklini chizish va o‘lchamlarini aniqlash mumkin. Chizmalar yordamida geometrik shakllarga tegishli stereometrik masalalar yechiladi. Chizmalarsiz fan va texnika taraqqiyotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Arxitektorlar va muhandislar o‘z ijodiy fikrlarini faqat chizmalar yordamida to‘liq bayon eta oladilar.
    Chizmalar bo‘yicha barcha muhandislik inshootlari quriladi, mashinalar, mashina qismlari, medisina asboblari va xokazo buyumlar ishlab chiqariladi.
    Shakllarning bizga ma’lum bo‘lgan barcha geometrik xossalarini ularning chizmalaridan olingan ma’lumotlardan ham aniqlasa bo‘ladi. Shuning uchun ham buyumlarning chizmalarini ularning geometrik xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi tekis geometrik modellar deb atash mumkin.
    Chizma geometriya fanida quyidagilar o‘rganiladi:

    1. Fazoviy shakllarning tekislikdagi tasvirlarini, ya’ni tekis modellari (chizmalari)ni yasash usullari;

    2. Tekis chizmada geometrik masalalarni grafik yo‘l bilan yechish usullari;

    3. Shakllarning berilgan tekis chizmalari bo‘yicha ularning fazoviy ko‘rinishini va vaziyatini tasavvur qilish hamda ularning yaqqol tasvirlarini yasash usullari;

    4. Geometrik shakllarning chizmalarini bajarish va o‘qish orqali o‘quvchining fazoviy tasavvurini rivojlantirish usullari.


    Ma’lumki, geometrik shaklning xossalarini analitik va grafik usullarda tekshirish mumkin. Figuralarning grafik modeliga asosan ularning analitik usulda berilishini va aksincha, figuralarning analitik ko‘rinishidan ularning chizmalarini yasash usullarini chizma geometriyada ham ko‘rish mumkin.
    Loyihalanadigan buyumlarni faqatgina grafik usulda tasvirlash hozirgi zamon ishlab chiqarishi talablarini qanoatlantirmaydi. Shuning uchun chizmalarni bajarishda grafik usullar bilan birgalikda analitik usullardan ham foydalaniladi.
    Keyingi yillarda buyumlarning chizmalarini kompyuter grafikasi vositalari yordamida tayyorlashda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarining kirib kelishi chizma geometriya fanining rivojlanishtirishda yangicha mazmun kasb etmoqda.


    Download 0,73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bahodirova Nozimaxon “chizmachilik fani o‘qitish metodikasi” fanidan “Fazoviy figuralarni tekislikda tasvirlash” mavzusida bajargan kurs ishi

    Download 0,73 Mb.