2
Hayitov, O.E.
Boshqaruv psixologiyasi: Darslik / O.E. Hayitov; Mas‟ul muharrir D.N. Arzikulov;
O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi. – Chirciq: O„zDJTSU, 2020. –
250 b.
“Boshqaruv psixologiyasi” psixologiya fanining shunday tarmog„iki, u boshqaruv faoliyati
bilan bog„liq bo„lgan muammolarni, shaxs va shaxslar guruhi
tomonidan boshqa guruhlar
faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishning psixologik
mexanizmlarini o„rganadi. Oxirgi yillarda inson omiliga e‟tiborning
ortib borishi munosabati
bilan boshqarish psixologiyasi masalalariga ham qiziqish kuchaydi. Shu asosda ijtimoiy
psixologiyaning maxsus bo„limi – boshqaruv psixologiyasi paydo bo„ldi.
Ushbu darslik 5A610501 – Sport faoliyati (faoliyat turlari bo„yicha) va 5A610502 –
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti mutaxassisliklari talabalari uchun.
Shuningdek ushbu
darslikdan psixologiya sohasiga qiziqqan talabalar,
doktorantlar, sport ta‟limi muassasasi
rahbarlari ham foydalanishlari mumkin.