AYLANMA JISMLAR. SILINDR, KONUS, SHAR




Download 0,73 Mb.
bet5/11
Sana21.05.2024
Hajmi0,73 Mb.
#249001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bahodirova Nozimaxon

AYLANMA JISMLAR. SILINDR, KONUS, SHAR
Agar aylanma sirtni o‘q deb ataluvchi to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar bo‘lgan parallel ikkita tekislik bilan kessak aylanma sirt va doira bilan chegaralangan aylanma jism hosil bo‘ladi (1- chizma).
- aylanma jismning o‘qi, jismning egri sirti aylanma sirt deyiladi.

Aylanma sirt parallel tekisliklar bilan kesilsa, kesim doiralardan iborat bo‘ladi.




Silindr.
O‘q atrоfida unga parallеl bo‘lgan to‘g‘ri chiziq aylantirilsa, silindrik sirt hоsil bo‘ladi. U o‘qqa perpendikular ikkita parallеl tеkislik bilan kеsilsa ular оrasida silindrik jism hоsil bo‘ladi (2-chizma).

Teorema. Silindr o‘qiga perpendikulyar tekislik uning yon sirtini asos aylanasiga teng aylana bo‘yicha kesadi. (3-chizma) (tеоrеma isbоti mustaqil ish sifatida bеriladi).
Silindrga ichki chizilgan prizma deb shunday prizmaga aytiladiki, uning asoslari silindrning asoslariga ichki chizilgan teng ko‘pburchaklardan iborat. Uning yon qirralari silindrning yasovchilari bo‘ladi (4- chizma).

3-chizma 4-chizma


KONUS
Konus (aniqrog‘i doiraviy konus ) deb shunday jismga aytiladiki, u doira – konus asosidan, shu doira tekisligidagi yotgan nuqta-konusning uchidan va konusning uchini asosining hamma nuqtalari bilan tutashtiruvchi kesmalardan iborat bo‘ladi (-chizma). Konus uchini asos aylanasi nuqtalari bilan tutashtiruvchi kesmalar konusning yasovchilari bo‘ladi. Konusning sirti asosidan va yon sirtidan iborat.

5-chizma 6-chizma
Konusning o‘qiga perpendikulyar tekislik undan kichik konus ajratadi. Qolgan qismi kesik konus deyiladi. (7-chizma).

7-chizma 8-chizma 9-chizma
Asosi konus asosidagi aylanaga ichki chizilgan ko‘pburchak bo‘lib, uchi esa konusning uchida bo‘lgan piramida konusga ichki chizilgan piramida deyiladi. (8-chizma). Konusga ichki chizilgan piramidaning yon qirrasi konusning yasovchilari bo‘ladi. Asosi konusning asosiga tahqi chizilgan ko‘pbubrchak bo‘lib, uchi esa konusning uchi bilan ustma-ust tushgan piramida konusga tashqi chizilgan piramida deyiladi. Tashqi chizilgan piramida yon yoqlarining tekisliklari konusning urinma tekisliklari bo‘ladi. (9-chizma).

Download 0,73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AYLANMA JISMLAR. SILINDR, KONUS, SHAR

Download 0,73 Mb.