• Aksiya
  • Tashkilotchi
  • «coca-cola sovg‘alari bilan birga yangi yil mo‘jizasi» promo-aksiyasini o‘tkazish qoidalari umumiy qoidalar mazkur «coca-cola sovg‘alari bilan birga yangi yil mo‘jizasi»




    Download 271,74 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/9
    Sana08.01.2024
    Hajmi271,74 Kb.
    #132059
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Правила промоакции Promo 2023 01 12 23 ред 4 UZB




    PUBLIC 

    O’zgartirish kiritildi 4. 01.12.2023 


    «COCA-COLA SOVG‘ALARI BILAN BIRGA YANGI YIL MO‘JIZASI» 
    PROMO-AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI
     
    1 UMUMIY QOIDALAR
    1.1 
    Mazkur «COCA-COLA SOVG‘ALARI BILAN BIRGA YANGI YIL MO‘JIZASI» promo-aksiyasini 
    (matnda bundan keyingi o‘rinlarda – “
    Aksiya”) o‘tkazish Qoidalari (matnda bundan keyingi o‘rinlarda – 

    Qoidalar”) iste’molchilarning diqqatini qo‘shimcha tarzda jalb qilish, shuningdek «COCA-COLA ICHIMLIGI 
    UZBEKISTON, LTD» XK MCHJ (ro‘yxatdan o‘tkazilgan manzili: Toshkent shahri, Bektemir tumani, 
    Oltintopgan ko‘chasi, 40, ma’lumot uchun telefon raqami: (+998) 78-888-55-80, elektron pochta manzili:
     
    coca-
    cola@cci.com.uz
    ) (matnda bundan keyingi o‘rinlarda – “
    Kompaniya”) tomonidan ishlab chiqarilgan ma’lum bir 
    alkogolsiz shirin-gazlangan ichimliklarning sotuvini rag‘batlantirish maqsadida ishlab chiqilgan
    1.2 
    Aksiya O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 54 bobiga muvofiq ommaviy tanlov hisoblanadi.
    1.3 
    Kompaniya Aksiyani tashkillashtirish va o‘tkazish uchun shartnoma asosida uchinchi shaxs (yoki 
    shaxslar)ni professional tashkilotchi (matnda bundan keyingi o‘rinlarda – “
    Tashkilotchi”) sifatida jalb qilish 
    huquqiga ega.
    1.4 
    Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, 
    Kompaniya mahsulotlarining Aksiyada ishtirok etuvchi iste’molchilarini moddiy rag‘batlantirish (mukofotlash) 
    tartibi va shartlarini belgilab beradi.
    1.5 
    Mazkur Qoidalarda moddiy rag‘batlantirish (mukofotlash) deganda mazkur Qoidalarda belgilab berilgan 
    sovg‘alarni berish tushunilishi lozim.
    1.6 
    Aksiya o‘yin, garov boylash va (yoki) lotoreya hisoblanmaydi, tavakkalchilik elementlaridan xoli, foyda 
    yoki boshqacha daromad olishni maqsad qilmaydi hamda mazkur Qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi.
    1.7 
    Aksiyani o‘tkazish muddati:
    (a) Aksiyaning boshlanish sanasi va vaqti: 2023 yil 15 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:01; 
    (b) Aksiyaning tugallanish sanasi va vaqti: 2024 yil 30 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 23:59; 
    1.8 
    Aksiyada ishtirok etib, Ishtirokchilar (Qoidalarda quyida ko‘rsatib o‘tilgan) mazkur Qoidalarda bayon 
    qilingan barcha shartlarga rozilik bildiradilar.
    1.9 
    Kodni ro‘yxatdan o‘tkaza turib, Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etish huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi, va 
    u avtomatik ravishda mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan qoidalarga amal qilish majburiyatini o‘z bo‘yniga oladi.
    1.10 Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
    1.11 Aksiyani o‘tkazish hududi: O‘zbekiston Respublikasi.
    1.12 Aksiyani o‘tkazish muddati Kompaniya tashabbusi bilan uzaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin. 
    Aksiyaning muddati uzaytirilgan yoki qisqartirilgan taqdirda ishtirokchilar qo‘shimcha ravishda Kompaniya 
    tomonidan Kompaniyaning 
    www.promo.coca-cola.uz
     veb sayti yoki https://t.me/chegirmarketbot Telegram botida, 
    shuningdek kerak bo‘lgan hollarda Kompaniya ixtiyoriga ko‘ra O‘zbekistondagi boshqa ommaviy axborot 
    vositalarida tegishli axborotni joylashtirish yo‘li bilan xabardor qilinadilar.
    1.13 Qoidalarning matni Kompaniya tomonidan Aksiya boshlanish sanasidan kechiktirilmagan holda 
    Kompaniyaning 
    www.promo.coca-cola.uz
    veb sayti yoki https://t.me/chegirmarketbot Telegram botida e’lon 
    qilinganidan keyin tanishib chiqishlari mumkin.
    1.14 Qoidalar Aksiyaning boshlanish sanasidan boshlab kuchga kiradi.
    1.15 Qoidalar Aksiyani o‘tkazish muddati davomida, biroq Aksiyaning belgilangan muddatining birinchi 
    yarmidan kechiktirilmagan holda Kompaniya tomonidan o‘zgartirilishi (yoki ularga qo‘shimcha kiritilishi) 



    PUBLIC 
    mumkin. Qoidalarni o‘zgartirish (yoki qo‘shimcha qilish) mazkur Qoidalar qabul qilingan tartibda amalga 
    oshiriladi. O‘zgartirish (yoki qo‘shimchalar) Kompaniyaning 
    www.promo.coca-cola.uz
    veb sayti yoki 
    https://t.me/chegirmarketbot Telegram botida e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
    1.16 Aksiya Ishtirokchisi Sovg‘ani olishdan bosh tortgan, Aksiya Ishtirokchisi tomonidan mazkur Qoidalarning 
    talablari bajarilmagan yoki u tomonidan Sovg‘a Ishtirokchining aybi bilan belgilangan muddatda va belgilangan 
    tartibda olinmay qolgan taqdirda, Aksiya Ishtirokchisi Sovg‘ani olish huquqidan mahrum bo‘ladi, va Aksiya 
    G‘olibiga mo‘ljallangan Sovg‘a Kompaniyada qoladi. Sovg‘alar Aksiya G‘oliblari tomonidan takroriy talab 
    qilinishi mumkin emas, ularga hech qanday pulli tovon to‘lanmaydi.
    1.17 Iste’molchida Sovg‘ani olish bilan bog‘liq vujudga keladigan barcha soliq majburiyatlari Kompaniya 
    tomonidan tegishli soliq qiymatini O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston 
    Respublikasining tegishli soliq organlariga jismoniy shaxslar foydasiga o‘tkazib berish yo‘li bilan hal etiladi.

    Download 271,74 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 271,74 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «coca-cola sovg‘alari bilan birga yangi yil mo‘jizasi» promo-aksiyasini o‘tkazish qoidalari umumiy qoidalar mazkur «coca-cola sovg‘alari bilan birga yangi yil mo‘jizasi»

    Download 271,74 Kb.
    Pdf ko'rish