• 1. Xalq hunarmandchiligi haqida qisqacha malumot.
  • Dars mavzusi : Xalq hunarmandchiligi to’g’risida umumiy ma’lumot




    Download 24.79 Kb.
    bet1/2
    Sana12.10.2022
    Hajmi24.79 Kb.
    #27065
      1   2
    Bog'liq
    men
    Hurliman, 7-seminar, Муратбаева Лайло (3), РЕЖА 2020 Хотин қизлар маслахат Кенгаши НДПИ, 2. Строение атома (лекция), Precessiya, 1-АБ кайта тапсырыу, Qattiq jism fizikasi (uzb) MOK2022-23d, 2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org, 2a tex, 1 Laboratoriya ishi, Бабамыз Берунийдиӊ 1050 жыл крилша., 5-mavzu, 388978

    Dars mavzusi :Xalq hunarmandchiligi to’g’risida umumiy ma’lumot.
    Dars tipi: yangi bilimlar berish.
    Dars turi: nazariy.
    Darsda qo'llaniladigan o'qitish metodlari: “taqdimot”
    Fanlararo bog'Ianish: tasviriy san'at, chizmachilik, matematika, fizika, iqtisodiy bilim asoslari va b.
    Dars jihozi: tarqatma materiallar, kompyuter, proektor, slaydlar, xalq xunannandchiligiga oid ko'rgazmali qurollar, asbob-uskunalar.
    Darsning borishi:
    I. Tashkiliy qism.
    II. O'tilgan mavzuni so'rash.
    Sinfdagi va o'sha paytdagi mavjud sharoitga qarab, oldingi sinflarda o'tilgan ayrim mavzular yuzasidan savol-javob o'tkaziladi. Masalan. odatda birinchi dars mustaqillikka bag'ishlanadi. Shu sababli quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
    1. Aziz o'quvchilar. nima uchun mustaqillik eng ulug' ne'mat hisoblanadi?
    2. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz qanday yutuqlarga erishdi?
    1. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qanday ishlab chiqarish korxonalari ochildi?
    2. Yangi o'quv yilida qanday yutuqlarga erishishni oldingizga maqsad qilib qo'ygansiz?
    I. Yangi mavzu bayoni.
    Reja:
    1. Xalq hunarmandchiligi haqida qisqacha ma'lumot
    2. O'zbek xalq hunarmandchiligini rivojlantirgan hunarmand ustalar va ularning ish usullari haqida.
    3. Bozor munosabatlari sharoitida “Hunarmand” uyushmasining faoliyati va istiqbollari.
    4. Hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatiaridan lavhalar.
    1. Xalq hunarmandchiligi haqida qisqacha ma'lumot. Xalq hunarmandchiligi har bir xalqning, jumladan, o'zbek halqining paydo bo'lisni, shakllanishi, tarixiy rivojlanishi, milliy qadriyatlarini ifodalaydigan soha bo'lib hizmat qila oladigan ma'naviy, moddiy, madaniy merosi hisoblanadi. Shuning uchun yoshlarga, maktab o'quvchilariga xalq hunarmandchiligiga oid ishlarni o'rgatish ularni ma'naviy tomondan tarbiyalashda, o'z halqining hunarmandchiligi, urf-odatlari, asriy milliy qadriyatlari bilan tanishtirish va kasb-hunarga yo'naltirishda katta ahamiyatga egadir. Xalq hunarmandchiligi naqqoshlik, ganchkorlik, zargarlik yog'och o'ymakorligi, metall o'ymakorligi, kashtachilik, ko'nchilik, pazandachilik, yog'ochlarni kuydirib ishlash, kulolchilik, kosibchilik, mahsido'zlik, sangtaroshlik, temirchilik, pichoqchilik, anjomsozlik, qulfsozlik, misgarlik, ignasozlik kabi 150 dan ziyod sohaga ega bo'lib, o'zida mehnat va kasb ta'limining ko'pgina xususiyatlari - amaliyligi, ijodiyligi, milliyligi,mahalliy xomashyolarni topish va tamirlash qulayligi, o'g'il va qiz bolalar mehnatining o'ziga xosligi, shahar va qishloq maktabini uyg'unlashtira olishi, asosiy hollarda murakkab qurilmalar, uskunalar, asboblar va stanoklar talab qilmasligi, mashg'ulotlarni tashkil etishning soddaligi bilan ajralib turadi. Natijada bu sohani yetarlicha o'rgangan, ma'lum kasblarni egallagan yoshlarning ishsiz qolmasliklari, mehnat bozorining raqobatbardoshligi bilan alohida e'tiborga molikdir. Xalq hunarmandchiligi san'ati milliy qadriyatlarni va an'analarini izchil o'rganish, rivojlantirish hamda takomillashtirgan holda boyitib borish malaka va ko'nikmalariga asoslanadi. Darhaqiqat, “Ta'lim to'g'risida”gi qonunda “Umumiy ta'lim uzluksiz ta'lim tizimida asosiy bo'g'in bo'lib, ta'lim oluvchilarni ilmiy bilim, mehnat va boshlang'ich kasb-kor ko'nikmalarini, ishbilarmonlik asoslarini egallashlari, shuningdek, ijodiy qobiliyatlarini va ma'naviy fazilatlarini rivojlantirishni ta'minlaydi,” - deb ta'kidlagan. Xalq hunarmandchiligi yoshlarning tafakkuri, tasavvuri, estetik didi, epchilligi kabi sifatlarini shakllantirishga yordam beradi. Zero, bu sifat va fazilatlar yosh avlodni har tomonlama rivojlantirishga samarali ta'sir ko'rsatadi. Shularni hisobga olgan holda keyingi yillarda mamlakatimizda xalq amaliy san'atining bir necha o'nlab turlari rivojlantirilmoqda. Qadimiy yodgorliklarni saqlash, ularni qayta tiklash, ta'mirlash ishlariga keng yo'l ochib berilmoqda. Jumladan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo'qon va Toshkentdagi obidalar qayta tiklanmoqda, ularni tiklashga xalq ustalari jalb etilib, ustalar o'z shogirdlari bilan birgalikda obidalarga sayqal berishmoqda. Naqqoshlik san'ati ancha rivojlantirilib, turli xil zamonaviy binolarga , zeb berish ishlarida keng qo'llanilmoqda, Naqqoshlik namunalarini, ayniqsa, choyxona, oshxona. hammom va madaniyat saroylarida ko'rish mumkin. Bunday yangi binolarni ko'rib ko'ziiniz quvonchga, dilimiz zavq-shavqga to'ladi. Ganch o'yish va gul solish hunari o'zbek xalq san'atida katta o'rin tutadi. Issiq kunlarda oppoq sathli ganchli devor xonani sovuq tutadi, biroq bezagini ko'zdan kechirsangiz, o'sha oppoq va nafis bezaklar qalbingizni isitadi. Xalq ustalari, ganch tili bilan inson his-tuyg'ularining butun ehtirosini ifodalash mumkin, deb hisoblaydilar.Darhaqiqat, xonadagi ganch o'ymakorligi, jihoz yoki naqsh uyni jonlantirib yuboradi. O'zbekiston xalq amaliy san'atining juda keng tarqalgan tirlaridan biri kulolchilikdir. Milliy tovoq, bejirim kosalar, piyola, nafis ko'za va vazalarga bugungi kunda ham talab katta, ayniqsa ular sayyohlar nazarini o'ziga jalb qilmoqda. Kandakorlik san'ati metallarga badiiy ishlov berishning qiziqarli, o'ziga hos tarmog'i hisoblanadi.Misdan ishlangan buyumlar turmushda san'at namunalari sifatida keng foydalanilmoqda. O'zbekistonda Mustaqillik e'lon qilinishi bilanoq odamlarga munosib turmush va mehnat qilish sharoitlarini yaratishga, xalq farovonligini oshirishga, ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirishga, o'sib kelayotgan yosh avlodni insonparvarlik ruhida tarbiyalashga katta e'tibor qaratildi. Hozirgi sharoitda yoshlarning mehnat va kasb tayyorgarligi muhim ijtimoiy vazifa bo'lib, bu soha nazariyotchilari va amaliyotchilari, pedagog olimlar, o'qituvchi, tarbiyachi, murabbiy va ustalar yoshlarga xalq hunarmandchiligining turli qirralarini o'rgatishi, ularni shu yo'nalishdagi kasblarni egallashga tayyorlashi hunarmandchiligimizni rivojlantirishga, taraqqiy ettirishga va shu orqali jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa bo'lib qo'shishga olib keladi. Milliy urf-odatlar, an'analar xalqlarningyashash sharoiti milliy xususiyatlarni o'zida jamlab, ming yillar davomida hayot deb atalmish murakkab sinovlardan o'tib, xalqning o'ziga xos tuzugi - qonuni darajasiga ko'tarilgan. Mustaqillik sharofati bilan bugunga kelib ajdodlarimizdan qolgan bebaho merosni o'rganish, amaliyotga tadbiq etishga shart-sharoit yaratildi. Hozirgi davrda ta'lim-tarbiya ishini takomillashtirish, milliylashtish, jahon andozalariga mos keladigan pog'onaga ko'tarishda boy milliy- madaniy merosimizga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, yangi davming yangi talablariga alohida ahaniiyat berish kerak. Bu esa eng avvalo: zamonaviy ta'lim -tarbiya shakllari, vositalari va usullaridan keng ko'lamda foydalana oluvchi yuqori malakali o'qituvchilar tayyorlashni taqozo etadi. Ta'kidlash kerakki, ta'lim-tarbiyani bir-biridan ajratish mumkin emas.Ta'lim-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishni ma'lum kasb-hunarga yo'naltirilganligi, tabiiyki, o'quvchilarda mehnatga muhabbat hissi o'z-o'zidan tarkib topgan bo'lmaydi.U oilada ota-onaning yoki boshqa katta yoshdagi kishilarning shaxsiy namuna ko'rsatishi.keyinchalik ta'lim-tarbiya maskanlarida o'tkaziladigan mehnat ta'limiga oid mashg'ulotlarda insoniyat jamiyati to'plagan mehnatsevarlik an'analarini o'rganish orqali tarkib topadi. Bir so'z bilan aytganda mehnat ta'limining asosiy maqsadi - o'quvchilarning hayotdan olgan bilimi va tajribalarini aniq ishlab chiqarish mazmuniga ega masalalarning yechimini topish yo'li bilan boshlang'ich kasb-hunar sirlarini tarkib toptirishga qaratishdan iborat. Umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan mehnat ta'limi mashg'ulotlarini qiziqarli, samarali va to'la qonli olib boorish uchun o'qituvchida aqliy, ma'naviy, uslubiy, umummehnat, maxsus kasbiy, hisoblash, o'lchash-tekshirish, chizish va tuzishga doir hamda turli xil moslamalar, texnologik jarayonlami boshqara olish, bevosita mehnat ob'ektlari, predmetlari va qurollari bilan munosabatda bo'lish kabi xislatlar tarkib topgan bo'lishi kerak. Xalq hunarmandchiligi moddiy madaniyatimizning eng qadimiy va muhim turlaridan hisoblanadi va tasviriy hamda amaliy san'atning ko'pdan-ko'p sohalari bilan uyg'unlashib ketadi. Ammo tasviriy va amaliy san'at, buyumlarga badiiy ishlov berish jarayoni hamda xalq hunarmandchiligining o'ziga xosligi, yo'llari, xususiyatlari bir- biridan farqlanadi. Shuning uchun moddiy ma'naviyatning, madaniyatning ushbu sohalariga oid mavjud ta'riflarini keltirib, taqqoslab o'tish o'rinlidir. Tasviriysan'at - san'at turi bo'lib, rassomlik, grafika, haykaltaroshlik vafoto san'ati sohalarini o'z ichiga oladi. Tasviriy san'at real borliqni ko'rgazmali obrazlarda, mavjud predmetlarni uiarning tabiiy shakli, o'rni bo'lishini o'ziga o'xshatib, umumlashtirib va tipiklashtirib ifodalaydi. Amaliybezakchiliksan'ati - tasviriy san'atning eng qadimgi turlaridan biri bo'lib, materialga berilgan bezak texnikasiga qarab farqlanadi. Xalq turmush madaniyatini xarakterlaydi. Amaliy bezak san'ati buyumlarining badiiyligi shu buyumlarning amaliy funksiyasi bilan bog'liq. Hunarmandchilik - hunarmand, har xil oddiy mehnat qurollari yordamida xomashyodan turli mahsulotlar tayyorlanadigan ishlab chiqarish, shunday mahsulotlar tayorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Bora-bora kulolchilik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, zargarlik, binokorlik, haykaltaroshlik, o'ymakorlik, toshtaroshlik, ko'nchilik, pichoqchilik, do'ppichilik va boshqalar ajrala borgan. Demak yuqoridagi ta'riflardan ko'rinib turibdiki, xalq hunarmandchiligining mohiyati, mazmuni, tuzilishi, xususiyati o'ziga xosdir. Respublikamizda mavjud bo'lgan xalq hunarmandchiligining Toshkent, Samarqand Buxoro, Nukus, Xiva, Termiz, Urganch, Namangan, Andijon, Farg'ona, Chust, Shahrisabz va boshqa markazlarining ta'limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyos bo'lib, o'ziga xosligi jihatidan bir-biridan ajralib turadi. O'zbek xalqining shakllanishi tarixi bilan uyg'unlashib ketgan xalq hunarmandchiligining o'nlab turlari bo'lishiga qaramasdan, hozirgi zamon ta'lim-tarbiya tizimida ulardan deyarli foydalanmasdan kelish hollari ham mavjud, bu esa mehnat va kasbga yo'naltirishda ta'lim tizimining milliy, mahalliy, etnik, tarixiy xususiyatlardan ajralib qolishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun ham hozirgi kunda bu o'zbek milliy an'analarimizni qayta tiklash eng muhim vazifalardan biri bo'lib kelmoqda. Dunyoda har qanday hunar bo'lmasin, albatta uning ustalari va uning shogirdlari bo'ladi. Naqqoshlik, ganchkorlik, misgarlik, pichoqchilik, bo'yrachilik, gilamdo'zlik, zardo'zlik, yog'och o'ymakorlik, savatchi, temirchi, suyak o'ymakor, sangtarosh, chilgar, zargar va boshqa hunar ustalari bor. Milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga katta e'tibor berilayotgan hozirgi bir paytda o'zbek milliy an'analarimiz asosida ustozlar shogirdlariga o'z hunarlarini o'rgatib kelmoqdalar. Har bir hunar qadimdan muqaddas hisoblangan bo'lib, ular hurmatlab, e'zozlab kelingan. Otabobolarimiz tomonidan ustoz va shogirdlar uchun o'ziga xos odob-axloq me'yorlari, maxsus tartibqoidalar, urf-odatlar, muomala madaniyati, irimlar, duolar, milliy an'analar ishlab chiqilgan bo'lib, ularga qat'iy rioya qilingan. * 2. O'zbek xalq hunarmandchiligini rivojlantirgan hunarmand ustalar va uiarning ish usullari. Qadim zamonlardan beri ota-bobolarimiz insoniyat vujudga keltirgan kashfiyot, ilm-fan cho'qqilarini egallab, o'z hunarlarini avloddan-avlodga o'tkazib kelmoqdalar. Masalan, yog'och o'ymakorligi, naqqoshlik, me'morchilik,kandakorlik, kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo'zlik, gilamchilik, do'ppido'zlik, quroqchilik, savatchilik va boshqalar. Bu borada, har bir usta o'zi yashab, ijod etgan yerdagi badiiy an'analarning o'ziga xos tomonlarini o'zida aks ettiradi. Masalan, Xivalik xalq ustalari yog'ochni o'yib naqsh ishlashda yog'ochning tabiiyligini saqlab qolganlar, buxorolik ustalar esa naqsh o'yib ishlagan buyumlami jim-jimador qilib, uni oltinsimon va kumushsimon ranglar bilan bo'yaganlar. Qo'qonlik xalq ustalari yog'ochni o'yib naqsh solishda uni o'rta chuqurlikda o'yganlar, Toshkent xalq ustalari taxta yuzasidagi naqshlarni zaminsiz, chiziqlar orqali bajarganlar va hoshiya naqshlarini ko'p ishlaganlar. Marg'ilon ustalari o'ymakorlik ishlarining zaminini o'ta chuqur o'yganlar.Hozirgi paytda yog'och o'ymakorligi me'morchilik bilan bir qatorda ro'zg'or buyumlariga bezak berishda ham keng qo'llanilmoqda.O'zbekistonda ishlatiladigan o'yma naqshlarning chuqurligi 2 mm dan 15 mm gacha boradi. Toshkent, Buxoro, Qo'qon, Samarqand o'ymakor ustalari buyumlarining o'yilgan zaminini chekma uslubida maxsus chekich iskana qalam bilan chekichlab chiqadilar. Xiva ustalari naqsh zaminini chakichlamasdan tekisligicha qoldiradilar.Ular o'yib tayyorlangan buyumlarning yuziga qizdirilgan chigit yog'i surtadilar. Bunda buyumning namga va issiq-sovuqqa chidamliligi oshadi. Ikkinchidan cjhigit yog'i naqsh yuzini qoranitir qilib ko'rsatadi. Toshkent, Qo'qon va Samarqand ustalari esa tayyor buyumlami maxsus lok bilan loklaydilar. Yog'och o'ymakor ustalari qadimdan uch uslub asosida yog'ochlarga bezak berganlar. Bular bag'dodi, islimiy va pargoridir. Bu uslublardan yanabiri girih islimiydir. Agar islimiy naqshlar sirkul yordamida bajarilsa, pargor islimiy, aylana islimiy deb ataladi (1-2 rasm).Bu o'ymakorlik turini ustalar “o'ymali pargori” va “o'yma pargor bilan” deb nomlaydilar. Ozbekistonda pargori uslubi ustalaridan T.Ayibxo'jayev, A,Tursunboyev, Xaydar Najmiddinov, Qodirjon Haydarov, Sulaymon Xo'jayev, Ortiq Fayzullayev, Abduvosiq Saydaliyev, Botir Ganiyev va boshqalarning pargori uslubidagi ishlari elga manzur bo'lib kelmoqda.

    Download 24.79 Kb.
      1   2




    Download 24.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dars mavzusi : Xalq hunarmandchiligi to’g’risida umumiy ma’lumot

    Download 24.79 Kb.