Page 195
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 2, Issue 11, Part 3 November 2023
www.in-academy.uz
HALQALI YIGIRISH MASHINASIDA SIFATLI TRIKOTAJ
IPLARI ISHLAB CHIQARISH BO‘YICHA AMALIY
TADQIQOTLAR
Zokirjon Erkinov
DSc.
Azizbek Soliyev
PhD.
Axror Yigitaliyev
tayanch doktorant
Moxirjon Maxsudov
magistrant
Namangan tо‘qimachilik sanoati instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.10275737
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-November 2023 yil
Ma’qullandi: 28- November 2023 yil
Nashr qilindi: 30-November 2023 yil
Ushbu maqolada halqali yigirish mashinasida
olinadigan ip sifatini ta’minlash bо‘yicha olimlarning
ilmiy tadqiqot ishlari tahlil etilgan. Halqali yigirish
mashinasi chо‘zish asbobidan chiqayotgan tolali
qatlamni
buram
olish
jarayonida
turli
deformatsiyalarga
qarshiligi
hamda
buram
uchburchagining geometriyasini ip sifatiga ta’siri
tadqiq etilib, tegishli hulosalar berilgan.
KEY WORDS
Ip, tolali qatlam, buram, buram
uchburchagi,
deformatsiya,
struktura, qamrov yoyi.
To‘qimachilik sanoati yengil sanoatning eng muhim tarmog‘i bo‘lib, uni
ishlab chiqarish
umumiy hajmining qariyb yarmini ta’minlaydi, shuningdek, unda ishchilar soni bo‘yicha
birinchi o‘rinni egallaydi. Uning asosiy vazifasi iste’mol tovarlari,
birinchi navbatda mato va
trikotaj buyumlarini ishlab chiqarishdir. Shu bilan birga, u o‘z mahsulotlari bilan ko‘plab
ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondiradi. Xom ashyoga qarab to‘qimachilik sanoati odatda bir
nechta kichik tarmoqlarga bo‘linadi – paxta, jun, ipak, zig‘ir, kimyoviy tolalardan matolar,
shuningdek trikotaj va noto‘qima matolar ishlab chiqaradi.
Muhokama. Yigirish korxonalari tomonidan ishlab
chiqarilayotgan ip qanday
mahsulot tayyorlanishiga, tola turiga va ishlab chiqarish usullariga nisbatan bir-biridan
farqlanadi. Ip tayyorlashda uning sifat ko‘rsatkichlarini ma’yorlar asosida hamda iste’molchi
talabini inobatga olgan holda ishlab chiqariladi.
Shuningdek, iste’molchi talablari asosida
ipning sifati baholanadi. Iste’molchi talabini qondirish maqsadida turli qo‘shimcha ishlar
bajariladi. Ip xossalari xomashyo xossalaridan tashqari texnologik
uskunalar ishining
muqobillashganiga ham bog‘liqdir. Shuni ta’kidlash lozimki, turli yigirish usullarda bir xil
xomashyodan turlicha xossalarga ega bo‘lgan ip olinishi mumkin [4].
Trikotaj mato va mahsulotlari o‘rilish turlaridagi bilan birga tolali tarkibi bilan ham
turli xil bo‘ladi.
Shu sababli, trikotaj mato va mahsulotlari qo‘llanilishi bilan bir qatorda
yakuniy mahsulotlaridagi xilma-xillikga ega bo‘ladi. Bunda foydalaniladigan iplar assortimenti
ham muhim ahamiyatga ega. Trikotaj iplarini ishlab chiqarish texnologiyasidagi o‘ziga hoslik,
ulardan keng qamrovda foydalanish uchun oldindan yakuniy mahsulotni ko‘zlab
tayyorlanishidadir [5].