Elektron pochta serveri yordamida ishlovchi mijoz dasturini yaratish




Download 4.65 Mb.
bet1/8
Sana15.03.2017
Hajmi4.65 Mb.
#108
  1   2   3   4   5   6   7   8

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

Fizika –matematika fakulteti

“Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi

Abdullayeva Madina Sa’dullayevna


Elektron pochta serveri yordamida ishlovchi mijoz dasturini yaratish

5480100-“Amaliy matematika va informatika” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

“Ish ko‘rildi va himoya qilishga Ilmiy rahbar ________ . H.I.Eshonqulov

ruxsat berildi” “_______” _________________2014 y.

Kafedra mudiri. Taqrizchi _____________ U.Ibragimov

___________ dots T.B.Boltayev “_______” ______________ 2014 y.

«______» ______________2014y.

“Himoya qilishga ruxsat berildi”

Fakultet dekani __________ prof. Sh.M.Mirzayev

“_______” ______________ 2014 y.

Buxoro-2014


Mundarija
Kirish 2

I.BOB. Elektron pochta serveri va ular haqida ma’lumot……………………….7

1.1. Elektron pochta serveri bilan ishlovchi dasturlar 7

1.2.c# dasturlash tili va imkoniyatlari 21

II.BOB. Elektron pochta serveri bilan ishlaydigan mijoz dasturini yaratish……30

2.1.POP3 va SMTP protokollari..........................................................................30

2.2.C# da Net.mail kutubxonasi bilan ishlash…………………………………..32

2.3. Dаsturning texnik topshirig’i va infologik tаvsifi .

Xotima

Adabiyotlar

Kirish

O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida istiqlol yo’lidan ildamlab bormoqda. Mustaqillik tufayli jamiyatimiz hayotida bo’lgani kabi ta`lim tizimida ham tub o’zgarishlar ro’y berdi. Ayniqsa, «Ta`lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi respublika ta`lim tizimida muhim voqea hisoblanadi. Bu hujjatlarda Respublika ta`lim muassasalarida yuqori malakali, bilimdon kadrlar tayyorlash usul va yo’llari, bosqichlari aniq belgilab berilgan va ular ta`lim sohasida amalga oshiriladigan islohotlar dasturi hisoblanadi.



O‘zbekiston Respublikasi Prizedenti I.A. Karimov aytganlaridek: «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor, farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak».

Shunday ekan, O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining muhim sharti xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirishdir.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni yaqin o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqiyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar mandaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faolikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.

XXI asrning intelektual yoshlar asri, axborot texnologiyalari asri deb atalgani sababli, shu davr mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda, axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati tobora ortib borishidadir. Bu esa o‘z navbatida jamiyatning har bir a’zosidan axborotlashtirish va axborot texnologiyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi. Fan va texnologiyalarning rivojlanishi, taraqqiy etishi va o‘zaro integratsiyalashuvi jadallashmoqda, shu bilan birga yangi innovatsion texnologiyalar yaratish hamda ishlab chiqarishning turli jabhalarida qo‘llanishi har bir yoshni o‘z mutaxasisligini mukammal egallashini taqazo etadi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy axborot tеxnologiyalarni joriy etish, ta’limni kompyutеrlashtirish muammolarini hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu muammoga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor bilan qaralmoqda. Rеspublikamiz Prеzidеnti I.A.Karimovning 2001-yil Oliy Majlisning 5-sеssiyasida so`zlagan nutqida axborot tеxnologiyalari va kompyutеrlarni jamiyat hayotiga kishilarning turmush tarziga, maktab va oliy o`quv yurtlariga jadallik bilan olib kirish g`oyasi ilgari surilgan edi.

Kompyutеrning ta'lim-tarbiya sohasidagi ahamiyati bеqiyos. U xalq ta'limi tizimini ma'muriy boshqarishdan tortib maktab faoliyatini alohida tashkil etish, boshqarish nazorat qilishgacha, o’quv prеdmеtlarini o`rganishni tashkil qilishdan tortib, o’quvchilarning individual mashg`ulotlarini tashkil etishgacha bo`lgan muammolarni qamrab oladi. Bu muammolarni hal qilish bo`yicha barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, jumladan, bizning Rеspublikada ham turli yo`nalishdagi tadqiqot ishlari o`tkazilmoqda.

Ta'lim sohasida kompyutеrlashtirish, unga axborot tеxnologiyalarni joriy qilish bilan bog`liq muammolarni tadqiq qilishda muayyan yutuqlarga erishilgan bo`lsada, bu sohada yеchimini kutayotgan masalalar ham talaygina. Bu masalalar qatoriga umumiy o`rta ta'limda kompyutеrli ta'lim mеtodologiyasining o`rnatilmaganligi, pеdagogik dasturiy vositalari (PDV) ni yaratish prinsipi, vosita bosqichlari va mеxanizmining yеtarlicha tadqiq qilinmaganligi; o’quv matеrialiga pеdagogik dasturiy vositaga mo`ljallab ishlov bеrish, ma'lumotlar omboriga joylashtirish usullari, ulardan foydalanish tizimining ilmiy asoslanganligi, dars jarayonidagi bosqichlarni to`liq kompyutеrlashtirish masalalasining majmuaviy o`rganilmaganligi kabilar kiradi. Rеspublikamizning pеdagogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O`zbеkistonning ijtimoiy-pеdagogik sharoitiga moslashgan ta'lim tеxnologiyalarini yaratish va ularni ta'lim-tarbiya amaliyotida qo`llashga intilmoqdalar.

Yurtboshimiz I.A.Karimov “XXI asr axborot tеxnologiyalari asri” – dеb ta’kidlaganlaridеk, butun jahon taraqqiyoti tobora axborot tеxnologiyalari bilan tеz suratda rivojlanib bormoqda. Xususan biz kabi yoshlarni zamon talabiga javob bеruvchi mutaxassislar qilib tayyorlashga e’tibor katta.

Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda internetdan foydalanishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqishga talab ortib bormoqda. Sababi internet insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Bu texnologiya juda qulay bo`lib, unda axbarot almashinish internet orqali amalga oshiriladi. Bu texnologiya yordamida agar kompyuterda internetda ishlovchi dasturlar bo’lmasa ushbu dasturiy ta’minot orqali elektron pochta muhitlarida ishlab axbarot almashinuvini amalga oshirish mumkin. Bu dastur mijoz-server texnologiyasi asosida ishlab C# barcha so`rovlarni amalga oshiradi. Siz bir nechta muhitda ishlashingizga to’g`ri kelmaydi. Ushbu dasturiy ta’minotda bir serverdan boshqa bir nechta serverlarga xabar yuborish, qabul qilish, ular ustida ishlash imkoni mavjud. Bu sizning boshqa internet brauzerlarini qidirish, o’rtnatishga ketadigan barcha vaqtingizni tejab, elektron pochtalar bilan ishlashning qulay, oson yo’lini taqdim etadi. U barcha foydalanuvchilar uchun tushunarli va sodda ko’rinishga ega.

Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot obyekti. C# dasturlash tilidagi Net.mail texnalogiyasi. Internet tarmog’idan foydalanish uchun zaruriy kodlarni ishlatishda shu texnalogiya imkoniyatlarini qo’llash.

Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Xabarlar almashinuvini amalga oshirishda Net.mail kutubxonasi imkoniyatlarini ko’rsatish. Ish jarayonida kompyuterda foydalanish. Foydalanuvchilar uchun mustaqil shug’ullanishlari uchun dasturiy ta’minot tayyorlash. Foydalanuvchilarga kompyuterda mustaqil o’zlari xabarlarni yuboruvchi va qabul qiluvchi dasturiy ta’minot yaratish imkonini beruvchi kodlarni yozish usullarini ko’rsatish va foydalanuvchilarni bu dasturga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.

Bitiruv malakaviy ishning tadqiqot usuli va uslubiyoti. Elektron pochta ustida so’rov, amallar bajarishda Net.mail kutubxonasi imkoniyatlarinidan foydalanish usullarini ko’rsatish va elektron pochta bilan ishlaganda ularni qo’llash. Net.mail kutubxonasi ishlaganda formula, matn, so’rov bilan ishlash usullarini o’rganish bilan birga kompyuterda ishlash texnologiyalarini qo’llash. Dasturiy ta’minotni yaratishda foydalanilgan texnologiyani ishlash jarayonini tushuntirish.

Olingan asosiy natijalar: Professional foydalanuvchilar va mustaqil o’rganuvchilar uchun Net.mail kutubxonasi, POP3 va SMTP protokollaridan foydalanish imkoniyatlarini qo’llagan holda dasturiy ta’minot yaratish.

Bitiruv malakaviy ishidan olingan natijalarning yangiligi va amaliy ahamiyati: Elektron pochta serveridan foydalanuvchilar uchun qulay va oson bo’lgan xabar almashinuv jarayonini muvaffaqiyatli ta’minlab berishdan iborat.

Tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi qo`llash sohasi. Net.mail kutubxonasi, POP3 va SMTP protokollarini boshqa texnalogiyalardan afzalligini ko’rsatish. Hozirgi kunda yangi texnalogiyalar bilan ishlashni o’rganish juda katta ahamiyatga ega. Dasturiy ta’minotning ahamiyati shundan iboratki, kam vaqt va amallardan foydalangan holda ma’lumotlar almashinuvidan foydanish mumkinligini ko’rsatish.

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: Malakaviy bitiruv ishi kirish, ikki bob, xotima, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. Kirish qismi 4 betdan iborat, tushuntirish qismi 48 betdan iborat. Bitiruv malakaviy ishida 11 ta adabiyotdan foydalanildi.





Download 4.65 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 4.65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron pochta serveri yordamida ishlovchi mijoz dasturini yaratish

Download 4.65 Mb.