• Bozor iqtisodiyoti modellari
  • Bozor iqtisodiyotini vujudga kelishi va unga o’tishning asosiy modellari
  • Bozor iqtisodiyoti va uning




    Download 76,66 Kb.
    bet1/3
    Sana22.02.2024
    Hajmi76,66 Kb.
    #160518
      1   2   3
    Bog'liq
    Abdug`aniyev Azamat IQ nazariya


    BOZOR IQTISODIYOTI VA UNING
    TUZILISHI
    1.Bozor iqtisodiyotining vujudga kelishi va uning
    asosiy modellari;
    2. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari;
    3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari;
    4. Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari;
    5. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.
    REJA:
    Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor iqtisodiyoti modellari m.ning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos boʻlgan aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xoʻjaligi va korporativ iqtisodiyot koʻrinishlari mavjud.
    Aralash iqtisodiyot modeli — bozor iqtisodiyotining yuksak mehnat unumi, neʼmatlar toʻkinchiligini taʼminlaydigan, eng mukammal texnologiya va yuqori malakali ish kuchiga ega boʻlgan turi. Bu modedda mulkiy xilmaxillik mavjud boʻladi; xususiy mulkning individual va hissabay shakllari ustuvorlik qiladi, davlat va nodavlat mulki, iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari taraqqiy etadi. Yirik, oʻrta va kichik biznes muvozanatli holatda rivojlanadi. Bozor munosabatlari bilan birgalikda nobozor munosabatlari ham mavjud boʻladi. Bu esa sahovat va xayrehson ishlarining keng rivojlanishiga zamin yaratadi, raqobat bilan birgalikda hamkorlik aloqalari yuzaga keladi. Iqtisodiyotni boshqarishda bozor mexanizmi bilan bir qatorda davlat mexanizmi ham qoʻllanadi. Mazkur modelga ommaviy farovonlik xos boʻlsada, ijtimoiy tafovutlar cheklanmaydi, davlat daromadlarni qayta taqsimlashda faol ishtirok etmaydi, bu vazifalarni bozor mexanizmi bajaradi. Aralash iqtisodiyot modeli AQSH, Angliya, Fransiyada mavjud.
     Bozor iqtisodiyotini vujudga kelishi va unga o’tishning asosiy modellari Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida tovar xo’jaligi bag’rida bozor iqtisodiyoti vujudga kelib, u borgan sari rivojlanib borishini ko’rsatdi. XVII–XVIII asrlarga kelib, insoniyat xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o’tdi. Iqtisodiyotda unga xos bo’lgan tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada qator afzalliklar hamda ayrim kamchiliklari bo’lgan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos yaxlit iqtisodiy tizim tashkil topdi. Dastlab, yakka xususiy mulk monopoliyasi xukmron bo’lib, kapitalistik jamiyatga xos ziddiyatlar kuchaygan. XIX asr o’rtalarida marksistik g’oya vujudga keldi. Bu g’oyaga binoan jamiyat a’zolarining farovon yashashi, adolat o’rnatilishi uchun adolatsizlikning bosh manbai xususiy mulkchilik yo’qotilishi lozim edi. Shu g’oyaga binoan sobiq ittifoq va ayrim mamlakatlarda xo’jalik yuritishning alternativ varianti tarzida ma’muriy buyruqbozlik, markaziy rejalashtirishga asoslangan xo’jalik yuritish vujudga keldi.
    • Bu xo’jalik yuritish shaklida: Xususiy mulkchilikni yo’qotish;
    • Bozor, tovar-pul munosabatlarini tugatish;
    • Ne’matlar va resurslarni taqsimlashning bozor mexanizmi o’rniga ijtimoiy mulkchilikka asoslangan davlat taqsimoti va nazoratini o’rnatish;
    • Har bir kishini yaratgan ne’matlardagi ulushini qilgan mehnatiga qarab belgilash, mehnat miqdorini esa ish vaqti asosida aniqlash ko’zda tutiladi.


    Bozor munosabatlari tizimida shunday rag’batlantiruvchi kuch joylanganki, u muttasil iqtisodiy o’sish va sotsial rivojlanishni ta’minlaydi. Bozor tizimining afzalligini Tailand, Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur kabi Osiyo mamlakatlari ham namoyish etdi. Hozirgi paytda Xitoy, Sharqiy Germaniya (Sobiq GFR), Vetnam ham uning ustunligini ko’rsatmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish tarixiy ob’ektiv zarurat bo’lib, kelajakda ravnaq topishining, oqilona xo’jalik yuritishga erishishning yagona yo’li sifatida O’zbekiston ham bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini tanladi. XX asrga kelib bozor iqtisodiyotiga o’tish global, ya’ni umumjahon voqyeligiga aylandi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish murakkab jarayon, shuning uchun u uzoq vaqt davom etadi. Undan tashqari, har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, bozor iqtisodiyotiga o’tishning turli modellari, yo’nalishlari asosida amalga oshadi. Har bir mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o’tishining o’ziga xos yo’li quyidagi omillarga bog’liq: Geografik o’rni;
    • Geografik o’rni; Tabiiy resurslarning mavjudligi va ularning zaxirasi; Tarixiy taraqqiyot darajasi; Aholining an’analari va urf-odatlari; Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi; Jamiyatning ijtimoiy yo’nalishi.
    • Shu bilan birga bozor iqtisodiyoti modellarining umumiy tomonlari bo’lib, bular:

    • Bozor iqtisodiyotining turli-tuman mulkchilikka asoslanganligi; Tovar va xizmatlarga erkin narxlar ustunligi; Raqobat kurashiga asoslanishi; Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum tizimi mavjudligi va boshqalardan iborat.


    Download 76,66 Kb.
      1   2   3




    Download 76,66 Kb.